SlideShare a Scribd company logo
1 of 19
ODIL YOQUBOVNING
“OTA IZIDAN” ASARI YUZASIDAN
BADIIY TAHLIL
TAYYORLADI: ASADBEK SAYFULLAYEV
• MUALLIFNING QISQACHA BIOGRAFIYASI
Odil Yoqubov 1926-yil 20-oktabrda hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatiga qarashli Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘sha
yerda o‘rta maktabni tugatib, harbiy xizmatga ketgan. U harbiy xizmatga chaqirilganida Ikkinchi jahon urushi tugash
arafasida edi. Shu paytda Yaponiya davlati bilan urush boshlanib, O. Yoqubov ana shu urushda ishtirok etadi. 50-yillarda
u harbiy xizmatdan qaytib O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o‘qiydi. So‘ngra turli yillarda O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasida, «Literaturnaya gazeta»da, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida, nashriyotlarda ishlaydi. 1982–1987-
yillarda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasini, 1987–1991-yillarda respublika Yozuvchilar uyushmasini boshqaradi.
Keyin O‘zbekiston Atamalar qo‘mitasi raisi, so‘ngra Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi vitse-
prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi. Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari 1951-yilda bosilib chiqqan «Tengdoshlar»
qissasi edi. So‘ngra uning «Dastlabki qadam», «Ikki muhabbat» hikoyalar to‘plamlari, «Tilla uzuk» qissa va hikoyalar
to‘plamlari chop etiladi, «Chin muhabbat», «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi», «Yurak yonmog‘i kerak», «Olma
gullaganda» pyesalari yaratiladi. Birin-ketin «Bir felyeton qissasi», «Muqaddas», «Qanot juft bo‘ladi», «Izlayman», «Billur
qandillar» qissalari e’lon qilinadi. Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotida roman janrini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan
adibdir. Uning turli davrlarda yaratilgan «Er boshiga ish tushsa...», «Ulug‘bek xazinasi», «Ko‘hna dunyo», «Diyonat»,
«Oqqushlar, oppoq qushlar» romanlari kitobxonlarning mehrini qozongan. Mustaqillik yillarida ham yozuvchi barakali ijod
qildi. Uning «Adolat manzili» romani, «Muzaffar Temur», «Bir koshona sirlari» singari pyesalari hamda o‘nlab hikoyalarida
xalqimiz o‘tmishi va bugungi kunining dolzarb muammolari badiiy tadqiq etildi. Yozuvchi 1985-yilda O‘zbekiston xalq
yozuvchisi unvoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, 1994-yilda «Do‘stlik», 1998-yilda esa «El-yurt hurmati» ordenlari bilan
mukofotlangan. Odil Yoqubov 2009-yilda vafot etgan.
“OTA IZIDAN”
• Asar uncha katta bo‘lmagan povest
janrida yozilgan.
• Muallif asarda realistik metoddan
foydalangan.
ASARNING TEMATIK TASNIFI
Asarni tematik jihatdan turli xil tasniflash mumkin:
• Tarixiy: asarda bir necha bor tarix va unda bo‘lib o‘tgan voqealarga murojaat
