SlideShare a Scribd company logo
1 of 47
Buxoro tuman XTMFMT va TEB ga
qarashli 49-umumiy o’rta ta’lim
maktabining geografiya fani o’qituvchisi
Aslonova Nasiba Muxammadovnaning
“Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi”
ko’rik-tanlovida tayyorlagan
METODIK PORTFOLIOSI
МАЪЛУМОТНОМА.
Аслонова Насиба Мухаммадовна
У 2013 йил 02. сентябрдан буён:
Бухоро тумани хал таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш вақ
ташкил этиш бўлими 49- умумий ўрта таълим мактаби география фани ў итувчисиқ
Ту илган йили: Ту илган жойи:ғ ғ
18.01.1986 Бухоро вилояти, Бухоро туман
Миллати: Партиявийлиги:
ўзбек Йўқ
Маълумоти: Тамомлаган:
олий 2007 йилда Бухоро Давлат университети (кундузги)
Маълумоти буйича мутахассислиги: география фани ў итувчисиқ
Илмий даражаси: Илмий унвони:
йўқ йўқ
Қайси чет тилларини МДҲ халқлари тилларини билади?
рус, инглиз тиллари
Давлат мукофотлари билан та дирланганми ( ана а)қ қ қ
Та дирланмаганқ
Хал депутатлари, республика, вилоят,шахар ва туман Кенгаши депутатими ёки бошка сайланадиганқ
органларнинг аъзосими (тўли кўрсатилиши лозим)қ
йўқ
МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИ
2006-2007 йй.-Бухоро туман спорт мактабида география фани укитувчиси,
2007-2008йй.- Бухоро шахар 26-мактабида география фани укитувчиси
2008 -2013 йй- Гала Осиё Курилиш ва транспорт касб-хунар коллежида география фани укитувчиси,
2013-2014йй - Бухоро туман 49-умумий ўрта таълим мактаби география фани укитувчиси,
2014-2015йй - Бухоро туман 49-умумий ўрта таълим мактабида география фани укитувчиси ва укув
ишлари буйича директор уринбосари
2016-й январ - шу мактабда география фани укитувчиси вазифасида фаолият юритмокда.
Buxoro tuman XTMFMT va TEB ga qarashli 49-
umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani
o’qituvchisi Aslonova Nasibaning “Biz dunyoni
o’rganamiz!” to’garagining
YILLIK REJASI
№ Mavzu nomi O’tkaziladiga
n vaqti
Uyga vazifa
1 Geografiya nimani o’rganadi?
2 Ob-havo va iqlim
3 Geografik xarita
4 Dunyoning siyosiy xaritasi.
5 O’zbekiston – mustaqil respublika.
6 Beruniy globusi
7 Ulug’bek geografiyasi
8 Faxriddin Banokatiy
9 Amudaryo va Qoraqum tarixi
10 Said Muhammad Tohir
11 Chigirtka yog’sa, yomg’ir ham yog’adi.
12 Sayyor qit’alar
13 Orol dengizi
14 “Issiqxona samarasi”
15 “Qor yo’lbarsi” unvoni kimga beriladi?
16 Kosmos qayerdan boshlanadi?
17 Yerda havo dushman bo’lganida…
18 Bosim qonunlari buzilganda
19 “Hech nima”ning narxi qancha?
20 Buxoro viloyati
21 Axil va G’ozal Yelena oroli
22 Feniks yoki abadiy tiriklik haqida afsona
23 Sahroi Kabir
24 Biz Quyoshga qachon yaqin kelamiz?
25 Yangi kun va yangi yil qayerdan boshlanadi?
26 Oylar nomining kelib chiqishi
27 Soat mintaqasi
28 Dunyodagi eng uzun daryo
29 “Moviy odamlar”
30 Yer sharidagi eng issiq dengiz
BUXORO TUMAN XTMFMT VA TEB GA QARASHLI 49-UMUMIY O’RTA
TA’LIM MAKTABINING GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI ASLONOVA
NASIBA MUXAMMADOVNANING 6-SINF UCHUN“YEVROSIYONING ICHKI
SUVLARI ” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
Sinf: 6
Dars shiori:
Erta uchun bugun qayg’ur!
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga Yevrosiyo materigi haqida yangi bilimlar berishda davom etib,
uning ichki suvlari, ularning joylashish xususiyatlari, to’yinish tiplari haqida ma’lumot
berish;
Tarbiyaviy:o’quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni o’qishga da’vat etish, o’z
maqsadiga erishish uchun harakat qilish ruhida tarbiyalash, jamoa bo’lib ishlash,
berilgan vazifani bajarishda mas’uliyatni sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish;
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini
o’stirish, o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini
rivojlantirish.
Darsning jihozi: Dunyoning tabiiy xaritasi, Yevrosiyo materigining tabiiy xaritasi,
darslik, 6-sinf geografiya o’qitish metodikasi, geografiyaga oid albom va rasmlar,
tarqatma materiallar, atlas, yozuvsiz xarita, mavzuga oid slaydlar, proyektor
Dars o’tish metodlari: mustaqil ishlash, amaliy ishlash, interfaol usullar, “Aqliy
hujum”, “juftlikda ishlash”, “guruhlar bilan ishlash”, geografik topishmoqlar.
Texnik vositalar: televizor, videomagnitofon, kompyuter, proyektor
Dars tipi:aralash
Dars turi: noan’anaviy
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
- Salomlashish;
- Navbatchi axborotini tinglash;
- Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida suhbatlashish.
- Guruhni rag’batlantirish uchun archa, yakka rag’batlantirish uchun qo’ziqorin
beriladi.
Guruhlash: o’quvchilar 3 guruhga ajratiladi. Guruhlarda ishlash qoidalariishlab
chiqiladi va doskaga yozib qo’yiladi.
Oltin qoidalar:
1. Faollik.
2. Vaqtga rioya qilish .
3. Fikrni takrorlamaslik.
4. O’zaro hurmat.
5. To’g’ri javob uchun rag’bat.
6. O’ng qo’l qoidasi.
7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”
8. Intizom.
I guruh – Osiyo
II guruh – Yevropa
III guruh - Amerika
- Uyga vazifa va o’tgan mavzuni so’rash:
1 . Biz o’tgan geografiya darsida qaysi mavzuni o’rgangan edik?
2. Issiq iqlim mintaqalarini qo’lingizdagi varaqlarga yozing.(Har bir guruhga klaster
tarqatiladi 1 minut vaqt beriladi. To’g’ri bajargan guruh rag’batlantiriladi. )
Yangi mavzu bayoni:
Darsning rejasi:
1. Ichki suvlarning joylashishi.
2. Daryolarning to’yinish tiplari.
3. Yevrosiyo ko’llari.
4. Ko’p yillik muzloq yerlar.
Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan darsning rejasi asosida slaydlardan foydalangan
holda tushuntiriladi.
Mustahkamlash
Raqamlarni jonlantirish: guruh a’zolariga 5 ta yo’lakcha ajratilgan qog’ozlar
tarqatiladi.o’tilgan 5 ta materik – Afrika, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Janubiy
Amerika va Yevrosiyo materiklari bo’yicha daryo va ko’llar nomi beriladi.
Afrika Avstraliya Shimoliy
Amerika
Janubiy
Amerika
Yevrosiyo
Daryo va ko’llar tartib bilan o’qiladi. Guruh a’zolari raqamni kerakli joyga qo’yib
ketadilar.
1. Kongo.
2. Orinoko
Issiq iqlim
mintaqalari
3. Darling
4. Marakaybo
5. Missuri
6. Dnepr
7. Eyr
8. Sarez
9. Rukva
10.Vinnipeg
To’g’ri javoblar:
Afrika Avstraliya Shimoliy
Amerika
Janubiy
Amerika
Yevrosiyo
1 3 5 2 6
9 7 10 4 8
Guruh a’zolari raqamlarni kerakli joyga qo’yib bo’lgach, tagidan bir qator qilib 10 ta
raqam yozadilar va “V” yoki “?” tarzida tekshiriladi. To’g’ri bajargan guruh
rag’batlantiriladi.
O’quvchilarni baholash: dars yakunida guruhlar to’plagan ballar sanalib, ballar
hisoblanadi.g’olib guruh aniqlanib, rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa: mavzu oxiridagi savol, topshiriqlarni bajarish. Atlasdagi “Yevrosiyoning
ichki suvlari”ni yozuvsiz xaritaga tushirish.
49-umumiy o’rta ta’lim maktabi Geografiya fani o’qituvchisi
Aslonova Nasiba Muxammadovnaning
I bosqich “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi ” ko’rik-tanlovida 5 – sinf o’quvchilari
uchun “Okean suvining xususiyatlari” mavzusida tayyorlagan
DARS SHIORI: “ERTA UCHUN BUGUN QAYG’UR”,
“ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS”
SINF: 5
MAVZU : OKEAN SUVINING XUSUSIYATLARI
Dars maqsadlari:
a) Ta’limiy –o’quvchilarga okean suvining o’ziga xos xususiyatlari, dunyo okeani
boyliklari va ularning ahamiyati to’g’risida bilim berish;
b) Tarbiyaviy- : o’quvchilarni tabiiy boyliklardan, ichimlik suvidan oqilona
foydalanishga undagan holda, ularni tabiatparvarlik, tejamkorlik ruhida
tarbiyalash;
c) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning fanga qiziqishlarini rivojlantirib, ularda
ekologik madaniyatni shakllantirish.
d) Dars turi: noan’anaviy
Dars usuli: klaster, “aqliy hujum”, 4x4, ko’rgazmalilik, zanjir o’yini
Dars jihozi: tabiiy globus, o’quv atlasi, slayd, tarqatma materiallar, test, darslik,
yarimsharlar tabiiy xaritasi
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism:
1. Salomlashish;
2. Navbatchi orqali davomatni aniqlash;
3. Jahonda va yurtimizda bo’layotgan voqea-hodisalar;
4. Ob-havo xabarlari.
5. O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish.
Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi:
I guruh “Olimlar”,
II guruh “Turistlar”
III guruh “OAVxodimlari”
II O’tgan mavzuni so’rash:
1. Dunyo okeani qaysi okeanlardan tashkil topgan?
2. Yevrosiyodagi ichki va chekka dengizlar nomini ayting.
3. Materik sayyozligi deb okeanlarning qaysi qismlariga aytiladi?
4. Qo’ltiq deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring.
Har bir to’g’ri javob bergan o’quvchilar guruhlariga rag’bat olib beradilar.
III Yangi mavzu bayoni:
Reja:
1. Suv harorati. Yorug’lik.
2. Suvning sho’rligI
3. To’lqinlar.
4. Dengiz oqimlari
5. Dunyo okeani boyliklari
Okean yuzasidagi suvlarning o’rtacha harorati + 17. Harorat mintaqalar bo’yicha o’zgarib turadi.
Ekvator va uning o’rtasida yil davomida harorat 27-28, tropiklarning g’arbiy qismida 20-25 va 15-20,
mo’tadil mintaqalarda suvning harorati janubiy yarimsharda pasayib boradi. Shimoliy yarimsharda
