SlideShare a Scribd company logo
1 of 33
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
kafedra o`qituvchisi
Mavzu: Kirish.Ta’lim jarayonida axborot- kommunikatsiya
texnologiyalarini qo‘llash borasidagi dolzarb vazifalar va ustuvor
yo‘nalishlar.
Reja:
1. TA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O’RNI.
2. AXBOROT - KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
HAQIDA TUSHUNCHA.
3. O’ZBEKISTONDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR
YO’NALISHLARI.
4. AXBOROT - KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
VOSITALARI VA ULARNI TA'LIM JARAYONIDA QO'LLASH
IMKONIYATLARI.
TA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING
TUTGAN O’RNI
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy
jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining
infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga
mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan
va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar
ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir.
Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa
o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish
bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga
ham bog’liqdir.
O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi
mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi.
Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini
chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati
va samaradorligini oshiradi.
Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq
etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or
pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning
mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini
chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy
ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi
boʻlmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va
videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi
qurilmasi. Ana shunday qurilma oʻrnatilgan
kompyuter multimedia kompyuter deyiladi. Hozirda
deyarli barcha kompyuterlar multimedia qurilmalar bilan
taʼminlangan. Bularga SE-KOM, SE-KU kompakt
disklarini oʻqiydigan disk yurituvchi qurilmalar, tovush
platalari, videokartalar va boshqalar kiradi. Keyingi
vaqtlarda multimedia qurilmalar standartiga grafik
tezlatgichlar va katta hajmli universal kompakt
disklar ham qoʻshildi.
Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy
axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi
belgilariga quyidagilar kiradi:
axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn,
jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa,
videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va
boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda
integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni
ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari,
 muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan
matn va grafikadan farqli ravishda, audio va
videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib
chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta
ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez
xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining
o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli
tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari
bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar
oshirilishi talab etiladi,
 “inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot
jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki,
mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon
beradi.

multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta
tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia
tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima
degan savol tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil
qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, mul’timedia bu informatikaning dasturiy
va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya
effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning
mujassamlangan holdagi ko’rinishidir.
 Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi
yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz
xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81- yildagi yalpi
oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 94-yil esa 16 milliard AQSh
dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni
mul’timedia vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda
ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular
unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni
kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar
unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30%
gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat
saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayоtgan materiallarni ko`rish asosida qabul
qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv
materiallari audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa,
materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.
o Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni
o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
berilayotgan materiallarni
chuqurroq va mukammalroq
o`zlashtirish imkoniyati bor;
ta’lim olish vaqtining qisqarish
natijasida, vaqtni tejash
imkoniyatiga erishish;
ta’lim olishning yangi sohalari
bilan yaqindan aloqa qilish
ishtiyoqi yanada ortadi:
olingan bilimlar kishi xotirasida
uzoq saqlanib, kerak bulganda
amaliyotda qo`llash imkoniyatiga
erishiladi.
Multimedia tizimining paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at,
kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot,
matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy
sohalarda revolyutsion o’zgarishlar yuzaga kelishiga olib
keldi.
Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha
ilgari paydo bo’lgan bo’lgan bo’lsada, ta’lim tizimining
barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo’llash
multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar
paydo bo’lgach to’liq ma’noda amaliyotga joriy etilib
boshlandi.
Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat
yaratadi:
 ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;
 o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;
 ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik,
bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi
kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan
bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga bo’lgan qiziqishi,
mehnatga bo’lgan munosabati);
 ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;
 kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir
shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy
ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli
darajada kengayadi;
 ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning
qadr- qimmatini tan olish;
 ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini
hisobga olish;
 mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi
mustaqil o’qib va rivojlanib boradi;
 ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli
bajarish uchun hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga
moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga
oshirish jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan
multimediali o’quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab
etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha
bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar,
o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish
imkoniyati bo’lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.
Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning
manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish
imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o’quv
axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga
ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.
Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to’liq ochib
berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga
salohiyatli (kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi.
Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini
qo’llashda ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi
nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim oluvchilarga
ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish
bilan shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda,
chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar
oddiy ko’rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va
ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda zaruriy
emosional darajani ta’minlab turishi mumkin.
Multimedia vositalari har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida
qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy
va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan
foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali,
ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish
orqali ta’lim olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar.
Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan
ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish
sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o’qish
malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual
o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati
cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib
chiqib foydalanishga imkon beradi.
Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli
(instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra
keng ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va
uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz,
animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim
oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos
ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari haqida
tushuncha
O’zbekiston Respublikasida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari
industriyasini rivojlantirishning tamoyillari
quyidagilardir:
Birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish, davlat
muassasalari va xo’jalik subyektlari, muassasa va
tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot
xizmatlarini yo’lga qo’yish;
Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta’lim va ijtimoiy
sohalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini keng
ko’lamda joriy qilishni ta’minlash asosida elektron
hukumat uchun zamin yaratish;
Uchinchidan, respublikaning jahon axborot
tizimlari va xalqaro tarmoqlariga ulanganligi
asosida undagi milliy axborot resurslarining
ulushini yuksaltirib borish.
Yuqoridagi uch asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar hal
etilishi talab qilinmoqda:
 axborotlarga tovar sifatida qarashni ta’minlovchi va rag’batlantiruvchi huquqiy va
iqtisodiy me’yorlarni joriy etish;
 axborotlarni taqdim etish, saqlash va uzatishga oid xalqaro standartlarga rioya qilish;
 ushbu industriyani shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasi,
dasturiy vositalar ishlab chiqarishni o’zlashtirish, ma’lumotlar bazasi va dasturiy
mahsulotlar eksportini yo’lga qo’yish, axborot xizmatlari bozorini shakllantirish;
 ma’lumotlarni uzatish milliy axborot hisoblash tarmog’i, davlat xizmati va tuzilmalari
idoraviy tarmog’i, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, xususiy va tijorat lokal
axborot tarmoqlarini, ilmiy texnikaviy fanlar, avtomatlashtirilgan ish o’rinlarini
yaratish va rivojlantirish;
axborot tizimlarining eng yangi modellarini yaratish sohasidagi fundamental va amaliy
tadqiqotlarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) –
ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan
foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin
rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu
texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni qayta
ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu
texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng
foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham.
Bu texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga
nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va
dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat,
qishloq xo’jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar
taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni
ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani
rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda
jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz,
global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan
foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ular ijtimoiy
hayotning ajralmas qismi va mamlakat taraqqiyotining
mezoniga aylanmoqda.
O’zbekistonda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirishning ustuvor
yo’nalishlari:
Ixtisoslashgan ilmiy-texnika zonalari tarmog’ini barpo etish, ishlab chiqarish
va tadbirkorlik faoliyatiga yuqori texnologiyalarni samarali joriy etish, davlat
hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarini qo’llashni
kengaytirish, aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarga ko’rsatiladigan
interfaol xizmatlar hajmini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash,
mamlakat axborot xavfsizligi tizimini mustahkamlash, elektron hujjat
aylanishi mexanizmini takomillashtirish.
Mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va
ma’lumot uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish, ularni dunyo
standartlariga yetkazish va shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish
maqsadida keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilyapti.
Ko’z o’ngimizda ro’y berayotgan taraqqiyot odimlarini barcha sohalarda
bo’lgani kabi telekommunikatsiya tizimida yaqqol kuzatishimiz mumkin.
Avvallari faqatgina so’zlashuv uchun ishlatilgan telefon simidan bugun internet,
tovushli aloqa va ma’lumotlar uzatish kabi turli qo’shimcha xizmatlardan
foydalanish, videotelefoniya va hatto teleko’rsatuvlar ko’rish imkoni bor.
Bularning barchasi so’nggi yillarda telekommunikatsiya tarmog’ining izchillik
bilan modernizasiya qilinishi natijasida yuzaga keldi. Hukumatimiz tomonidan
mazkur sohaga eng zamonaviy vositalar joriy qilinishiga katta e’tibor
qaratilgani bois, bugun yurtdoshlarimiz ko’plab qulayliklarga ega bo’lmoqdalar.
O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi
qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus
ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar
ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmog’ini
shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim
jarayonida qo’llash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi
Barcha oliy o’quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirilgan
www.edu.uz, www.markaz.uz veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet
tarmog’ining milliy segmentida axborot resurslarni shakllantirish
bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq barcha o’quv yurtlari veb-
saytlari www.edu.uz axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan. Bundan
tashkari, o’quv yurtlarining o’quv qo’llanma va ma’ruza matnlari
«Ziyo» elektron-ta’lim bazasida joylashtirilgan, «ZiyoNET» axborot-
ta’lim tarmog’ining resurslari yaratilgan, o’zbek adabiyotining yorqin
namoyondalari hayoti va ijodiga bag’ishlangan www.literature.uz
veb-sayti ishga tushirilgan, maqolalar to’plami, o’quv qo’llanmalar va
E-collector referatlar hamda oltita tilga mo’ljallangan —
www.multilex.edu.uz on-layn lug’at yaratildi.
Xulosa qilib aytganda, ta‘lim jarayoni shunday tashkil etilganda,
texnik vositalar mustaqil ahamiyatga ega bo‗ladi, texnik vositalar
uning to‗la huquqli tarkibiy qismi bo‗lib qoladi. Texnik
vositalardan foydalanish har bir o‗quvchiga individual
yondashuvni ta‘minlashi va turli darajadagi murakkablikka ega
topshiriqlarni ishlab chiqish, individual qobiliyati hamda
tayyorgarligiga qarab bir dars doirasida turli o‗quvchilarga taklif
etishni ta‘minlashi mumkin bo‗ladi.
Mamlakatimizda ta‘lim tizimini takomillashtirish va uni zamon
talablariga moslashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalariga
asoslangan, jahon andazalari darajasidagi tizimni yaratish
umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biriga
aylandi.
Nazorat uchun savollar:
1. Ta`limda AKTni o`rni qanday?
2. Ta`limda kompyuter dasturlari qanday vazifani bajaradi?
3. Texnik ta`minot deganda nimani tushunasiz?
4. Dasturiy ta`minot deganda nimani tushunasiz?
5. Siz qanday dasturlar bilan ishlagansiz?
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57