qilinadi. Bunga misol qilib, Shukurjonning buvisi aytgan hikoyalarini eslashi,
Burxon otaning qizil askarlarga qanday yordam berganini xotirlashini keltirish
mumkin;
• Detektiv: bu tasnifni berishimizga sabab, Shukurjon asar mobaynida otasining
qanday odam bo‘lganligini aniqlashga, uning sirli tarixini ochishga harakat qiladi;
• Biografik: asar bosh qahramoni Shukurjon voqealar mobaynida Vladislav
Lugovskiy ismli askarning kundaligini topib oladi. Unda Lugovskiy o‘zining hayot
kechinmalarini aks ettirgan edi.
ASAR MAVZUSI
• Asarda Shukurjon ismli bir yigit hamda Qosimov ismli kishi o‘rtasidagi
qarama-qarshilik aks ettiriladi. Ziddiyat Qosimovning Shukurjonning
otasini o‘z safdoshlarini sotgan xoin deb atashidan boshlanadi. Garchi
Shukurjon unga ishonmagan bo‘lsada bu uning otasi tarixini
o‘rganishiga turtki bo‘lolmaydi. Oradan 4 yil o‘tgach taqdir ularni
yana ro‘baro‘ qiladi. Ana shunda Shukurjon otasining izini topishga va
uning xoin emasligini isbotlashga bel bog‘laydi va bunga erishadi.
Yakunda o‘sha xoin Shukurjonning otasi emas Qosimovning o‘zi bo‘lib
chiqadi, ig‘vogar esa bu qilmishi uchun malomatga qoladi.
ASARNING ASOSIY G‘OYASI
• Asarda Shukurjonning harakatlari misolida inson hech qachon tarixni,
ayniqsa, o‘zi va ota-bobolari tarixini unutmasligi, ozining aslida kim
ekanligini, kimning farzandi ekanligini doimo yodda saqlashi kerakligi ifoda
etilgan.
ASAR SARLAVHASI
• “Ota izidan”. Asar sarlavhasi judaham o‘rinli tanlangan, negaki yuqorida bir
necha bor ta’kidlaganimizdek, voqealar mobaynida bosh qahramon
Shukurjon otasing noma’lum tarixini bilishga, uning aslida kim bo‘lganligini
aniqlashga bo‘lgan harakatlari tasvirlanadi. Menimcha, bu asarga
bundanda yaxshi sarlavha bo‘lishi mumkin emas.
ASARNING LINGVISTIK TAHLILI
1. Asardagi frazeologizmlar:
• “Zuvalasi pishiq”
• “Og‘iz-burun o‘pishmoq”
• “Hafsalasi pir bo‘lmoq”
• “Kechagina ot o‘ynatib yurgan”
• “Qorong‘ulik tushganini sezgan ko‘rshapalakdek”
• “Ko‘zining oq-u qorasi”
• “Sadaqaga tushgan pulni qayta-qayta sanagan tilamchidek”
• “Bulut bilan suhbat qurgan”
• “Oftobda kabob bo‘lmoq”
• “O‘rtadagi pardaning cheti ko‘rinmoq”
ASARNING LINGVISTIK TAHLILI
2. Kasb-hunarga oid so‘zlar:
• Professor
• Usta
• Doktor
• Feldsher
• Kotiba
• Ilmiy xodim
• Askar
• Cho‘pon
• Dehqon
• Haydovchi
• Arxeolog
• Geolog
ASARNING LINGVISTIK TAHLILI
3. Toponimlar:
• Toshkent — O‘rta Osiyoda joylashgan shahar, O‘zbekiston poytaxti.
• Farg‘ona — O‘rta Osiyoda joylashgan vodiy va shu nomdagi viloyat.
• O‘rda — Toshkentdagi joy nomi.
• Navoiy — Toshkentdagi ko‘cha nomi.
• Xorazm — O‘rta Osiyodagi viloyat.
• Tojikiston — O‘rta Osiyoda joylashgan mamlakat.
• Osiyo — qit’a nomi.
• Rossiya — Mamlakat nomi.
• Leningrad — Rossiya shimolidagi shahar, hozirgi Sankt-Peterburg.
• Neva — Rossiyadagi daryo.
