SlideShare a Scribd company logo
Farg’ona viloyati Quvasoy shahar
8-umumiy o’rta ta’lim maktabining
ona tili va adabiyot
fani o’qituvchisi
Hilola Soipovaning
Bir soatlik
DARS ISHLANMASI
Mavzu: “Teng bog`lovchilar yuzasidan mustahkamlash darsi”
Darsning maqsadi:
1.O`quvchilarning bog`lovchilar yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash.
2.O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasini berish.
3.O`quvchilarni hamkorlikda ishlashga o`rgatish, og`zaki va yozma nutqini o`stirish.
Darsning nomi: “Birdamlikni o`ylovchi,
Bog`lovchiman, bog`lovchi”.
Darsning metodi: guruhlar ishi, suhbat, musobaqa
Darsning jihozi: 7-sinf ona tili darsligi, bog`lovchilarning turlari yozilgan ko`rgazmalar,
mavzuga oid tarqatmalar, metaplan kartochkalar, flipchart qog`ozlar, markerlar, mavjud
texnika vositalari.
Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism(davomat aniqlanib, o`quvchilarning darsga tayyorgarligi
tekshiriladi).
O`qituvchining kirish so`zi:
Aziz o`quvchilar! Biz sizlar bilan avvalgi darslarimizda yordamchi so`z turkumlaridan
bog`lovchilar va ularning ma`nosiga, qo`llanishiga ko`ra turlarini o`rgandik. Bugun esa shu
o`rganganlarimizni mustahkamlab olamiz. O`quvchilar guruhlarga bo`lingan. Har bir guruh
“Biriktiruv bog`lovchilari”, “Zidlov bog`lovchilari”, “Ayiruv bog`lovchilari”, “Inkor
bog`lovchisi” kabi nomlar bilan atalgan.
Dars mavzusi, maqsadi va nomi bilan tanishtiriladi.
Psixologik iqlim sozlab olinadi. “Sehrli quticha” mashqi.
Aziz o`quvchilar! Mening qo`limdagi mana bu sehrli qutichada eng ajoyib, chiroyli,
aqlli, ona tili fanining haqiqiy bilimdoni bo`lgan va kelajakda o`zi tanlaydigan kasbi bilan
O`zbekiston kelajagining haqiqiy bunyodkori bo`ladigan o`quvchining rasmi yashiringan.
Uning kimligini bilishni xohlaysizlarmi? Faqat ko`rganingizdan so`ng bu haqda bir-
biringizga indamaysiz? (Qutichaning ichiga oyna solib qo`yiladi.)
2.O`tilgan mavzular yuzasidan tezkor test o`tkaziladi.
• Bog`lovchilarning vazifasiga ko`ra turlarini yozing. (Teng va ergashtiruvchi
bog`lovchilar)
• Uyushiq bo`laklar va o`zaro teng munosabatdagi gaplarni bog`lab keluvchi
bog`lovchilar… (teng bog`lovchilar) deyiladi.
• Uyushiq bo`laklarni va uyushiq gaplarni o`zaro biriktirib keluvchi bog`lovchilar …
(biriktiruv bog`lovchilari).
• O`zaro bog`lanayotgan bo`lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib
ko`rsatuvchi bog`lovchilar… (ayiruv bog`lovchilari).
• Na…na qo`llanishiga ko`ra qanday bog`lovchi? (Takror bog`lovchi)
3.”O`zingnikini top” o`yini. Metaplan kartochkalarga bog`lovchining to`rtta turiga oid
misollar yozib qo`yiladi. Guruhlar o`zlarining nomlariga mosini tanlab oladilar.
4.”Zakovat” o`yini. Har bir guruhga 2tadan gap yozilgan konvert beriladi. Gaplar Islom
Karimovning “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asaridan olingan. O`quvchilar bu
gaplardagi bog`lovchilarni topib, mazmuniy munosabatiga ko`ra turlarini aniqlaydilar.
Berilgan gaplar orqali matematika, tarix, adabiyot kabi fanlararo bog`lanish hosil qilinadi.
 1.Muhammad Muso Xorazmiy o`nlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra
tushunchalarini dunyoda birinchi bo`lib ilm-fan sohasiga joriy etgan.(41-bet)
2.Hasharlar paytida mahalla va guzarlar, yo`llar va maydonlar, bog`-u rog`larni
tartibga keltirish hamda yolg`iz va qarovchisiz keksalarga amaliy yordam ko`rsatish
jamiyat tafakkurining yangilanishiga kuchli ta`sir qilmoqda.
 1.Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647-yili nashr qilingan “Selenografiya”
kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz- Ahmad Farg`oniy
va Mirzo Ulug`bek nomi bilan ataladi.
2.Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu,
yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi.