More Related Content

Featured

Everything You Need To Know About ChatGPT
Everything You Need To Know About ChatGPTEverything You Need To Know About ChatGPT
Everything You Need To Know About ChatGPTExpeed Software
 
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage EngineeringsProduct Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage EngineeringsPixeldarts
 
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthThinkNow
 
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfAI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfmarketingartwork
 
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024Neil Kimberley
 
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)contently
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024Albert Qian
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsKurio // The Social Media Age(ncy)
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Search Engine Journal
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summarySpeakerHub
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Tessa Mero
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentLily Ray
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best PracticesVit Horky
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementMindGenius
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...RachelPearson36
 
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Applitools
 

Featured (20)

Everything You Need To Know About ChatGPT
Everything You Need To Know About ChatGPTEverything You Need To Know About ChatGPT
Everything You Need To Know About ChatGPT
 
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage EngineeringsProduct Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
 
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
 
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfAI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
 
Skeleton Culture Code
Skeleton Culture CodeSkeleton Culture Code
Skeleton Culture Code
 
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
 
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
 
How to have difficult conversations
How to have difficult conversations How to have difficult conversations
How to have difficult conversations
 
Introduction to Data Science
Introduction to Data ScienceIntroduction to Data Science
Introduction to Data Science
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best Practices
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project management
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
 
