1- Boshlovchi: Assalomualaykum aziz
o‘quvchilar. Biz bugungi adabiy
ertaligimizni “Til millat ko‘zgusi” deya
nomladik.
2-Boshlovchi: Bizning ona tilimiz dunyodagi eng
qadimiy, so‘zga boy tillardan biridir. Siz
maktabda, keyinchalik oliy o‘quv yurtlarida
turli xil bilimlarni egallaysiz. Ayni Shu
bilimlarni egallaShingizda til eng yaqin
ko‘makchi bo‘ladi. Til tufayli buyuk
daholarimiz yaratgan kaShfiyotlar badiiy
asarlardan bahramand bo‘lamiz.
1-Boshlovchi: Ular qilgan buyuk iShlar til orqali
avloddan avlodga o‘tadi. Tilimiz Sharofati
tufayli biz yaxShini yomondan, haqni
nohaqdan ajratamiz.
1989 -yil 21- oktabr kuni “O‘zbek tili
davlat tilidir” deb Prezidentimiz tomonidan
e’lon qilindi. Til to‘g‘risida Shunday deganlar:
«Ona tilining buyuk ahamiyati Shundaki, u
ma’naviyat belgisi sifatida kiShilarni yaqin
jipslaShtiradi.»
2- Boshlovchi: Shoir Mirtemir “Ona tilim” She’rida
shunday deydi:
Ona-tilim onajonim tili bu,
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa.
El-u yurtim xonumonim tili bu,
Qadimlikda o‘xshar ona tuproqqa.
Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazinayi bebaho .
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til,
Bu dunyoga bag‘ishlamish ne daho...
1- Boshlovchi: Yer yuzidagi barcha xalqlarning tillari,
ulardan millionlab odam gaplashadimi yoki
atiga bir -ikki ming kishi so‘zlashadimi,
3.
bundan qat’iy nazar, o‘zlari uchun aziz va
keraklidir. Xalq maqollari insoniy fazilatlarni
targ‘ibot qilish bilan birga fikrni qisqa, aniq
ifodalashda nutqimizning chiroyli bo‘lishida
juda qo‘l keladi. Shuning uchun xam xalqimiz
bekorga “So‘z ko‘rki- maqol” demaydi.
2- Boshlovchi: Hozir biz guruhlar o‘rtasida til haqidagi
maqollardan eshitamiz. Qaysi guruh ko‘p
aytsa, shu guruh g‘olib chiqadi. Va har bir
maqolga 1-tadan jiton beriladi. (4 minut vaqt
beriladi.)
Tilimiz boy, tilimizda sof guzaldir,
Bari maqol, bari masal, mataldir.
MARHAMAT:
1. Tig‘ jarohati bitar,
Til jarohati bitmas.
2. Zahar til suyakni yorar.
3. Til – dil kaliti.
4. Uzun til – umr zavoli.
5. Tili shirinning do‘sti ko‘p.
6. Til – aql bezagi.
7. Til bor, bol keltiradi,
Til bor balo keltiradi.
8. Yomon gap – bosh qozig‘i,
Yaxshi gap – jon ozig‘i.
9. Taom lazzati – o‘zida,
Odam lazzati – so‘zida.
10. Achchiq savol berib,
Shirin javob kutma.
1- Boshlovchi: To imkon boricha kam bo‘lsin so‘zing,
Sendan so‘ramasa, so‘zlama o‘zing .
Ko‘rgin , quloq ikki, so‘z esa birdir,
4.
Demak, ikki eshit,bir so‘zlar so‘zing.
degan edi Sheroziy. Xalqimizning bu
bebaho fikrlari bizlar uchun ibratlidir .
Keling ,aziz o‘quvchilar, shirin so‘zli
bo‘laylik.
2- Boshlovchi: Hozir aziz o‘quvchilar, sizlar bilan yana
bir o‘yin o‘ynaymiz. Hozirgi o‘yinimizda so‘z
qadrini madh etuvchi xalq maqollariga
bag‘ishlaymiz. Sizlar televideniya orqali
“Meni tushun” o‘yinini ko‘rgansizlar. Hozir
men maqol aytaman sizlar ta`riflaysizlar.
1. aytilgan so‘z – otilgan o‘q.
(otilgan o‘qni qaytarib bo‘lmaganidek, aytilgan so‘zni
qaytarib bo‘lmaydi.)