 1.Ammo g`am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, tog`dek bardoshi bilan
vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak
hurmat va ehtiromga munosibdir.
2.Agar biz ahil bo`lsak, el-yurt manfaati yo`lida bir tan-u jon bo`lib yashasak va
o`zimizdan sotqin chiqmasa, o`zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi.
 1.Inson qalbining quvonch-u qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek
teran ifoda etgan shoir jahon adabiyotida kamdan-kam topiladi.
2.Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e`tiqodli farzand nafaqat ota-
onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir.
5.Jamoaviy insho. DVD orqali Mustaqillik maydoni haqidagi lavha namoyish qilinadi.
O`quvchilar bu lavha asosida 5 daqiqa ichida bog`lovchilar qatnashgan matn tuzadilar va
taqdimot uyushtiradilar.
6.She`riy daqiqalar. Sizga uyga vazifa qilib, bog`lovchilar qatnashgan she`rlardan ifodali
yod olish so`ralgandi. Guruhlar bir-birlarining she`rlaridagi bog`lovchilarni yozib boradilar
va qo`llanishiga kora turlari bo`yicha izohlaydilar.
 Ming yillarkim, bulbul kalomi
O`zgarmaydi, yaxlit hamisha.
Ammo sho`rlik to`tining holi
O`zgalarga taqlid hamisha.
 Mayli qashshoq bo`lsin, mayli behasham,
Lekin mening uchun aziz va suyuk.
Jahon minbaridan yangramasa ham,
Ona tilim menga muqaddas, buyuk.
 Ko`ngil, sen munchalar nega
Kishanlar birla do`stlashding?
Na faryoding, na doding bor,
Nechun sen muncha sustlashding?
7. Darslikning 81-betida berilgan 211-mashq ishlanadi.
4 o`quvchi bu mashqni yozuv taxtasida, boshqalar daftarlarida bajaradilar.
8.Boshqotirmalar ishlash. Guruhlar bir-birlari bilan almashadilar.
9.O. Nazarbekovning “Barkamol avlod” qo`shig’idan parcha qo`yib eshittiriladi va suhbat
uyushtiriladi.
 Qo`shiq sizga yoqdimi?
 Nima uchun aynan shu qo`shiq qo’yildi, deb o`ylaysiz?
 Barkamol avlod deganda kimni nazarda tutamiz?
 Farzandlarimiz uchun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida nima
deya olasiz?
O`qituvchi fikrlarni umumlashtiradi.
Mana, o`zingiz ham ta`kidlab o`tganingizdek, yurtimizda Siz aziz farzandlarimiz uchun
ko`plab imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Yurtboshimizning “Farzandlarimiz bizdan ko`ra
kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart” degan fikrlari aynan shu
kunlarimizda o`z tasdig`ini topayotgandek. Keling, mashg`ulotimiz poyoniga yetayotgan
ekan, bugungi darsimizga yakun yasasak. Bu yakunni “Umidlarim natijasi” daraxti
vositasida yasaymiz. Bizning daraxtimiz ajoyib daraxt. Unda bir turdagi emas, balki turli xil
mevalar pishadi. Ana shu mevalarga “Bugungi darsda qanday bilimlarni va insoniy
fazilatlarni o`zingizga singdirdingiz?” degan savolga javoblarni joylashtiramiz. (Javoblar
“Bog`lovchilarning vazifasiga, ma`nosiga, qo`llanishiga ko`ra turlarini o`rgandim”, “Olgan
bilimlarimni amalaiyotda qo`llashni bilib oldim”, “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”
asari haqida yana bir bor yangi bilimlarga ega bo`ldim”, “Guruhda hamkorlikda ishlashni
o`rgandim”, “O`zimga bo`lgan ishonch ortdi”, “Boshqalarni tinglashni o`rgandim”, “Yurtim
go`zalligini yana bir bor his qildim” kabi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin). O`quvchilar
fikrlari umumlashtiriladi.
Dars yakuni.
10. Oquvchilarga kartochkalar tarqatilib, guruhlaridagi eng faollarni aniqlashlari so`raladi
va “Faollar guli” hosil qilinadi.Bu faol o`quvchilarning har biri 5 ball bilan baholanadi.
Rag`bat kartochkalarning soniga qarab boshqa o`quvchilar ham baholanadilar.
11. Uy vazifasi. “O`zingiz sevgan badiiy asardan bog`lovchilar qatnashgan 6 ta gap topib
yozing va ularni izohlang”.
Dars ishlanma: Bog`lovchilar
Dars ishlanma: Bog`lovchilar