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
 

1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57

  • 1. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI kafedra o`qituvchisi
  • 2. Mavzu: Kirish.Ta’lim jarayonida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash borasidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar. Reja: 1. TA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O’RNI. 2. AXBOROT - KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI HAQIDA TUSHUNCHA. 3. O’ZBEKISTONDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI. 4. AXBOROT - KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARI VA ULARNI TA'LIM JARAYONIDA QO'LLASH IMKONIYATLARI.
  • 3. TA’LIM JARAYONLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARNING TUTGAN O’RNI Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy jahon darajasi shundayki, respublikada jahon axborot makonining infratuzilmalari va milliy axborot-hisoblash tarmog’i integratsiyasiga mos keluvchi milliy tizimni yaratish milliy iqtisodiyot, boshqarish, fan va ta’lim samaradorligining muhim omili bo’lmoqda. Bu muammolar ancha murakkab va ayni paytda respublikamiz uchun dolzarbdir. Hozirda olib borilayotgan iqtisodiy, tuzilmaviy va boshqa o’zgarishlarni amalga oshirish natijalari respublikada axborotlashtirish bilan bog’liq muammolarning qanday va qaysi muddatlarda hal etishga ham bog’liqdir.
  • 4. O’quv fanlari bo’yicha elektron o’quv vositalarining yaratilishi mazkur fanlarni o’qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o’z navbatida, talabalarning mazkur fanlar bo’yicha bilimlarini chuqur o’zlashtirishlarining asosiy omili bo’lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi. Ayni shunday sa’y-harakatlar amalga oshirilishi ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini keng tadbiq etishni yanada jadallashtirish, professor-o’qituvchilarni ilg’or pedagogik bilimlar va texnologiyalar bilan qurollantirish, ularning mahoratini oshirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari tajribasini chuqur o’rganish hamda ulardagi samarali usul va vositalarni milliy ta’lim tizimimizga joriy etish imkonini yaratadi.
  • 5. Multimedia (lotincha — koʻp va — vositachi boʻlmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va videomaʼlumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi. Ana shunday qurilma oʻrnatilgan kompyuter multimedia kompyuter deyiladi. Hozirda deyarli barcha kompyuterlar multimedia qurilmalar bilan taʼminlangan. Bularga SE-KOM, SE-KU kompakt disklarini oʻqiydigan disk yurituvchi qurilmalar, tovush platalari, videokartalar va boshqalar kiradi. Keyingi vaqtlarda multimedia qurilmalar standartiga grafik tezlatgichlar va katta hajmli universal kompakt disklar ham qoʻshildi.
  • 6. Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an’anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan utkazish va aks ettirishning turli qurilmalari,
  • 7.  muayyan vaqtdagi ish, o’z tabiatiga ko’ra statik bo’lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma’lum oralig’ida ko’rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, xajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi,
  • 8.  “inson-kompyuter” interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va xar tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur xolat ta’lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.  multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayorlashni yo’lga qo’yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi 90-yillar boshida xayotimizga kirib keldi. Uning o’zi nima degan savol tug’ladi? Ko’pgina mutaxasislar bu atamani turlicha tahlil qilishmoqda. Bizning fikrimizcha, mul’timedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animasiya effektlari asosida o’quv materiallarini o’quvchilarga yetkazib berishning mujassamlangan holdagi ko’rinishidir.
  • 9.  Rivojlangan mamlakatlarda o’qitishning usuli hozirgi kunda ta’lim sohasi yo’nalishlari bo’yicha tadbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz xordiq chiqarmaydigan bo’lib qoldi. Multimedia vositalarining 81- yildagi yalpi oboroti 4 miliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa 94-yil esa 16 milliard AQSh dollarini tashkil qildi. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni mul’timedia vositalarisiz tasavvur qilib bolmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta’lim sohasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi avvalambor ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni kursatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkun. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30% gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayоtgan materiallarni ko`rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25-30%oshadi. Bunga qushimcha sifatida o`quv materiallari audio, video va grafika kurinishda mujassamlashgan xolda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ortadi.
  • 10. o Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega: berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o`zlashtirish imkoniyati bor; ta’lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish; ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi: olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq saqlanib, kerak bulganda amaliyotda qo`llash imkoniyatiga erishiladi.
