SlideShare a Scribd company logo
1 of 16
1
5- nazariy savol
Jinoyat obyekti va predmetining o`zaro nisbatini muhokama eting.
2
Jinoyat obyekti-jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat
bo‘lib, jinoiy qilmish tufayli ana shu ijtimoiy munosabatga tajovuz qilinadi va
unga zarar yetkaziladi.1Demak, har qanday ijtimoiy munosabat jinoyat obyekti
bo`la olmaydi, jinoyat obyekti bo`lish uchun jinoyat qonuni bilan qo`riqlanishi
lozim. Bunday ijtimoiy munosabatlar jinoyat kodeksining 2-moddasida
quyidagicha o`z ifodasini topgan:
Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini,
jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat
xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini
olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida
tarbiyalashdan iboratdir.
Shuningdek, jinoyat obyekti jinoyat kodeksining maxsus qismi bo`limi (8-
bo`limdan tashqari) va boblarning nomida o`z ifodasini topgan. Ko`rinib turibdiki,
jinoyat obyekti jinoyatning zaruriy belgisidir. Jinoyat obyektisiz jinoyatni aniqlab
bo`lmaydi. Chunki shaxs jinoyatni doim qaysidir obyektga qaratadi. Bundan
tashqari jinoyat obyekti ya`ni ijtimoiy munosabatlarning qadr-qiymati darajasiga
ko`ra( jinoyat kodeksining 2- moddasidagi prinspga asosan) jinoyat kodeksinng
maxsus qismi ishlab chiqilgan.
Jinoyat predmeti – jinoyat obyektiga nisbatan tajovuz qilishda aybdor
shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadigan, u tufayli yoki uning uchun jinoyat sodir
qilingan obyektiv olamdagi jonli yoki jonsiz moddiy narsalar.
Jinoyat predmeti- moddiy narsa bo`lib, jinoyat sodir etishda ta`sir etadi.
Masalan, og`irlikda mulk, kontrabanda jinoyatida chegaradan o`tkazilgan Tovar.
Jinoyat predmeti jinoyatning fakultativ belgisidir. Ya`ni uning bo`lishi ahamiyat
kasb etmaydi. Ba`zi jinoyatlarda jinoyat predmeti bo`lmaydi. Masalan, haqorat
qilish, tuhmat. Lekin ba`zi jinoyatlarda jinoyat predmeti zaruriy belgi hisoblanadi
masalan, pora olishda jinoyat predmeti pul Va u zaruriy belgidir. Chunki pulning
miqdori jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta`sir etadi va jazo miqdoriga ham.
Lekin har doim ham jinoyat predmeti moddiy xususiyatga ega bo`lmaydi.
Masalan, davlat sirini tashkil etuvchi ma`lumotlarni oshkor etish. Bu yerda
bevosita obyektiv olamdagi moddiy narsaga ta`sir etmaydi, faqatgina tegishli
ma`lumotlarni oshkor qiladi. Shunday qilib axborotni oshkor qilish bilan bog`liq
jinoyatlar inteluktual qiymat shaklida namoyon bo`lishi mumkin. Bunday
jinoyatlarda faqatgina axborot emas, rasm, videolar ham ma`lumot shaklida jinoyat
predmeti bo`la oladi.
1Жиноятҳуқуқи. Умумийқисм. Олийўқувюртлариучундарслик. (М. Усмоналиев.—Т., «Янги аср авлоди»,
2010, бет.)
3
Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyat predmeti va obyektini ajrata olish
muhm ahamiyatga egadir.
Masalan, o`g`irlik jinoyatida obyekt mulkni himoyalovchi ijtimoiy
munosabatlar bo`lsa, predmet- narsalar, pul, moshina bo`lishi mumkin.
Obyektdan farqli o`laroq predmetga zarar yetmaydi. Masalan, transport vositalarini
olib qochishda avtomobil predmet bo`lib unga zarar yetmaydi.
Jinoyat predmeti katta ahamiyatga ega. Chunki u jinoyatni malakalashga
ta`sir o`tkazadi. Shuningdek, tarkibi bir-biriga yaqin jinoyatlarni ajratishda
yordam beradi.
Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, jinoyat tarkibing elemti bo`lib,
jinoyat obyektisiz jinoyat mavjud bo`lmaydi. Jinoyat predmeti esa fakultativ belgi
bo`lib , ba`zida jinoyat tarkibing zaruriy belgisi sifatida namoyon bo`ladi va
jinoyatni kvalifikatsiya qilishda yordam beradi. Obyekt ijtimoiy munosabat.
Predmet esa ashyo. Obyekt zaruriy belgi. Predmet esa fakultativ belgidir.
4
13- nazariy savol
Zaruriy mudofaa va uning oxirgi zaruratdan farqlarini muhokama eting.
5
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuniga ko`ra qilmishni jinoiyligini
istisno qiladigan bir qancha holatlari bor. O‘zbekiston Respublikasi JKning 35-
moddasining ikkinchi qismida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan
holatlarning quyidagi turlari keltirilgan2:
– kam ahamiyatli qilmishlar;
– zaruriy mudofaa;
– oxirgi zarurat;
– ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar
yetkazish;
– buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish;
– kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik;
– jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir
etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi.
Biz quyida zaruriy mudofaa tushunchasi va uning oxrgi zaruratdan
farqlarini muhokama etamiz.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37- moddasi 1- qismiga
ko`ra:
Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud
boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini
qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish
chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan
bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Asosiy qonunimiz Konstitutsiyamizning 27- moddasida Har kim o‘z sha’ni
va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish
huquqi borligi aytib o`tilgan. Zaruriy mudofaa inson huquqlarini va manfaatlarini
himoya qilishida namoyon bo`ladi.
Zaruriy mudofaa – bu ijtimoiy xavfli bo‘lgan tajovuzdan qonuniy himoya
qilish bo‘lib, tajovuzchiga noilojlikdan zarar yetkazish orqali amalga oshiriladi
hamda tajovuzning xarakteriga va ijtimoiy xavfliligi darajasiga mos keladi.3
«Zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash davlat mulki, jamoat
tartibi, boshqa fuqarolarning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, manfaatlarini
tajovuzdan qo‘riqlashga ham oiddir»
2O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – T.:”Yuridik adabiyot publish”, 2020y.- 512 b
3Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020.
264 b.
6
Zaruriy mudofaaning ma`lum bir shaxsga zarar yetkazilishi hisobga olgan
holda uning ma`lum qoidalari chegaralari belgilangan. Zaruriy mudofaa holatini
keltirib chiqarish uchun tajovuz undan himoya elementi bo`lishi kerak. Shu
jumladan, tajovuz ijtimoiy xavfli va huquqqa qarshi bo`lishi kerak.
«Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni sodir
etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki ruhiy kasallik tufayli, jinoiy
javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra,
javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksining 37-moddasi
doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy xavfli tajovuz deb hisoblanadi».
Demak, ijtimoiy xavfli qilmish Jinoyat kodeksining normalariining
dispozitsiyada belgilangan huquqqa qarshi bo`lishi kerak.
Zaruriy mudofaada himoya qilishning qonuniy shartlari bor. Bundan
zaruriy mudofaada himoyalanish javob berilayotgan tajavuzga muvofiq kelishi
kerak. Hamda zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqmasligi lozim.
Hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsning hayoti,
sog`lig`I va mulkini himoya qilishda turli xil qiyinchiliklarga duch kelar ekan,
zaruriy mudofaaning ahamiyati ortib bormoqda.
Jamiyatimizning har bir fuqarosi o`zini va atrofdagilarni jinoiy tajovuzdan
muhofaza etish huquqiga ega. Ammo zaruriy mudofaa holatida bo`lganlarning
50%gina bundan foydalana olgan. Buning sababi quyidagilar: 17% holatda bu
huquqni bilmaslik, 19%da ushbu holatda aniq qoidani bilmaslik, 48% holatda
ushbu vaziyatning huquqiy oqibatlaridan qo`rqish,11% vaziyatda ushbu holatda
salbiy tajribasi, 5%da o`zining kuchi va imkoniyatlarini to`g`ri baholay olmaslik.4
Yana shuni aytish mumkinki, zaruriy mudofaani qo`llagan shaxslar bu
harakatini qonuniyligiga shubha qilishgan.
Bundan tashqari Jinoyat qonunchiligida zaruriy mudofaa bilan birga oxirgi
zarurat tushunchasi ham bor. Ushbu tushunchaga ozgina to`xtalib o`tsakda, so`ng
amaliy misollar bilan zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratning farqlarini keltirsak.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 38- moddasi 1- qismiga
ko`ra:
Oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning
shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi
xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar
yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa
choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan
zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
1. 4
https://works.doklad.ru/view/BegVz07tGSM/all.ht ml
7
Demak, oxirgi zarurat ham qilmishning jinoiyligini istisno etadigan