ASARDAGI MILLIY KALORIT
• Bu asarda aynan qandaydir bir alohida milliy urf-odat yoki udumlarni
uchratmaysiz. Menimcha, bunga sabab, asarning sho‘ro yillarida, boz
ustiga, Stalinning qatag‘on mashinasi ayni ishlab turgan mahalda
yozilganidir. Shunga qaramasdan, asar qahramonlari siymosida xalqimizga
xos bo‘lgan, soddalik, kengfe’llik, bosiqlik, mehribonlik singari fazilatlarni
ko‘rishingiz mumkin.
ASARDAGI TUGUN
• Asardagi tugun, albatta, Shukurjon va Qosimov o‘rtasidagi
ziddiyatli tortishuvdir.
ASARDAGI KONFLIKT TURI
• Asardagi konflikt inson–inson konfliktidir. Bir taraf Shukurjon bo‘lsa, ikkinchi
taraf Qosimovdir. Asardagi barcha voqealar aynan mana shu konflikt tufayli
yuz beradi. Ikki taraf ham ga‘laba qozonishni xohlaydi. Yakunda esa, baribir,
haqiqat g‘alaba qozonadi. Haqiqat esa Shukurjon tarafda edi.
ASARDAGI KULMINATSIYA VA YECHIM
• Asar o‘z kulminatsiyasi va yechimini, menimcha, bir voqeada mujassam
etgan. U ham bo‘lsa Shukurjonning eski qo‘rg‘ondan otasi va uning
safdoshlariga tegishli hujjatlar va xatlarmi topib olishi hamda haqiqatning
tagiga yetishidir. Aynan mana shu nuqtada hamma narsaga oydinlik
kiritiladi. Barcha savollarga oydinlik kiritiladi, tugunlar yechiladi. Kim aslida
qahramon-u, kim aslida ig‘vogarligi fosh etiladi.
ASARDAGI FOLKLOR NAMUNALAR
• Asarda bunday namunalar mavjud emas.
ASARDAGI ENG YAXSHI AFORIZM VA
FALSAFIY MUSHOHADALAR
• “...Ular — muqaddas odamlar, yig‘lash emas, faxrlanish kerak”.
• “Hamisha sirli pardaga o‘ralgan g‘alati afsonalarda kuylangan ulug‘ va
ko‘hna Sharq”.
• “Ko‘ryapsanmi, o‘lim oldida ham yoringning ko‘ngli senda. Baxtli bo‘l,
ilohim, baxtli bo‘l”.
• “Mening gapimga ishonish uchun vijdonli bo‘lish kerak”.
• “Bu mehnatsevar xalq kelajakda o‘z vatanini ko‘rkam bir bog‘ga aylantirib
yuborishi mumkin”.
ASARDAN OLGAN TAASSUROTLARIM
• Umumiy jihatdan olib qarasak, asar va undagi voqealar menga yoqdi.
Qahramonlar va ularning xarakteri ham ajoyib. Ammo menga yoqmagan jihatlari
ham bir talaygina. Sababi, asarda bolsheviklar mafkurasi, kummunizm juda ham
ulug‘langan. Asarda “bosmachi” deb atalganlarning hammasi ham aslida
bosmachilar emas. Ular rus bosqinchilariga qarshi kurashgan hurriyatparvarlardir.
Afsuski, sovet davrida bu harakat vakillari “bosmachilar” deb atalib, xalq
dushmaniga chiqarildi. Agar asar 1959-yilda yozilganligini inobatga olsak,
muallifni unchalik ham ayblay olmaymiz. Negaki u davrda ma’naviy tazyiqlar
ancha kuchaygan, sovet mafkurasiga qarshilar qatag‘onga uchragan davrlar edi.
Ammo shuncha narsaga qaramasdan, asar menga yoqdi deb bemalol ayta olaman.
VENN DIAGRAMMASI
Shukurjon
• O‘xshash jihatlar
Lyudmila
Grigoryevna
• Ikkisi ham yaqinini yo‘qotgan
• Ikkisini ham eski qo‘rg‘on bog‘lab turadi
• Ikkisi ham Qosimovni yomon ko‘radi