materiklarning g’arbiy qismlari sharqiy qismiga nisbatan iliqroq bo’ladi. Okean suvi - 2 da muzlaydi.
Suv sho’rligi qancha yuqori bo’lsa, muzlash harorati shuncha past bo’ladi. Eng past harorat qutbiy
o’lkalarda bo’lib -10, -20. Chuqurga tushgan sari okean suvining harorati pasayib boradi. 1000 m
chuqurlikda esa -2, -3.
Quyosh nuri okean suvini 200 m gacha yoritadi. 500 m dan so’ng okean tubini qorong’ulik
egallaydi. Olimlarning fikricha, okeanning bu qismida o’simlik va hayvonot olami uchramaydi.
Suvning sho’rligi deb, 1 l suvda erigan moddalar miqdoriga aytiladi. Okean suvining o’rtacha
sho’rligi 35 . Chuchuk suvning sho’rligi 1 foizdan kam bo’lishi kerak. Dunyo okeani suvida erigan
moddalarning ko’p qismini osh tuzi tashkil qiladi.
To’lqinlar suv yuzasida,asosan shamol ta’sirida hosil bo’ladi. Zilzila, vulqon, qalqish
kuchlari ta’sirida okean suvlarining to’la qatlami to’lqin bilan qoplanadi.
Suvning katta masofalarga yotiq harakat qilishi okean oqimlari deyiladi. Oqimlarni asosan
shamol hosil qiladi. Oqimlar 2 xil bo’ladi: iliq, sovuq. Xaritada oqimarnii ajratish uchun ular alohida ranglar
bilan beriladi. Sovuq oqimlar ko’k rangda, iliq oqimlar qizil rangda. Dunyodagi eng katta sovuq oqim bu G’arbiy
shamollar oqimi. Iliq oqim esa Golfstrim oqimidir.
Okean suvlarida mikroskop bilan ko’rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko’k
kitlargacha, turli xil organizmlar yashaydi. Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida
o’simlik turi mavjud. Ulardan turli oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun esa qimmatli xomashyo olinadi.
O’quvchilar okean boyliklari har qancha ko’p bo’lsa ham ularni muhofaza qilish kerak.
Chunki, ayrim hayvonlar, masalan kit ko’p ovlanganidan kamayib ketgan. Suvning ifloslanishi dengiz
o’simliklari va hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo’ladi.
IV Mustahkamlash
1. Okeanlarda suv harorati qanday o’zgaradi?
2. Okean va dengizlar suvining sho’rligi nimalarga bog’liq?
3. Dengiz va okeanlardagi to’lqinga nima sabab bo’ladi?
4. Dunyodagi eng sho’r dengiz qaysi?
5. Eng katta oqimni xaritadan ko’rsating.iiii
6. Batiskafdan nima uchun foydalaniladi?
7. Dunyo okeanida qancha jonzot mavjud?
8. Dunyo okeanini ifloslanishdan himoya qilish uchun qanday tadbirlarni taklif qilardingiz?
V Xulosalash
VI Baholash
Guruhlar ballari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanib, Qo’hna va boqiy Buxoroga sayohat yo’llanmasi
bilan taqdirlanadi.
“5” –
“4” –
“3” –
VII Uyga vazifa
Xaritadan Passat, Golfstrim, G’arbiy shamollar, Peru oqimlarini toping. Bularning qaysi
biri sovuq oqim ekanligini daftaringizga yozib keling.
Dars jarayoni quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
1. Chuqur bilimga egaligi va mahoratini namoyish qila olishi –
2. Qo’llagan texnologiya , metodlarni yangiligi ifoda shakllarining ta’sirchanligi va
natijaviyligi –
3. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni baholash va takrorlash –
4. O’quvchilarning o’zaro fikr almashuvini tashkil etishi –
5. Mavzuni ochishdagi usullarning o’ziga xosligi –
6. Dars bosqichlarida turli manbalardan foydalanishi –
7. O’quvchilar faoliyatida motivatsiya va intensivlikni hosil qilishi hamda jarayon
oxirigacha saqlay olishi –
8. Zamonaviy vositalardan samarali foydalanishi –
9. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi –
10. Darsning maqsadga erishganligi, samaradorligi –
11. Vaqtning to’g’ri taqsimlanishi –
12.Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun o’quvchilar tomonidan bajarilgan
test natijalari -
DARS SHIORI:
“ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS”
Sana: 18. 02. 2014-yil
Sinf: 7
MAVZU: O’ZBEKISTONNING ICHKI SUVLARI VA SUV BOYLIKLARI
Dars maqsadlari:
a) Ta’limiy – o’quvchilarga O’zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari
haqida bilim berish;
b) Tarbiyaviy – o’quvchilarni vatanparvarlik, tejamkorlik ruhida tarbiyalash;
c) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning geografik bilimlarini oshirish.
Dars turi: noan’anaviy
Dars usuli: “kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, “issiq bo’g’irsoq”, zanjir, jadval
bilan ishlash”
Dars jihozi: O’zbekistonning tabiiy xaritasi, o’quv atlasi, yozuvsiz xarita, jadval,
rasm, test, slayd, kodaskop, kompyuter, qo’shimcha adabiyotlar
T/R DARS BOSQICHLARI VAQTI
(daqiqa)
1 Tashkiliy qism 2
2 O’tgan mavzuni so’rash 5
‘3 Yangi mavzu bayoni 23
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 8
5 O’quvchilarni baholash va
rag’batlantirish
3
6 Xulosalash 2
7 Uyga vazifa 2
45
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism:
- O’quvchilar bilan salomlashish;
- Navbatchi hisobotini tinglash;
- Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida so’rash;
- O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish;
- O`quvchilar 4 ta guruhga bo`linib, guruh nomlari e’lon qilinadi.
I-guruh - “Amudaryo”
II-guruh - “Sirdaryo”
III-guruh - “Zarafshon”
IV-guruh - “Qashqadaryo”
- Otgan mavzuni so’rash:
1.
2. O’zbekiston iqlimi qanday omillar ta’sirida vujudga keladi?
3. Quyosh radiatsiyasi qanday omillarga bog’liq?
4. O’zbekiston hududiga esuvchi mahalliy shamollarga misollar keltiring.
To’g’ri javob bergan guruhlar rag’batlantirilib boriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Mavzu: O’zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari
Reja:
1. Yurtimiz daryolari haqida umumiy tushuncha.
Iqlimhosilqiluvhci
omillar
2. Suv boyliklari.
Yangi mavzuni bayon etishdan oldin o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
1. Ichki suvlarga nimalar kiradi?
2. Daryo deb nimaga aytilai?
So’ng guruhlardan bittadan a’zo chiqib, “issiq bo’g’irsoq” o’yini o’ynaladi. Bunda
bir o’quvchiga koptokcha beriladi. U boshqa guruh a’zosiga yurtimizdagi bir daryo
nomini aytib uzatadi. U esa boshqaguruh a’zosiga koptokni uzatadi. Kimning qo’lida
koptok uzoq qolib ketsa, u guruh a’zosi o’yindan chiqadi. O’yin shu zaylda davom
etadi. Oxirgi qolgan guruh a’zosi guruhiga rag’bat keltiradi.
O’zbekistonda ichki suvlar quyidagicha joylashgan:
Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo’yicha notekis
taqsimlangan. Daryolar asosan, tog’lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug’orishga
sarflanib, yerga shimilib, bug’lanib, suvi kamayib qoldi, ayrimlari cho’llarda tugaydi.
Faqat Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga boribquyiladi.
T/R ICHKI SUVLAR
TURI
SONI
1 Daryo 18 mingga yaqin
2 Ko’l 525 ta
3 Suv ombori 53 ta
4 Muzlik 525 ta
O’zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo’yicha birxil emas. Tekislik qismida
daryolar juda siyrak bo’lib , aksincha tog’ va adirlarda daryolar tarmog’I zich. Bunga
asosiy sabab, tog’larda tekisliklardagiga nisbatan yog’inlar ko’p tushadi, harorat
pastligidan mumkin bo’lgan bug’lanish va shimilish kam bo’ladi. Natijada yog’inning
ko’p qismi daryo oqimiga aylanadi.
O’zbekiston tog’ daryolari tor o’zanda tez, shiddat bilan oqadi. Ular asosan, tagini
yuvib, sharshara va ostonalar hosil qiladi, kema qatnashiga yaroqsiz, lekin
gidroenergiyaga boy. Tekislikka chiqqach, daryolar daryolar keng vodiyda tarmoqlanib,
ilonizi o’zan hosil qilib, sekin oqadi, ko’proq qirg’oqlarini yemiradi. Bu daryolar kema
qatnovi uchun qulaydir. Yurtimizdagi daryolarning ko’pi Tojikiston va Qirg’izistondagi
doimiy qor hamda muzliklardan boshlandi.
O’zbekiston daryolari to’yinish jihatidan bir xil emas.
t/r To’yinish
manbalari
Daryolar Suvi
ko’payish
davri
Suvi kamayish davri
1 Muzlik va
doimiy qorlar
Amudaryo, Zarafshon,
Isfayramsoy, So’x, Isfara
Iyun –
avgust
Qish
2 Qor va muz Sirdaryo, Chirchiq,
Surxondaryo, Qoradaryo,
Norin
May-iyun Qish
3 Qor Qashqadaryo, G’uzordaryo,
Sangzor, Ohangaron,
G’ovasoy
Aprel - may
Yoz
4 Soylar, qor-
yomg’ir va
yerosti suvlari
Zominsoy, Sheroboddaryo,
Tursundaryo
Aprel –may Yoz
O’zbekiston daryolari tog’li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning ko’p qismi
muzlamaydi. Faqat nishab kam bo’lgan keng vodiylarigina qisman yoppasiga muzlashi
mumkin. Tekislik qismidagi daryolari esa 1-2 oy muzlaydi, lekin respublikaning janubiy
qismidagi daryolar muzlamaydi.
Guruhlardan guruh nomlarini izohlab berishlari so’raladi. Ular ma’lumotlari o’qituvchi
tomonidan to’ldirilib boriladi. So’ng har bir guruhga “O’zbekiston daryolari” jadvalini
to’ldirish buyuriladi.
t/r Daryo nomi Uzunligi
(km)
Boshlanish joyi Quyilish joyi To’yinish manbayi
1 Amudaryo 2540 Pomir tog’idan Orol dengizi Muzlik va doimiy
qorlardan
2 Sirdaryo
3 Zarafshon
4 Ohangaron
5 Surxondaryo
6 Qashqadaryo
Birinchi bo’lib, jadvalni to’g’ri to’ldirib yetkazgan guruh rag’batlantiriladi. O’qituvchi
jadvalni tahlil qilib, guruhlarning to’la ma’lumotga ega bo’lmagan daryolari haqida
o’qituvchi ma’lumot beradi.
O’zbekiston hududida suv boyliklari quyidagicha taqsimlangan:
O’zbekiston hududidan esa yiliga tashqariga 47, 562 km kub miqdoridagi suv oqib
chiqadi
O’zbekiston
amalda yiliga