holatlardan biridir. Jamiyat va shaxs manfaatlarini himoya qilish Jinoyat qonuning
asosiy vazifasidir. Ushbu ijtimoiy munosabatlar Jinoyat kodeksining Maxsus qismi
moddalari bilan qo`riqlanadi. Lekin ba`zi holatlarda, shaxsning yoki boshqa
fuqarolarning hayoti yoki huquqlariga, jamiyat va davlatning qonun bilan
himoyalanadigan ,manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni bartaraf etish uchun ushbu
ijtimoiy munosabatlarga zarar yetadi. Va bunga qonunda ruxsat etilgan. Faqatgina
tahdid etilayotgan xavf boshqa vositalar bilan bartaraf etilmaydigan va yetkazilgan
zarar oldi olingan zarardan kamroq bo`lishi zarur.5
Xo`sh zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat farqlari nimalarda namoyon
bo`ladi:
1) Oxirgi zaruratda, ehtimoldan kelib chiqib zarur bo`lsa uchinchi
shaxslarga ham zarar yetishi mumkin. Lekin zaruriy mudofaada aybdor
shaxsga zarar yetadi.
2) Oxirgi zaruratda zarar miqdori kam bo`lishi kerak. Zaruriy mudofaada
esa mudofaa chegarasidan chetga chiqmasligi kerak.
3) Oxirgi zaruratda uchinchi shaxslarga zarar yetkazish bu oxirgi yo`l
bo`lish mumkin, zaruriy mudofaada qochish imkoni bo`lganda zarar
yetkazish yo`li bilan himoyalanishi mumkin.
4) Oxirgi zaruratning maqsadi jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan
ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish xavfini bartaraf etishdir, zaruriy
mudofaaning maqsadi ijtimoiy xavfli tajovuzlardan himoya qilish va
ijtimoiy xavfli harakatlarga yo`l qo`ymaslik
Endi ushbu farqni amaliy misollar yordamida ko`rsatsak:
Masalan, “A” ismli shaxs va “B” ismlishaxs o`rtasida yo`l transport
hodisasi natijasida tortishib qolishdi. Bu kelishmovchilik natijasi “A” ismli fuqaro
beysbol tayog`i oldi va “B” ismli fuqaroga jismoniy zarar yetkazishga urindi. “B”
ismli fuqaro esa bunga javoban shikastli qurolni qo`lladi va “ A” ismli fuqaroning
yelkasiga otib, yengil tan jarohati yetkazdi. Fuqaro “A” sog`lig`iga yetkazilgan
zararni qoplash kerakligini aytib sudga da`vo bilan murojaat qildi.
“B” fuqaroning harakatlarida zaruriy mudofaa borligini ko`rib chiqamiz:
1) “A” shaxsning harakatlari “B” shaxsga jismoniy zarar yetkazishga
qaratilgan edi. Sodir bo`lgan vaziyat, jismoniy zarar yetkazishga urinish
va qurol sifatida ishlatilgan vosita shundan kelib chiqqan.
5: ЎзбекистонРеспубликасиОлийсудиПленумининг 1996 йил 20 декабрдаги
«Ижтимоийхавфлитажовузларданзаруриймудофааҳуқуқинитаъминловчиқонунларнингсудлартомониданқўл
ланилишиҳақида»ги 39-сонлиқарори, 1-банд // Тўплам, 1-жилд. – 77-б.
8
2) “B” fuqaroning xatti- harakatlari unga qarshi qaratilgan tajovuzning
oldini olishga qaratilgan bo`lib, “A” fuqaroning harakatlariga mutanosib
edi.
Shunga ko`ra zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazilganligini inobatga
olsak. Bu qilmishni jinoiyligini istisno etadi.
Endi esa oxirgi zarurat holatiga misol keltirsak:
“ A” avtomobilning haydovchisi “B” avtomobil harakatlanayotgan qarama
qarshi yo`lakka chiqib ketdi. “B” avtomobili to`qnashuvni oldini olish maqsadida
moshinasi rulini burdi va yo`l chetiga chiqib ketdi va daraxtga borib urildi. Ushbu
hodisa tufayli “B” avtomobili bo`lgan yo`lovchining sog`lig`iga zarar yetadi.
Mazkur ishni ko`rib chiqish jaroyonida “A” avtomobili to`qnashuvning oldini
olishni boshqa chorasi yo`q ekanligini aytib o`tdi. Shunga ko`ra “B” avtomobili
haydovchisi harakatni oxirgi zarurat yuzasidan qilgan deb ayta olamiz.
Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, zaruriy mudofaava oxirgi
zarurat fuqarolarning o`zini o`zi qonuniy himoyalanishining bir usuli hisoblanadi
va jinoyatchilikka qarshi kurashda samarali yordam beradi.
9
8- kazus
E.Davronov Qozog‘iston Respublikasida ishlab yurgan vaqtida fuqarolik
pasportining amal qilish muddati o‘tib ketganligi sababli, Qozog‘iston
Respublikasi davlat chegara nazorati xodimlari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi hududiga kiritilmaganligini vaj qilib, belgilangan tartibni buzib
qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish maqsadini ko‘zlab,
ushbu maqsadini amalga oshirib, 2020 yil 4 iyun kuni yonida shaxsini tasdiqlovchi
hujjati AA 2364140 seriya raqamli fuqarolik pasporti bo‘lsada, belgilangan
chegara nazoratidan o‘tmasdan, qonunga xilof ravishda, “Sariagach-Chuqursoy”
yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘istoi Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga
qarab harakatlanib kelayotgan 6491-sonli yuk poyezdining 73077797-raqamli usti
ochiq yuk vagoniga chiqib berkinib, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib
kelgan.
Tergovchi E.Davronovning harakatini JKning 25-moddasi va 223-moddasi
1-qismi bilan, yaʼni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirishga
suiqasd deb kvalifikatsiya qildi.
1. Vaziyatga huquqiy baho bering hamda jinoyat tarkibini tahlil qiling.
2. Kazusdan kelib chiqqan holda tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan
jinoyatlarning o‘ziga xos jihatlarini bayon qiling.
10
Ushbu vaziyatga huquqiy baho berish davomida quyidagi masalalarga
to`xtalamiz:
 E.Davronovning harakatlarini jinoyat deb topish uchun asos bormi?
 Ushbu vaziyatga bog`lab Jinoyat sodir etish bosqichlariga to`xtalib
o`tamiz.
 Tamom bo`lgan va tamom bo`lmagan jinoyat tushunchalarini
kazusga bog`lab tahlil qilamiz.
Ushbu kazusga huquqiy baho berish va jinoyat tarkibini aniqlash uchun
dastlab jinoyat tushunchasi va belgilariga ta`rif berish maqsadga muvofiqdir.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasi birinchi qismiga
ko`ra, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat
yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish tushunchasiga ushbu moddaning ikkinchi qismida
ta`rif berilgan bo`lib, unga ko`ra, Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan
obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib
chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi.
Ushbu tavsifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi
belgilariniko‘rsatish mumkin:
– ijtimoiy xavflilik;
– huquqqa xiloflik;
– aybning mavjudligi;
– jazoga sazovorlik.
Jinoyat tarkibi – jinoiy javobgarlikning asosi bo‘laturib, istalgan
jinoyatni kvalifikatsiya qilishning muhim sharti – yuridik asosi bo‘lib
xizmat qiladi. Jinoyat tarkibining tarkib deb nomlanishining asosiy
sababishundaki, unda jinoyatning obyekti, obyektiv tomoni, subyekti vasubyekt
tomoni degan tushunchalar (elementlar) bir butun holda
mujassamlashgan. Bularning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim (ijtimoiyxavfli)
holati bo‘lgan jinoyatni tashkil qiladi6.
Bizga berilgan kazusni jinoyat tarkibini tahlil qilish uchun dastlab har bir
jinoyat tarkibi haqida ma`lumotga ega bo`lamiz.
Jinoyatning obyekti - jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali
unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatdir. Jinoyat
kodeksining 2-moddasida belgilangan shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat
va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi bilan
6Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot.Darslik. 2-
nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiytexnik instituti, 2018.
– 137 bet
11
bog`liq munosabatlar jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy
munosabatlardir.
Jinoyatning navbatdagi elementi – jinoyatning subyektidir. Jinoyat
qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va ushbu qonunda
belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs – jinoyat huquqining
subyektidir.
Ushbu qoida Jinoyat kodeksining 17-moddasida belgilangan bo`lib, unga
ko`ra, jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy
shaxslar javobgarlikka tortiladilar.
Jinoyat subyektining navbatdagi belgisi bu – aqli rasolik bo`lib, jinoyat
sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli
xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir.
Umurbekov aqli raso, jismoniy shaxs. Demak, agar u jinoyat sodir etgunga
qadar 14 yoshga to`lgan bo`lsa, demak u ushbu jinoyatning subyekti bo`la oladi.
Navbatdagi masala. Jinoyatning obyektiv tomoni nima?
Jinoyatning obyektiv tomoni bu - tajovuzning ijtimoiy xavflilik
darajasini ifodalaydigan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga qarshi
qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuzning tashqi holatini xarakterlovchi obyektiv,
ijtimoiy va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar yig‘indisidir.
