1. Odatlar, Odarlar, odatlar
Gap odatlar haqida ketganda, ko’pincha biz o’zimizdagi “muhim” odatlarmizni eslaymiz,
masalan, chekish, uyqudan oldin ovqatlanish yoki spirtli ichimliklarga bo’lgan nafsimiz va
boshqalar. Umuman olganda bular ham ODAT! Aslida odatlar juda foydali bo’ladi.
Inson hayotining sakson foizi odatlardan iborat. Nimasi yomon, agar biz har kun
tishlarimizni tozalasak, gimnastika bilan shug’ullansak, uyqudan oldin shahar bo’ylab sayohat
qilsak, ishdan keyin yaqinlarimizga qo’ng’ioq qilsak yoki xat yozsak? Shubhasiz, mumkin!
Odatlar hayotimiz mazmuniga aylanib bormoqda! Odatlar bizga qat’iyatlilikni, xotirjamlikni va
oxir-oqibat o’zimizga bo’lgan ishonch hissini beradi. Agar hayotdagi biror odat o’zgarsa, hatto
chaqaloq ham buni sezib, bezovtalanadi, injiqlik qiladi. Aytgancha, odatlarning ildizini ham
bolalikdan izlash kerak. Aytishadiku, “Yoshlikda olingan bilim – toshga o’yilgan naqsh” deb.
Baribir, hayotda zararli odatlar ham bor, ular hayotimizning bir qismiga aylangan
bo’lib,odatda yashashmizga xalaqit beradi. Ulardan oson qutilib bo’lmaydi. Agar siz qutilmoqchi
ekansiz, sizga maslahatimiz shuki, siz uning o’rnini bosadigan boshqa foydali odat topishingiz
kerak bo’ladi. Misol uchun, odatda siqilganingizda sigaret cheksangiz, ishoningki, uning o’rnini
yaxshisi bilan almashtirishingiz mumkin. Oramizda jahli chiqqanda ko’p ovqat yeb o’zini
tinchlantiradiganlar ham topiladi.
Shubhasiz, muvaffaqiyatli odatlilar ham uchrab turadi. Bunday odatli insonlar qiyin
vaziyatdan o’zlarining ajib xislatlari bilan oson chiqib keta oladilar. Aytish mumkinki, bunday
insonlar agar ularda muammo paydo bo’lsa, odatdagidan ko’ra ularda ko’proq energiya paydo
bo’lib, yangi –yangi rejalarni amalga oshirib, omadga erishadilar.
Qarang, hayot qanchalik go’zal, sizga ham muvaffaqiyatli odatlar tilab qolaman!