o’rtacha 57, 781
km kub atrofida
suvdan
foydalanadi.
Mavzuni mustahkamlash:
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mavzu doirasida 5 tadan test yozilgan varaqlar
tarqatiladi. Barcha o’quvchilar belgilab bo’lishgandan so’ng test javoblari e’lon qilinadi.
O’quvchilar o’zlarini test javoblarini tekshirib baholaydilar.
1.Ichki suvlarga nimalar kiradi?
a) daryolar
b)ko’llar, yerosti suvlari
c)a, b javoblar to’g’ri
2. Nega tog’ va adirlarda daryolar tarmog’I zich?
a) Chunki tog’larda yog’inlar ko’p, harorat past, bug’lanish va shimilish kam
b) Chunki tekisliklarda yog’inlar ko’p, harorat past, bug’lanish va shimilish kam
c)chunki o’simliklar ko’p
3. Amudaryo daryosining asosan to’yinish manbayini belgilang.
a) Qorlar
b) Yom’irlar, soylar
c) Muzliklar va doimiy qorlar
4.U Sirdaryoning o’ng irmog’I bo’lib, Chotqol va Piskom daryolarining qo’shilishidan
hosil bo’ladi? Gap qaysi daryo haqida ketyapti?
a) Zarafshon
b) Ohangaron
c) Chirchiq
5. O’zbekiston yiliga o’rtacha qancha miqdorda suvdan foydalanadi?
a) 57 ,781 km kub
b) 41,472 km kub
c) 16, 309 km kub
O’qituvchi guruhlarning ballarini jamlab, g’olib guruhni “Ko’hna va boqiy Buxoro”
sayrgohiga yo’llanma bilan taqdirlaydi.
Mavzuni xulosalash
O’qituvchi mavzuni xulosalab, uyga vazifani e’lon qiladi.
Uyga vazifa:
O’zbekistonning eng yirik daryolarini yozuvsiz xaritaga tushirib,nomlarini bilib olish.
Annotatsiya: bu darsda o’quvchilarga yil fasllari geografik qonuniyatlar asosida
tushuntirilib, inson umrining bosqichlari, hamda hayotiy jarayonlar yil fasllariga
monand ekanligi hayotiy miollar orqali yetkaziladi
Sana:
Sinf: 7
DARS SHIORI:
“ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS”
O’qituvchi dars shiorini izohlab, o’quvchilarni mehnat qilishga, bilim olishga
undaydi.
MAVZU: YIL FASLLARI
Dars maqsadlari:
d) Ta’limiy – o’quvchilarga O’zbekistonning yil fasllari, ularning geografik
qonuniyatlari, hamda xususiyatlari haqida bilim berish;
e) Tarbiyaviy – o’quvchilarga kiyinish odobini singdirib, ularni vatanparvarlik
ruhida tarbiyalash;
f) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning O’zbekistonning yil fasllari, ularning
geografik qonuniyatlari haqida bilimlarini va ularning tafakkurini boyitish.
Dars turi: noan’anaviy
Dars usuli: “kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, “issiq bo’g’irsoq”, zanjir, jadval
bilan ishlash” klaster
Dars jihozi: O’zbekistonning xaritasi, o’quv atlasi, yozuvsiz xarita, jadval, rasm,
test, slayd, kodaskop, kompyuter, qo’shimcha adabiyotlar
T/R DARS BOSQICHLARI VAQTI
(daqiqa)
1 Tashkiliy qism 2
2 O’tgan mavzuni so’rash 5
‘3 Yangi mavzu bayoni 23
4 Yangi mavzuni mustahkamlash 8
5 O’quvchilarni baholash va
rag’batlantirish
3
6 Xulosalash 2
7 Uyga vazifa 2
45
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism:
- O’quvchilar bilan salomlashish;
- Navbatchi hisobotini tinglash;
- Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida so’rash;
- O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish;
- O`quvchilar 3 ta guruhga bo`linib, guruh nomlari e’lon qilinadi.
I-guruh - “Farg’ona”
II-guruh - “Buxoro”
III-guruh - “Xorazm”
- O’tgan mavzuni so’rash:
5. Guruhlarga klasterni to’ldirish uchun 1 daqiqa beriladi. G’olib guruh
rag’batlantiriladi.
6. O’zbekiston iqlimi qanday omillar ta’sirida vujudga keladi?
7. Quyosh radiatsiyasi qanday omillarga bog’liq?
8. O’zbekiston hududiga esuvchi mahalliy shamollarga misollar keltiring.
To’g’ri javob bergan guruhlar rag’batlantirilib boriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Mavzu: YIL FASLLARI.
Reja:
3. Qish.
4. Bahor.
5. Yoz.
Iqlim hosil
qiluvhchi omillar
6. Kuz .
Yangi mavzuni bayon etishdan oldin o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi.
3. Hozir yurtimizda qaysi fasl hukmronlik qilyapti?
4. Fasllar nomini qaysi tillarda bilasiz?
O’zbekistonda yil fasllari shu kenglikda joylashgan boshqa hududlardan farq qiladi.
O’quvchilar, yurtimiz bilan bir kenglikda joylashgan davlatlarga misol keltiring.
Taqvim bo’yicha yil fasllari uch oydan to’rt fasl davom etsa-da, respublikamiz
serquyoshdir. Quyosh uzoq vaqt yoritib, isitib turishi natijasida yoz uzoq vaqt davom
etadi va qishi qisqadir.
Qish .
O’zbekitonda qish shu kenglikda joylashgan O’rta dengiz atrofidagi hududlarga
nisbatan sovuq. Qishda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, havo ko’pincha ochiq bo’ladi va
sovuq kunlar ba’zan iliq bulutli va yog’inli kunlar bilan almashinib turadi. Qishda yillik
yog’inning 20-40 foizi tushadi. Qish dekabr oyining ikkinchi yarmidan boshlanadi.
Qishda eng sovuq kunlar “qish chillasi”da sodir bo’ladi. Chunki bu davrda Arktika va
Sibir sovuq havolari ko’proq yetArktika va Sibir sovuq havolari ko’proq yetib kelib,
turib qoladi. Natijada harorat pasayib, Ustyurtda -38 gacha, Surxondaryoda-20 gacha
pasayadi. Tog’larda qish davomli bo’lib, 3-4 oy davom etadi.
Dam olish daqiqasida o’quvchilarga fasllarga oid ingliz tilida qo’shiq suratlar
bilan monitorda ko’rsatiladi. Ular qo’shiqni birgalikda aytishadi. So’ng tahlil
qilishadi.
Bahor .
Taqvim bo’yicha bahor mart, aprel va may oylari hisoblansa-da, aslida aprel oyidan,
o’rtacha sutkalik harorat + 5 dan oshganda boshlandi. Bahorda ob-havo tez-tez o’zgarib
turadi, goh isib, goh soviydi, yog’in ko’p tushadi. Ba’zan yog’in jala tariqasida yog’ib,
tog’ va tog’ etaklarida selni vujudga keltiradi.
Bahorda aprel oyining oxiri, may oylarida harorat ko’tariladi, havo ochilib, yog’in
kamayib, haqiqiy yoz boshlanadi. Bahorda 21-martda kun va tun teng bo’ladi va bu kun
O’zbekistonda “Navro’z” bayrami sifatida nishonlanadi.
Bu faslda yana qanday bayramlarni nishonlaymiz?
Yoz .
O’zbekistonda yoz taqvim bo’yicha iyun, iyul, avgust oylari hisoblansa-da, aslida
o’rtacha sutklalik harorat 20 dan oshganda boshlanib, 20 dan pasayganda tugaydi.
Binobarin yoz uzoq, besh oy davom etadi. Yozda ob-havo juda kam o’zgarib, ochiq,
quruq, jaziramaissiq bo’ladi. Yozning issiq kunlari 25-iyundan 5-avgustgacha davom
etadi, u “yoz chillasi” deb yuritiladi. Yozda hududning tekislik qismida iyulning
o’rtacha harorati + 26, + 32 atrofida o’zgarsa, ba’zan isib ketib, eng issiq harorat +41,
+48ga, Termizda esa 50 gacha ko’tarilgan.
Yoz O’zbekiston tekislik qismining shimolida 110 kungacha, janubida 160 kungacha
davom etadi.tpog’larda yoz nisbatan salqin va qisqa.
Bu yerda guruhlardan bittadan o’quvchi chiqarilib, meva nomlari aytish
buyuriladi. Qaysi guruh vakili g’olib bo’lsa, rag’batlantiriladi.
Kuz .
Sentabr oyi kuz fasli hisoblansa-da, ob-havo ochiq, issiq, nisbatan quruq bo’ladi. Shu
sababli iqlimshunos olimlar kuzni o’rtacha sutkalik harorat 20 C dan pasayganda
boshlanib, 5 C dan pasayganda tamom bo’ladi, deb hisoblaydilar.binobarin, haqiqiy kuz
O’zbekiston sharoitida oktabr oyidan boshlanadi. Chunki oktabrdan boshlanib, harorat
pasayib, ob-havo o’zgara boshlaydi, kunlar qisqarib, salqin tushadi, ba’zan tunda qirov
tushib, yog’ingarchilik boshlanadi. Kuzda o’rtacha yillik yog’inning 15-25 foizi tushadi.
Tog’larda kuz barvaqt boshlanib, sovuq kunlar erta tushib, yomg’ir qorga aylanadi.
O’zbekiston kuzning birinchi yarmi eng yaxshi fasl hisoblanadi. Chunki bu davrda
kunlar issiq va quruq bo’lib, poliz ekinlari va mevalar aynan pishgan bo’ladi.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
T/r Fasl nomi To’g’ri
javobni
belgilang.
Variant
Xususiyati
1 Qish D A Bu fasl o’rtacha sutkalik
harorat + 5 C dan oshganda
boshlanadi. Ob-havo tez-tez
o’zgarib turadi, goh isib, goh
soviydi, yog’in ko’p tushadi.
2 Bahor A B Bu faslda ob-havo o’zgara
boshlaydi, kunlar qisqarib,
salqin tushadi, ba’zan tunda
qirov tushib, yog’ingarchilik
boshlanadi.
3 Yoz E D Bu faslda ob-havo tez-tez
o’zgarib turadi, havo ochiq
bo’ladi, sovuq kunlar ba’zan
iliq bulutli va yog’inli kunlar
bilan almashinib turadi.
4 Kuz B E Bu fasl o’rtacha sutkalik
harorat 20C dan oshganda
boshlanib, 20 C dan
pasayganda tugaydi. Uzoq, 5
oy davom etadi .
O’quvchilarning har biriga bu jadval tarqatiladi, ular uni to’ldirib bo’lgach, monitorda
to’g’ri javov chiqadi. Har bir o’quvchi javobga qarab o’zini baholaydi.
O’q’uvchilarni baholash va rag’batlantirish
O’quvchilar baholanib,
“5” –
“4” –
“3”-
g’olib guruh Samarqand shahriga sayyohat qilish yo’llanmasini kiritadi.
Uyga vazifa
Iqlim xaritasidan foydalanib, O’zbekiston va Qozog’iston Respublikalari iqlimini
taqqoslab, yozib kelish.
MUNDARIJA
Ismi familiyasi: Aslonova Nasiba Muxammadovna
Tug’ilgan yili: 1986-yil 18-yanvar
Fan nomi: Geografiya
Pedagogik staji: 10 yil
Ushbu ta’lim muassasasidagi staji: 4 yil
Malaka toifasi: ikkinchi
Ma’lumoti: oliy (magistr)
Malaka oshirgan yili: 2014
Uy manzili : Buxoro tumani Gala Osiyo shahri F. Xo’jayev ko’chasi 33-uy
методик портфолио 49
методик портфолио 49
методик портфолио 49
методик портфолио 49
методик портфолио 49
методик портфолио 49
методик портфолио 49
методик портфолио 49
методик портфолио 49
методик портфолио 49

