SlideShare a Scribd company logo
1 of 3
DARS SHIORI: ERTA UCHUN BUGUN QAYG’UR
Guruh : 2-11
Sana: 21- dekabr 2011-yil
Mavzu : Inson qalbiga yo’l
Dars maqsadlari:
a) Ta’limiy –talabalarga hozirgi zamonda inson qalbini zabt etayotgan omillar haqida bilim
berish;
b) Tarbiyaviy- talabalarni o’qishga undagan holda ogohlikka chaqirish;
c) Rivojlantiruvchi – talabalarda internet, OAV laridan foydalanish ko’nikmasini
rivojlantirish.
Dars turi: aralash, konferensiya darsi
Dars usuli: bahs-munozara, ko’rgazmalilik, suhbat.
Dars jihozi: tarqatma materiallar, rasmlar, internet ma’lumotlari, Jasur Umirovning
“Og’alar” qo’shig’I.
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism:
1. Salomlashish;
2. Navbatchi orqali davomatni aniqlash;
3. Jahonda va yurtimizda bo’layotgan voqea-hodisalar;
4. Ob-havo xabarlari.
II O’tgan mavzuni so’rash:
1.Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni qay tariqa
amalga oshirilishini tushuntiring.
2. Ezgulikka, ma’naviy barkamollikka va mehnatkashlikka da’vat etuvchi hadislardan aytib
bering.
3. Nomaqbul odatlar, yomon xislatlar, hasadgo’ylik va sotqinlikni qoralovchi maqollardan ayting
va sharhlang.
4. Prezidentimiz o’z asarida sotqinlik borasida qanday fikrlarni aytib o’tgan.
5. Sotqin rahbarning oddiy sotqin shaxsdan qo’rqinchliroq ekanligi qanday izohlanadi?
III Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Ma’naviyatni qudratli kuchga aylantirish vositalari.
2. Inson qalbiga yo’l ta’lim - tarbiyadan boshlanadi.
3. Mamlakatimizda ma’naviy tiklanish va yangilanish jarayonlarida adabiyot va
san’atning o’rni.
Har qaysi inson va jamiyatning ma’naviy dunyosiga aynan shunday ko’z bilan qarash,
odamni ongli yashashga, yetuklkka chorlaydgan bunday beqiyos qudrat manbayining
hayotimizdag o’rn va ahamiyatini chuqur va atroflcha tahlil qilsh muhim bir haqiqatni, ya’ni
yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ekanini anglatadi va tasdiqlaydi.
Shu o’rinda tabiiy bir savol tug’iladi: ma’naviyatni chindan ham ana shunday qudratli
kuchga aylantirish uchun biz qanday masalalarga birinchi galda e’tibor berishimiz, qanday
ishlarni amalga oshirishimiz zarur? Ma’naviat haqida bir qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar
bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi
faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz
ko’zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo’l topolmaymiz. Shuninig uchun
ham biz bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasdan boshlab, matbuot, televideniye, Internet va
boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va hakaltaroshlik
san’atigacha, bir so’z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o’tkazadigan
barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada
kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko’tarishimiz zarur. Ayniqsa, barcha davrlarda ham g’oat
murakkab va mas’uliatli bo’lgan bu ishlarni o’z zimmasiga olgan, eski qoliplardan voz kechib, bu
sohada yangi o’llarni ochib berayotgan, odamlarning dunyoqarashini yanada boyitish uchun
tinimsiz mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning bir qarashda ko’zga tahlanmaydigan, lekin katta
qunt, bilim va tajribani talab qiladigan intilish va amaliy harakatlarni keng qo’llab-
quvvatlashimiz, ularning samarali natijalarga erishishi uchun har tomonlama sharoit yaratib
berishimiz lozim. Bu haqda gapirganda, shuni ta’kidlash joizki, ana shu soha vakillari, ya’ni
o’qituvchi va murabbiylar, yozuvchi va jurnalistlar, kin ova teatr ahli, musiqachilar va rassomlar,
umuman, ziyolilarimiz xalqimiz uchun yangicha voqelik bo’lmish bozor iqtisodiyotiga o’tish
davrida jamiyat oldidagi ma’naviy burchini chuqur his etgan holda, o’z iste’dod va mahoratini
ayamasdan astoydil mehnat qilmoqda.
Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning
uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash blan birga,
ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi va
murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi
tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda brinchi galda ana shu
mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning
ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi
tasavvur qilamiz.
Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham
bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va
yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishiv bejiz emas, albatta. Adabiyot,
so’z san’ati azaldan xalq qabining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi. Xususan,
mustaqillik yillarida yurtmizda ma’naviyatimizning g’oyat muhim va uzviy qismi bo’lgan
adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib
rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’z hosilini berayotgani, badiiy
adabiyotimiz mavzular ko’lami jihatidan ham, janrlar nuqtayi nazaridan ham rang-barang bo’lib
borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo’layotgani kitobxon xalqimizni
albatta quvontiradi. Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy
tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak,
avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak.
Nega deganda, ulug’ adib Cho’lpon aytganidek, adabiyot yashasa – millat yashaydi.
Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musqa san’atsiz
ershib bo’lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodlarimizning yuksak
ma’naviyat ruhida kamol topishda boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir
ko’rsatmoqda. Qachonki, milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususda so’z
borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiyning “Teatr - bu ibratxonadur”, deb
atgan fikrini eslash o’rinlidir. Ayni paytda teatr san’atimizda ham bugungi hayotimizni,
zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan, tomoshabinni
o’ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtayi nazaridan badiiy yuksak asarlar,
afsuski, kam ekanini tan olishimiz lozim. Aksincha, real haqiqatdan yiroq, odamga katta
ma’naviy oziq bermaydigan asarlar bilan teatrlar kassasini to’ldirish holatlari ko’proq ko’zga
tashlanmoqda. Kino san’atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga ta’siri beqiyos ekanini
hisobga olgan holda, istiqlol yillarida milliy kinematografiyani ham har tomonlama
rivojlantirish, bu borada zarur moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha amalga
oshirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar tufayli yangi-yangi filmlar suratga olinmoqda, ular
orqali tariximiz va bugungi hayotimiz bilan bog’liq turli mavzular yoritilmoqda.
San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yo’l topish haqida so’z
yuritar ekanmiz, har qaysi iste’dod egasi o’ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir
aql o’rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni
birlashtiradigan, yang ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular
Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Agarki har qaysi
ijodkor o’z asarlarida ana shu o’lmas g’oyalarni bosh maqsad qilib qo’ysa, ularni badiiy mahorat
bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda
ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, o’zining ijtimoiy vazifasini to’liq ado etishga erishgan bo’ladi.
IV Mustahkamlash
1. Ma’naviyatimizni qudratli kuchga aylantirish vositalarini sanang.
2. Insonning ma’naviy salohiyati shakllanib yuksalishda OAVlarining roli qanday?
3. Internetning qanday ijobiy va salbiy jihatlari bor?
4. Hozirgi zamonda Internetning salbiy ta’siridan qay tariqa saqlanish mumkin deb
o’ylaysiz?
5. Diyorimizda yetishib chiqqan yetuk adabiyot namoyandalardan kimlarni bilasiz? Ularning
ijod mahsullaridan misollar keltiring.
6. Bunday asarlarning yoshlar ma’naviy tarbiyasi uchun ahamiyati bormi?
7. Ma’naviy tarbiyada teatr va kinoning o’rni qanday ?
8. Kino va teatr sohasida real hayotdan, haqiqatdan yiroq asarlarning ko’payib ketishi
qanday noxush holatlarni vujudga keltirishi mumkin?
9. Prezidentimiz o’z asarida san’at sohasiga katta e’tibor qaratganining sababi nimada?
10. Mustaqillik yillarida yurtimiz rassomlari tomonidan yaratilgan qanday asarlarni bilasiz?
V Xulosalash
VI Baholash
“5” –
“4” –
“3” –
VII Uyga vazifa
“Bugungi kunda radio va televideniyening yoshlar ma’naviyatiga ta’siri ” mavzusida
insho yozib, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ”asarining 128-159-betlarigacha
mutolaa qilib kelish.