Demak, jinoyatning obyektiv tomoni uning tashqi tomonini ifoda etib, uning
qanday sodir bo`lganligini aniqlaydi. Jinoyatning obyektiv tomoni jinoyat
kodeksining maxsus qismi moddalarida asosan blanket dizpozitsiya sifatida
namoyon bo`ladi.
Tuzilish jihatdan obyektiv tomonning zaruriy va fakultativ belgilari
mavjud. Ushbu holatda bu belgilar moddiy va formal tarkibli jinoyatlar bilan
bevosita bog`liq bo`ladi. Jinoyatning obyektiv tomoning zaruriy belgilari:
qilmish,jinoiy oqibat, sababiy bog`lanish (moddiy tarkibli jinoyat obyektiv
tomonining zaruriy belgisi)7.
Jinoiy qilmish - bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga
tajovuz. Ushbu qoidani kazusga tatbiq etsayk, Umurbekovning Isayevga hujum
qilib, qo`li bilan jarohat yetkazganligi – jinoiy qilmishdir.
Jinoiy oqibat jinoiy qilmish tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan
ijtimoiy munosabatlarga moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishda ifodalanadigan zarar,
ziyon yoxud boshqacha salbiy o‘zgarishda ifodalanadi.
Sababiy bog`lanish - sababni ifodalovchi ijtimoiy xavfli qilmish hamda
natijani ifodalovchi ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi aloqadir.
Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining fakultativ belgilari quyidagilar:
7 Jinoyat huquqi.(Umumiy qism) Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020.
264 b.
12
- jinoyat sodir qilish joyi,
- vaqti,
- holati,
- usuli,
- quroli
- vositasi kabilardir.
Jinoyatning subyektiv tomoni - aybdorning jinoyat qonunida jinoyat sifatida
nazarda tutilgan, aybdor o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan
bo‘lgan ruhiy munosabati bo‘lib, uning aybi, motivi, maqsadi va his-tuyg‘usini
ifodalaydi.
Ayb, shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli
qilmishi (harakat yoki harakatsizligi)ga nisbatan ruhiy munosabatida va
ushbu ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqqan oqibatida ko‘rinadi.Ayb
qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida bo‘lishi mumkin.
Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning
ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda
yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Endi esa E. Davronovning harakatlarida jinoyat tarkibini muhokama etsak:
Jinoyat obyekti-O‘zbekiston Respublikasiga kirish, chiqish va davlat
chegaralaridan o‘tish bilan bog‘liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlar. E. Davronov
davlat chegarasidan qonun nazarda tutilmagan shaklda o`tishga harakat qilgan.
Jinoyat obyektiv tomondan O`zbekiston Respublikasiga kirish
harakatidanamoyon bo`lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish deganda, transport
vositasi (avtomashina, kema, samolyot, velosiped, ot va boshqa mexanik va
transportning boshqa turlari) yordamida davlat chegarasini kesib o‘tish tushuniladi.
Jinoyat subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd orqali sodir etiladi. Shaxs o‘z
harakatlarining noqonuniyligini biladi, yaʼni O‘zbekiston Respublikasi hududini
hujjatsiz, soxta hujjatlardan foydalangan holda yoxud tegishli ruxsatnomasiz kesib
o‘tayotganligini anglaydi va buni xohlaydi.
Jinoyat subyekti- O‘n olti yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi
fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yoki chet el fuqarosi bo‘lishi mumkin. Ushbu
qilmishda subyekt E.Davronov.
Kazusimizda Tergovchi E.Davronovning harakatini JKning 25-moddasi va
223-moddasi 1-qismi bilan, yaʼni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston
Respublikasiga kirishga suiqasd deb kvalifikatsiya qilganligi aytilgan. Savol
tug`iladi: suiqasd o`zi nima va ushbu jinoyatda suiqasd mavjudmi?
Suiqasd jinoyat sodir etishning bosqichi hisoblanadi.
13
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- moddasining 2- qismiga
ko`ra:
«Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan
holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb
topiladi».
Suiqasd – bu jinoyat sodir etishga bevosita yo‘naltirilgan hamda shaxsga
bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan qasddan sodir etilgan
harakat (harakatsizlik)dir.8
Demak. Suiqasdda shaxs jinoyat yo`naltiriladi, suiqasdning asosiy sharti
uning shaxsga bog`liq bo`lmagan holda jinoyatning oxiriga yetmaganligidir.
Bunda jinoyat boshlanadi, jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy
munosabatlar xavf ostida qo`lladi va JKning Maxsus qismi normalarining
dizpozitsiyasining ma`lum qismi bajariladi. Lekin shaxsga bog`liq bo`lmagan
holda jinoiy harakat oxiriga yetmay qoladi.
Jinoyat sodir etish bosqichlari quyidagilardan iborat:
1) Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko`rish;
2) Jinoyatning obyektiv tomonini bajarish;
3) Jinoyatning tamom bo`lishi va ijtimoiy xavfli oqibatning kelib
chiqishi.
Tayyorlargarlik ko`rish va suiqasd qilish ya`ni jinoyatning obyektiv tomonini
bajarish tamom bo`lmagan jinoyatlar turkumiga kiradi.
Tamom bo‘lmagan jinoyat (tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd) konkret
jinoyat tarkibi belgilarida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni to‘liq bajarmaslik yoki
jinoiy oqibatlarni keltirib chiqarmaslik bilan tavsiflanadi.
Tamom bo‘lgan jinoyat sodir etilgan qilmishda konkret jinoyat
tarkibining qonunda nazarda tutilgan barcha belgilari mavjudligi bilan tavsiflanadi.
Kazusimizda aytilishicha, E.Davronov O`zbekiston kirishni maqsad qilgan
va kirgan ham. jinoyat davlat chegarasi kesib o‘tilayotgan vaqtdan
boshlab tugallangan hisoblanadi.
Quyidagilar davlat chegarasini kesib o‘tish vaqti deb topiladi:
- aybdor faktik jihatdan davlat chegarasini kesib o‘tishi yoki o‘tmasligidan
qatʼi nazar, davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari nazoratidan muvaffaqiyatli
o‘tish. Masalan, samolyot uchishiga qadar shaxs tomonidan aeroport chegara
nazoratidan o‘tish tugallangan jinoyat deb topiladi. Xuddi shunday holatda shaxs
o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra chegara nazoratidan o‘ta olmagan
8Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-
nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018.
– 441 bet
14
hollarda, uning harakatlari O‘zbekiston hududiga g‘ayriqonuniy kirish yoki undan
chiqishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi lozim;
- davlat chegarasi orqali o‘tkazishning belgilangan punktlaridan tashqarida
davlat chegarasi chizig‘i (tegishli yuza)ni faktik jihatdan kesib o‘tish.9
Bundan kelib chiqadiki, E.Davronovning jinoyati qonunga xilof ravishda
O‘zbekiston Respublikasiga kirishga suiqasd emas, balki qonunga xilof ravishda
O‘zbekiston Respublikasiga kirishdir.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, E.Davronivning harakatlarini
jinoyat deb topish uchun jinoyat tarkibi mavjud. Shuningdek, uning jinoyati tamom
bo`lmagan jinoyat emas, balki tamom bo`lgan jinoyatdir.
9Rustamboev M.X. Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharh. Maxsus qism.
15
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
I. Normativ-huquqiy hujjatlar:
I.1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari
maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019 y., 03/19/563/3685-son.
I.2.O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son
II.Asosiy darsliklar va o'quv qo'llanmalar:
II.1. Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi.
Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan –
T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441
bet
II.2.Жиноятҳуқуқи. Умумийқисм. Олий ўқув юртлари учун дарслик.
(М. Усмоналиев.—Т., «Янгиаср авлоди», 2010, бет.)
II.3.Кудрявцев В.Н. Общая теория квалификации преступлений. М.,
2001, стр.60.
I.4. КочоиС.М. Уголовноеправо. Общая и Особенная части:Учебник.
Краткий курс. — М., 2009. — с.
I.5. Якубов А.С. Теоритическиепроблемқформирования правовой
основы учения о преступленый: предпосылки, реальность,перспективы. –
Т.: Академия МВД, 1996. 95-с.
I.6. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – T.:”Yuridik adabiyot
publish”, 2020y.- 512 b.
III.Qo'shimcha adabiyotlar:
III.1. Катта юридик луғат./ А.Я. Сухарев, В.Е. Крутских таҳрири остида
III.2. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga sharhlar. Umumiy qism. “ILM
ZIYO” nashriyot uyi, 2006-yil.
16
IV. Foydalanilgan elektron saytlar:
IV.1. https://lex.uz/
IV.2.www.nrm.uz
IV.3. www.duma.gov.ru
IV.4.www.mgimo.ru
IV.5. www.elibrary.ru