More Related Content

Viewers also liked

Css 2015-march
Css 2015-marchCss 2015-march
Css 2015-marchDhanuraj D
 
b Tugas makalah pkn
b           Tugas makalah pknb           Tugas makalah pkn
b Tugas makalah pknmerryismalia
 
Developing a multi-factor authentication solution for mobile devices
Developing a multi-factor authentication solution for mobile devicesDeveloping a multi-factor authentication solution for mobile devices
Developing a multi-factor authentication solution for mobile devicesDefence and Security Accelerator
 
Crystal Structures and X-Ray Diffraction - Sultan LeMarc
Crystal Structures and X-Ray Diffraction - Sultan LeMarcCrystal Structures and X-Ray Diffraction - Sultan LeMarc
Crystal Structures and X-Ray Diffraction - Sultan LeMarcslemarc
 
Naivict_Manrique
Naivict_ManriqueNaivict_Manrique
Naivict_ManriqueNaivict
 

Viewers also liked (7)

Udyama ppt
Udyama pptUdyama ppt
Udyama ppt
 
IICA- UDYAMA Accreditation
IICA- UDYAMA AccreditationIICA- UDYAMA Accreditation
IICA- UDYAMA Accreditation
 
Css 2015-march
Css 2015-marchCss 2015-march
Css 2015-march
 
b Tugas makalah pkn
b           Tugas makalah pknb           Tugas makalah pkn
b Tugas makalah pkn
 
Developing a multi-factor authentication solution for mobile devices
Developing a multi-factor authentication solution for mobile devicesDeveloping a multi-factor authentication solution for mobile devices
Developing a multi-factor authentication solution for mobile devices
 
Crystal Structures and X-Ray Diffraction - Sultan LeMarc
Crystal Structures and X-Ray Diffraction - Sultan LeMarcCrystal Structures and X-Ray Diffraction - Sultan LeMarc
Crystal Structures and X-Ray Diffraction - Sultan LeMarc
 
Naivict_Manrique
Naivict_ManriqueNaivict_Manrique
Naivict_Manrique
 

More from Nafisa Aslonova

Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovnaDemo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovnaNafisa Aslonova
 
дарс ишланма аслонова н
дарс ишланма аслонова ндарс ишланма аслонова н
дарс ишланма аслонова нNafisa Aslonova
 
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisaOdatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisaNafisa Aslonova
 
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonovaKriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonovaNafisa Aslonova
 
Cho'ntakli qo'l sochiqning siri
Cho'ntakli qo'l sochiqning siriCho'ntakli qo'l sochiqning siri
Cho'ntakli qo'l sochiqning siriNafisa Aslonova
 
Nafisa aslonova 49 maktab
Nafisa aslonova 49 maktabNafisa aslonova 49 maktab
Nafisa aslonova 49 maktabNafisa Aslonova
 
World climates nafisa aslonova
World climates nafisa aslonovaWorld climates nafisa aslonova
World climates nafisa aslonovaNafisa Aslonova
 