More Related Content

Featured

How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
ThinkNow
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Kurio // The Social Media Age(ncy)
 

Featured (20)

2024 State of Marketing Report – by Hubspot
2024 State of Marketing Report – by Hubspot2024 State of Marketing Report – by Hubspot
2024 State of Marketing Report – by Hubspot
 
Everything You Need To Know About ChatGPT
Everything You Need To Know About ChatGPTEverything You Need To Know About ChatGPT
Everything You Need To Know About ChatGPT
 
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage EngineeringsProduct Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
 
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
 
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfAI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
 
Skeleton Culture Code
Skeleton Culture CodeSkeleton Culture Code
Skeleton Culture Code
 
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
 
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
 
How to have difficult conversations
How to have difficult conversations How to have difficult conversations
How to have difficult conversations
 
Introduction to Data Science
Introduction to Data ScienceIntroduction to Data Science
Introduction to Data Science
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best Practices
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project management
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
 

Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx

  • 1. ODIL YOQUBOVNING “OTA IZIDAN” ASARI YUZASIDAN BADIIY TAHLIL TAYYORLADI: ASADBEK SAYFULLAYEV
  • 2. • MUALLIFNING QISQACHA BIOGRAFIYASI Odil Yoqubov 1926-yil 20-oktabrda hozirgi Janubiy Qozog‘iston viloyatiga qarashli Qarnoq qishlog‘ida tug‘ilgan. O‘sha yerda o‘rta maktabni tugatib, harbiy xizmatga ketgan. U harbiy xizmatga chaqirilganida Ikkinchi jahon urushi tugash arafasida edi. Shu paytda Yaponiya davlati bilan urush boshlanib, O. Yoqubov ana shu urushda ishtirok etadi. 50-yillarda u harbiy xizmatdan qaytib O‘rta Osiyo davlat universitetining filologiya fakultetida o‘qiydi. So‘ngra turli yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida, «Literaturnaya gazeta»da, «O‘zbekfilm» kinostudiyasida, nashriyotlarda ishlaydi. 1982–1987- yillarda «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasini, 1987–1991-yillarda respublika Yozuvchilar uyushmasini boshqaradi. Keyin O‘zbekiston Atamalar qo‘mitasi raisi, so‘ngra Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi vitse- prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi. Odil Yoqubovning dastlabki yirik asari 1951-yilda bosilib chiqqan «Tengdoshlar» qissasi edi. So‘ngra uning «Dastlabki qadam», «Ikki muhabbat» hikoyalar to‘plamlari, «Tilla uzuk» qissa va hikoyalar to‘plamlari chop etiladi, «Chin muhabbat», «Aytsam tilim, aytmasam dilim kuyadi», «Yurak yonmog‘i kerak», «Olma gullaganda» pyesalari yaratiladi. Birin-ketin «Bir felyeton qissasi», «Muqaddas», «Qanot juft bo‘ladi», «Izlayman», «Billur qandillar» qissalari e’lon qilinadi. Odil Yoqubov o‘zbek adabiyotida roman janrini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan adibdir. Uning turli davrlarda yaratilgan «Er boshiga ish