More Related Content

What's hot

презентація -Фізкультурно-оздоровча робота у ДНЗ-
презентація -Фізкультурно-оздоровча робота у ДНЗ-презентація -Фізкультурно-оздоровча робота у ДНЗ-
презентація -Фізкультурно-оздоровча робота у ДНЗ-
kdnz255
 
7 8 9 12klasi tematuri
7 8 9 12klasi tematuri7 8 9 12klasi tematuri
7 8 9 12klasi tematuri
mananagadelia
 
технологія приготування супів
технологія приготування супівтехнологія приготування супів
технологія приготування супів
kostyuchik
 
зошит м`ясо
зошит м`ясозошит м`ясо
зошит м`ясо
darkvadim
 

What's hot (20)

4 пріони
4 пріони4 пріони
4 пріони
 
Plan mk gromadskogo harchuvana 2020 2021
Plan mk gromadskogo harchuvana   2020 2021Plan mk gromadskogo harchuvana   2020 2021
Plan mk gromadskogo harchuvana 2020 2021
 
Презентація до уроку на тему «Культура споживання їжі»
Презентація до уроку на тему «Культура споживання їжі»Презентація до уроку на тему «Культура споживання їжі»
Презентація до уроку на тему «Культура споживання їжі»
 
Презентація "Плазуни"
Презентація "Плазуни"Презентація "Плазуни"
Презентація "Плазуни"
 
страви з яєць
страви з яєцьстрави з яєць
страви з яєць
 
Кулінарія. Бутерброди
Кулінарія. БутербродиКулінарія. Бутерброди
Кулінарія. Бутерброди
 
ПОСІБНИК лекційного матеріалу кондитер 3 розряду. pdf.pdf
ПОСІБНИК лекційного матеріалу кондитер 3 розряду. pdf.pdfПОСІБНИК лекційного матеріалу кондитер 3 розряду. pdf.pdf
ПОСІБНИК лекційного матеріалу кондитер 3 розряду. pdf.pdf
 
презентація -Фізкультурно-оздоровча робота у ДНЗ-
презентація -Фізкультурно-оздоровча робота у ДНЗ-презентація -Фізкультурно-оздоровча робота у ДНЗ-
презентація -Фізкультурно-оздоровча робота у ДНЗ-
 
лекція 10 11
лекція 10 11лекція 10 11
лекція 10 11
 
7 8 9 12klasi tematuri
7 8 9 12klasi tematuri7 8 9 12klasi tematuri
7 8 9 12klasi tematuri
 
про овочі
про овочіпро овочі
про овочі
 
класифікація овочів
класифікація овочівкласифікація овочів
класифікація овочів
 
презентація якщо вкусив кліщ
презентація якщо вкусив кліщпрезентація якщо вкусив кліщ
презентація якщо вкусив кліщ
 
Technology
TechnologyTechnology
Technology
 
Анімалістичний жанр у графіці. 6клас
Анімалістичний жанр у графіці. 6класАнімалістичний жанр у графіці. 6клас
Анімалістичний жанр у графіці. 6клас
 
Gegma1
Gegma1Gegma1
Gegma1
 
технологія приготування супів
технологія приготування супівтехнологія приготування супів
технологія приготування супів
 
мяка іграшка презентація
мяка іграшка презентаціямяка іграшка презентація
мяка іграшка презентація
 