  • 11. Multimedia tizimining paydo bo’lishi ta’lim, fan, san’at, kompyuter treninglari, reklama, texnika, tibbiyot, matematika, biznes, ilmiy tadqiqot kabi bir qancha kasbiy sohalarda revolyutsion o’zgarishlar yuzaga kelishiga olib keldi. Kompyuterlarni ta’lim tizimida qo’llash g’oyasi ancha ilgari paydo bo’lgan bo’lgan bo’lsada, ta’lim tizimining barcha sohalarida axborot texnologiyalarini qo’llash multimedia qurilmalari bilan jihozlangan kompyuterlar paydo bo’lgach to’liq ma’noda amaliyotga joriy etilib boshlandi.
  • 12. Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:  ta’limning gumanizasiyalashuvini ta’minlash;  o’quv jarayonining samaradorligini oshirish;  ta’lim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (o’zlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil ta’lim olish, o’zini o’zi tarbiyalash, o’zini o’zi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati);  ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish;  kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
  • 13.  ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning qadr- qimmatini tan olish;  ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;  mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va rivojlanib boradi;  ta’lim oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
  • 14. Multimedia vositalari yordamida shaxsga yo’naltirilgan ta’limni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, ko’ptarmoqli, predmetga yo’naltirilgan multimediali o’quv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng ma’lumotlar bazasi, ta’lim yo’nalishi bo’yicha bilimlar bazasi, sun’iy intellekt tizimlari, ekspert-o’rgatuvchi tizimlar, o’rganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati bo’lgan laboratoriya amaliyotlari kiradi. Ta’lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish va ularning manfaatdorligini (motivasiyasini) oshirishga ko’maklashish imkoniyatlariga ko’ra, shuningdek, har xil turdagi multimediali o’quv axborotlarining uyg’unlashuvi, interfaollik, moslashuvchanlik sifatlariga ko’ra multimedia foydali va mahsuldor ta’lim texnologiyasi hisoblanadi.
  • 15. Multimedia texnologiyalarining barcha imkoniyatlarini to’liq ochib berish va ulardan samarali foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga salohiyatli (kompetentli) o’qituvchining ko’magi zarur bo’ladi. Darsliklardan foydalanilgandagi singari, multimedia vositalarini qo’llashda ham ta’lim strategiyasi ta’lim jarayonida o’qituvchi nafaqat axborotlarni taqdim etish, balki ta’lim oluvchilarga ko’maklashish, qo’llab-quvvatlash va jarayonni boshqarib borish bilan shug’ullangandagina mazmunan boyitilishi mumkin. Odatda, chiroyli tasvirlar yoki animasiyalar bilan boyitilgan taqdimotlar oddiy ko’rinishdagi matnlarga qaraganda ancha jozibali chiqadi va ular taqdim etilayotgan materiallarni to’ldirgan holda zaruriy emosional darajani ta’minlab turishi mumkin.
  • 16. Multimedia vositalari har xil ta’lim yo’nalishlari (stillari) uyg’unligida qo’llanilishi va ta’lim olish hamda bilimlarni qabul qilishning turli ruhiy va yoshga doir hususiyatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin: ayrim ta’lim oluvchilar bevosita o’qish orqali, ba’zilari esa eshitib idrok etish, boshqalari esa (videofilmlarni) ko’rish orqali ta’lim olishni va bilimlarni o’zlashtirishni xush ko’radilar. Interfaol multimedia texnologiyalari akademik ehtiyojga ega bo’lgan ta’lim oluvchiga noan’anaviy qulaylik tug’diradi. Xususan, eshitish sezgisida defekti bor ta’lim oluvchilarda fonologik malakalar va o’qish malakalari o’sishiga, shuningdek, ularning axborotlarni vizual o’zlashtirishlarini ta’minlaydi. Nutqi va jismoniy imkoniyati cheklanganlarda esa vositalardan ularning individual ehtiyojlaridan kelib chiqib foydalanishga imkon beradi.
  • 17. Multimedia vositalari ta’lim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumentlari) bo’lib, u o’qituvchiga an’anaviy ma’lumotlar manbaidan ko’ra keng ko’lamdagi ma’lumotlar massivini taqdim etish; ko’rgazmali va uyg’unlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animasiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini ta’lim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy o’rganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.
  • 18. Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha O’zbekiston Respublikasida axborot- kommunikatsiya texnologiyalari industriyasini rivojlantirishning tamoyillari quyidagilardir:
  • 19. Birinchidan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo’jalik subyektlari, muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot xizmatlarini yo’lga qo’yish;
  • 20. Ikkinchidan, iqtisodiyot, fan, ta’lim va ijtimoiy sohalarida avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini keng ko’lamda joriy qilishni ta’minlash asosida elektron hukumat uchun zamin yaratish;
  • 21. Uchinchidan, respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlariga ulanganligi asosida undagi milliy axborot resurslarining ulushini yuksaltirib borish.
