SlideShare a Scribd company logo
1 of 68
Download to read offline
Investitsiya faoliyatini
rivojlantirishda investitsiya
muhitining oʼrni
Reja:
 1. Investitsiya muhiti va unga taʼsir
etuvchi omillar
 2. Investitsiya salohiyati va
investitsiya shart sharoitlari
 3. Investitsiya muhitini baholash
usullari
 4. Oʼzbekistonda qulay investitsiya
muhitini taʼminlash masalalari
Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxati:
Mamatov B. va boshqalar. Investitsiyalarni tashkil etish va
moliyalashtirish. T. – 2014
Mustafakulov Sh. Investitsion muhit jozibadorligi. T. – 2017.
“O’zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan
yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-5495-son. 2018 yil
1 avgust.
Dоing business 2020. http://www.doingbusiness.org
Mavzuning dolzarbligi
2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha
Harakatlar strategiyasi 2017 yil 7 fevralda Prezident Farmoni
bilan tasdiqlandi. Unga ko’ra uchinchi ustuvor yo’nalish
iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish deb
nomlanib, unda investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali
mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy
sarmoyalarni faol jalb etish vazifasi ko’rsatilgan.
Iqtisodchi-olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Muminovlar
investitsiya muhiti to’g’risida quyidagilarni ta’kidlab o’tadilar:
«Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo’yilmalarining qaltislik
darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish
imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va
ijtimoiy omillar yig’indisidir.
Iqtisodchi-olimlardan D.G’ozibekov va T.Qoralievlar tomonidan
quyidagi fikrlar bildirilgan: «Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda
ishlatiladigan tushuncha bo’lib, investor tomonidan hisobga olinadigan
barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor
tomonidan ma’lum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va
noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, o’z kapitalini
kiritmoqchi bo’lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va
madaniyatiga katta ahamiyat beriladi»
Investitsiya muhiti tushunchasi
Investitsiya muhiti deganda, mamlakatga
kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va
xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan iqtisodiy,
ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar majmuasi
tushuniladi.
Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiya
munosabatlarini amalga oshirish mumkin boʼlgan
imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini oʼzida aks
ettirgan voqelikdir.
Mamlakatning investitsiya muhitini keltirib
chiqaradigan omillar
Mamlakatning investitsiya muhiti va uni keltirib
chiqaradigan omillar
Omillar Mazmuni
Iqtisodiy
holat
Mamlakat toʼlov balansining holati, valyuta-pul tizimi barqarorligi, tashqi
iqtisodiy aloqalarnnng rivojlanganligi, ichki bozor sigʼimining
kattaligi, inflyatsiya darajasi, YaIM, sanoat va qishloq xoʼjaligi
mahsulotlari ishlab chiqarishniig oʼsish surʼatlari.
Huquqiy baza Yangi sharoitlarga mos keladigan, mamlakat va uning alohida
tarmoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqaradigan
farmonlar, qarorlar, nizomlar, yoʼriqnomalarniig mavjudligi.
Tabiiy xom
ashyo
resurslari
Mineral, xom ashyo, yoqilgʼi-energetika va suv resurslari zaxiralari, qishloq
xoʼjaligi xomashyosi ishlab chiqarish hajmlari
Mehnat
resurslari
va bandlik
Iqtisodiy faol aholi soni, band aholi ulushi, ishsizlik darajasi xizmatchilar
daromadi darajasi, kadrlarning malaka darajasi.
Ishlab chiqaris
hning
texnik bazasi
Аsosiy ishlab chiqarish fondlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
darajasi, uskunalarning foydalanish muddati tarkibi, asosiy
fondlarining eskirishi darajasi.
Mamlakatning investitsiya muhiti va uni keltirib
chiqaradigan omillar
Ilmiy texnik
salohiyati
Iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar, shu jumladan,
xorijiy investitsiyalar hajmlari. Investitsiya tavakkalchilik darajasi.
Ishlab chiqarishning texnik jixozlanishi, fan-texnika yutuqparidan
foydalanish va ITTKI sohasini rivojlantirish holati, mahsulotning fan
sigʼimkorligi katta va yuqori texnologik turlarini ishlab chiqarish.
Moliya kredit
tizmi
Soliq va kredit siyosati, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining
foydalilik va rentabellik darajasi. Narx siyosati va narxni
shakllantirish siyosati.
Infratuzilma Bank tizimi rivojlanishi holati, transport, kommunikatsiya xizmatlari va
mexmonxona xoʼjaligi sohalari, tovar va fond birjalari, marketing,
konsalting, auditorlik xizmatlari, sugʼurta sohasi tarmogʼining
ishonchliligi.
Ekologik
vaziyat
Аtrof-muhitning ifloslanish darajasi, radiatsion fon, zararli chiqindilar.
Investitsiya muhitiga taʼsir etuvchi omillar
Siyosiy omillar
Iqtisodiy omillar
Ijtimoiy omillar
-xorijiy investitsiyalarga
nisbatan davlat siyosati
- xalqaro shartnomalarga
amal qilish;
- davlatning iqtisodiyotga
aralashish darajasi;
- xalqaro shartnomalarda
ishtirok etish tizimi;
- davlat apparati ishlarining
samaradorligi;
- siyosiy barqarorlik;
- boshqalar.
- iqtisodiyotning umumiy xolati
(rivojlanish yoki niqiroz);
- inflyatsiya darajasi, valyuta kursi
barqarorligi;
-turlicha soliq, boj to‘lovlaridagi
imtiyozlar;
- ishchi kuchi qiymati va ishchi
kuchidan foydalanish tartibi;
- aniq tovarlarga bo‘lgan talab va
taklif;
- xom ashyo bilan ta’minlanganlik;
- kreditning bahosi;
- boshqalar.
-xorijiy kapitalga va
xususiy mulkka
jamiyat a’zolarining
munosabati;
-jamiyatning
mafkuraviy bilim
darajasi;
-ishchi sinfining
tashkilotchiligi;
- boshqalar.
Investitsion muhitni tashkil etuvchilari
Investitsion muhit
Investitsion jozibadorlik Investitsion faollik
Investitsion risk
darajasi
Investitsion
salohiyat
Investitsion jozibadorlik tushunchasi
Investitsion jozibadorlik -
mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsi
yalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk
darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir.
Investitsion salohiyat –
bu mamlakatda asrlar davomida shakllangan omillar yig‘indisi bo
‘lib, “ob’ektiv” omillar deb ataladi. Unga tabiiy resurs salohiyati,
mehnat, ishlab chiqarish, innovatsion, iste’mol, moliyaviy salohiya
tlar kiradi.
Investitsiya salohiyati
Respublikada 2800 dan ortiq konlar va foydali minerallar
aniqlangan, mamlakatning umumiy mineral-xom ashyo
salohiyati taxminan 3,5 trln. dollar, shu jumladan, bir qancha
o’rinlarda metall va metall buyumlar, qishloq xo’jaligi
buyumlar bo’yicha O’zbekiston dunyodagi yetakchi o’rinlardan
birini egallaydi. Xususan, mis zaxiralari bo’yicha – 11-o’rin,
oltin ishlab chiqarish bo’yicha – 9-o’rin, uran-8-o’rin, paxta
tolasi – 5-o’rinlarni egallaydi.
O’zbekiston iqtisodiyoti mutlaq energetik mustaqilligi bilan ajralib
turadigan dunyodagi ozchilik mamlakatlardan biridir.
Respublikaning sanoati tabiiy gaz, neft va neft mahsulotlari, ko’mir
va elektr energiyasi bilan to’la ta’minlangan. Shu jumladan
Respublikada 188 ta neft, gaz va kondensat konlari, uchta ko’mir
zaxiralari aniqlangan. O’zbekiston uran zaxiralari va uni qazib olish
bo’yicha birinchi o’ntalikka kiradi. O’zbekistonning jami energiya