Вікові кризи дорослості
Вікові кризи дорослостіВікові кризи дорослості
Вікові кризи дорослості
 
зошит м`ясо
зошит м`ясозошит м`ясо
зошит м`ясо
 

2 kurs jhf vpotok 3-guruh xolmatova sadoqat

  • 1. 1 5- nazariy savol Jinoyat obyekti va predmetining o`zaro nisbatini muhokama eting.
  • 2. 2 Jinoyat obyekti-jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabat bo‘lib, jinoiy qilmish tufayli ana shu ijtimoiy munosabatga tajovuz qilinadi va unga zarar yetkaziladi.1Demak, har qanday ijtimoiy munosabat jinoyat obyekti bo`la olmaydi, jinoyat obyekti bo`lish uchun jinoyat qonuni bilan qo`riqlanishi lozim. Bunday ijtimoiy munosabatlar jinoyat kodeksining 2-moddasida quyidagicha o`z ifodasini topgan: Jinoyat kodeksining vazifalari shaxsni, uning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlat manfaatlarini, mulkni, tabiiy muhitni, tinchlikni, insoniyat xavfsizligini jinoiy tajovuzlardan qo‘riqlash, shuningdek jinoyatlarning oldini olish, fuqarolarni respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya qilish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Shuningdek, jinoyat obyekti jinoyat kodeksining maxsus qismi bo`limi (8- bo`limdan tashqari) va boblarning nomida o`z ifodasini topgan. Ko`rinib turibdiki, jinoyat obyekti jinoyatning zaruriy belgisidir. Jinoyat obyektisiz jinoyatni aniqlab bo`lmaydi. Chunki shaxs jinoyatni doim qaysidir obyektga qaratadi. Bundan tashqari jinoyat obyekti ya`ni ijtimoiy munosabatlarning qadr-qiymati darajasiga ko`ra( jinoyat kodeksining 2- moddasidagi prinspga asosan) jinoyat kodeksinng maxsus qismi ishlab chiqilgan. Jinoyat predmeti – jinoyat obyektiga nisbatan tajovuz qilishda aybdor shaxs to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etadigan, u tufayli yoki uning uchun jinoyat sodir qilingan obyektiv olamdagi jonli yoki jonsiz moddiy narsalar. Jinoyat predmeti- moddiy narsa bo`lib, jinoyat sodir etishda ta`sir etadi. Masalan, og`irlikda mulk, kontrabanda jinoyatida chegaradan o`tkazilgan Tovar. Jinoyat predmeti jinoyatning fakultativ belgisidir. Ya`ni uning bo`lishi ahamiyat kasb etmaydi. Ba`zi jinoyatlarda jinoyat predmeti bo`lmaydi. Masalan, haqorat qilish, tuhmat. Lekin ba`zi jinoyatlarda jinoyat predmeti zaruriy belgi hisoblanadi masalan, pora olishda jinoyat predmeti pul Va u zaruriy belgidir. Chunki pulning miqdori jinoyatni kvalifikatsiya qilishga ta`sir etadi va jazo miqdoriga ham. Lekin har doim ham jinoyat predmeti moddiy xususiyatga ega bo`lmaydi. Masalan, davlat sirini tashkil etuvchi ma`lumotlarni oshkor etish. Bu yerda bevosita obyektiv olamdagi moddiy narsaga ta`sir etmaydi, faqatgina tegishli ma`lumotlarni oshkor qiladi. Shunday qilib axborotni oshkor qilish bilan bog`liq jinoyatlar inteluktual qiymat shaklida namoyon bo`lishi mumkin. Bunday jinoyatlarda faqatgina axborot emas, rasm, videolar ham ma`lumot shaklida jinoyat predmeti bo`la oladi. 1Жиноятҳуқуқи. Умумийқисм. Олийўқувюртлариучундарслик. (М. Усмоналиев.—Т., «Янги аср авлоди», 2010, бет.)
  • 3. 3 Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda jinoyat predmeti va obyektini ajrata olish muhm ahamiyatga egadir. Masalan, o`g`irlik jinoyatida obyekt mulkni himoyalovchi ijtimoiy munosabatlar bo`lsa, predmet- narsalar, pul, moshina bo`lishi mumkin. Obyektdan farqli o`laroq predmetga zarar yetmaydi. Masalan, transport vositalarini olib qochishda avtomobil predmet bo`lib unga zarar yetmaydi. Jinoyat predmeti katta ahamiyatga ega. Chunki u jinoyatni malakalashga ta`sir o`tkazadi. Shuningdek, tarkibi bir-biriga yaqin jinoyatlarni ajratishda yordam beradi. Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, jinoyat tarkibing elemti bo`lib, jinoyat obyektisiz jinoyat mavjud bo`lmaydi. Jinoyat predmeti esa fakultativ belgi bo`lib , ba`zida jinoyat tarkibing zaruriy belgisi sifatida namoyon bo`ladi va jinoyatni kvalifikatsiya qilishda yordam beradi. Obyekt ijtimoiy munosabat. Predmet esa ashyo. Obyekt zaruriy belgi. Predmet esa fakultativ belgidir.
  • 4. 4 13- nazariy savol Zaruriy mudofaa va uning oxirgi zaruratdan farqlarini muhokama eting.
  • 5. 5 O`zbekiston Respublikasi Jinoyat qonuniga ko`ra qilmishni jinoiyligini istisno qiladigan bir qancha holatlari bor. O‘zbekiston Respublikasi JKning 35- moddasining ikkinchi qismida qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlarning quyidagi turlari keltirilgan2: – kam ahamiyatli qilmishlar; – zaruriy mudofaa; – oxirgi zarurat; – ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash chog‘ida zarar yetkazish; – buyruqni yoki boshqacha tarzdagi vazifani bajarish; – kasb yoki xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilik; – jismoniy yoki ruhiy majburlash yoxud qo‘rqitish natijasida qilmish sodir etish jinoyatni istisno qiluvchi holatlar deb topiladi. Biz quyida zaruriy mudofaa tushunchasi va uning oxrgi zaruratdan farqlarini muhokama etamiz. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 37- moddasi 1- qismiga ko`ra: Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya’ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog‘ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. Asosiy qonunimiz Konstitutsiyamizning 27- moddasida Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqi borligi aytib o`tilgan. Zaruriy mudofaa inson huquqlarini va manfaatlarini himoya qilishida namoyon bo`ladi. Zaruriy mudofaa – bu ijtimoiy xavfli bo‘lgan tajovuzdan qonuniy himoya qilish bo‘lib, tajovuzchiga noilojlikdan zarar yetkazish orqali amalga oshiriladi hamda tajovuzning xarakteriga va ijtimoiy xavfliligi darajasiga mos keladi.3 «Zaruriy mudofaa to‘g‘risidagi qonunni qo‘llash davlat mulki, jamoat tartibi, boshqa fuqarolarning hayoti, sha’ni, qadr-qimmati, manfaatlarini tajovuzdan qo‘riqlashga ham oiddir» 2O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – T.:”Yuridik adabiyot publish”, 2020y.- 512 b 3Jinoyat huquqi. (Umumiy qism) Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.