More Related Content

What's hot

мухтар ауезов слайд 5
мухтар ауезов слайд 5мухтар ауезов слайд 5
мухтар ауезов слайд 5sanvia
 
O’zbekistonda huquqiy- siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi.pptx
O’zbekistonda huquqiy- siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi.pptxO’zbekistonda huquqiy- siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi.pptx
O’zbekistonda huquqiy- siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi.pptx
ZumradNurullayeva
 
Абраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.pptАбраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.ppt
ssuserc17c371
 
O’zbekistonda Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonl...
O’zbekistonda Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonl...O’zbekistonda Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonl...
O’zbekistonda Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonl...
mahmudrmq
 
Мұхтар Омарханұлы Әуезовтың туғанына 120 жыл
Мұхтар Омарханұлы Әуезовтың туғанына 120 жылМұхтар Омарханұлы Әуезовтың туғанына 120 жыл
Мұхтар Омарханұлы Әуезовтың туғанына 120 жыл
Abilkair Zhakupov
 
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaZulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaNafisa Aslonova
 
Hisobot
HisobotHisobot
Hisobot
ferghanasoft
 
Benim-ailem
Benim-ailemBenim-ailem
Benim-ailem
Hüseyin Topak
 
мұхтар омарханұлы әуезов
мұхтар омарханұлы әуезовмұхтар омарханұлы әуезов
мұхтар омарханұлы әуезовGotov .kz
 
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
UMIDJONERGASHEV2
 
баяндама сыни тұрғыдан ойлау
баяндама сыни тұрғыдан ойлаубаяндама сыни тұрғыдан ойлау
баяндама сыни тұрғыдан ойлау
Айбек Қуандықұлы
 
тәрбие сағаты.ppt
тәрбие сағаты.pptтәрбие сағаты.ppt
тәрбие сағаты.ppt
Aina981874
 
talim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptxtalim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptx
NuriddinIkromov
 
To'garak ishlanma: Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlari
To'garak ishlanma:  Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlariTo'garak ishlanma:  Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlari
To'garak ishlanma: Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlari
ferghanasoft
 
Мен елімнің ертеңімін
Мен елімнің ертеңімінМен елімнің ертеңімін
Мен елімнің ертеңімін
Айбек Қуандықұлы
 
литература от античности до 18 века
литература от античности до 18 векалитература от античности до 18 века
литература от античности до 18 века
Kirrrr123
 
Самоосвіта шкільного бібліотекаря
Самоосвіта шкільного бібліотекаряСамоосвіта шкільного бібліотекаря
Самоосвіта шкільного бібліотекаряyanaanya
 
What's hot (20)

мухтар ауезов слайд 5
мухтар ауезов слайд 5мухтар ауезов слайд 5
мухтар ауезов слайд 5
 
O’zbekistonda huquqiy- siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi.pptx
O’zbekistonda huquqiy- siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi.pptxO’zbekistonda huquqiy- siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi.pptx
O’zbekistonda huquqiy- siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi.pptx
 
М. Әуезов Абай жолы
М. Әуезов Абай жолыМ. Әуезов Абай жолы
М. Әуезов Абай жолы
 
Абраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.pptАбраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.ppt
 
O’zbekistonda Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonl...
O’zbekistonda Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonl...O’zbekistonda Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonl...
O’zbekistonda Tarixiy shaharlar yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonl...
 