  • 22. Yuqoridagi uch asosiy tamoyildan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy vazifalar hal etilishi talab qilinmoqda:  axborotlarga tovar sifatida qarashni ta’minlovchi va rag’batlantiruvchi huquqiy va iqtisodiy me’yorlarni joriy etish;  axborotlarni taqdim etish, saqlash va uzatishga oid xalqaro standartlarga rioya qilish;  ushbu industriyani shakllantirish va rivojlantirish, zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasi, dasturiy vositalar ishlab chiqarishni o’zlashtirish, ma’lumotlar bazasi va dasturiy mahsulotlar eksportini yo’lga qo’yish, axborot xizmatlari bozorini shakllantirish;  ma’lumotlarni uzatish milliy axborot hisoblash tarmog’i, davlat xizmati va tuzilmalari idoraviy tarmog’i, vazirlik va idoralar, korxona va tashkilotlar, xususiy va tijorat lokal axborot tarmoqlarini, ilmiy texnikaviy fanlar, avtomatlashtirilgan ish o’rinlarini yaratish va rivojlantirish; axborot tizimlarining eng yangi modellarini yaratish sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlarni rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash.
  • 23. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) – ma’lumotlarni o’zida to’plash, saqlash, qayta ishlash, ulardan foydalanish vositalari orqali barcha sohalarda keskin rivojlanishga imkon yaratib beruvchi texnologiyalar. Bu texnologiyaning asosini axborot (informatsiya) va ularni qayta ishlash vositalari (asosan kompyuterlar) tashkil qiladi. Bu texnologiyadan hozirgi vaqtda deyarli barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Bu texnologiyadan ayniqsa ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan.
  • 24. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish kabi zamonaviy tarmoqlar taraqqiyotida, xizmat ko’rsatish, xavfsizlikni ta’minlash, ijtimoiy sohalar, ilm-fan va texnikani rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Hozirgi kunda jamiyatni yuqori texnologiyalarsiz, kompyuterlarsiz, global tarmoqqa ulanmasdan va axborot resurslaridan foydalanmasdan rivojlantirib bo’lmaydi. Ular ijtimoiy hayotning ajralmas qismi va mamlakat taraqqiyotining mezoniga aylanmoqda.
  • 26. Ixtisoslashgan ilmiy-texnika zonalari tarmog’ini barpo etish, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatiga yuqori texnologiyalarni samarali joriy etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida axborot texnologiyalarini qo’llashni kengaytirish, aholi va xo’jalik yurituvchi subyektlarga ko’rsatiladigan interfaol xizmatlar hajmini oshirish, kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, mamlakat axborot xavfsizligi tizimini mustahkamlash, elektron hujjat aylanishi mexanizmini takomillashtirish.
  • 27. Mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya va ma’lumot uzatish tarmoqlari, internet xizmatlarini rivojlantirish, ularni dunyo standartlariga yetkazish va shu asosda axborotlashgan jamiyat sari jadal intilish maqsadida keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilyapti. Ko’z o’ngimizda ro’y berayotgan taraqqiyot odimlarini barcha sohalarda bo’lgani kabi telekommunikatsiya tizimida yaqqol kuzatishimiz mumkin. Avvallari faqatgina so’zlashuv uchun ishlatilgan telefon simidan bugun internet, tovushli aloqa va ma’lumotlar uzatish kabi turli qo’shimcha xizmatlardan foydalanish, videotelefoniya va hatto teleko’rsatuvlar ko’rish imkoni bor. Bularning barchasi so’nggi yillarda telekommunikatsiya tarmog’ining izchillik bilan modernizasiya qilinishi natijasida yuzaga keldi. Hukumatimiz tomonidan mazkur sohaga eng zamonaviy vositalar joriy qilinishiga katta e’tibor qaratilgani bois, bugun yurtdoshlarimiz ko’plab qulayliklarga ega bo’lmoqdalar.
  • 28. O’zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmog’ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo’llash bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi
  • 29. Barcha oliy o’quv yurtlari yagona korporativ tarmoqqa birlashtirilgan www.edu.uz, www.markaz.uz veb-saytlari ishga tushirilgan. Internet tarmog’ining milliy segmentida axborot resurslarni shakllantirish bo’yicha chora-tadbirlar rejasiga muvofiq barcha o’quv yurtlari veb- saytlari www.edu.uz axborot-ta’lim portaliga birlashtirilgan. Bundan tashkari, o’quv yurtlarining o’quv qo’llanma va ma’ruza matnlari «Ziyo» elektron-ta’lim bazasida joylashtirilgan, «ZiyoNET» axborot- ta’lim tarmog’ining resurslari yaratilgan, o’zbek adabiyotining yorqin namoyondalari hayoti va ijodiga bag’ishlangan www.literature.uz veb-sayti ishga tushirilgan, maqolalar to’plami, o’quv qo’llanmalar va E-collector referatlar hamda oltita tilga mo’ljallangan — www.multilex.edu.uz on-layn lug’at yaratildi.
  • 30.
  • 31. Xulosa qilib aytganda, ta‘lim jarayoni shunday tashkil etilganda, texnik vositalar mustaqil ahamiyatga ega bo‗ladi, texnik vositalar uning to‗la huquqli tarkibiy qismi bo‗lib qoladi. Texnik vositalardan foydalanish har bir o‗quvchiga individual yondashuvni ta‘minlashi va turli darajadagi murakkablikka ega topshiriqlarni ishlab chiqish, individual qobiliyati hamda tayyorgarligiga qarab bir dars doirasida turli o‗quvchilarga taklif etishni ta‘minlashi mumkin bo‗ladi. Mamlakatimizda ta‘lim tizimini takomillashtirish va uni zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan, jahon andazalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylandi.
  • 32. Nazorat uchun savollar: 1. Ta`limda AKTni o`rni qanday? 2. Ta`limda kompyuter dasturlari qanday vazifani bajaradi? 3. Texnik ta`minot deganda nimani tushunasiz? 4. Dasturiy ta`minot deganda nimani tushunasiz? 5. Siz qanday dasturlar bilan ishlagansiz?