2. Yetti o‘lsab bir kes.
(Har tomonlama puxta o‘ylab ish ko‘r, toki pushaymon
bo‘lma.)
3. Sanamay - sakkiz dema.
(o‘ylamasdan birovning sha`niga aytilgan gap.)
4. O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir.
(o‘ylamay gapirilgan gap aks holda so‘nggi pushaymon
o‘zingga dushman bo‘lishi mumkin.)
1- Boshlovchi: O‘zbek tilining asoschisi A. Navoiy
turkiy tilda ijod qilgan. Bundan tashqari M.
Qoshg`ariy, Yusuf Xos Hojiblar ham turkiy
tilda ijod qilganlar. Demak bizning yagona
tilimiz
XII asrda shakllangan ekan.
2-BoShlovchi: O‘zbek xalqining asrlar o`sha boy ijod
bundan ming yillar oldin ham o‘z ifodasining
topgan. Hozir ikkala guruhdan ham 1 tadan
o‘quvchini tablo oldiga taklif etamiz.
Marhamat:
5.
Diqqat tabloda XIasrda yashab ijod etgan
buyuk tilshunos olimning nomi yashiringan.
Harflar aytish orqali hozir topamiz.
Marhamat harfingiz.
Q O SH G` A R I Y
1 2 3 4 5 6 7 8
1- Boshlovchi: Buyuk tilshunos olim Mahmud
Qoshg`ariyning “Devonu lugati turk” nomli
tilshunoslikka oid asarida ko‘plab
xalqimizning qo‘shiqlar bilan birga
maqollarini ham keltirgan.
2- Boshlovchi: Hozir sizlar bilan bir o‘yin
o‘ynaymiz.
Harflarni raqamlar orqali ketma-ket
o‘qisangiz ibratli maqolni bilab olasiz.
Marhamat (3 daqiqa vaqt beriladi.)
1
Aql
4
-ki
8
ko‘r
2
ning
6
Til
9
ki
3
ko‘r
7
ning
10
so‘z
5
til
Aqlning ko‘rki – til,
Tilning ko‘rki - so‘z.
1- Boshlovchi: Tilimizga davat tili maqomi berilgandan
so‘ng 1990 yilning 16 fevralidan respublika
atamashunoslik qo‘mitasi o‘z ishini boshladi.
Atamashunoslik qo‘mitasi mana shu 17 yil
6.
ichida juda ko‘pishlarni amalga oshirdi. Aziz
o‘quvchilar, bizning oramizda ham ruscha-
o‘zbekcha so‘zlarni qorihtirib ishlatiladigan
o‘quvchilar uchrab turadi. O‘z tilini, millatini,
vatanini hurmat qilmaydigan shaxslargina
mana shunday so‘zlashadilar. Kelinglar, aziz
o‘quvchilar, o‘z tilimizni hurmat qilaylik,
qisqasi ona tilimiz ravnaqi, obro‘si uchun
kurashaylik.
2- Boshlovchi: O‘zbekiston xalq shoiri G‘ofur G‘ulom
“Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi” she’rida
shunday deydi:
Seni bu kun sinfda Shod yurak bilan,
Sinov navbatini kutib turasan.
A’lo mamlakatning a’lo farzandi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi.
Globusda bo‘lgan har kichik nuqta,
Millionlab qondoshga Vatan, albatta.
Baxtiyor xalqimiz yahar abadiy,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
1- Boshlovchi:
Jabrda masala qush muammodir,
Xuddi shunda bir ulug‘ qurilish jodir,
Sen katta injiner ertami, indin,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi.
She’rdir, lirika, balki oddiy til,
Xaqlarning tillari bir xil emas, bil!
Diplomat bo‘larsan, shu bu kun, endi,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
Fanlar ko‘p, fanlar bor, o‘rganishga kuch:
Yerda yur, suvda suz, osmon uzra uch.
Hammasiga a’lo, barchadan oldin,
Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi!
7.
2- BoShlovchi: Azizo‘quvchilar bugungi “Til
millatning faxridir” deb atalgan adabiy
o‘yinimizda, o‘zbek tilining qanchalik boy tili
ekanligini yana bir bora bilib oldik.
Shoir G‘ofur G‘ulom aytganidek, “Bilib
qo‘ying sizni Vatan kutadi”.
E’tiboringiz uchun rahmat!