O’zbekistonning ichki suvlari nasiba aslonova
O’zbekistonning ichki suvlari  nasiba aslonovaO’zbekistonning ichki suvlari  nasiba aslonova
O’zbekistonning ichki suvlari nasiba aslonovaNafisa Aslonova
 
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaInson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaNafisa Aslonova
 
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaInson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaNafisa Aslonova
 
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovnaGeografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovnaNafisa Aslonova
 
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaZulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaNafisa Aslonova
 

More from Nafisa Aslonova (16)

Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovnaDemo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
Demo viktorina nafisa aslonova muxammadovna
 
такдимот
такдимоттакдимот
такдимот
 
дарс ишланма аслонова н
дарс ишланма аслонова ндарс ишланма аслонова н
дарс ишланма аслонова н
 
такдимот 16
такдимот 16такдимот 16
такдимот 16
 
Innov loyihasi 49
Innov loyihasi 49Innov loyihasi 49
Innov loyihasi 49
 
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisaOdatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
Odatlar ,odatlar, odatlar aslonova nafisa
 
Sportmi yoki kutubxona
Sportmi yoki kutubxonaSportmi yoki kutubxona
Sportmi yoki kutubxona
 
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonovaKriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
Kriomassaj to'grisida bilasizmi nasiba aslonova
 
Cho'ntakli qo'l sochiqning siri
Cho'ntakli qo'l sochiqning siriCho'ntakli qo'l sochiqning siri
Cho'ntakli qo'l sochiqning siri
 
Nafisa aslonova 49 maktab
Nafisa aslonova 49 maktabNafisa aslonova 49 maktab
Nafisa aslonova 49 maktab
 
World climates nafisa aslonova
World climates nafisa aslonovaWorld climates nafisa aslonova
World climates nafisa aslonova
 
O’zbekistonning ichki suvlari nasiba aslonova
O’zbekistonning ichki suvlari  nasiba aslonovaO’zbekistonning ichki suvlari  nasiba aslonova
O’zbekistonning ichki suvlari nasiba aslonova
 
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaInson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
 
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonovaInson qalbiga yo’l nasiba aslonova
Inson qalbiga yo’l nasiba aslonova
 
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovnaGeografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
Geografik qobiqning chegaralari, xususiyatlari nasiba aslonova muxammadovna
 
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovnaZulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
Zulfiya tong kuychisi aslonova nafisa muxammadovna
 