zahiralari iqtisodiyotning kamida 100 yillik ehtiyojlarini qondirish
uchun yetarli.
Investitsiya salohiyati
Qulay iqlim sharoitlari tufayli O’zbekiston eng boy qishloq
xo’jalik imkoniyatiga ega: Respublika to’qimachilik sanoatida eng
ko’p talab etiladigan paxta tolasining ishlab chiqaruvchi yirik
mamlakatlar ichida beshinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mamlakat
yiliga 10 million tonnadan ortiq meva va sabzavot ishlab chiqarish
salohiyatiga ega bo’lib, har yili 10 ming tonnaga yaqin quruq ipak
qurti pilla ishlab chiqaradi. O’zbekistonning keng savdo bozorlari
va rivojlangan transport infratuzilmasiga yaqinligi, Yevroosiyoning
multimodal kommunikatsiya tizimi integratsiyalashgan va
investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanishinii belgilab
beradi.
O’zbekistonga sarmoya kiritib, Xalqaro kompaniyalari eng yirik
va eng jadal rivojlanayotgan beshta bozorga chiqish
imkoniyatiga ega – ular bozordagi MDH mamlakatlari hamda,
Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo,
Yaqin Sharqdagi 300 million kishidan ortiqdir.
O‘zbekiston hududidagi suv omborlarida suv zaxirasi 10 mlrd
m3 bo‘lib, bu 2020 yilga nisbatan 2,3 mlrd m3, o‘rtacha ko‘p
yillikka nisbatan esa 1,5 mlrd m3 ga kam.
Masalan, Singapur – Malakka yarim orolining janubida joylashgan kichik
mamlakat. 2005-yilda mamlakatda suvni qayta ishlash bo‘yicha birinchi
tashkilot – NEWater ish boshlagan. Unda tozalash uskunalari va suvni
tayyorlash statsiyalari mavjud: bu yerda aholi va korxonalardan oqava suvlar
keladi va tozalanadi.
2030 yilda aholining ichimlik suvi ta’minoti darajasini bugungi
kundagi 69 foizdan 91 foizga, shaharlar va tuman
markazlaridagi oqova suv tizimi ta’minoti darajasini 16 foizdan
31 foizga yetkazilishi ta’minlanadi”.
Investitsion
salohiyat turlari
Tabiiy resurslar
salohiyati
Istimol salohiyati
Mehnat
salohiyati
Innovatsion
salohiyat
Ishlab chiqarish
salohiyati
Moliyaviy salohiyat
Tabiiy resurslar salohiyati:
-mineral resurslar (foydali qazilmalar);
- iqlim sharoitlari;
- mamlakatning geosiyosiy joylashuvi;
- yer, suv resurslari;
- o‘simlik va hayvonot dunyosi.
Mehnat salohiyati:
Mehnat salohiyatiga iqtisodiy faol aholi soni, uning yo
sh tarkibi, joylashish zichligi, bilim darajasi, shuningd
ek mehnatning o‘rtacha qiymati kabilar kiradi. Odatda,
xorijiy investorlarni malakali va arzon ishchi kuchiga
ega hududlar qiziqtiradi.
Ishlab chiqarish salohiyati
Bu salohiyat mamlakatda yaratilgan ishlab chiqaris
h quvvatlari, ishlab chiqarish vositalari, iqtisodiyot
tarkibi, sanoat, qazib chiqarish va qayta ishlovchi
tarmoqlarning o‘zaro nisbati, muvaffaqiyatli amalg
a oshirilgan investitsion loyihalar miqdori, kichik
biznesning rivojlanish darajasi va boshqalar bilan
bog‘liqdir.
Iste’mol salohiyati
Iste’mol salohiyatida investor tomonidan ishlab chiqar
ilgan mahsulotning ichki bozorda sotilishi ko‘rib chiqil
adi. Bunda talab, raqobat va aholining daromad darajas
i baholanadi.
Innovatsion salohiyat
Innovatsion salohiyat ilmiy yutuqlar, mamlakatdagi il
miy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga xarajatl
ar, texnika va texnologiyalarni yangilanish darajasi, ya
ngilik va kashfiyotlarning mavjudligi bilan xarakterlan
adi.
Moliyaviy salohiyat
Moliyaviy salohiyat mamlakatning moliyaviy imkoniya
tlari, iste’mol va jamg‘armaning nisbati, bank sohasidag
i depozit va pul kredit siyosati, tashqi qarz, ichki zahiral
ar va boshqalar bilan xarakterlanadi.
Xorijiy investitsiyalarning muvaffaqiyatli jalb qilin
ishi omillari:
Birinchidan, investitsiya quvvatini (salohiyatini) mavjudligi. U
ni tabiiy, mehnat zahiralari, shuningdek ishlab chiqarish, iste’m
ol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va infratuzilmaviy quv
vatlar tashkil qiladi.
Ikkinchidan, mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga
egadir. Bularga: umumiqtisodiy, bozor me’yoriy-
huquqiy, axborot bilan ta’minlash, ekologik, ijtimoiy, etnografi
k va ijtimoiy madaniy sharoitlar kiradi.
Uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi (riski) omillaridir.
Investitsiya tavakkalchiligi (riski)
Investitsiya tavakkalchiligi (riski) -
o‘tish iqtisodida bo‘lgan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘
yicha sharoitlarni shakllantirayotgan davlatlar uchun riskning m
uhim turlaridan biridir. Shuning uchun ham tavakkalchilikni, un
ing manbalarini va uning oldini olish usullarini aniqlash rivojla
nayotgan mamlakatlar uchun hayotiy vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Tavakkalchilikni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zahi
ralarni yo‘qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo‘s
himcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin. Tavakkalc
hilik -
bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sh
aroitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki
zararlarni paydo bo‘lib qolishi ehtimolidir.
Tavakkalchilik omillari
Tavakkalchilik
omillari
Siyosiy Makroiqtisodiy
Mikroiqtisodiy Infratuzilmaviy
Tavakkalchilikka ta’sir etuvchi siyosiy omillar:
 davlat tuzumining barqarorligi;
 rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi investor
huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlaydigan
rivojlangan qonunchilik asosining mavjudligi;
 investitsiyalarni uzoq muddatga jalb qilish uchun
sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan, oldindan
bashorat qilib bo‘ladigan ishonchli-iqtisodiy
siyosatning mavjudligi;
 iqtisodiy samarasi va izchil tartibga solishni amalga
oshiruvchi davlat organlarining mavjudligi;
 mahalliy va xorijiy investorlar uchun axborot va
ma’lumotlarning ochiqligi hamda o‘tkazilayotgan
siyosatning oshkoraligi.
Makroiqtisodiy omillar:
Inflyatsiya darajasi, ishsizlik, aholi jon boshiga o‘rtacha
daromad, milliy valyutaning barqarorligi, davlat budjeti va
to‘lov balansining holati, qayta moliyalash stavkasi,
daromadlarning har xil turlariga soliq solish darajasi, YAIM
tarkibi, moliya sektorining rivojlanish sur’ati
Moliyaviy ahvol, menejmentning rivojlanish
darajasi, ishlab chiqarish va marketing siyosati,
milliy iqtisodiyotga yirik korxonalarni rivojlantirish
istiqbollari
Mikroiqtisodiy omillar:
Infratuzilmaviy omil
rivojlanish darajasi va yo‘nalishlarini, ya’ni uning
unsurlarini va shu bozorda qabul qilingan operatsi
yalarni amalga oshirish jarayonida ular o‘rtasidagi
munosabat tizimini o‘z ichiga oladi.
Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi investitsiya risklarining
turlari:
huquqiy (investitsiyalashning huquqiy shartlarini, alohida ishlab
chiqarish omillari tarkibini aks ettiradi);
siyosiy (siyosiy barqarorlik darajasini hisobga oladi);
ijtimoiy (ijtimoiy holat darajasi hisobga olinadi);
noqonuniy (mintaqada jinoyatchilik darajasini hisobga oladi);
iqtisodiy (mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga ol
adi);
ekologik (atrof-muhitning ifloslanish darajasini hisobga oladi).
Investitsiya
muhitini
baholash
usullari
“Axbor reyting”
uslubiyoti
Biznes muhitining
risklilik indeksi
(BERI)
“Moody’s” uslubiyoti “Fitch and reytings”
uslubiyoti
Investitsiyalarning
kapital sig’imkorlik
koeffitsenti
(ICOR)
Jahon bankining
biznesni yuritish
indeksi
(DOING BUSINESS)
“Standart and Poors”
uslubiyoti
Rossiyaning
“Ekspert”