More Related Content

What's hot

цільові програми і проекти в діяльності бібліотек
цільові програми і проекти в діяльності бібліотекцільові програми і проекти в діяльності бібліотек
цільові програми і проекти в діяльності бібліотекOlena Bashun
 
«Тиждень дитячої та юнацької книги»
«Тиждень дитячої та юнацької книги»«Тиждень дитячої та юнацької книги»
«Тиждень дитячої та юнацької книги»Оксана Ромалийская
 
Өркениет
ӨркениетӨркениет
ӨркениетGaukhar07
 
Презентація бібліотеки-філії с. Гійче
Презентація бібліотеки-філії с. ГійчеПрезентація бібліотеки-філії с. Гійче
Презентація бібліотеки-філії с. ГійчеМарія Довгань
 
№8 Б.Мұқай «Өмірзая» романындағы ұлттық құндылықтар (1).ppt
№8 Б.Мұқай «Өмірзая» романындағы ұлттық құндылықтар (1).ppt№8 Б.Мұқай «Өмірзая» романындағы ұлттық құндылықтар (1).ppt
№8 Б.Мұқай «Өмірзая» романындағы ұлттық құндылықтар (1).pptssuser7a793e
 
Портфоліо бібліотеки-філії с. Шабельня
Портфоліо бібліотеки-філії с. ШабельняПортфоліо бібліотеки-філії с. Шабельня
Портфоліо бібліотеки-філії с. ШабельняМарія Довгань
 
Буклет бібліотеки Требухівської ЗОШ І-ІІІ ст.
Буклет бібліотеки Требухівської ЗОШ І-ІІІ ст.Буклет бібліотеки Требухівської ЗОШ І-ІІІ ст.
Буклет бібліотеки Требухівської ЗОШ І-ІІІ ст.Anatolii Barannik
 
Е-урядування+бібліотеки = нові можливості громади
Е-урядування+бібліотеки = нові можливості громадиЕ-урядування+бібліотеки = нові можливості громади
Е-урядування+бібліотеки = нові можливості громадиUnbib Mk
 
«РОЗВИТОК ІНТЕРЕСУ ДО КНИГИ І ЧИТАННЯ»
«РОЗВИТОК ІНТЕРЕСУ ДО КНИГИ І ЧИТАННЯ»«РОЗВИТОК ІНТЕРЕСУ ДО КНИГИ І ЧИТАННЯ»
«РОЗВИТОК ІНТЕРЕСУ ДО КНИГИ І ЧИТАННЯ»РОМЦ БКР
 
13-сабақ. Ш.Мұртаза «Тәуекел той» әңгімесіндегі өмір шындығы мен «Тәуекел то...
13-сабақ. Ш.Мұртаза «Тәуекел той»  әңгімесіндегі өмір шындығы мен «Тәуекел то...13-сабақ. Ш.Мұртаза «Тәуекел той»  әңгімесіндегі өмір шындығы мен «Тәуекел то...
13-сабақ. Ш.Мұртаза «Тәуекел той» әңгімесіндегі өмір шындығы мен «Тәуекел то...ssuser7a793e
 
№9 Б.Мұқай «Өмірзая» романының тарихи және көркемдік құндылығы.ppt
№9 Б.Мұқай  «Өмірзая» романының тарихи және көркемдік құндылығы.ppt№9 Б.Мұқай  «Өмірзая» романының тарихи және көркемдік құндылығы.ppt
№9 Б.Мұқай «Өмірзая» романының тарихи және көркемдік құндылығы.pptssuser7a793e
 
Книги будують мости. Рекомендаційний список для підлітків.
Книги будують мости. Рекомендаційний список  для  підлітків.Книги будують мости. Рекомендаційний список  для  підлітків.
Книги будують мости. Рекомендаційний список для підлітків.bibliogrod
 
Портфоліо шкільного бібліотекаря
Портфоліо шкільного бібліотекаряПортфоліо шкільного бібліотекаря
Портфоліо шкільного бібліотекаряyanaanya
 

What's hot (15)

цільові програми і проекти в діяльності бібліотек
цільові програми і проекти в діяльності бібліотекцільові програми і проекти в діяльності бібліотек
цільові програми і проекти в діяльності бібліотек
 
«Тиждень дитячої та юнацької книги»
«Тиждень дитячої та юнацької книги»«Тиждень дитячої та юнацької книги»
«Тиждень дитячої та юнацької книги»
 