методик портфолио 49

  • 1. Buxoro tuman XTMFMT va TEB ga qarashli 49-umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani o’qituvchisi Aslonova Nasiba Muxammadovnaning “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi” ko’rik-tanlovida tayyorlagan METODIK PORTFOLIOSI
  • 2. МАЪЛУМОТНОМА. Аслонова Насиба Мухаммадовна У 2013 йил 02. сентябрдан буён: Бухоро тумани хал таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш вақ ташкил этиш бўлими 49- умумий ўрта таълим мактаби география фани ў итувчисиқ Ту илган йили: Ту илган жойи:ғ ғ 18.01.1986 Бухоро вилояти, Бухоро туман Миллати: Партиявийлиги: ўзбек Йўқ Маълумоти: Тамомлаган: олий 2007 йилда Бухоро Давлат университети (кундузги) Маълумоти буйича мутахассислиги: география фани ў итувчисиқ Илмий даражаси: Илмий унвони: йўқ йўқ Қайси чет тилларини МДҲ халқлари тилларини билади? рус, инглиз тиллари Давлат мукофотлари билан та дирланганми ( ана а)қ қ қ Та дирланмаганқ Хал депутатлари, республика, вилоят,шахар ва туман Кенгаши депутатими ёки бошка сайланадиганқ органларнинг аъзосими (тўли кўрсатилиши лозим)қ йўқ
  • 3. МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИ 2006-2007 йй.-Бухоро туман спорт мактабида география фани укитувчиси, 2007-2008йй.- Бухоро шахар 26-мактабида география фани укитувчиси 2008 -2013 йй- Гала Осиё Курилиш ва транспорт касб-хунар коллежида география фани укитувчиси, 2013-2014йй - Бухоро туман 49-умумий ўрта таълим мактаби география фани укитувчиси, 2014-2015йй - Бухоро туман 49-умумий ўрта таълим мактабида география фани укитувчиси ва укув ишлари буйича директор уринбосари 2016-й январ - шу мактабда география фани укитувчиси вазифасида фаолият юритмокда.
  • 4. Buxoro tuman XTMFMT va TEB ga qarashli 49- umumiy o’rta ta’lim maktabining geografiya fani o’qituvchisi Aslonova Nasibaning “Biz dunyoni o’rganamiz!” to’garagining YILLIK REJASI
  • 5. № Mavzu nomi O’tkaziladiga n vaqti Uyga vazifa 1 Geografiya nimani o’rganadi? 2 Ob-havo va iqlim 3 Geografik xarita 4 Dunyoning siyosiy xaritasi. 5 O’zbekiston – mustaqil respublika. 6 Beruniy globusi 7 Ulug’bek geografiyasi 8 Faxriddin Banokatiy 9 Amudaryo va Qoraqum tarixi 10 Said Muhammad Tohir 11 Chigirtka yog’sa, yomg’ir ham yog’adi. 12 Sayyor qit’alar 13 Orol dengizi 14 “Issiqxona samarasi” 15 “Qor yo’lbarsi” unvoni kimga beriladi? 16 Kosmos qayerdan boshlanadi? 17 Yerda havo dushman bo’lganida… 18 Bosim qonunlari buzilganda 19 “Hech nima”ning narxi qancha? 20 Buxoro viloyati 21 Axil va G’ozal Yelena oroli 22 Feniks yoki abadiy tiriklik haqida afsona 23 Sahroi Kabir 24 Biz Quyoshga qachon yaqin kelamiz? 25 Yangi kun va yangi yil qayerdan boshlanadi? 26 Oylar nomining kelib chiqishi 27 Soat mintaqasi 28 Dunyodagi eng uzun daryo 29 “Moviy odamlar” 30 Yer sharidagi eng issiq dengiz
  • 6. BUXORO TUMAN XTMFMT VA TEB GA QARASHLI 49-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI ASLONOVA NASIBA MUXAMMADOVNANING 6-SINF UCHUN“YEVROSIYONING ICHKI SUVLARI ” MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
  • 7. Sinf: 6 Dars shiori: Erta uchun bugun qayg’ur! Darsning maqsadi: Ta’limiy: o’quvchilarga Yevrosiyo materigi haqida yangi bilimlar berishda davom etib, uning ichki suvlari, ularning joylashish xususiyatlari, to’yinish tiplari haqida ma’lumot berish; Tarbiyaviy:o’quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni o’qishga da’vat etish, o’z maqsadiga erishish uchun harakat qilish ruhida tarbiyalash, jamoa bo’lib ishlash, berilgan vazifani bajarishda mas’uliyatni sezish ko’nikmalarini tarkib toptirish; Rivojlantiruvchi: o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’stirish, o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. Darsning jihozi: Dunyoning tabiiy xaritasi, Yevrosiyo materigining tabiiy xaritasi, darslik, 6-sinf geografiya o’qitish metodikasi, geografiyaga oid albom va rasmlar, tarqatma materiallar, atlas, yozuvsiz xarita, mavzuga oid slaydlar, proyektor
  • 8. Dars o’tish metodlari: mustaqil ishlash, amaliy ishlash, interfaol usullar, “Aqliy hujum”, “juftlikda ishlash”, “guruhlar bilan ishlash”, geografik topishmoqlar. Texnik vositalar: televizor, videomagnitofon, kompyuter, proyektor Dars tipi:aralash Dars turi: noan’anaviy Darsning borishi: Tashkiliy qism: - Salomlashish; - Navbatchi axborotini tinglash; - Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida suhbatlashish. - Guruhni rag’batlantirish uchun archa, yakka rag’batlantirish uchun qo’ziqorin beriladi. Guruhlash: o’quvchilar 3 guruhga ajratiladi. Guruhlarda ishlash qoidalariishlab chiqiladi va doskaga yozib qo’yiladi. Oltin qoidalar: 1. Faollik. 2. Vaqtga rioya qilish . 3. Fikrni takrorlamaslik. 4. O’zaro hurmat. 5. To’g’ri javob uchun rag’bat. 6. O’ng qo’l qoidasi. 7. “Bir yoqadan bosh chiqarish” 8. Intizom. I guruh – Osiyo II guruh – Yevropa III guruh - Amerika - Uyga vazifa va o’tgan mavzuni so’rash: 1 . Biz o’tgan geografiya darsida qaysi mavzuni o’rgangan edik? 2. Issiq iqlim mintaqalarini qo’lingizdagi varaqlarga yozing.(Har bir guruhga klaster tarqatiladi 1 minut vaqt beriladi. To’g’ri bajargan guruh rag’batlantiriladi. )
  • 9. Yangi mavzu bayoni: Darsning rejasi: 1. Ichki suvlarning joylashishi. 2. Daryolarning to’yinish tiplari. 3. Yevrosiyo ko’llari. 4. Ko’p yillik muzloq yerlar. Yangi mavzu o’qituvchi tomonidan darsning rejasi asosida slaydlardan foydalangan holda tushuntiriladi. Mustahkamlash Raqamlarni jonlantirish: guruh a’zolariga 5 ta yo’lakcha ajratilgan qog’ozlar tarqatiladi.o’tilgan 5 ta materik – Afrika, Avstraliya, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika va Yevrosiyo materiklari bo’yicha daryo va ko’llar nomi beriladi. Afrika Avstraliya Shimoliy Amerika Janubiy Amerika Yevrosiyo Daryo va ko’llar tartib bilan o’qiladi. Guruh a’zolari raqamni kerakli joyga qo’yib ketadilar. 1. Kongo. 2. Orinoko Issiq iqlim mintaqalari
  • 10. 3. Darling 4. Marakaybo 5. Missuri 6. Dnepr 7. Eyr 8. Sarez 9. Rukva 10.Vinnipeg To’g’ri javoblar: Afrika Avstraliya Shimoliy Amerika Janubiy Amerika Yevrosiyo 1 3 5 2 6 9 7 10 4 8 Guruh a’zolari raqamlarni kerakli joyga qo’yib bo’lgach, tagidan bir qator qilib 10 ta raqam yozadilar va “V” yoki “?” tarzida tekshiriladi. To’g’ri bajargan guruh rag’batlantiriladi. O’quvchilarni baholash: dars yakunida guruhlar to’plagan ballar sanalib, ballar hisoblanadi.g’olib guruh aniqlanib, rag’batlantiriladi. Uyga vazifa: mavzu oxiridagi savol, topshiriqlarni bajarish. Atlasdagi “Yevrosiyoning ichki suvlari”ni yozuvsiz xaritaga tushirish.
  • 11. 49-umumiy o’rta ta’lim maktabi Geografiya fani o’qituvchisi Aslonova Nasiba Muxammadovnaning I bosqich “Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi ” ko’rik-tanlovida 5 – sinf o’quvchilari uchun “Okean suvining xususiyatlari” mavzusida tayyorlagan DARS SHIORI: “ERTA UCHUN BUGUN QAYG’UR”, “ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS” SINF: 5 MAVZU : OKEAN SUVINING XUSUSIYATLARI Dars maqsadlari:
  • 12. a) Ta’limiy –o’quvchilarga okean suvining o’ziga xos xususiyatlari, dunyo okeani boyliklari va ularning ahamiyati to’g’risida bilim berish; b) Tarbiyaviy- : o’quvchilarni tabiiy boyliklardan, ichimlik suvidan oqilona foydalanishga undagan holda, ularni tabiatparvarlik, tejamkorlik ruhida tarbiyalash; c) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning fanga qiziqishlarini rivojlantirib, ularda ekologik madaniyatni shakllantirish. d) Dars turi: noan’anaviy Dars usuli: klaster, “aqliy hujum”, 4x4, ko’rgazmalilik, zanjir o’yini Dars jihozi: tabiiy globus, o’quv atlasi, slayd, tarqatma materiallar, test, darslik, yarimsharlar tabiiy xaritasi Darsning borishi: I Tashkiliy qism: 1. Salomlashish; 2. Navbatchi orqali davomatni aniqlash; 3. Jahonda va yurtimizda bo’layotgan voqea-hodisalar; 4. Ob-havo xabarlari. 5. O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish. Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’linadi: I guruh “Olimlar”, II guruh “Turistlar” III guruh “OAVxodimlari” II O’tgan mavzuni so’rash: 1. Dunyo okeani qaysi okeanlardan tashkil topgan?