tushsa...», «Ulug‘bek xazinasi», «Ko‘hna dunyo», «Diyonat», «Oqqushlar, oppoq qushlar» romanlari kitobxonlarning mehrini qozongan. Mustaqillik yillarida ham yozuvchi barakali ijod qildi. Uning «Adolat manzili» romani, «Muzaffar Temur», «Bir koshona sirlari» singari pyesalari hamda o‘nlab hikoyalarida xalqimiz o‘tmishi va bugungi kunining dolzarb muammolari badiiy tadqiq etildi. Yozuvchi 1985-yilda O‘zbekiston xalq yozuvchisi unvoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, 1994-yilda «Do‘stlik», 1998-yilda esa «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan. Odil Yoqubov 2009-yilda vafot etgan.
  • 3.
  • 4. “OTA IZIDAN” • Asar uncha katta bo‘lmagan povest janrida yozilgan. • Muallif asarda realistik metoddan foydalangan.
  • 5. ASARNING TEMATIK TASNIFI Asarni tematik jihatdan turli xil tasniflash mumkin: • Tarixiy: asarda bir necha bor tarix va unda bo‘lib o‘tgan voqealarga murojaat qilinadi. Bunga misol qilib, Shukurjonning buvisi aytgan hikoyalarini eslashi, Burxon otaning qizil askarlarga qanday yordam berganini xotirlashini keltirish mumkin; • Detektiv: bu tasnifni berishimizga sabab, Shukurjon asar mobaynida otasining qanday odam bo‘lganligini aniqlashga, uning sirli tarixini ochishga harakat qiladi; • Biografik: asar bosh qahramoni Shukurjon voqealar mobaynida Vladislav Lugovskiy ismli askarning kundaligini topib oladi. Unda Lugovskiy o‘zining hayot kechinmalarini aks ettirgan edi.
  • 6. ASAR MAVZUSI • Asarda Shukurjon ismli bir yigit hamda Qosimov ismli kishi o‘rtasidagi qarama-qarshilik aks ettiriladi. Ziddiyat Qosimovning Shukurjonning otasini o‘z safdoshlarini sotgan xoin deb atashidan boshlanadi. Garchi Shukurjon unga ishonmagan bo‘lsada bu uning otasi tarixini o‘rganishiga turtki bo‘lolmaydi. Oradan 4 yil o‘tgach taqdir ularni yana ro‘baro‘ qiladi. Ana shunda Shukurjon otasining izini topishga va uning xoin emasligini isbotlashga bel bog‘laydi va bunga erishadi. Yakunda o‘sha xoin Shukurjonning otasi emas Qosimovning o‘zi bo‘lib chiqadi, ig‘vogar esa bu qilmishi uchun malomatga qoladi.
  • 7. ASARNING ASOSIY G‘OYASI • Asarda Shukurjonning harakatlari misolida inson hech qachon tarixni, ayniqsa, o‘zi va ota-bobolari tarixini unutmasligi, ozining aslida kim ekanligini, kimning farzandi ekanligini doimo yodda saqlashi kerakligi ifoda etilgan.
  • 8. ASAR SARLAVHASI • “Ota izidan”. Asar sarlavhasi judaham o‘rinli tanlangan, negaki yuqorida bir necha bor ta’kidlaganimizdek, voqealar mobaynida bosh qahramon Shukurjon otasing noma’lum tarixini bilishga, uning aslida kim bo‘lganligini aniqlashga bo‘lgan harakatlari tasvirlanadi. Menimcha, bu asarga bundanda yaxshi sarlavha bo‘lishi mumkin emas.
  • 9. ASARNING LINGVISTIK TAHLILI 1. Asardagi frazeologizmlar: • “Zuvalasi pishiq” • “Og‘iz-burun o‘pishmoq” • “Hafsalasi pir bo‘lmoq” • “Kechagina ot o‘ynatib yurgan” • “Qorong‘ulik tushganini sezgan ko‘rshapalakdek” • “Ko‘zining oq-u qorasi” • “Sadaqaga tushgan pulni qayta-qayta sanagan tilamchidek” • “Bulut bilan suhbat qurgan” • “Oftobda kabob bo‘lmoq” • “O‘rtadagi pardaning cheti ko‘rinmoq”
  • 10. ASARNING LINGVISTIK TAHLILI 2. Kasb-hunarga oid so‘zlar: • Professor • Usta • Doktor • Feldsher • Kotiba • Ilmiy xodim • Askar • Cho‘pon • Dehqon • Haydovchi • Arxeolog • Geolog