Мұхтар Омарханұлы Әуезовтың туғанына 120 жыл
Мұхтар Омарханұлы Әуезовтың туғанына 120 жылМұхтар Омарханұлы Әуезовтың туғанына 120 жыл
Мұхтар Омарханұлы Әуезовтың туғанына 120 жыл
 
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaZulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
 
Hisobot
HisobotHisobot
Hisobot
 
Benim-ailem
Benim-ailemBenim-ailem
Benim-ailem
 
мұхтар омарханұлы әуезов
мұхтар омарханұлы әуезовмұхтар омарханұлы әуезов
мұхтар омарханұлы әуезов
 
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
12, 13-mavzulari yuzasidan taqdimot.pptx
 
баяндама сыни тұрғыдан ойлау
баяндама сыни тұрғыдан ойлаубаяндама сыни тұрғыдан ойлау
баяндама сыни тұрғыдан ойлау
 
тәрбие сағаты.ppt
тәрбие сағаты.pptтәрбие сағаты.ppt
тәрбие сағаты.ppt
 
Zlit
ZlitZlit
Zlit
 
talim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptxtalim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptx
 
To'garak ishlanma: Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlari
To'garak ishlanma:  Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlariTo'garak ishlanma:  Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlari
To'garak ishlanma: Xalq og`zaki ijodining o`ziga xos xususiyatlari
 
Мен елімнің ертеңімін
Мен елімнің ертеңімінМен елімнің ертеңімін
Мен елімнің ертеңімін
 
М. Әуезовтың шығармашылығы
М. Әуезовтың шығармашылығыМ. Әуезовтың шығармашылығы
М. Әуезовтың шығармашылығы
 
литература от античности до 18 века
литература от античности до 18 векалитература от античности до 18 века
литература от античности до 18 века
 
Самоосвіта шкільного бібліотекаря
Самоосвіта шкільного бібліотекаряСамоосвіта шкільного бібліотекаря
Самоосвіта шкільного бібліотекаря
 
More from ferghanasoft

To'garak ishlanma: Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’navi...
To'garak ishlanma:  Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’navi...To'garak ishlanma:  Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’navi...
To'garak ishlanma: Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’navi...
ferghanasoft
 
To'garak ishlanma: Vatan madhi yurakda
To'garak ishlanma: Vatan madhi yurakdaTo'garak ishlanma: Vatan madhi yurakda
To'garak ishlanma: Vatan madhi yurakda
ferghanasoft
 
To'garak ishlanma: Prezident yangi asari taqdimoti
To'garak ishlanma: Prezident yangi asari taqdimotiTo'garak ishlanma: Prezident yangi asari taqdimoti
To'garak ishlanma: Prezident yangi asari taqdimoti
ferghanasoft
 
To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati
To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudratiTo'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati
To'garak ishlanma: Badiiy so`z qudrati
ferghanasoft
 
Муҳаммад Юсуф шеърларида эпифорик такрор
Муҳаммад Юсуф шеърларида эпифорик такрорМуҳаммад Юсуф шеърларида эпифорик такрор
Муҳаммад Юсуф шеърларида эпифорик такрор
ferghanasoft
 
Қўшма гапларда инверсия
Қўшма гапларда инверсияҚўшма гапларда инверсия
Қўшма гапларда инверсия
ferghanasoft
 
Такрор ёрдамида шаклланувчи қўшма гаплар
Такрор ёрдамида шаклланувчи қўшма гапларТакрор ёрдамида шаклланувчи қўшма гаплар
Такрор ёрдамида шаклланувчи қўшма гаплар
ferghanasoft
 
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti
"Men o'qituvchiman" shiori ostida tayyorlangan taqdimoti
ferghanasoft
 
Dissertatsiya
DissertatsiyaDissertatsiya
Dissertatsiya
ferghanasoft
 
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodiDars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodi
Dars ishlanma: Abdulla Oripov hayoti va ijodi
ferghanasoft
 
1 ma ruza-uchun_taqdimot_materiallari
1 ma ruza-uchun_taqdimot_materiallari1 ma ruza-uchun_taqdimot_materiallari
1 ma ruza-uchun_taqdimot_materiallari
ferghanasoft
 
More from ferghanasoft (11)