  • 6. 6 Zaruriy mudofaaning ma`lum bir shaxsga zarar yetkazilishi hisobga olgan holda uning ma`lum qoidalari chegaralari belgilangan. Zaruriy mudofaa holatini keltirib chiqarish uchun tajovuz undan himoya elementi bo`lishi kerak. Shu jumladan, tajovuz ijtimoiy xavfli va huquqqa qarshi bo`lishi kerak. «Jinoyat kodeksining maxsus qismida nazarda tutilgan harakatlar uni sodir etgan shaxsning javobgarlikka tortilganligi yoki ruhiy kasallik tufayli, jinoiy javobgarlik yoshiga to‘lmaganligi sababli va boshqa asoslarga ko‘ra, javobgarlikdan ozod qilinganligidan qat’i nazar, Jinoyat kodeksining 37-moddasi doirasida himoyalanishiga asos beruvchi ijtimoiy xavfli tajovuz deb hisoblanadi». Demak, ijtimoiy xavfli qilmish Jinoyat kodeksining normalariining dispozitsiyada belgilangan huquqqa qarshi bo`lishi kerak. Zaruriy mudofaada himoya qilishning qonuniy shartlari bor. Bundan zaruriy mudofaada himoyalanish javob berilayotgan tajavuzga muvofiq kelishi kerak. Hamda zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqmasligi lozim. Hozirgi kunda huquqni muhofaza qiluvchi organlar shaxsning hayoti, sog`lig`I va mulkini himoya qilishda turli xil qiyinchiliklarga duch kelar ekan, zaruriy mudofaaning ahamiyati ortib bormoqda. Jamiyatimizning har bir fuqarosi o`zini va atrofdagilarni jinoiy tajovuzdan muhofaza etish huquqiga ega. Ammo zaruriy mudofaa holatida bo`lganlarning 50%gina bundan foydalana olgan. Buning sababi quyidagilar: 17% holatda bu huquqni bilmaslik, 19%da ushbu holatda aniq qoidani bilmaslik, 48% holatda ushbu vaziyatning huquqiy oqibatlaridan qo`rqish,11% vaziyatda ushbu holatda salbiy tajribasi, 5%da o`zining kuchi va imkoniyatlarini to`g`ri baholay olmaslik.4 Yana shuni aytish mumkinki, zaruriy mudofaani qo`llagan shaxslar bu harakatini qonuniyligiga shubha qilishgan. Bundan tashqari Jinoyat qonunchiligida zaruriy mudofaa bilan birga oxirgi zarurat tushunchasi ham bor. Ushbu tushunchaga ozgina to`xtalib o`tsakda, so`ng amaliy misollar bilan zaruriy mudofaa va oxirgi zaruratning farqlarini keltirsak. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 38- moddasi 1- qismiga ko`ra: Oxirgi zarurat holatida, ya’ni shaxsning yoki boshqa fuqarolarning shaxsiga yoxud huquqlariga, jamiyat yoki davlat manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni qaytarish uchun qonun bilan qo‘riqlanadigan huquq va manfaatlarga zarar yetkazgan holda sodir etilgan qilmish, basharti, shu xavfni o‘sha holatda boshqa choralar bilan qaytarishning iloji bo‘lmasa hamda keltirilgan zarar oldi olingan zararga qaraganda kamroq bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi. 1. 4 https://works.doklad.ru/view/BegVz07tGSM/all.ht ml
  • 7. 7 Demak, oxirgi zarurat ham qilmishning jinoiyligini istisno etadigan holatlardan biridir. Jamiyat va shaxs manfaatlarini himoya qilish Jinoyat qonuning asosiy vazifasidir. Ushbu ijtimoiy munosabatlar Jinoyat kodeksining Maxsus qismi moddalari bilan qo`riqlanadi. Lekin ba`zi holatlarda, shaxsning yoki boshqa fuqarolarning hayoti yoki huquqlariga, jamiyat va davlatning qonun bilan himoyalanadigan ,manfaatlariga tahdid soluvchi xavfni bartaraf etish uchun ushbu ijtimoiy munosabatlarga zarar yetadi. Va bunga qonunda ruxsat etilgan. Faqatgina tahdid etilayotgan xavf boshqa vositalar bilan bartaraf etilmaydigan va yetkazilgan zarar oldi olingan zarardan kamroq bo`lishi zarur.5 Xo`sh zaruriy mudofaa va oxirgi zarurat farqlari nimalarda namoyon bo`ladi: 1) Oxirgi zaruratda, ehtimoldan kelib chiqib zarur bo`lsa uchinchi shaxslarga ham zarar yetishi mumkin. Lekin zaruriy mudofaada aybdor shaxsga zarar yetadi. 2) Oxirgi zaruratda zarar miqdori kam bo`lishi kerak. Zaruriy mudofaada esa mudofaa chegarasidan chetga chiqmasligi kerak. 3) Oxirgi zaruratda uchinchi shaxslarga zarar yetkazish bu oxirgi yo`l bo`lish mumkin, zaruriy mudofaada qochish imkoni bo`lganda zarar yetkazish yo`li bilan himoyalanishi mumkin. 4) Oxirgi zaruratning maqsadi jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazish xavfini bartaraf etishdir, zaruriy mudofaaning maqsadi ijtimoiy xavfli tajovuzlardan himoya qilish va ijtimoiy xavfli harakatlarga yo`l qo`ymaslik Endi ushbu farqni amaliy misollar yordamida ko`rsatsak: Masalan, “A” ismli shaxs va “B” ismlishaxs o`rtasida yo`l transport hodisasi natijasida tortishib qolishdi. Bu kelishmovchilik natijasi “A” ismli fuqaro beysbol tayog`i oldi va “B” ismli fuqaroga jismoniy zarar yetkazishga urindi. “B” ismli fuqaro esa bunga javoban shikastli qurolni qo`lladi va “ A” ismli fuqaroning yelkasiga otib, yengil tan jarohati yetkazdi. Fuqaro “A” sog`lig`iga yetkazilgan zararni qoplash kerakligini aytib sudga da`vo bilan murojaat qildi. “B” fuqaroning harakatlarida zaruriy mudofaa borligini ko`rib chiqamiz: 1) “A” shaxsning harakatlari “B” shaxsga jismoniy zarar yetkazishga qaratilgan edi. Sodir bo`lgan vaziyat, jismoniy zarar yetkazishga urinish va qurol sifatida ishlatilgan vosita shundan kelib chiqqan. 5: ЎзбекистонРеспубликасиОлийсудиПленумининг 1996 йил 20 декабрдаги «Ижтимоийхавфлитажовузларданзаруриймудофааҳуқуқинитаъминловчиқонунларнингсудлартомониданқўл ланилишиҳақида»ги 39-сонлиқарори, 1-банд // Тўплам, 1-жилд. – 77-б.
  • 8. 8 2) “B” fuqaroning xatti- harakatlari unga qarshi qaratilgan tajovuzning oldini olishga qaratilgan bo`lib, “A” fuqaroning harakatlariga mutanosib edi. Shunga ko`ra zaruriy mudofaa holatida zarar yetkazilganligini inobatga olsak. Bu qilmishni jinoiyligini istisno etadi. Endi esa oxirgi zarurat holatiga misol keltirsak: “ A” avtomobilning haydovchisi “B” avtomobil harakatlanayotgan qarama qarshi yo`lakka chiqib ketdi. “B” avtomobili to`qnashuvni oldini olish maqsadida moshinasi rulini burdi va yo`l chetiga chiqib ketdi va daraxtga borib urildi. Ushbu hodisa tufayli “B” avtomobili bo`lgan yo`lovchining sog`lig`iga zarar yetadi. Mazkur ishni ko`rib chiqish jaroyonida “A” avtomobili to`qnashuvning oldini olishni boshqa chorasi yo`q ekanligini aytib o`tdi. Shunga ko`ra “B” avtomobili haydovchisi harakatni oxirgi zarurat yuzasidan qilgan deb ayta olamiz. Xulosa o`rnida shuni aytishimiz mumkinki, zaruriy mudofaava oxirgi zarurat fuqarolarning o`zini o`zi qonuniy himoyalanishining bir usuli hisoblanadi va jinoyatchilikka qarshi kurashda samarali yordam beradi.