haftanomasi
uslubiyoti
BERI INDEKSI
xorijiy investitsiyalar uchun
hudud jozibaliligini
(maftunkorligini)
baholash
Xorijiy investitsiyalar va foydaga
munosabati (6 foiz)
Siyosiy barqarorlik
(12 foiz)
Milliychilik imkoniyati:
ekspropriatsiyadan rezidentlar
uchun afzallikkacha (6 foiz)
Devalvatsiya
(6 foiz)
Iqtisodiy o’sish sur’atlari
(10 foiz)
Valyuta ayirboshlanishi
(10 foiz)
Shartnomani bajarish
imkoniyati
(6 foiz)
Ekspertlar va
xizmatlardan foydalanish
imkoniyatlari
(2 foiz)
Transport va aloqaning
tashkil etilganligi
(4 foiz)
Uzoq muddatli kreditlash
imkoniyatlari va xorijiy
investorlarning
sarmoyaga o’z ulushini
kiritish shartlari
(8 foiz)
To’lov balansi holati
(6 foiz)
Byurokratik tadbirlar –
davlat boshqaruvi darajasi
(4 foiz)
Ish haqi va mehnat
samaradorligiga xarajatlar
(8 foiz)
Qisqa muddatli kreditlash
imkoniyatlari
(8 foiz)
Mahalliy boshqaruv va
sherikchilik
(4 foiz)
Investitsiya muhitini baholash usullari
 Rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda maxsus
investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar
qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarni investitsiya
muhitini o‘rganadigan va aniq xulosalarni investorlar
uchun beradigan firmalar, tashkilotlar mavjuddir.
Masalan: Shveysariya, Germaniya kabi qator
mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning
iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xolatini baholash uchun
har biri 0 – qoniqarsiz va 4 - o‘ta qulaygacha bo‘lgan
balli shkala bo‘yicha baholanadigan 15 ta muhim
ko‘rsatkichni hisobga oladigan “BERI” (business
environment risk index) ni qo‘llaydi.
“BERI”
Mazkur usulning moxiyati shundaki,
obro‘li ekspertlarni tanlash asosida va
ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha)
shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo‘yicha
mamlakat riskini baholash taklif etiladi.
Ushbu usulda baholash mezonlari va
ularning qiymatlari quyidagilardan
iborat:
№ Мезонлар Салмоғи,
%
1. Сиёсий барқарорлик 12
2. Хорижий инвестицияларга бўлган муносабат 6
3. Миллийлаштирилиши хавфи 6
4. Валютанинг девальвация қилиниш эҳтимоли ва даражаси 6
5. Тўлов балансининг ҳолати 6
6. Бизнеснинг бюрократлашиш даражаси 4
7. Иқтисодий ўсиш суръати 10
8. Валютанинг эркин алмашинув даражаси 10
9. Шартнома мажбуриятларини бажариш сони 6
10. Меҳнат унумдорлиги даражаси ва иш ҳақи харажатлари 8
11. Юридик ва маркетинг маслаҳатларини олиш, малакали
мутахассисларни жалб қилиш имконияти
2
12. Алоқа ва транспортни ташкил қилиш 4
13. Маҳаллий бошқарув ва ҳамкорлик 4
14. Қисқа муддатли кредитларни олиш шартлари 8
15. Узоқ муддатли кредитлар олиш фойдаланиш шартлари 8
Taniqli reyting agentliklari
Standard & Poor's ( S&P , to'liq nomi - Standard & Poor's Financial Services
LLC) Amerikaning S&P Global korporatsiyasining filiali bo'lib, moliyaviy
bozorlarni tahliliy tadqiqotlar bilan shug'ullanadi . Kompaniya uchta nufuzli
xalqaro reyting agentligiga kiradi , u asosan Amerikaning S&P 500 fond
indeksining yaratuvchisi va muharriri sifatida tanilgan . 2016 yil 28 apreldan
boshlab u S&P Global Ratings deb nomlandi .
Moody va Fitch Reytings bilan birga Standard & Poor ning, "biridir katta
uch " xalqaro reyting agentliklari. 2014 yil yanvar oyidan boshlab Standard
& Poor's Financial Services MChJ prezidenti - bu tayinlanishidan oldin
Amerikaning Citigroup bank guruhining Qimmatli qog'ozlarni boshqarish va
investitsiya fondlari xizmatiga rahbarlik qilgan Neeraj Sahai.
Xalqaro reyting agentligi sifatida Standard &
Poor's ham emitentlarga , ham shaxsiy qarz
majburiyatlariga qisqa va uzoq muddatli kredit reytinglarini
beradi
Uzoq muddatli reytinglar emitentning qarz majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish
imkoniyatini baholaydi. Kompaniya tomonidan berilgan reytinglar juda ishonchli
emitentlarga berilgan AAA reytingidan tortib, defolt qilingan emitentga berilgan D
darajasiga qadar bo'lgan harflar bilan belgilanadi .
AAA - emitent qarz majburiyatlari va qarzlar bo'yicha foizlarni to'lashning juda yuqori
qobiliyatiga ega.
AA - emitent qarz majburiyatlari va qarzlarning o'zi bo'yicha foizlarni to'lash qobiliyatiga
ega.
A - emitentning foizlar va qarzlarni to'lash qobiliyati yuqori baholanadi, ammo iqtisodiy
vaziyatga bog'liq.
BBB - emitentning to'lov qobiliyati qoniqarli hisoblanadi.
BB - emitent to'lov qobiliyatiga ega, ammo noqulay iqtisodiy sharoitlar to'lov qobiliyatiga
salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
B - emitent to'lov qobiliyatiga ega, ammo noqulay iqtisodiy sharoitlar uning qarzni to'lash
qobiliyati va xohishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
CCC - emitent qarz majburiyatlarini to'lashda qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va
uning imkoniyatlari qulay iqtisodiy sharoitlarga bog'liq.
CC - emitent qarz majburiyatlari bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishda jiddiy
qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
C - emitent qarz majburiyatlari bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishda jiddiy
qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, bankrotlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilgan bo'lishi
mumkin , ammo qarz majburiyatlari bo'yicha to'lovlar hali ham amalga oshirilmoqda.
SD - emitent ba'zi majburiyatlarni to'lashdan bosh tortdi.
D - defolt e'lon qilindi va S&P kompaniyasi emitent majburiyatlarning katta qismi yoki
barchasi bo'yicha to'lashdan bosh tortishiga ishonadi.
NR - reyting berilmagan.
AA dan CCC gacha bo'lgan reytinglar oraliq baholash uchun plyus va minus belgilar bilan
to'ldirilishi mumkin (masalan, BBB +, BBB va BBB-).
S&P reytingni tayinlash bilan bir qatorda, keyingi ikki-uch yil ichida reyting o'zgarishi
prognozini ham ko'rsatadi:
Ijobiy nuqtai nazar - reytingning o'sishi mumkin.
Salbiy nuqtai nazar - reyting pasaytirilishi mumkin.
Barqaror istiqbol - reyting o'zgarishsiz qolishi mumkin.
Prognozni ishlab chiqish - reytingning ko'tarilishi ham, pasayishi ham mumkin.
Qisqa muddatli reytinglar qisqa muddatli qarz majburiyatlarini o'z vaqtida qaytarish
ehtimolini baholaydi. Qisqa muddatli qarzdorlik uchun Standard & Poor's tomonidan
berilgan kredit reytinglari alfanumerik: eng yuqori A-1 darajadan eng past darajagacha D.
A-1 toifasidan yanada ishonchli majburiyatlarni plyus belgisi bilan belgilash mumkin. B
toifasidagi baholar ham raqam bilan yaxshilanishi mumkin (B-1, B-2, B-3).
A-1 - emitentning ushbu qarz majburiyatini to'lash qobiliyati juda yuqori.
A-2 - emitent ushbu qarzni to'lash qobiliyatiga ega, ammo bu imkoniyatlar noqulay
iqtisodiy sharoitlarga nisbatan sezgirroqdir.
A-3 - noqulay iqtisodiy sharoitlar emitentning ushbu qarzni to'lash qobiliyatini
susaytirishi mumkin.
B - qarz spekulyativ xarakterga ega. Emitent uni to'lash imkoniyatiga ega, ammo bu
imkoniyat noqulay iqtisodiy sharoitlarga juda sezgir.
C - emitentning ushbu qarz majburiyatini to'lash imkoniyati cheklangan va qulay
iqtisodiy sharoitlarning mavjudligiga bog'liq.
D - bu qisqa muddatli qarz majburiy ravishda bajarilmagan.
Xalqaro kredit reytingi shkalasi bilan bir qatorda Standard & Poor's bir qator milliy
miqyoslarni, shu jumladan rus tilini ham qo'llab-quvvatlaydi. Milliy tarozilar milliy