Өркениет
ӨркениетӨркениет
Өркениет
 
Презентація бібліотеки-філії с. Гійче
Презентація бібліотеки-філії с. ГійчеПрезентація бібліотеки-філії с. Гійче
Презентація бібліотеки-філії с. Гійче
 
№8 Б.Мұқай «Өмірзая» романындағы ұлттық құндылықтар (1).ppt
№8 Б.Мұқай «Өмірзая» романындағы ұлттық құндылықтар (1).ppt№8 Б.Мұқай «Өмірзая» романындағы ұлттық құндылықтар (1).ppt
№8 Б.Мұқай «Өмірзая» романындағы ұлттық құндылықтар (1).ppt
 
Money vs happiness
Money vs happinessMoney vs happiness
Money vs happiness
 
Портфоліо бібліотеки-філії с. Шабельня
Портфоліо бібліотеки-філії с. ШабельняПортфоліо бібліотеки-філії с. Шабельня
Портфоліо бібліотеки-філії с. Шабельня
 
Буклет бібліотеки Требухівської ЗОШ І-ІІІ ст.
Буклет бібліотеки Требухівської ЗОШ І-ІІІ ст.Буклет бібліотеки Требухівської ЗОШ І-ІІІ ст.
Буклет бібліотеки Требухівської ЗОШ І-ІІІ ст.
 
00046515 b3b35e5e
00046515 b3b35e5e00046515 b3b35e5e
00046515 b3b35e5e
 
Е-урядування+бібліотеки = нові можливості громади
Е-урядування+бібліотеки = нові можливості громадиЕ-урядування+бібліотеки = нові можливості громади
Е-урядування+бібліотеки = нові можливості громади
 
«РОЗВИТОК ІНТЕРЕСУ ДО КНИГИ І ЧИТАННЯ»
«РОЗВИТОК ІНТЕРЕСУ ДО КНИГИ І ЧИТАННЯ»«РОЗВИТОК ІНТЕРЕСУ ДО КНИГИ І ЧИТАННЯ»
«РОЗВИТОК ІНТЕРЕСУ ДО КНИГИ І ЧИТАННЯ»
 
13-сабақ. Ш.Мұртаза «Тәуекел той» әңгімесіндегі өмір шындығы мен «Тәуекел то...
13-сабақ. Ш.Мұртаза «Тәуекел той»  әңгімесіндегі өмір шындығы мен «Тәуекел то...13-сабақ. Ш.Мұртаза «Тәуекел той»  әңгімесіндегі өмір шындығы мен «Тәуекел то...
13-сабақ. Ш.Мұртаза «Тәуекел той» әңгімесіндегі өмір шындығы мен «Тәуекел то...
 
№9 Б.Мұқай «Өмірзая» романының тарихи және көркемдік құндылығы.ppt
№9 Б.Мұқай  «Өмірзая» романының тарихи және көркемдік құндылығы.ppt№9 Б.Мұқай  «Өмірзая» романының тарихи және көркемдік құндылығы.ppt
№9 Б.Мұқай «Өмірзая» романының тарихи және көркемдік құндылығы.ppt
 
Книги будують мости. Рекомендаційний список для підлітків.
Книги будують мости. Рекомендаційний список  для  підлітків.Книги будують мости. Рекомендаційний список  для  підлітків.
Книги будують мости. Рекомендаційний список для підлітків.
 
Портфоліо шкільного бібліотекаря
Портфоліо шкільного бібліотекаряПортфоліо шкільного бібліотекаря
Портфоліо шкільного бібліотекаря
 

More from Nafisa Aslonova

Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovnaDemo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovnaNafisa Aslonova
 
дарс ишланма аслонова н
дарс ишланма аслонова ндарс ишланма аслонова н
дарс ишланма аслонова нNafisa Aslonova
 
методик портфолио 49
методик портфолио 49методик портфолио 49
методик портфолио 49Nafisa Aslonova
 
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisaOdatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisaNafisa Aslonova
 
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonovaKriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonovaNafisa Aslonova
 
Cho'ntakli qo'l sochiqning siri
Cho'ntakli qo'l sochiqning siriCho'ntakli qo'l sochiqning siri
Cho'ntakli qo'l sochiqning siriNafisa Aslonova
 
Nafisa aslonova 49 maktab
Nafisa aslonova 49 maktabNafisa aslonova 49 maktab
Nafisa aslonova 49 maktabNafisa Aslonova
 