  • 9. 9 8- kazus E.Davronov Qozog‘iston Respublikasida ishlab yurgan vaqtida fuqarolik pasportining amal qilish muddati o‘tib ketganligi sababli, Qozog‘iston Respublikasi davlat chegara nazorati xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiritilmaganligini vaj qilib, belgilangan tartibni buzib qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirish maqsadini ko‘zlab, ushbu maqsadini amalga oshirib, 2020 yil 4 iyun kuni yonida shaxsini tasdiqlovchi hujjati AA 2364140 seriya raqamli fuqarolik pasporti bo‘lsada, belgilangan chegara nazoratidan o‘tmasdan, qonunga xilof ravishda, “Sariagach-Chuqursoy” yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘istoi Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga qarab harakatlanib kelayotgan 6491-sonli yuk poyezdining 73077797-raqamli usti ochiq yuk vagoniga chiqib berkinib, O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelgan. Tergovchi E.Davronovning harakatini JKning 25-moddasi va 223-moddasi 1-qismi bilan, yaʼni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirishga suiqasd deb kvalifikatsiya qildi. 1. Vaziyatga huquqiy baho bering hamda jinoyat tarkibini tahlil qiling. 2. Kazusdan kelib chiqqan holda tamom bo‘lgan va tamom bo‘lmagan jinoyatlarning o‘ziga xos jihatlarini bayon qiling.
  • 10. 10 Ushbu vaziyatga huquqiy baho berish davomida quyidagi masalalarga to`xtalamiz:  E.Davronovning harakatlarini jinoyat deb topish uchun asos bormi?  Ushbu vaziyatga bog`lab Jinoyat sodir etish bosqichlariga to`xtalib o`tamiz.  Tamom bo`lgan va tamom bo`lmagan jinoyat tushunchalarini kazusga bog`lab tahlil qilamiz. Ushbu kazusga huquqiy baho berish va jinoyat tarkibini aniqlash uchun dastlab jinoyat tushunchasi va belgilariga ta`rif berish maqsadga muvofiqdir. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 14-moddasi birinchi qismiga ko`ra, Jinoyat kodeksi bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo‘llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi. Ijtimoiy xavfli qilmish tushunchasiga ushbu moddaning ikkinchi qismida ta`rif berilgan bo`lib, unga ko`ra, Jinoyat kodeksi bilan qo‘riqlanadigan obyektlarga zarar yetkazadigan yoki shunday zarar yetkazish real xavfini keltirib chiqaradigan qilmish ijtimoiy xavfli qilmish deb topiladi. Ushbu tavsifdan kelib chiqqan holda jinoyatning quyidagi belgilariniko‘rsatish mumkin: – ijtimoiy xavflilik; – huquqqa xiloflik; – aybning mavjudligi; – jazoga sazovorlik. Jinoyat tarkibi – jinoiy javobgarlikning asosi bo‘laturib, istalgan jinoyatni kvalifikatsiya qilishning muhim sharti – yuridik asosi bo‘lib xizmat qiladi. Jinoyat tarkibining tarkib deb nomlanishining asosiy sababishundaki, unda jinoyatning obyekti, obyektiv tomoni, subyekti vasubyekt tomoni degan tushunchalar (elementlar) bir butun holda mujassamlashgan. Bularning barchasi ijtimoiy hayotning ayrim (ijtimoiyxavfli) holati bo‘lgan jinoyatni tashkil qiladi6. Bizga berilgan kazusni jinoyat tarkibini tahlil qilish uchun dastlab har bir jinoyat tarkibi haqida ma`lumotga ega bo`lamiz. Jinoyatning obyekti - jinoiy tajovuz qaratilgan va ana shu tajovuz orqali unga zarar yetkazilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabatdir. Jinoyat kodeksining 2-moddasida belgilangan shaxs, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlari, mulk, tabiiy muhit, tinchlik va insoniyat xavfsizligi bilan 6Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot.Darslik. 2- nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiytexnik instituti, 2018. – 137 bet
  • 11. 11 bog`liq munosabatlar jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlardir. Jinoyatning navbatdagi elementi – jinoyatning subyektidir. Jinoyat qonunchiligida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan va ushbu qonunda belgilangan yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs – jinoyat huquqining subyektidir. Ushbu qoida Jinoyat kodeksining 17-moddasida belgilangan bo`lib, unga ko`ra, jinoyat sodir etgunga qadar o‘n olti yoshga to‘lgan, aqli raso jismoniy shaxslar javobgarlikka tortiladilar. Jinoyat subyektining navbatdagi belgisi bu – aqli rasolik bo`lib, jinoyat sodir etish vaqtida o‘z harakatlarining (harakatsizligining) ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan va ularni boshqara olgan shaxs aqli raso shaxsdir. Umurbekov aqli raso, jismoniy shaxs. Demak, agar u jinoyat sodir etgunga qadar 14 yoshga to`lgan bo`lsa, demak u ushbu jinoyatning subyekti bo`la oladi. Navbatdagi masala. Jinoyatning obyektiv tomoni nima? Jinoyatning obyektiv tomoni bu - tajovuzning ijtimoiy xavflilik darajasini ifodalaydigan, jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan obyektga qarshi qaratilgan ijtimoiy xavfli tajovuzning tashqi holatini xarakterlovchi obyektiv, ijtimoiy va yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar yig‘indisidir. Demak, jinoyatning obyektiv tomoni uning tashqi tomonini ifoda etib, uning qanday sodir bo`lganligini aniqlaydi. Jinoyatning obyektiv tomoni jinoyat kodeksining maxsus qismi moddalarida asosan blanket dizpozitsiya sifatida namoyon bo`ladi. Tuzilish jihatdan obyektiv tomonning zaruriy va fakultativ belgilari mavjud. Ushbu holatda bu belgilar moddiy va formal tarkibli jinoyatlar bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Jinoyatning obyektiv tomoning zaruriy belgilari: qilmish,jinoiy oqibat, sababiy bog`lanish (moddiy tarkibli jinoyat obyektiv tomonining zaruriy belgisi)7. Jinoiy qilmish - bu jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan munosabatlarga tajovuz. Ushbu qoidani kazusga tatbiq etsayk, Umurbekovning Isayevga hujum qilib, qo`li bilan jarohat yetkazganligi – jinoiy qilmishdir. Jinoiy oqibat jinoiy qilmish tufayli jinoyat qonuni bilan qo‘riqlanadigan ijtimoiy munosabatlarga moddiy yoki nomoddiy ko‘rinishda ifodalanadigan zarar, ziyon yoxud boshqacha salbiy o‘zgarishda ifodalanadi. Sababiy bog`lanish - sababni ifodalovchi ijtimoiy xavfli qilmish hamda natijani ifodalovchi ijtimoiy xavfli oqibat o‘rtasidagi aloqadir. Jinoyat tarkibi obyektiv tomonining fakultativ belgilari quyidagilar: 7 Jinoyat huquqi.(Umumiy qism) Darslik. Mas’ul muharrir: yu.f.f.d (PhD) X.Ochilov – T.: Adolat nashriyoti, 2020. 264 b.