moliya bozorlari ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirish uchun mo'ljallangan. Milliy
miqyosda emitentlarning reytingi va qarzdorlik reytingi milliy bozorda mavjud bo'lgan
emitentlar va qarz vositalarining nisbiy ishonchliligini baholashni aks ettiradi. Milliy
miqyosda emitentlarning kreditga layoqatliligini farqlash uchun ko'proq imkoniyatlar
mavjud, chunki u ba'zi suveren xatarlarni, xususan, davlatdan tashqarida pul o'tkazish
xavfini va ushbu bozorda barcha emitentlar uchun bir xil xarakterli bo'lgan boshqa
muntazam xatarlarni istisno qiladi.
Milliy miqyosdagi reytinglar milliy xususiyatlarni aks ettirganligi sababli, turli milliy
miqyosdagi reytinglarni taqqoslash mantiqsiz. Xuddi shunday, milliy miqyosdagi va
xalqaro miqyosdagi reytinglarni taqqoslash mumkin emas.
Rossiya Federatsiyasi uchun Standard & Poor's kredit reytingi shkalasida "ru" prefiksi
bilan an'anaviy Standard & Poor's belgilaridan foydalaniladi.
BICRA indikatori (bank sohasi mamlakatlari xavfini baholash) boshqa
mamlakatlarning bank tizimlari bilan solishtirganda ma'lum bir mamlakat bank
tizimining kuchli va zaif tomonlarini aks ettiradi. BICRA gradatsiyasidan
foydalangan holda, mamlakatdagi xatarlarga duchor bo'lish nuqtai nazaridan
bank tizimlari 10 guruhga bo'linadi, eng kuchli mamlakatlar 1 guruhga,
kuchsizlar esa 10 guruhga to'g'ri keladi.
Reyting GAMMA (inglizcha boshqaruv, hisobdorlik, boshqaruv metrikalari va
tahlil ( korporativ boshqaruv , hisobdorlik, boshqaruv va tahlil) so'zlaridan
hosil bo'lgan qisqartma - bu rivojlanayotgan bozorlarda kompaniyalar
aktsiyalarini sotib olish bilan bog'liq moliyaviy bo'lmagan xatarlarni baholash
va ushbu kompaniyalar aktsiyalariga sarmoya kiritadigan investorlar uchun
mo'ljallangan.
1998 yilda Standard & Poor's korporativ boshqaruv amaliyotini baholash mezonlari va
metodologiyasini ishlab chiqa boshladi , 2000 yildan esa kompaniyalar va banklarda korporativ
boshqaruv tizimini mustaqil interaktiv tahlilini o'tkazdi. Tahliliy mahsulotlar Korporativ
boshqaruvni baholash xizmati rahbarlarga, investorlarga va boshqa manfaatdor tomonlarga
korporativ boshqaruv amaliyotini baholashda, biznes va investitsiyalar bo'yicha to'g'ri
qarorlarni qabul qilishga yordam beradi
2007 yilda korporativ boshqaruvni tahlil qilish metodologiyasi sezilarli darajada qayta ko'rib
chiqildi. Uning maqsadi mahsulotni investitsiya risklarini baholashga yo'naltirish, shuningdek
korporativ boshqaruvni baholash bo'yicha to'plangan tajriba orqali mezonlarni boyitish edi.
GAMMA reytingini berish jarayonida ularning ehtimoli va kompaniya qiymatiga ta'sir darajasi
bilan farq qiluvchi bir qator xatarlar tahlil qilinadi. Ushbu tahlil natijasi - bu kümülatif qiymat
yo'qotish yoki samarasiz korporativ boshqaruv natijasida qiymat yaratish uchun o'tkazib
yuborilgan imkoniyatlar to'g'risida xulosa. Jahon moliya bozoridagi so'nggi voqealar xatarlarni
boshqarish bo'yicha aniq strategiya va tizimga ega bo'lgan kompaniyalarning muhimligini
ko'rsatdi. GAMMA reyting metodologiyasiboshqaruvning ushbu sohalariga oid ikkita muhim
elementni o'z ichiga oladi, chunki ular investorlar uchun katta qiziqish uyg'otadi. Bundan
tashqari, ushbu elementlarning tahlilga kiritilishi emitent kompaniyalarda risklarni vakolatli
boshqarish madaniyatini shakllantirishga yordam beradi va biznesni boshqarishda uzoq
muddatli, strategik yondashuv muhimligini ta'kidlaydi.
GAMMA reyting shkalasi
GAMMA reytingi GAMMA-1 (eng past ball) dan GAMMA-10 (eng yuqori ball) gacha bo'lgan
o'lchov bo'yicha belgilanadi.
GAMMA-10 yoki 9 - Standard & Poor's juda kuchli korporativ boshqaruv jarayonlari va
amaliyotiga ega deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA reytingini
olgan kompaniyalar korporativ boshqaruvning ba'zi asosiy yo'nalishlarida kichik kamchiliklarga
ega.
GAMMA-8 yoki 7 - Standard & Poor's kuchli korporativ boshqaruv jarayonlari va amaliyotiga
ega deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA reytingini olgan
kompaniyalar korporativ boshqaruvning ayrim muhim yo'nalishlarida ba'zi kamchiliklarga ega.
GAMMA-6 yoki 5 - Standard & Poor's o'rtacha korporativ boshqaruv jarayonlari va amaliyotiga
ega deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA reytingini olgan
kompaniyalar korporativ boshqaruvning ba'zi asosiy yo'nalishlarida kamchiliklardan aziyat
chekmoqda.
GAMMA-4 yoki 3 - Standard & Poor's zaif korporativ boshqaruv jarayonlari va amaliyotiga ega
deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA reytingini olgan
kompaniyalar korporativ boshqaruvning bir qator muhim yo'nalishlarida sezilarli kamchiliklarga
ega.
GAMMA-2 yoki 1 - Standard & Poor's korporativ boshqaruv jarayoni va amaliyoti juda zaif deb
hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA tomonidan baholangan
kompaniyalar korporativ boshqaruvning aksariyat asosiy yo'nalishlarida sezilarli kamchiliklarga
ega.
GAMMA metodologiyasi bo'yicha korporativ boshqaruvni baholash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish
2011 yil iyun oyida Standard & Poor's tashabbusi bilan to'xtatilgan edi. Shu bilan birga, Standard
Shaffoflik tadqiqotlari Standard & Poor's korporativ boshqaruvni
baholash xizmatining tahliliy loyihasidir. Tadqiqot Rossiya
kompaniyalari tomonidan muhim korporativ ma'lumotlarni oshkor
qilish darajasini baholashga bag'ishlangan va odatda eng likvid
aktsiyalarga ega bo'lgan yirik kompaniyalarni qamrab oladi. Tahlil
"ratsional xalqaro investor" istagan maksimal darajaga nisbatan
amalga oshiriladi.
Standard & Poor's kredit reytinglarining xalqaro miqyosi global
(xalqaro) moliyaviy bozorlar ishtirokchilarining ehtiyojlarini
qondirishga xizmat qiladi. Ushbu miqyosdagi reytinglar
emitentlarning ishonchliligi va turli davlatlarning majburiyatlarini
taqqoslashga imkon beradi.
Yaqinda “Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston bank tizimining
sohaviy va mamlakat tavakkalchiliklarini baholash masalalariga bag‘ishlangan nav
batdagi hisobotini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston bank tizimining reytingini aniqlov
chi asosiy omillar, iqtisodiy hamda sohaviy yechimlar, ularning yo‘nalishi, boshqa
mamlakatlar bilan qiyosiy taqqoslamalari, hukumatning bank tizimini qo‘llab-
quvvatlashi va boshqa masalalar inobatga olingan.
Agentlik ekspertlarining fikricha, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish istiqbollari yuzaga
kelayotgan budjet profitsiti va joriy operatsiyalar hisobvarag‘i ijobiyligi, tijorat
banklarining mijozlarning depozit hamda rivojlanishga qaratilgan moliya-viy
mablag‘laridan tarkib topgan resurs bazasi, davlat tomonidan o‘rnatilgan nazorat asosiy
ijobiy omillardir.
Shu bilan birga, mutaxassislar respublika Markaziy banki tomonidan bank tizimi
kapitallashuvini oshirish va kredit operatsiyalarini nazorat qilish borasida o‘rnatilgan qat’iy
intizom ijobiy ahamiyatga ega bo‘layotganini qayd etishgan.
Agentlik bahosiga ko‘ra, kreditlashning yuqori sur’atlari muayyan murakkabliklarni
keltirib chiqarishi mumkin, biroq tahlilchilar “ular iqtisodiy o‘sish sur’atlariga nominal
qiymatda mos keladi va iqtisodiyotda “baho pufaklari”ning paydo bo‘lishiga yo‘l
qo‘ymaydi”, deb hisoblaydi.