  • 13. 2. Yevrosiyodagi ichki va chekka dengizlar nomini ayting. 3. Materik sayyozligi deb okeanlarning qaysi qismlariga aytiladi? 4. Qo’ltiq deb nimaga aytiladi? Misollar keltiring. Har bir to’g’ri javob bergan o’quvchilar guruhlariga rag’bat olib beradilar. III Yangi mavzu bayoni: Reja: 1. Suv harorati. Yorug’lik. 2. Suvning sho’rligI 3. To’lqinlar. 4. Dengiz oqimlari 5. Dunyo okeani boyliklari Okean yuzasidagi suvlarning o’rtacha harorati + 17. Harorat mintaqalar bo’yicha o’zgarib turadi. Ekvator va uning o’rtasida yil davomida harorat 27-28, tropiklarning g’arbiy qismida 20-25 va 15-20, mo’tadil mintaqalarda suvning harorati janubiy yarimsharda pasayib boradi. Shimoliy yarimsharda materiklarning g’arbiy qismlari sharqiy qismiga nisbatan iliqroq bo’ladi. Okean suvi - 2 da muzlaydi. Suv sho’rligi qancha yuqori bo’lsa, muzlash harorati shuncha past bo’ladi. Eng past harorat qutbiy o’lkalarda bo’lib -10, -20. Chuqurga tushgan sari okean suvining harorati pasayib boradi. 1000 m chuqurlikda esa -2, -3. Quyosh nuri okean suvini 200 m gacha yoritadi. 500 m dan so’ng okean tubini qorong’ulik egallaydi. Olimlarning fikricha, okeanning bu qismida o’simlik va hayvonot olami uchramaydi. Suvning sho’rligi deb, 1 l suvda erigan moddalar miqdoriga aytiladi. Okean suvining o’rtacha sho’rligi 35 . Chuchuk suvning sho’rligi 1 foizdan kam bo’lishi kerak. Dunyo okeani suvida erigan moddalarning ko’p qismini osh tuzi tashkil qiladi. To’lqinlar suv yuzasida,asosan shamol ta’sirida hosil bo’ladi. Zilzila, vulqon, qalqish kuchlari ta’sirida okean suvlarining to’la qatlami to’lqin bilan qoplanadi. Suvning katta masofalarga yotiq harakat qilishi okean oqimlari deyiladi. Oqimlarni asosan shamol hosil qiladi. Oqimlar 2 xil bo’ladi: iliq, sovuq. Xaritada oqimarnii ajratish uchun ular alohida ranglar bilan beriladi. Sovuq oqimlar ko’k rangda, iliq oqimlar qizil rangda. Dunyodagi eng katta sovuq oqim bu G’arbiy shamollar oqimi. Iliq oqim esa Golfstrim oqimidir.
  • 14. Okean suvlarida mikroskop bilan ko’rinadigan organizmlardan tortib 150 tonna keladigan ko’k kitlargacha, turli xil organizmlar yashaydi. Hozir Dunyo okeanida 160 ming hayvon turi, 10 ming atrofida o’simlik turi mavjud. Ulardan turli oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat uchun esa qimmatli xomashyo olinadi. O’quvchilar okean boyliklari har qancha ko’p bo’lsa ham ularni muhofaza qilish kerak. Chunki, ayrim hayvonlar, masalan kit ko’p ovlanganidan kamayib ketgan. Suvning ifloslanishi dengiz o’simliklari va hayvonlarning qirilib ketishiga sabab bo’ladi. IV Mustahkamlash 1. Okeanlarda suv harorati qanday o’zgaradi? 2. Okean va dengizlar suvining sho’rligi nimalarga bog’liq? 3. Dengiz va okeanlardagi to’lqinga nima sabab bo’ladi? 4. Dunyodagi eng sho’r dengiz qaysi? 5. Eng katta oqimni xaritadan ko’rsating.iiii 6. Batiskafdan nima uchun foydalaniladi? 7. Dunyo okeanida qancha jonzot mavjud? 8. Dunyo okeanini ifloslanishdan himoya qilish uchun qanday tadbirlarni taklif qilardingiz? V Xulosalash VI Baholash Guruhlar ballari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanib, Qo’hna va boqiy Buxoroga sayohat yo’llanmasi bilan taqdirlanadi. “5” – “4” – “3” – VII Uyga vazifa
  • 15. Xaritadan Passat, Golfstrim, G’arbiy shamollar, Peru oqimlarini toping. Bularning qaysi biri sovuq oqim ekanligini daftaringizga yozib keling. Dars jarayoni quyidagi mezonlar asosida baholanadi: 1. Chuqur bilimga egaligi va mahoratini namoyish qila olishi – 2. Qo’llagan texnologiya , metodlarni yangiligi ifoda shakllarining ta’sirchanligi va natijaviyligi – 3. O’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarni baholash va takrorlash – 4. O’quvchilarning o’zaro fikr almashuvini tashkil etishi – 5. Mavzuni ochishdagi usullarning o’ziga xosligi – 6. Dars bosqichlarida turli manbalardan foydalanishi – 7. O’quvchilar faoliyatida motivatsiya va intensivlikni hosil qilishi hamda jarayon oxirigacha saqlay olishi –
  • 16. 8. Zamonaviy vositalardan samarali foydalanishi – 9. O’quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etishi – 10. Darsning maqsadga erishganligi, samaradorligi – 11. Vaqtning to’g’ri taqsimlanishi – 12.Mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun o’quvchilar tomonidan bajarilgan test natijalari - DARS SHIORI: “ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS” Sana: 18. 02. 2014-yil Sinf: 7 MAVZU: O’ZBEKISTONNING ICHKI SUVLARI VA SUV BOYLIKLARI Dars maqsadlari: a) Ta’limiy – o’quvchilarga O’zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari haqida bilim berish;
  • 17. b) Tarbiyaviy – o’quvchilarni vatanparvarlik, tejamkorlik ruhida tarbiyalash; c) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning geografik bilimlarini oshirish. Dars turi: noan’anaviy Dars usuli: “kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, “issiq bo’g’irsoq”, zanjir, jadval bilan ishlash” Dars jihozi: O’zbekistonning tabiiy xaritasi, o’quv atlasi, yozuvsiz xarita, jadval, rasm, test, slayd, kodaskop, kompyuter, qo’shimcha adabiyotlar T/R DARS BOSQICHLARI VAQTI (daqiqa) 1 Tashkiliy qism 2 2 O’tgan mavzuni so’rash 5 ‘3 Yangi mavzu bayoni 23 4 Yangi mavzuni mustahkamlash 8 5 O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish 3 6 Xulosalash 2 7 Uyga vazifa 2 45 Darsning borishi: I Tashkiliy qism: - O’quvchilar bilan salomlashish; - Navbatchi hisobotini tinglash; - Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida so’rash; - O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish;
  • 18. - O`quvchilar 4 ta guruhga bo`linib, guruh nomlari e’lon qilinadi. I-guruh - “Amudaryo” II-guruh - “Sirdaryo” III-guruh - “Zarafshon” IV-guruh - “Qashqadaryo” - Otgan mavzuni so’rash: 1. 2. O’zbekiston iqlimi qanday omillar ta’sirida vujudga keladi? 3. Quyosh radiatsiyasi qanday omillarga bog’liq? 4. O’zbekiston hududiga esuvchi mahalliy shamollarga misollar keltiring. To’g’ri javob bergan guruhlar rag’batlantirilib boriladi. Yangi mavzu bayoni: Mavzu: O’zbekistonning ichki suvlari va suv boyliklari Reja: 1. Yurtimiz daryolari haqida umumiy tushuncha. Iqlimhosilqiluvhci omillar
  • 19. 2. Suv boyliklari. Yangi mavzuni bayon etishdan oldin o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi. 1. Ichki suvlarga nimalar kiradi? 2. Daryo deb nimaga aytilai? So’ng guruhlardan bittadan a’zo chiqib, “issiq bo’g’irsoq” o’yini o’ynaladi. Bunda bir o’quvchiga koptokcha beriladi. U boshqa guruh a’zosiga yurtimizdagi bir daryo nomini aytib uzatadi. U esa boshqaguruh a’zosiga koptokni uzatadi. Kimning qo’lida koptok uzoq qolib ketsa, u guruh a’zosi o’yindan chiqadi. O’yin shu zaylda davom etadi. Oxirgi qolgan guruh a’zosi guruhiga rag’bat keltiradi. O’zbekistonda ichki suvlar quyidagicha joylashgan: Respublikamiz daryolari berk havzaga kiradi va ular hudud bo’yicha notekis taqsimlangan. Daryolar asosan, tog’lardan boshlanadi, tekislikka chiqqach, sug’orishga sarflanib, yerga shimilib, bug’lanib, suvi kamayib qoldi, ayrimlari cho’llarda tugaydi. Faqat Amudaryo bilan Sirdaryo Orol dengiziga boribquyiladi. T/R ICHKI SUVLAR TURI SONI 1 Daryo 18 mingga yaqin 2 Ko’l 525 ta 3 Suv ombori 53 ta 4 Muzlik 525 ta
  • 20. O’zbekiston daryo tarmoqlarining zichligi hudud bo’yicha birxil emas. Tekislik qismida daryolar juda siyrak bo’lib , aksincha tog’ va adirlarda daryolar tarmog’I zich. Bunga asosiy sabab, tog’larda tekisliklardagiga nisbatan yog’inlar ko’p tushadi, harorat pastligidan mumkin bo’lgan bug’lanish va shimilish kam bo’ladi. Natijada yog’inning ko’p qismi daryo oqimiga aylanadi. O’zbekiston tog’ daryolari tor o’zanda tez, shiddat bilan oqadi. Ular asosan, tagini yuvib, sharshara va ostonalar hosil qiladi, kema qatnashiga yaroqsiz, lekin gidroenergiyaga boy. Tekislikka chiqqach, daryolar daryolar keng vodiyda tarmoqlanib, ilonizi o’zan hosil qilib, sekin oqadi, ko’proq qirg’oqlarini yemiradi. Bu daryolar kema qatnovi uchun qulaydir. Yurtimizdagi daryolarning ko’pi Tojikiston va Qirg’izistondagi doimiy qor hamda muzliklardan boshlandi. O’zbekiston daryolari to’yinish jihatidan bir xil emas. t/r To’yinish manbalari Daryolar Suvi ko’payish davri Suvi kamayish davri 1 Muzlik va doimiy qorlar Amudaryo, Zarafshon, Isfayramsoy, So’x, Isfara Iyun – avgust Qish 2 Qor va muz Sirdaryo, Chirchiq, Surxondaryo, Qoradaryo, Norin May-iyun Qish 3 Qor Qashqadaryo, G’uzordaryo, Sangzor, Ohangaron, G’ovasoy Aprel - may Yoz 4 Soylar, qor- yomg’ir va yerosti suvlari Zominsoy, Sheroboddaryo, Tursundaryo Aprel –may Yoz
  • 21. O’zbekiston daryolari tog’li qismida shiddat bilan oqishi sababli ularning ko’p qismi muzlamaydi. Faqat nishab kam bo’lgan keng vodiylarigina qisman yoppasiga muzlashi mumkin. Tekislik qismidagi daryolari esa 1-2 oy muzlaydi, lekin respublikaning janubiy qismidagi daryolar muzlamaydi. Guruhlardan guruh nomlarini izohlab berishlari so’raladi. Ular ma’lumotlari o’qituvchi tomonidan to’ldirilib boriladi. So’ng har bir guruhga “O’zbekiston daryolari” jadvalini to’ldirish buyuriladi. t/r Daryo nomi Uzunligi (km) Boshlanish joyi Quyilish joyi To’yinish manbayi 1 Amudaryo 2540 Pomir tog’idan Orol dengizi Muzlik va doimiy qorlardan 2 Sirdaryo 3 Zarafshon 4 Ohangaron 5 Surxondaryo 6 Qashqadaryo Birinchi bo’lib, jadvalni to’g’ri to’ldirib yetkazgan guruh rag’batlantiriladi. O’qituvchi jadvalni tahlil qilib, guruhlarning to’la ma’lumotga ega bo’lmagan daryolari haqida o’qituvchi ma’lumot beradi. O’zbekiston hududida suv boyliklari quyidagicha taqsimlangan:
  • 22. O’zbekiston hududidan esa yiliga tashqariga 47, 562 km kub miqdoridagi suv oqib chiqadi O’zbekiston amalda yiliga o’rtacha 57, 781 km kub atrofida suvdan foydalanadi.
  • 23. Mavzuni mustahkamlash: Yangi mavzuni mustahkamlash uchun mavzu doirasida 5 tadan test yozilgan varaqlar tarqatiladi. Barcha o’quvchilar belgilab bo’lishgandan so’ng test javoblari e’lon qilinadi. O’quvchilar o’zlarini test javoblarini tekshirib baholaydilar. 1.Ichki suvlarga nimalar kiradi? a) daryolar b)ko’llar, yerosti suvlari c)a, b javoblar to’g’ri 2. Nega tog’ va adirlarda daryolar tarmog’I zich? a) Chunki tog’larda yog’inlar ko’p, harorat past, bug’lanish va shimilish kam b) Chunki tekisliklarda yog’inlar ko’p, harorat past, bug’lanish va shimilish kam c)chunki o’simliklar ko’p 3. Amudaryo daryosining asosan to’yinish manbayini belgilang. a) Qorlar b) Yom’irlar, soylar c) Muzliklar va doimiy qorlar 4.U Sirdaryoning o’ng irmog’I bo’lib, Chotqol va Piskom daryolarining qo’shilishidan hosil bo’ladi? Gap qaysi daryo haqida ketyapti? a) Zarafshon b) Ohangaron c) Chirchiq 5. O’zbekiston yiliga o’rtacha qancha miqdorda suvdan foydalanadi? a) 57 ,781 km kub
  • 24. b) 41,472 km kub c) 16, 309 km kub O’qituvchi guruhlarning ballarini jamlab, g’olib guruhni “Ko’hna va boqiy Buxoro” sayrgohiga yo’llanma bilan taqdirlaydi. Mavzuni xulosalash O’qituvchi mavzuni xulosalab, uyga vazifani e’lon qiladi. Uyga vazifa: O’zbekistonning eng yirik daryolarini yozuvsiz xaritaga tushirib,nomlarini bilib olish. Annotatsiya: bu darsda o’quvchilarga yil fasllari geografik qonuniyatlar asosida tushuntirilib, inson umrining bosqichlari, hamda hayotiy jarayonlar yil fasllariga monand ekanligi hayotiy miollar orqali yetkaziladi Sana: Sinf: 7 DARS SHIORI: “ILMNI MEHNATSIZ EGALLAB BO’LMAS” O’qituvchi dars shiorini izohlab, o’quvchilarni mehnat qilishga, bilim olishga undaydi. MAVZU: YIL FASLLARI Dars maqsadlari: d) Ta’limiy – o’quvchilarga O’zbekistonning yil fasllari, ularning geografik qonuniyatlari, hamda xususiyatlari haqida bilim berish; e) Tarbiyaviy – o’quvchilarga kiyinish odobini singdirib, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
  • 25. f) Rivojlantiruvchi – o’quvchilarning O’zbekistonning yil fasllari, ularning geografik qonuniyatlari haqida bilimlarini va ularning tafakkurini boyitish. Dars turi: noan’anaviy Dars usuli: “kichik guruhlarda ishlash, aqliy hujum, “issiq bo’g’irsoq”, zanjir, jadval bilan ishlash” klaster Dars jihozi: O’zbekistonning xaritasi, o’quv atlasi, yozuvsiz xarita, jadval, rasm, test, slayd, kodaskop, kompyuter, qo’shimcha adabiyotlar T/R DARS BOSQICHLARI VAQTI (daqiqa) 1 Tashkiliy qism 2 2 O’tgan mavzuni so’rash 5 ‘3 Yangi mavzu bayoni 23 4 Yangi mavzuni mustahkamlash 8 5 O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish 3 6 Xulosalash 2 7 Uyga vazifa 2 45 Darsning borishi: I Tashkiliy qism: - O’quvchilar bilan salomlashish; - Navbatchi hisobotini tinglash; - Dunyo va yurtimizdagi yangiliklar haqida so’rash; - O’quvchilarning darsga tayyorligini kuzatish; - O`quvchilar 3 ta guruhga bo`linib, guruh nomlari e’lon qilinadi. I-guruh - “Farg’ona”
  • 26. II-guruh - “Buxoro” III-guruh - “Xorazm” - O’tgan mavzuni so’rash: 5. Guruhlarga klasterni to’ldirish uchun 1 daqiqa beriladi. G’olib guruh rag’batlantiriladi. 6. O’zbekiston iqlimi qanday omillar ta’sirida vujudga keladi? 7. Quyosh radiatsiyasi qanday omillarga bog’liq? 8. O’zbekiston hududiga esuvchi mahalliy shamollarga misollar keltiring. To’g’ri javob bergan guruhlar rag’batlantirilib boriladi. Yangi mavzu bayoni: Mavzu: YIL FASLLARI. Reja: 3. Qish. 4. Bahor. 5. Yoz. Iqlim hosil qiluvhchi omillar
  • 27. 6. Kuz . Yangi mavzuni bayon etishdan oldin o’quvchilarga quyidagi savollar beriladi. 3. Hozir yurtimizda qaysi fasl hukmronlik qilyapti? 4. Fasllar nomini qaysi tillarda bilasiz? O’zbekistonda yil fasllari shu kenglikda joylashgan boshqa hududlardan farq qiladi. O’quvchilar, yurtimiz bilan bir kenglikda joylashgan davlatlarga misol keltiring. Taqvim bo’yicha yil fasllari uch oydan to’rt fasl davom etsa-da, respublikamiz serquyoshdir. Quyosh uzoq vaqt yoritib, isitib turishi natijasida yoz uzoq vaqt davom etadi va qishi qisqadir. Qish . O’zbekitonda qish shu kenglikda joylashgan O’rta dengiz atrofidagi hududlarga nisbatan sovuq. Qishda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, havo ko’pincha ochiq bo’ladi va sovuq kunlar ba’zan iliq bulutli va yog’inli kunlar bilan almashinib turadi. Qishda yillik yog’inning 20-40 foizi tushadi. Qish dekabr oyining ikkinchi yarmidan boshlanadi. Qishda eng sovuq kunlar “qish chillasi”da sodir bo’ladi. Chunki bu davrda Arktika va Sibir sovuq havolari ko’proq yetArktika va Sibir sovuq havolari ko’proq yetib kelib, turib qoladi. Natijada harorat pasayib, Ustyurtda -38 gacha, Surxondaryoda-20 gacha pasayadi. Tog’larda qish davomli bo’lib, 3-4 oy davom etadi. Dam olish daqiqasida o’quvchilarga fasllarga oid ingliz tilida qo’shiq suratlar bilan monitorda ko’rsatiladi. Ular qo’shiqni birgalikda aytishadi. So’ng tahlil qilishadi. Bahor . Taqvim bo’yicha bahor mart, aprel va may oylari hisoblansa-da, aslida aprel oyidan, o’rtacha sutkalik harorat + 5 dan oshganda boshlandi. Bahorda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, goh isib, goh soviydi, yog’in ko’p tushadi. Ba’zan yog’in jala tariqasida yog’ib, tog’ va tog’ etaklarida selni vujudga keltiradi.
  • 28. Bahorda aprel oyining oxiri, may oylarida harorat ko’tariladi, havo ochilib, yog’in kamayib, haqiqiy yoz boshlanadi. Bahorda 21-martda kun va tun teng bo’ladi va bu kun O’zbekistonda “Navro’z” bayrami sifatida nishonlanadi. Bu faslda yana qanday bayramlarni nishonlaymiz? Yoz . O’zbekistonda yoz taqvim bo’yicha iyun, iyul, avgust oylari hisoblansa-da, aslida o’rtacha sutklalik harorat 20 dan oshganda boshlanib, 20 dan pasayganda tugaydi. Binobarin yoz uzoq, besh oy davom etadi. Yozda ob-havo juda kam o’zgarib, ochiq, quruq, jaziramaissiq bo’ladi. Yozning issiq kunlari 25-iyundan 5-avgustgacha davom etadi, u “yoz chillasi” deb yuritiladi. Yozda hududning tekislik qismida iyulning o’rtacha harorati + 26, + 32 atrofida o’zgarsa, ba’zan isib ketib, eng issiq harorat +41, +48ga, Termizda esa 50 gacha ko’tarilgan. Yoz O’zbekiston tekislik qismining shimolida 110 kungacha, janubida 160 kungacha davom etadi.tpog’larda yoz nisbatan salqin va qisqa. Bu yerda guruhlardan bittadan o’quvchi chiqarilib, meva nomlari aytish buyuriladi. Qaysi guruh vakili g’olib bo’lsa, rag’batlantiriladi. Kuz . Sentabr oyi kuz fasli hisoblansa-da, ob-havo ochiq, issiq, nisbatan quruq bo’ladi. Shu sababli iqlimshunos olimlar kuzni o’rtacha sutkalik harorat 20 C dan pasayganda boshlanib, 5 C dan pasayganda tamom bo’ladi, deb hisoblaydilar.binobarin, haqiqiy kuz O’zbekiston sharoitida oktabr oyidan boshlanadi. Chunki oktabrdan boshlanib, harorat pasayib, ob-havo o’zgara boshlaydi, kunlar qisqarib, salqin tushadi, ba’zan tunda qirov tushib, yog’ingarchilik boshlanadi. Kuzda o’rtacha yillik yog’inning 15-25 foizi tushadi. Tog’larda kuz barvaqt boshlanib, sovuq kunlar erta tushib, yomg’ir qorga aylanadi. O’zbekiston kuzning birinchi yarmi eng yaxshi fasl hisoblanadi. Chunki bu davrda kunlar issiq va quruq bo’lib, poliz ekinlari va mevalar aynan pishgan bo’ladi. O’tilgan mavzuni mustahkamlash
  • 29. T/r Fasl nomi To’g’ri javobni belgilang. Variant Xususiyati 1 Qish D A Bu fasl o’rtacha sutkalik harorat + 5 C dan oshganda boshlanadi. Ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, goh isib, goh soviydi, yog’in ko’p tushadi. 2 Bahor A B Bu faslda ob-havo o’zgara boshlaydi, kunlar qisqarib, salqin tushadi, ba’zan tunda qirov tushib, yog’ingarchilik boshlanadi. 3 Yoz E D Bu faslda ob-havo tez-tez o’zgarib turadi, havo ochiq bo’ladi, sovuq kunlar ba’zan iliq bulutli va yog’inli kunlar bilan almashinib turadi. 4 Kuz B E Bu fasl o’rtacha sutkalik harorat 20C dan oshganda boshlanib, 20 C dan pasayganda tugaydi. Uzoq, 5 oy davom etadi . O’quvchilarning har biriga bu jadval tarqatiladi, ular uni to’ldirib bo’lgach, monitorda to’g’ri javov chiqadi. Har bir o’quvchi javobga qarab o’zini baholaydi. O’q’uvchilarni baholash va rag’batlantirish O’quvchilar baholanib, “5” –
  • 30. “4” – “3”- g’olib guruh Samarqand shahriga sayyohat qilish yo’llanmasini kiritadi. Uyga vazifa Iqlim xaritasidan foydalanib, O’zbekiston va Qozog’iston Respublikalari iqlimini taqqoslab, yozib kelish.
  • 31.
  • 32.
  • 33.
  • 34.
  • 35.
  • 36.
  • 37. MUNDARIJA Ismi familiyasi: Aslonova Nasiba Muxammadovna Tug’ilgan yili: 1986-yil 18-yanvar Fan nomi: Geografiya Pedagogik staji: 10 yil Ushbu ta’lim muassasasidagi staji: 4 yil Malaka toifasi: ikkinchi Ma’lumoti: oliy (magistr) Malaka oshirgan yili: 2014 Uy manzili : Buxoro tumani Gala Osiyo shahri F. Xo’jayev ko’chasi 33-uy