World climates nafisa aslonova
World climates nafisa aslonovaWorld climates nafisa aslonova
World climates nafisa aslonovaNafisa Aslonova
 
O’zbekistonning ichki suvlari nasiba aslonova
O’zbekistonning ichki suvlari  nasiba aslonovaO’zbekistonning ichki suvlari  nasiba aslonova
O’zbekistonning ichki suvlari nasiba aslonovaNafisa Aslonova
 
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaInson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaNafisa Aslonova
 
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovnaGeografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovnaNafisa Aslonova
 
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaZulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaNafisa Aslonova
 

More from Nafisa Aslonova (15)

Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovnaDemo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
 
дарс ишланма аслонова н
дарс ишланма аслонова ндарс ишланма аслонова н
дарс ишланма аслонова н
 
такдимот 16
такдимот 16такдимот 16
такдимот 16
 
Innov loyihasi 49
Innov loyihasi 49Innov loyihasi 49
Innov loyihasi 49
 
методик портфолио 49
методик портфолио 49методик портфолио 49
методик портфолио 49
 
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisaOdatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
 
Sportmi yoki kutubxona
Sportmi yoki kutubxonaSportmi yoki kutubxona
Sportmi yoki kutubxona
 
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonovaKriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
 
Cho'ntakli qo'l sochiqning siri
Cho'ntakli qo'l sochiqning siriCho'ntakli qo'l sochiqning siri
Cho'ntakli qo'l sochiqning siri
 
Nafisa aslonova 49 maktab
Nafisa aslonova 49 maktabNafisa aslonova 49 maktab
Nafisa aslonova 49 maktab
 
World climates nafisa aslonova
World climates nafisa aslonovaWorld climates nafisa aslonova
World climates nafisa aslonova
 
O’zbekistonning ichki suvlari nasiba aslonova
O’zbekistonning ichki suvlari  nasiba aslonovaO’zbekistonning ichki suvlari  nasiba aslonova
O’zbekistonning ichki suvlari nasiba aslonova
 
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaInson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
 
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovnaGeografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
 
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaZulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
 

Recently uploaded

Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiMaktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiNasibaXaytbaeva1
 
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxonyoqutxonmuhammadjono
 
Ulugbek hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahlili
Ulugbek hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahliliUlugbek hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahlili
Ulugbek hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahliliabdugafur3323
 
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptxTarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptxabbosmardaev1
 
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon571-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57yoqutxonmuhammadjono
 
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptxPsixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptxsamandarmedic2005
 
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptxOta izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptxasadbeksayfullayev00
 

Recently uploaded (7)

Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiMaktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
 
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
 
Ulugbek hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahlili
Ulugbek hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahliliUlugbek hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahlili
Ulugbek hamdamov hayoti va ijodi, "Muvozanat" asari tahlili
 
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptxTarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
 
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon571-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
 
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptxPsixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
 
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptxOta izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
 

Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova

  • 1. DARS SHIORI: ERTA UCHUN BUGUN QAYG’UR Guruh : 2-11 Sana: 21- dekabr 2011-yil Mavzu : Inson qalbiga yo’l Dars maqsadlari: a) Ta’limiy –talabalarga hozirgi zamonda inson qalbini zabt etayotgan omillar haqida bilim berish; b) Tarbiyaviy- talabalarni o’qishga undagan holda ogohlikka chaqirish; c) Rivojlantiruvchi – talabalarda internet, OAV laridan foydalanish ko’nikmasini rivojlantirish. Dars turi: aralash, konferensiya darsi Dars usuli: bahs-munozara, ko’rgazmalilik, suhbat. Dars jihozi: tarqatma materiallar, rasmlar, internet ma’lumotlari, Jasur Umirovning “Og’alar” qo’shig’I. Darsning borishi: I Tashkiliy qism: 1. Salomlashish; 2. Navbatchi orqali davomatni aniqlash; 3. Jahonda va yurtimizda bo’layotgan voqea-hodisalar; 4. Ob-havo xabarlari. II O’tgan mavzuni so’rash: 1.Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishni qay tariqa amalga oshirilishini tushuntiring. 2. Ezgulikka, ma’naviy barkamollikka va mehnatkashlikka da’vat etuvchi hadislardan aytib bering. 3. Nomaqbul odatlar, yomon xislatlar, hasadgo’ylik va sotqinlikni qoralovchi maqollardan ayting va sharhlang. 4. Prezidentimiz o’z asarida sotqinlik borasida qanday fikrlarni aytib o’tgan. 5. Sotqin rahbarning oddiy sotqin shaxsdan qo’rqinchliroq ekanligi qanday izohlanadi? III Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Ma’naviyatni qudratli kuchga aylantirish vositalari. 2. Inson qalbiga yo’l ta’lim - tarbiyadan boshlanadi. 3. Mamlakatimizda ma’naviy tiklanish va yangilanish jarayonlarida adabiyot va san’atning o’rni.
  • 2. Har qaysi inson va jamiyatning ma’naviy dunyosiga aynan shunday ko’z bilan qarash, odamni ongli yashashga, yetuklkka chorlaydgan bunday beqiyos qudrat manbayining hayotimizdag o’rn va ahamiyatini chuqur va atroflcha tahlil qilsh muhim bir haqiqatni, ya’ni yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ekanini anglatadi va tasdiqlaydi. Shu o’rinda tabiiy bir savol tug’iladi: ma’naviyatni chindan ham ana shunday qudratli kuchga aylantirish uchun biz qanday masalalarga birinchi galda e’tibor berishimiz, qanday ishlarni amalga oshirishimiz zarur? Ma’naviat haqida bir qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o’ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko’zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni, inson qalbiga yo’l topolmaymiz. Shuninig uchun ham biz bugungi kunda ta’lim-tarbiya sohasdan boshlab, matbuot, televideniye, Internet va boshqa ommaviy axborot vositalari, teatr, kino, adabiyot, musiqa, rassomlik va hakaltaroshlik san’atigacha, bir so’z bilan aytganda, insonning qalbi va tafakkuriga bevosita ta’sir o’tkazadigan barcha sohalardagi faoliyatimizni xalqning ma’naviy ehtiyojlari, zamon talablari asosida yanada kuchaytirishimiz, yangi bosqichga ko’tarishimiz zarur. Ayniqsa, barcha davrlarda ham g’oat murakkab va mas’uliatli bo’lgan bu ishlarni o’z zimmasiga olgan, eski qoliplardan voz kechib, bu sohada yangi o’llarni ochib berayotgan, odamlarning dunyoqarashini yanada boyitish uchun tinimsiz mehnat qilayotgan fidoyi insonlarning bir qarashda ko’zga tahlanmaydigan, lekin katta qunt, bilim va tajribani talab qiladigan intilish va amaliy harakatlarni keng qo’llab- quvvatlashimiz, ularning samarali natijalarga erishishi uchun har tomonlama sharoit yaratib berishimiz lozim. Bu haqda gapirganda, shuni ta’kidlash joizki, ana shu soha vakillari, ya’ni o’qituvchi va murabbiylar, yozuvchi va jurnalistlar, kin ova teatr ahli, musiqachilar va rassomlar, umuman, ziyolilarimiz xalqimiz uchun yangicha voqelik bo’lmish bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida jamiyat oldidagi ma’naviy burchini chuqur his etgan holda, o’z iste’dod va mahoratini ayamasdan astoydil mehnat qilmoqda. Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash blan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot – o’qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz. Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda brinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizga yaxshi tasavvur qilamiz. Insonni, uning ma’naviy olamini kashf etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo’lsa, so’z san’ati, badiiy adabiyotdir. Adabiyotning insonshunoslik deb, shoir va yozuvchilarning esa inson ruhining muhandislari, deb ta’riflanishiv bejiz emas, albatta. Adabiyot, so’z san’ati azaldan xalq qabining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo’lib keladi. Xususan, mustaqillik yillarida yurtmizda ma’naviyatimizning g’oyat muhim va uzviy qismi bo’lgan adabiyotni rivojlantirish, shoir va yozuvchilarimizning ezgu mehnatini qadrlash va munosib rag’batlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’z hosilini berayotgani, badiiy adabiyotimiz mavzular ko’lami jihatidan ham, janrlar nuqtayi nazaridan ham rang-barang bo’lib borayotgani, adabiyot maydonida yangi-yangi nomlar paydo bo’layotgani kitobxon xalqimizni albatta quvontiradi. Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashimiz kerak. Nega deganda, ulug’ adib Cho’lpon aytganidek, adabiyot yashasa – millat yashaydi. Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musqa san’atsiz ershib bo’lmaydi. Eng muhimi, bugungi kunda musiqa san’ati navqiron avlodlarimizning yuksak ma’naviyat ruhida kamol topishda boshqa san’at turlariga qaraganda ko’proq va kuchliroq ta’sir
  • 3. ko’rsatmoqda. Qachonki, milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususda so’z borar ekan, buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo’ja Behbudiyning “Teatr - bu ibratxonadur”, deb atgan fikrini eslash o’rinlidir. Ayni paytda teatr san’atimizda ham bugungi hayotimizni, zamonamiz qahramonlari qiyofasini har tomonlama chuqur ochib beradigan, tomoshabinni o’ziga tortadigan, ham dramaturgiya, ham rejissura nuqtayi nazaridan badiiy yuksak asarlar, afsuski, kam ekanini tan olishimiz lozim. Aksincha, real haqiqatdan yiroq, odamga katta ma’naviy oziq bermaydigan asarlar bilan teatrlar kassasini to’ldirish holatlari ko’proq ko’zga tashlanmoqda. Kino san’atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga ta’siri beqiyos ekanini hisobga olgan holda, istiqlol yillarida milliy kinematografiyani ham har tomonlama rivojlantirish, bu borada zarur moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha amalga oshirilgan keng ko’lamli chora-tadbirlar tufayli yangi-yangi filmlar suratga olinmoqda, ular orqali tariximiz va bugungi hayotimiz bilan bog’liq turli mavzular yoritilmoqda. San’at va madaniyatdek qudratli kuch orqali inson qalbiga yo’l topish haqida so’z yuritar ekanmiz, har qaysi iste’dod egasi o’ziga xos bir olam, shu sababli ijod ahliga qandaydir aql o’rgatish, eng asosiysi, ularni boshqarishga urinish mumkin emas. Lekin bu hayotda ularni birlashtiradigan, yang ijodiy marralar sari ilhomlantiradigan muqaddas tushunchalar borki, ular Vatan va xalq manfaati, ezgulik va insoniylik tamoyillari bilan uzviy bog’liqdir. Agarki har qaysi ijodkor o’z asarlarida ana shu o’lmas g’oyalarni bosh maqsad qilib qo’ysa, ularni badiiy mahorat bilan ifoda eta olsa, hech shubhasiz, adabiyot ham, madaniyat va san’at ham tom ma’noda ma’naviy yuksalishga xizmat qilib, o’zining ijtimoiy vazifasini to’liq ado etishga erishgan bo’ladi. IV Mustahkamlash 1. Ma’naviyatimizni qudratli kuchga aylantirish vositalarini sanang. 2. Insonning ma’naviy salohiyati shakllanib yuksalishda OAVlarining roli qanday? 3. Internetning qanday ijobiy va salbiy jihatlari bor? 4. Hozirgi zamonda Internetning salbiy ta’siridan qay tariqa saqlanish mumkin deb o’ylaysiz? 5. Diyorimizda yetishib chiqqan yetuk adabiyot namoyandalardan kimlarni bilasiz? Ularning ijod mahsullaridan misollar keltiring. 6. Bunday asarlarning yoshlar ma’naviy tarbiyasi uchun ahamiyati bormi? 7. Ma’naviy tarbiyada teatr va kinoning o’rni qanday ? 8. Kino va teatr sohasida real hayotdan, haqiqatdan yiroq asarlarning ko’payib ketishi qanday noxush holatlarni vujudga keltirishi mumkin? 9. Prezidentimiz o’z asarida san’at sohasiga katta e’tibor qaratganining sababi nimada? 10. Mustaqillik yillarida yurtimiz rassomlari tomonidan yaratilgan qanday asarlarni bilasiz? V Xulosalash VI Baholash “5” – “4” – “3” – VII Uyga vazifa “Bugungi kunda radio va televideniyening yoshlar ma’naviyatiga ta’siri ” mavzusida insho yozib, “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ”asarining 128-159-betlarigacha mutolaa qilib kelish.