Ekspertlar, shuningdek, korporativ kreditlar portfeliga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy
o‘sish va yechimlarning prognoz qilinayotgan yuqori sur’atlarini e’tiborga olib,
kredit portfelidagi muammoli kreditlar yaqin 12 — 18 oy ichida 1,5 foizdan
oshmasligini ta’kidlashgan.
“Standard & Poor’s” bank tizimida to‘plangan moliyaviy mablag‘larni baholar
ekan, kreditlarning salmoqli qismi mijozlar depozitlari hisobidan
moliyalashtirilayotgani va chetdan jalb etilgan mablag‘lar atigi 14 foizni tashkil
etayotganini e’tiborga olgan.
Bundan tashqari, ekspertlar O‘zbekiston bank tizimining sohaviy
tavakkalchiligini “barqaror” deb baholadi. Mamlakatimiz banklarining barqaror
mavqei moliya muassasalariga bo‘lgan ishonch hamda korporativ depozit va
aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilishning mustahkam asosi bo‘lib
qolmoqda. Natijada tijorat banklarida so‘nggi besh yilda jami depozitlar hajmi
3,5 barobar, oxirgi bir yil ichida esa 25,2 foiz oshdi.
“Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O'zbekiston
Respublikasining suveren kredit reytingi bo'yicha navbatdagi
hisobotini chop etdi.
Hisobotga ko'ra, mamlakatimizning suveren kredit reytingi bahosi
o'zgarishsiz BB- (barqaror) darajada saqlab qolindi.
Shu o'rinda alohida ta'kidlash joizki, agentlik, joriy yilning mart oyidan
boshlab 65 foizdan ortiq qayta ko'rib chiqilgan hisobotlarida reyting
ko'rsatkich baholarini pasaytirgan.
Mustahkam Hukumat balansi, mo'tadil davlat qarzi darajasi va o'sish
sur'atlari mamlakatimiz suveren kredit reytingini qo'llab-quvvatlovchi
omillar sifatida sanab o'tilgan. Shu o'rinda, institutsional va boshqaruv
darajalarining sustligi, yuqori inflyatsiya darajasi va aholi jon boshiga yalpi
ichki mahsulotining (YAIM) pastligi respublika kredit reytingini cheklovchi
omillar sifatida keltirilgan.
COVID-19 global pandemiyasi davrida O'zbekiston Respublikasi reytingining
barqarorligi davlatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligida,
diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasida hamda tashqi moliyaviy
manbalardan foydalanish imkoniyatlarida aks etadi. Oltinning yuqori narxi
eksport, davlat moliyasi va xalqaro zaxiralar hajmiga ijobiy ta'sir etdi.
Agentlikning fikricha, mustahkam tashqi va fiskal buferlar joriy operatsiyalar
hisobi defitsiti va o'sib borayotgan davlat qarzi bilan bog'liq xatarlarni
kamaytiradi.
Agentlik kutilmalariga ko'ra, O'zbekiston boshqa mamlakatlardan farqli o'laroq,
2020 yildagi iqtisodiy tanazzullardan holi bo'ladi. O'sish sur'atlarining 2020 yil
1-chorak yakunlari bo'yicha 0,2 foizga pasayishidan so'ng, o'sish sur'atlarning
0,5 foizga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, fiskal choralar orqali iqtisodiyotda
iste'mol va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlashni davom ettirish va asosiy savdo
sheriklarimiz iqtisodiyotining tiklanishi evaziga 2021-2022 yillarda
respublikada iqtisodi o'sish 5-5,5 foizni tashkil etadi.
«Moody's» xalqaro reyting agentligi «Hamkorbank» ATB
reytingini «b2» dan «b1» darajagacha oshirdi. Milliy valyutadagi
depozitlar reytingi «B1», chet el valyutasida uzoq muddatli
depozit reytingi «B2» etib tasdiqlandi va bazaviy kredit reytingi
«b1» ko’rsatkichlari bo’yicha baholanadi.
Barcha reytinglar bo’yicha prognoz - "Barqaror" .
Ushbu reyting ko’rsatgichlari bankning barqaror moliyaviy
natijalarini aks ettiradi va O’zbekistonning o’rtacha bank
sektoridan ko’ra yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Ular xususan,
aktivlarning yuqori sifatini va rentabelligini hamda barqaror
moliyalashtirish va likvidlik profilini o’z ichiga oladi.
Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat
banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991
yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida
Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan
keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi.
«Moody`s Investors Services Ltd» reyting agentligi (Buyuk Britaniya)
«O`zbekinvest» EIMSKga moliyaviy mutahkamlik B1, «Barqaror istiqbol»
xalqaro reytingni berdi.
Shuni ta`kidlash joizki, «O`zbekinvest» kompaniyasi bugungi kunda xalqaro
reytingni olishga sazovor bo`lgan O`zbekistonning birinchi va hozircha yagona
sug`urta kompaniyasi hisoblanadi. Moody`sni belgilashicha «O`zbekinvest»ning
asosiy ustuvor tomonlari – qabul qilinayotgan sug`urta qaltisliklariga nisbatan
Kompaniyaning juda kuchli kapitalizatsiyasi, eksport-kredit sug`urtasidagi
hukmron vaziyati va ichki sug`urta bozoridagi mustahkam o`rnidir.
«O`zbekinvest» kompaniyasini davlat muassasasi ekanligi raqobat muhitidagi
ustunligiga asos bo`ladi. Eksport-kredit qaltisliklari bo`yicha majburiyatlar
yuzasidan davlat kafolati bilan bir qatorda, «O`zbekinvest» kompaniyasi va
AIGning o`zaro munosabatlari nafaqat mahalliy darajada, balki Buyuk
Britaniyada joylashgan, anderrayting va boshqa texnik yordamni muvofiq tarzda
ta`minlayotgan qo`shma korxona faoliyatida aks etgan.
Investitsiya muhitini baholash bo‘yicha Umumjahon banki
yondashuvi.
 Unga ko‘ra mamlakat investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi omillar
quyidagilardan iborat, deb hisoblanadi:
 iqtisodiy siyosat va huquqiy-me’yoriy amaliyotning noaniqligi;
 korrupsiya darajasi;
 sud tizimining sifati;
 jinoyatchilik darajasi;
 «soliq yuki» va soliqqa tortish tizimini huquqiy jihatdan tartibga
solish tizimi;
 moliya resurslarini olish imkoniyati va moliyalashtirish qiymati;
 elektr bilan ta’minlanganlik darajasi va sifati;
 ishchilar malaka darajasi va mehnat qonunchiligining sifati.
 Ushbu yondashuv investitsion jozibadorlikni ta’minlashning
institutsional omillariga alohida e’tibor qaratilganligi bilan ajralib
turadi. Jahon banki tomonidan tahdil etiladigan investitsiya
muhitiga ta’sir etuvchi omillar investitsiya riski bilan bog‘liq. Ushbu
uslubiyatga muvofiq mamlakatning investitsiya imkoniyatlari
e’tiborga olinmaydi.
Doing Business 2020:
“Biznesni yuritish” reytingida O‘zbekiston
69-o’rinni egalladi
 Jahon bankining «Biznes yuritish 2020» (Doing
Business 2020) yillik reytingida O‘zbekiston 2019
yil yakunlari bo‘yicha 100 baldan 69,9 ball to‘plab,
190 mamlakat orasida 69-o‘rinni egalladi. O‘tgan
yilgi reytingga nisbatan mamlakat 76-o‘rindan 7-
o‘ringa ko‘tarildi.
 Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi
matbuot xizmatiga ko‘ra, Yevropa va Markaziy
Osiyo mintaqasidagi boshqa to‘rtta davlat,
shu jumladan Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston
va Kosovo bilan birgalikda O‘zbekiston
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng katta
yutuqlarga erishgan 20 mamlakat qatoridan o‘rin
egalladi.
 Jahon banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashdagi asosiy islohotlar
quyidagilar:
 eng muhim korporativ qarorlarda aksiyadorlar huquqlari
va rolini kengaytirish, mulkchilik va boshqaruv
tuzilmalarini aniqlashtirish, shuningdek korporativ
shaffoflikni oshirish orqali minoritar investorlar
himoyasini kuchaytirish;
 ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini daromad
solig‘i bilan birlashtirish orqali soliqqa
tortishни soddalashtirish;
 xavfga asoslangan bojxona nazorati mexanizmini joriy