  • 1. Farg’ona viloyati Quvasoy shahar 8-umumiy o’rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Hilola Soipovaning Bir soatlik DARS ISHLANMASI
  • 2. Mavzu: “Teng bog`lovchilar yuzasidan mustahkamlash darsi” Darsning maqsadi: 1.O`quvchilarning bog`lovchilar yuzasidan olgan bilimlarini mustahkamlash. 2.O`quvchilarga vatanparvarlik tarbiyasini berish. 3.O`quvchilarni hamkorlikda ishlashga o`rgatish, og`zaki va yozma nutqini o`stirish. Darsning nomi: “Birdamlikni o`ylovchi, Bog`lovchiman, bog`lovchi”. Darsning metodi: guruhlar ishi, suhbat, musobaqa Darsning jihozi: 7-sinf ona tili darsligi, bog`lovchilarning turlari yozilgan ko`rgazmalar, mavzuga oid tarqatmalar, metaplan kartochkalar, flipchart qog`ozlar, markerlar, mavjud texnika vositalari. Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism(davomat aniqlanib, o`quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi). O`qituvchining kirish so`zi: Aziz o`quvchilar! Biz sizlar bilan avvalgi darslarimizda yordamchi so`z turkumlaridan bog`lovchilar va ularning ma`nosiga, qo`llanishiga ko`ra turlarini o`rgandik. Bugun esa shu o`rganganlarimizni mustahkamlab olamiz. O`quvchilar guruhlarga bo`lingan. Har bir guruh “Biriktiruv bog`lovchilari”, “Zidlov bog`lovchilari”, “Ayiruv bog`lovchilari”, “Inkor bog`lovchisi” kabi nomlar bilan atalgan. Dars mavzusi, maqsadi va nomi bilan tanishtiriladi. Psixologik iqlim sozlab olinadi. “Sehrli quticha” mashqi. Aziz o`quvchilar! Mening qo`limdagi mana bu sehrli qutichada eng ajoyib, chiroyli, aqlli, ona tili fanining haqiqiy bilimdoni bo`lgan va kelajakda o`zi tanlaydigan kasbi bilan O`zbekiston kelajagining haqiqiy bunyodkori bo`ladigan o`quvchining rasmi yashiringan. Uning kimligini bilishni xohlaysizlarmi? Faqat ko`rganingizdan so`ng bu haqda bir- biringizga indamaysiz? (Qutichaning ichiga oyna solib qo`yiladi.) 2.O`tilgan mavzular yuzasidan tezkor test o`tkaziladi. • Bog`lovchilarning vazifasiga ko`ra turlarini yozing. (Teng va ergashtiruvchi bog`lovchilar) • Uyushiq bo`laklar va o`zaro teng munosabatdagi gaplarni bog`lab keluvchi bog`lovchilar… (teng bog`lovchilar) deyiladi.
  • 3. • Uyushiq bo`laklarni va uyushiq gaplarni o`zaro biriktirib keluvchi bog`lovchilar … (biriktiruv bog`lovchilari). • O`zaro bog`lanayotgan bo`lak yoki gaplardan birini boshqasidan ayirib ko`rsatuvchi bog`lovchilar… (ayiruv bog`lovchilari). • Na…na qo`llanishiga ko`ra qanday bog`lovchi? (Takror bog`lovchi) 3.”O`zingnikini top” o`yini. Metaplan kartochkalarga bog`lovchining to`rtta turiga oid misollar yozib qo`yiladi. Guruhlar o`zlarining nomlariga mosini tanlab oladilar. 4.”Zakovat” o`yini. Har bir guruhga 2tadan gap yozilgan konvert beriladi. Gaplar Islom Karimovning “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asaridan olingan. O`quvchilar bu gaplardagi bog`lovchilarni topib, mazmuniy munosabatiga ko`ra turlarini aniqlaydilar. Berilgan gaplar orqali matematika, tarix, adabiyot kabi fanlararo bog`lanish hosil qilinadi.  1.Muhammad Muso Xorazmiy o`nlik sanoq sistemasini, algoritm va algebra tushunchalarini dunyoda birinchi bo`lib ilm-fan sohasiga joriy etgan.(41-bet) 2.Hasharlar paytida mahalla va guzarlar, yo`llar va maydonlar, bog`-u rog`larni tartibga keltirish hamda yolg`iz va qarovchisiz keksalarga amaliy yordam ko`rsatish jamiyat tafakkurining yangilanishiga kuchli ta`sir qilmoqda.  1.Atoqli astronom Yan Geveliy tomonidan 1647-yili nashr qilingan “Selenografiya” kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz- Ahmad Farg`oniy va Mirzo Ulug`bek nomi bilan ataladi. 