  • 12. 12 - jinoyat sodir qilish joyi, - vaqti, - holati, - usuli, - quroli - vositasi kabilardir. Jinoyatning subyektiv tomoni - aybdorning jinoyat qonunida jinoyat sifatida nazarda tutilgan, aybdor o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishiga nisbatan bo‘lgan ruhiy munosabati bo‘lib, uning aybi, motivi, maqsadi va his-tuyg‘usini ifodalaydi. Ayb, shaxsning o‘zi sodir etgan ijtimoiy xavfli qilmishi (harakat yoki harakatsizligi)ga nisbatan ruhiy munosabatida va ushbu ijtimoiy xavfli qilmish natijasida kelib chiqqan oqibatida ko‘rinadi.Ayb qasd yoki ehtiyotsizlik shaklida bo‘lishi mumkin. Agar shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavfli xususiyatini anglagan, uning ijtimoiy xavfli oqibatlariga ko‘zi yetgan va ularning yuz berishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday jinoyat egri qasddan sodir etilgan deb topiladi. Endi esa E. Davronovning harakatlarida jinoyat tarkibini muhokama etsak: Jinoyat obyekti-O‘zbekiston Respublikasiga kirish, chiqish va davlat chegaralaridan o‘tish bilan bog‘liq bo`lgan ijtimoiy munosabatlar. E. Davronov davlat chegarasidan qonun nazarda tutilmagan shaklda o`tishga harakat qilgan. Jinoyat obyektiv tomondan O`zbekiston Respublikasiga kirish harakatidanamoyon bo`lmoqda. O‘zbekiston Respublikasidan chiqish va unga kirish deganda, transport vositasi (avtomashina, kema, samolyot, velosiped, ot va boshqa mexanik va transportning boshqa turlari) yordamida davlat chegarasini kesib o‘tish tushuniladi. Jinoyat subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd orqali sodir etiladi. Shaxs o‘z harakatlarining noqonuniyligini biladi, yaʼni O‘zbekiston Respublikasi hududini hujjatsiz, soxta hujjatlardan foydalangan holda yoxud tegishli ruxsatnomasiz kesib o‘tayotganligini anglaydi va buni xohlaydi. Jinoyat subyekti- O‘n olti yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yoki chet el fuqarosi bo‘lishi mumkin. Ushbu qilmishda subyekt E.Davronov. Kazusimizda Tergovchi E.Davronovning harakatini JKning 25-moddasi va 223-moddasi 1-qismi bilan, yaʼni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirishga suiqasd deb kvalifikatsiya qilganligi aytilgan. Savol tug`iladi: suiqasd o`zi nima va ushbu jinoyatda suiqasd mavjudmi? Suiqasd jinoyat sodir etishning bosqichi hisoblanadi.
  • 13. 13 O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25- moddasining 2- qismiga ko`ra: «Qasddan sodir etiladigan jinoyat boshlanib, shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan bo‘lsa, jinoyat sodir etishga suiqasd deb topiladi». Suiqasd – bu jinoyat sodir etishga bevosita yo‘naltirilgan hamda shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmagan qasddan sodir etilgan harakat (harakatsizlik)dir.8 Demak. Suiqasdda shaxs jinoyat yo`naltiriladi, suiqasdning asosiy sharti uning shaxsga bog`liq bo`lmagan holda jinoyatning oxiriga yetmaganligidir. Bunda jinoyat boshlanadi, jinoyat qonuni bilan qo`riqlanadigan ijtimoiy munosabatlar xavf ostida qo`lladi va JKning Maxsus qismi normalarining dizpozitsiyasining ma`lum qismi bajariladi. Lekin shaxsga bog`liq bo`lmagan holda jinoiy harakat oxiriga yetmay qoladi. Jinoyat sodir etish bosqichlari quyidagilardan iborat: 1) Jinoyat sodir etishga tayyorgarlik ko`rish; 2) Jinoyatning obyektiv tomonini bajarish; 3) Jinoyatning tamom bo`lishi va ijtimoiy xavfli oqibatning kelib chiqishi. Tayyorlargarlik ko`rish va suiqasd qilish ya`ni jinoyatning obyektiv tomonini bajarish tamom bo`lmagan jinoyatlar turkumiga kiradi. Tamom bo‘lmagan jinoyat (tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd) konkret jinoyat tarkibi belgilarida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni to‘liq bajarmaslik yoki jinoiy oqibatlarni keltirib chiqarmaslik bilan tavsiflanadi. Tamom bo‘lgan jinoyat sodir etilgan qilmishda konkret jinoyat tarkibining qonunda nazarda tutilgan barcha belgilari mavjudligi bilan tavsiflanadi. Kazusimizda aytilishicha, E.Davronov O`zbekiston kirishni maqsad qilgan va kirgan ham. jinoyat davlat chegarasi kesib o‘tilayotgan vaqtdan boshlab tugallangan hisoblanadi. Quyidagilar davlat chegarasini kesib o‘tish vaqti deb topiladi: - aybdor faktik jihatdan davlat chegarasini kesib o‘tishi yoki o‘tmasligidan qatʼi nazar, davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlari nazoratidan muvaffaqiyatli o‘tish. Masalan, samolyot uchishiga qadar shaxs tomonidan aeroport chegara nazoratidan o‘tish tugallangan jinoyat deb topiladi. Xuddi shunday holatda shaxs o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra chegara nazoratidan o‘ta olmagan 8Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2- nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 bet
  • 14. 14 hollarda, uning harakatlari O‘zbekiston hududiga g‘ayriqonuniy kirish yoki undan chiqishga suiqasd qilish deb kvalifikatsiya qilinishi lozim; - davlat chegarasi orqali o‘tkazishning belgilangan punktlaridan tashqarida davlat chegarasi chizig‘i (tegishli yuza)ni faktik jihatdan kesib o‘tish.9 Bundan kelib chiqadiki, E.Davronovning jinoyati qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirishga suiqasd emas, balki qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kirishdir. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, E.Davronivning harakatlarini jinoyat deb topish uchun jinoyat tarkibi mavjud. Shuningdek, uning jinoyati tamom bo`lmagan jinoyat emas, balki tamom bo`lgan jinoyatdir. 9Rustamboev M.X. Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga sharh. Maxsus qism.
  • 15. 15 Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: I. Normativ-huquqiy hujjatlar: I.1. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019 y., 03/19/563/3685-son. I.2.O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.10.2020-y., 03/20/640/1348-son II.Asosiy darsliklar va o'quv qo'llanmalar: II.1. Rustambayev M.X. O‘zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. Tom 1. Jinoyat haqida ta’limot. Darslik. 2-nashr, to‘ldirilgan va qayta ishlangan – T.: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti, 2018. – 441 bet II.2.Жиноятҳуқуқи. Умумийқисм. Олий ўқув юртлари учун дарслик. (М. Усмоналиев.—Т., «Янгиаср авлоди», 2010, бет.) II.3.Кудрявцев В.Н. Общая теория квалификации преступлений. М., 2001, стр.60. I.4. КочоиС.М. Уголовноеправо. Общая и Особенная части:Учебник. Краткий курс. — М., 2009. — с. I.5. Якубов А.С. Теоритическиепроблемқформирования правовой основы учения о преступленый: предпосылки, реальность,перспективы. – Т.: Академия МВД, 1996. 95-с. I.6. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi – T.:”Yuridik adabiyot publish”, 2020y.- 512 b. III.Qo'shimcha adabiyotlar: III.1. Катта юридик луғат./ А.Я. Сухарев, В.Е. Крутских таҳрири остида III.2. O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksiga sharhlar. Umumiy qism. “ILM ZIYO” nashriyot uyi, 2006-yil.
  • 16. 16 IV. Foydalanilgan elektron saytlar: IV.1. https://lex.uz/ IV.2.www.nrm.uz IV.3. www.duma.gov.ru IV.4.www.mgimo.ru IV.5. www.elibrary.ru