etish orqali xalqaro savdoни soddalashtirish,
shuningdek, import hujjatlariga talablarni
yengillashtirish;
 ixtiyoriy mediatsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish
orqali shartnomalar ijrosini soddalashtirish,
shuningdek, taraflarni nizolarni mediatsiya orqali hal
qilishga undash uchun moliyaviy rag‘batlar yaratish.
 O‘zbekiston «To‘lovga layoqatsizlikni hal qilish» indikatoridan tashqari
reytingning deyarli barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni
yaxshiladi:
 Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish — 96,2 ball, + 0,2% (global
reytingda 8-o‘rin);
 Qurilish uchun ruxsatnomalarni olish — 61,7, + 0,3% (132-chi);
 Elektr ta’minoti tizimiga ulanish — 86,9, + 0.9% (36-chi);
 Mulkni ro‘yxatga olish — 67,9, + 0,9% (72-chi);
 Kredit olish — 65, o‘zgarishsiz (67-chi);
 Minoritar investorlarini himoya qilish — 70, + 8% (37-chi);
 Soliqqa tortish — 77,5%, + 0,6% (69-chi);
 Xalqaro savdo — 58,2, + 8,4% (152-chi);
 Shartnomalarning bajarilishiни ta’minlash — 71,9, + 3,7% (22-
chi);
 To‘lov қобилиятсизлигига ruxsat berish — 43,5, -1,7% (100-chi).
 Bu yil biznes yuritish qulayligi bo‘yicha yetakchi o‘nlikka Yangi
Zelandiya, Singapur, Gonkong (Xitoy), Daniya, Koreya Respublikasi,
AQSH, Gruziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shvetsiya kirdi. Odatda
reyting yetakchilari ro‘yxatdan o‘tkazish va mulkni topshirishda onlayn
jarayonlarga, shuningdek, soliq deklaratsiyalarini topshirish uchun
elektron platformalarga ega bo‘ladi.
Rossiya iqtisodiy hududlariniig investitsiya jozibadorlig
ini baholashda qo‘llaniladigan «Ekspert» haftanomasi
uslubiyati.
 Ushbu uslubiyatga muvofiq investitsiya muhitiga ta’sir
qiluvchi investitsiya risklarining quyidagi turlari ajratib
ko‘rsatiladi:
 huquqiy (investitsiyalashning huquqiy shartlarini, alohida
ishlab chiqarish omillari tarkibini aks ettiradi);
 siyosiy (siyosiy barqarorlik darajasini hisobga oladi);
 ijtimoiy (ijtimoiy holat darajasi hisobga olinadi);
 noqonuniy (mintaqada jinoyatchilik darajasini hisobga
oladi);
 iqtisodiy (mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasini
hisobga oladi);
 ekologik (atrof-muhitning ifloslanish darajasini hisobga
oladi).
 O‘zbekistonda xalqaro amaliyot negizida banklar
 tomonidan chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlarning
milliy individual reyting tizimini joriy etish maqsa
dida «Axbor-
Reyting» milliy reyting agentligi tashkil etilgan. U
shbu agentlik tomonidan tijorat banklariga turli dar
ajadagi reyting baholari beriladi.
 Retsipiyent mamlakatning investitsiya
muhiti chet ellik investorlar tomonidan
baholanishida, birinchi navbatda, uning
xavfsizligi, investitsiyalash maqsadlariga
muvofiqligi, mamlakatga xos risklar
darajasi, investitsiyalarni rag‘batlantirish
tadbirlariga e’tibor qaratiladi. Konsessiya
sharoitlari, eksport sanoati rayonlari, erkin
savdo zonalari, bojxona bojlari amal
qilmaydigan zonalarning bo‘lishi va
boshqalar bevosita chet el investitsiyalari
uchun muhim hisoblanadi.
Soliq imtiyozlarini berishda jahon tajribasini o‘rganish maqsadga
muvofiqdir. AQSHda korxonalar zarar ko‘rib ishlayotgan davriga
soliq to‘lashdan ozod qilinadi. Bu tajribani O‘zbekistonda ham
eng kerakli sohalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun
qo‘llash maqsadga muvofiq. Buning uchun qat’iy soliq nazoratini
o‘rnatish zarur.
O‘zbekistonda intellektual salohiyatni o‘stirish uchun kapital
qo‘yish kelajakda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning eng
asosiy omillaridan bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun bu sohada
kapital qo‘ygan investorlarga soliq imtiyozlarini berish o‘ta
muhimdir.
Islohotlarni davlat tomonidan uyushgan holda,
Oliy majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar,
Prezidentning farmonlari, hukumat qaror va
ko‘rsatmalari orqali amalga oshirilishi va
boshqarilishi eng yaxshi investitsiya iqlimi
yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan,
2018 yilning 1 avgustida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida
investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-son Farmoni qabul
qilindi. Mazkur Farmonning qabul qilinishi xorijiy
investorlar uchun investitsiya muhitini yanada
yaxshilash yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam
bo‘ldi.
Farmonda quyidagi imtiyozlar ko‘zda tutilgan:
- chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalar ustav
fondidagi xorijiy investitsiyalar
ulushining eng kam miqdorini 30
foizdan 15 foizgacha kamaytirish;
- chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonaning
ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik
shaxs qatnashishi shartligi
to‘g‘risidagi talabni bekor qilish
-chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalar ustav
fondining eng kam miqdorini 600
million so‘mdan 400 million
so‘mgacha kamaytirish;
--chet el investitsiyalari
ishtirokidagi korxonalarni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat
boji miqdorini uch baravarga
kamaytirish;
-- aksiyadorlik jamiyatlari ustav
fondining eng kam miqdorini 400
million so‘m miqdorida belgilash.
Investitsiya muhitini qulaylashtirishga doir
takliflar
 - ayrim tarmoqlar va mintaqalarda xorijiy investorlar uchun real
amal qilishi uchun imtiyozlar tizimini yaratish;
 - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, yuqori turuvchi organlar va mahalliy
hokimiyatlar o‘rtasida mulk va vakolatni aniq chegaralab qo‘yish;
 - barqaror iqtisodiy tashqi savdo qonunchiligini, shu jumladan,
erkin iqtisodiy zonalar va konsessiyalar bo‘yicha me’yoriy bazani
takomillashtirish;
 - soliqlarni kamaytirish va soliq tuzilmasini soddalashtirish;
 - xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalashning samarali mexanizmini
yaratish;
 - iqtisodiyot tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish bo‘yicha
tadbirlarni amalga oshirish;
 - iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini individual loyihalar bo‘yicha
xususiylashtirish;
 - birja bozorlarida va boshqa bozorlarda aksionerlik jamiyatlari
aksiyalari paketlarining bir qismini xorijiy investorlarga sotish;
 - mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni
xorijiy investorlarga sotish.
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida eng yaxshi 50 ta
mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-
tadbirlarni qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini
samarali tashkil etishi zarur.
Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan
boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan,
soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini
uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha
yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi.
Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha
qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi joriy
etilmoqda. Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda
qo‘llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‘m
yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ qoladi.
Endi tadbirkor tomonidan to‘langan ortiqcha soliq o‘z muddatida
qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha
budjetdan foiz to‘lanadi.
E’tiboringiz uchun
rahmat!