  • 11. ASARNING LINGVISTIK TAHLILI 3. Toponimlar: • Toshkent — O‘rta Osiyoda joylashgan shahar, O‘zbekiston poytaxti. • Farg‘ona — O‘rta Osiyoda joylashgan vodiy va shu nomdagi viloyat. • O‘rda — Toshkentdagi joy nomi. • Navoiy — Toshkentdagi ko‘cha nomi. • Xorazm — O‘rta Osiyodagi viloyat. • Tojikiston — O‘rta Osiyoda joylashgan mamlakat. • Osiyo — qit’a nomi. • Rossiya — Mamlakat nomi. • Leningrad — Rossiya shimolidagi shahar, hozirgi Sankt-Peterburg. • Neva — Rossiyadagi daryo.
  • 12. ASARDAGI MILLIY KALORIT • Bu asarda aynan qandaydir bir alohida milliy urf-odat yoki udumlarni uchratmaysiz. Menimcha, bunga sabab, asarning sho‘ro yillarida, boz ustiga, Stalinning qatag‘on mashinasi ayni ishlab turgan mahalda yozilganidir. Shunga qaramasdan, asar qahramonlari siymosida xalqimizga xos bo‘lgan, soddalik, kengfe’llik, bosiqlik, mehribonlik singari fazilatlarni ko‘rishingiz mumkin.
  • 13. ASARDAGI TUGUN • Asardagi tugun, albatta, Shukurjon va Qosimov o‘rtasidagi ziddiyatli tortishuvdir.
  • 14. ASARDAGI KONFLIKT TURI • Asardagi konflikt inson–inson konfliktidir. Bir taraf Shukurjon bo‘lsa, ikkinchi taraf Qosimovdir. Asardagi barcha voqealar aynan mana shu konflikt tufayli yuz beradi. Ikki taraf ham ga‘laba qozonishni xohlaydi. Yakunda esa, baribir, haqiqat g‘alaba qozonadi. Haqiqat esa Shukurjon tarafda edi.
  • 15. ASARDAGI KULMINATSIYA VA YECHIM • Asar o‘z kulminatsiyasi va yechimini, menimcha, bir voqeada mujassam etgan. U ham bo‘lsa Shukurjonning eski qo‘rg‘ondan otasi va uning safdoshlariga tegishli hujjatlar va xatlarmi topib olishi hamda haqiqatning tagiga yetishidir. Aynan mana shu nuqtada hamma narsaga oydinlik kiritiladi. Barcha savollarga oydinlik kiritiladi, tugunlar yechiladi. Kim aslida qahramon-u, kim aslida ig‘vogarligi fosh etiladi.
  • 16. ASARDAGI FOLKLOR NAMUNALAR • Asarda bunday namunalar mavjud emas.
  • 17. ASARDAGI ENG YAXSHI AFORIZM VA FALSAFIY MUSHOHADALAR • “...Ular — muqaddas odamlar, yig‘lash emas, faxrlanish kerak”. • “Hamisha sirli pardaga o‘ralgan g‘alati afsonalarda kuylangan ulug‘ va ko‘hna Sharq”. • “Ko‘ryapsanmi, o‘lim oldida ham yoringning ko‘ngli senda. Baxtli bo‘l, ilohim, baxtli bo‘l”. • “Mening gapimga ishonish uchun vijdonli bo‘lish kerak”. • “Bu mehnatsevar xalq kelajakda o‘z vatanini ko‘rkam bir bog‘ga aylantirib yuborishi mumkin”.
  • 18. ASARDAN OLGAN TAASSUROTLARIM • Umumiy jihatdan olib qarasak, asar va undagi voqealar menga yoqdi. Qahramonlar va ularning xarakteri ham ajoyib. Ammo menga yoqmagan jihatlari ham bir talaygina. Sababi, asarda bolsheviklar mafkurasi, kummunizm juda ham ulug‘langan. Asarda “bosmachi” deb atalganlarning hammasi ham aslida bosmachilar emas. Ular rus bosqinchilariga qarshi kurashgan hurriyatparvarlardir. Afsuski, sovet davrida bu harakat vakillari “bosmachilar” deb atalib, xalq dushmaniga chiqarildi. Agar asar 1959-yilda yozilganligini inobatga olsak, muallifni unchalik ham ayblay olmaymiz. Negaki u davrda ma’naviy tazyiqlar ancha kuchaygan, sovet mafkurasiga qarshilar qatag‘onga uchragan davrlar edi. Ammo shuncha narsaga qaramasdan, asar menga yoqdi deb bemalol ayta olaman.
  • 19. VENN DIAGRAMMASI Shukurjon • O‘xshash jihatlar Lyudmila Grigoryevna • Ikkisi ham yaqinini yo‘qotgan • Ikkisini ham eski qo‘rg‘on bog‘lab turadi • Ikkisi ham Qosimovni yomon ko‘radi