2.Musiqa sadolari qaysi xalq yoki millat vakili tomonidan ijro etilmasin, eng ezgu, yuksak va nozik insoniy kechinmalarni ifoda etadi.  1.Ammo g`am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, tog`dek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir. 2.Agar biz ahil bo`lsak, el-yurt manfaati yo`lida bir tan-u jon bo`lib yashasak va o`zimizdan sotqin chiqmasa, o`zbek xalqini hech kim hech qachon yenga olmaydi.  1.Inson qalbining quvonch-u qayg`usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyotida kamdan-kam topiladi. 2.Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e`tiqodli farzand nafaqat ota- onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. 5.Jamoaviy insho. DVD orqali Mustaqillik maydoni haqidagi lavha namoyish qilinadi. O`quvchilar bu lavha asosida 5 daqiqa ichida bog`lovchilar qatnashgan matn tuzadilar va taqdimot uyushtiradilar.
  • 4. 6.She`riy daqiqalar. Sizga uyga vazifa qilib, bog`lovchilar qatnashgan she`rlardan ifodali yod olish so`ralgandi. Guruhlar bir-birlarining she`rlaridagi bog`lovchilarni yozib boradilar va qo`llanishiga kora turlari bo`yicha izohlaydilar.  Ming yillarkim, bulbul kalomi O`zgarmaydi, yaxlit hamisha. Ammo sho`rlik to`tining holi O`zgalarga taqlid hamisha.  Mayli qashshoq bo`lsin, mayli behasham, Lekin mening uchun aziz va suyuk. Jahon minbaridan yangramasa ham, Ona tilim menga muqaddas, buyuk.  Ko`ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do`stlashding? Na faryoding, na doding bor, Nechun sen muncha sustlashding? 7. Darslikning 81-betida berilgan 211-mashq ishlanadi. 4 o`quvchi bu mashqni yozuv taxtasida, boshqalar daftarlarida bajaradilar. 8.Boshqotirmalar ishlash. Guruhlar bir-birlari bilan almashadilar. 9.O. Nazarbekovning “Barkamol avlod” qo`shig’idan parcha qo`yib eshittiriladi va suhbat uyushtiriladi.  Qo`shiq sizga yoqdimi?  Nima uchun aynan shu qo`shiq qo’yildi, deb o`ylaysiz?  Barkamol avlod deganda kimni nazarda tutamiz?  Farzandlarimiz uchun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqida nima deya olasiz? O`qituvchi fikrlarni umumlashtiradi. Mana, o`zingiz ham ta`kidlab o`tganingizdek, yurtimizda Siz aziz farzandlarimiz uchun ko`plab imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Yurtboshimizning “Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo`lishlari shart” degan fikrlari aynan shu
  • 5. kunlarimizda o`z tasdig`ini topayotgandek. Keling, mashg`ulotimiz poyoniga yetayotgan ekan, bugungi darsimizga yakun yasasak. Bu yakunni “Umidlarim natijasi” daraxti vositasida yasaymiz. Bizning daraxtimiz ajoyib daraxt. Unda bir turdagi emas, balki turli xil mevalar pishadi. Ana shu mevalarga “Bugungi darsda qanday bilimlarni va insoniy fazilatlarni o`zingizga singdirdingiz?” degan savolga javoblarni joylashtiramiz. (Javoblar “Bog`lovchilarning vazifasiga, ma`nosiga, qo`llanishiga ko`ra turlarini o`rgandim”, “Olgan bilimlarimni amalaiyotda qo`llashni bilib oldim”, “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asari haqida yana bir bor yangi bilimlarga ega bo`ldim”, “Guruhda hamkorlikda ishlashni o`rgandim”, “O`zimga bo`lgan ishonch ortdi”, “Boshqalarni tinglashni o`rgandim”, “Yurtim go`zalligini yana bir bor his qildim” kabi ko`rinishlarda bo`lishi mumkin). O`quvchilar fikrlari umumlashtiriladi. Dars yakuni. 10. Oquvchilarga kartochkalar tarqatilib, guruhlaridagi eng faollarni aniqlashlari so`raladi va “Faollar guli” hosil qilinadi.Bu faol o`quvchilarning har biri 5 ball bilan baholanadi. Rag`bat kartochkalarning soniga qarab boshqa o`quvchilar ham baholanadilar. 11. Uy vazifasi. “O`zingiz sevgan badiiy asardan bog`lovchilar qatnashgan 6 ta gap topib yozing va ularni izohlang”.