More Related Content

What's hot

Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptxFalsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
AbduvokhidPirnazarov1
 
Commodity fetishism lecture
Commodity fetishism lectureCommodity fetishism lecture
Commodity fetishism lecture
msesoman
 
Tesla Marketing .pdf
Tesla Marketing .pdfTesla Marketing .pdf
Tesla Marketing .pdf
pubgsen
 
Isocosts isoquants and proofs
Isocosts isoquants and proofsIsocosts isoquants and proofs
Isocosts isoquants and proofs
Elyas Khan
 
Environmental implications of Kuznet curve
Environmental implications of Kuznet curveEnvironmental implications of Kuznet curve
Environmental implications of Kuznet curve
swtnspicyaqua
 

What's hot (20)

Economic growth
Economic growth Economic growth
Economic growth
 
Otop mix.thailand
Otop mix.thailandOtop mix.thailand
Otop mix.thailand
 
Economic growth
Economic growthEconomic growth
Economic growth
 
RASYONEL BEKLENTİLER TEORİSİ
RASYONEL BEKLENTİLER TEORİSİRASYONEL BEKLENTİLER TEORİSİ
RASYONEL BEKLENTİLER TEORİSİ
 
Essential Process of economy.ppt
Essential Process of  economy.pptEssential Process of  economy.ppt
Essential Process of economy.ppt
 
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptxFalsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari.pptx
 
Oiladagi tarbiyaviy vazifalar
Oiladagi tarbiyaviy vazifalarOiladagi tarbiyaviy vazifalar
Oiladagi tarbiyaviy vazifalar
 
Commodity fetishism lecture
Commodity fetishism lectureCommodity fetishism lecture
Commodity fetishism lecture
 
Абраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.pptАбраев.педтехнология.ppt
Абраев.педтехнология.ppt
 
Decon 06
Decon 06Decon 06
Decon 06
 
Tesla Marketing .pdf
Tesla Marketing .pdfTesla Marketing .pdf
Tesla Marketing .pdf
 
Harrod domar
Harrod domarHarrod domar
Harrod domar
 
Economic growth and economic development and the differences
Economic growth and economic development and the differencesEconomic growth and economic development and the differences
Economic growth and economic development and the differences
 
Isocosts isoquants and proofs
Isocosts isoquants and proofsIsocosts isoquants and proofs
Isocosts isoquants and proofs
 
til va yozuv.pptx
til va yozuv.pptxtil va yozuv.pptx
til va yozuv.pptx
 
Limitations of GDP
Limitations of GDPLimitations of GDP
Limitations of GDP
 
Environmental implications of Kuznet curve
Environmental implications of Kuznet curveEnvironmental implications of Kuznet curve
Environmental implications of Kuznet curve
 
Qodirjon_Pedagogika
Qodirjon_PedagogikaQodirjon_Pedagogika
Qodirjon_Pedagogika
 
Gross National Product
Gross National ProductGross National Product
Gross National Product
 
Global Economic Issues topic 4
Global Economic Issues topic 4Global Economic Issues topic 4
Global Economic Issues topic 4
 

8.mavzu - Investitsiya faoliyatini rivojlantirishda investitsiya muhitining oʼrni.ppt

  • 2. Reja:  1. Investitsiya muhiti va unga taʼsir etuvchi omillar  2. Investitsiya salohiyati va investitsiya shart sharoitlari  3. Investitsiya muhitini baholash usullari  4. Oʼzbekistonda qulay investitsiya muhitini taʼminlash masalalari
  • 3. Foydalanish uchun adabiyotlar ro’yxati: Mamatov B. va boshqalar. Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish. T. – 2014 Mustafakulov Sh. Investitsion muhit jozibadorligi. T. – 2017. “O’zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-5495-son. 2018 yil 1 avgust. Dоing business 2020. http://www.doingbusiness.org
  • 4. Mavzuning dolzarbligi 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi 2017 yil 7 fevralda Prezident Farmoni bilan tasdiqlandi. Unga ko’ra uchinchi ustuvor yo’nalish iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish deb nomlanib, unda investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish vazifasi ko’rsatilgan.
  • 5. Iqtisodchi-olimlardan A.Vaxabov, Sh.Xajibakiev, N.Muminovlar investitsiya muhiti to’g’risida quyidagilarni ta’kidlab o’tadilar: «Investitsiya muhiti – bu xorijiy kapital qo’yilmalarining qaltislik darajasini va ulardan mamlakatda samarali foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va ijtimoiy omillar yig’indisidir. Iqtisodchi-olimlardan D.G’ozibekov va T.Qoralievlar tomonidan quyidagi fikrlar bildirilgan: «Investitsiya iqlimi juda keng ma’noda ishlatiladigan tushuncha bo’lib, investor tomonidan hisobga olinadigan barcha muammo va masalalarni mujassamlashtiradi. Investor tomonidan ma’lum bir mamlakatga kapital ajratishning qulay va noqulay tomonlari belgilanadi, shu bilan bir qatorda, o’z kapitalini kiritmoqchi bo’lgan mamlakat mafkurasi, siyosati, iqtisodiyoti va madaniyatiga katta ahamiyat beriladi»
  • 6. Investitsiya muhiti tushunchasi Investitsiya muhiti deganda, mamlakatga kiritiladigan investitsiyalarning samaradorligini va xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy shart-sharoitlar majmuasi tushuniladi. Sodda qilib aytganda, investitsiya muhiti investitsiya munosabatlarini amalga oshirish mumkin boʼlgan imkoniyatlar va qulayliklar majmuasini oʼzida aks ettirgan voqelikdir.
  • 7. Mamlakatning investitsiya muhitini keltirib chiqaradigan omillar
  • 8. Mamlakatning investitsiya muhiti va uni keltirib chiqaradigan omillar Omillar Mazmuni Iqtisodiy holat Mamlakat toʼlov balansining holati, valyuta-pul tizimi barqarorligi, tashqi iqtisodiy aloqalarnnng rivojlanganligi, ichki bozor sigʼimining kattaligi, inflyatsiya darajasi, YaIM, sanoat va qishloq xoʼjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishniig oʼsish surʼatlari. Huquqiy baza Yangi sharoitlarga mos keladigan, mamlakat va uning alohida tarmoqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqaradigan farmonlar, qarorlar, nizomlar, yoʼriqnomalarniig mavjudligi. Tabiiy xom ashyo resurslari Mineral, xom ashyo, yoqilgʼi-energetika va suv resurslari zaxiralari, qishloq xoʼjaligi xomashyosi ishlab chiqarish hajmlari Mehnat resurslari va bandlik Iqtisodiy faol aholi soni, band aholi ulushi, ishsizlik darajasi xizmatchilar daromadi darajasi, kadrlarning malaka darajasi. Ishlab chiqaris hning texnik bazasi Аsosiy ishlab chiqarish fondlari, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi, uskunalarning foydalanish muddati tarkibi, asosiy fondlarining eskirishi darajasi.
  • 9. Mamlakatning investitsiya muhiti va uni keltirib chiqaradigan omillar Ilmiy texnik salohiyati Iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hajmlari. Investitsiya tavakkalchilik darajasi. Ishlab chiqarishning texnik jixozlanishi, fan-texnika yutuqparidan foydalanish va ITTKI sohasini rivojlantirish holati, mahsulotning fan sigʼimkorligi katta va yuqori texnologik turlarini ishlab chiqarish. Moliya kredit tizmi Soliq va kredit siyosati, iqtisodiyotning real sektori korxonalarining foydalilik va rentabellik darajasi. Narx siyosati va narxni shakllantirish siyosati. Infratuzilma Bank tizimi rivojlanishi holati, transport, kommunikatsiya xizmatlari va mexmonxona xoʼjaligi sohalari, tovar va fond birjalari, marketing, konsalting, auditorlik xizmatlari, sugʼurta sohasi tarmogʼining ishonchliligi. Ekologik vaziyat Аtrof-muhitning ifloslanish darajasi, radiatsion fon, zararli chiqindilar.
  • 10. Investitsiya muhitiga taʼsir etuvchi omillar Siyosiy omillar Iqtisodiy omillar Ijtimoiy omillar -xorijiy investitsiyalarga nisbatan davlat siyosati - xalqaro shartnomalarga amal qilish; - davlatning iqtisodiyotga aralashish darajasi; - xalqaro shartnomalarda ishtirok etish tizimi; - davlat apparati ishlarining samaradorligi; - siyosiy barqarorlik; - boshqalar. - iqtisodiyotning umumiy xolati (rivojlanish yoki niqiroz); - inflyatsiya darajasi, valyuta kursi barqarorligi; -turlicha soliq, boj to‘lovlaridagi imtiyozlar; - ishchi kuchi qiymati va ishchi kuchidan foydalanish tartibi; - aniq tovarlarga bo‘lgan talab va taklif; - xom ashyo bilan ta’minlanganlik; - kreditning bahosi; - boshqalar. -xorijiy kapitalga va xususiy mulkka jamiyat a’zolarining munosabati; -jamiyatning mafkuraviy bilim darajasi; -ishchi sinfining tashkilotchiligi; - boshqalar.
  • 11. Investitsion muhitni tashkil etuvchilari Investitsion muhit Investitsion jozibadorlik Investitsion faollik Investitsion risk darajasi Investitsion salohiyat
  • 12. Investitsion jozibadorlik tushunchasi Investitsion jozibadorlik - mamlakat, tarmoq yoki alohida olingan biror bir korxona investitsi yalarining daromadliligi, rivojlanish istiqbollari va investitsion risk darajasi nuqtai nazaridan baholanishidir. Investitsion salohiyat – bu mamlakatda asrlar davomida shakllangan omillar yig‘indisi bo ‘lib, “ob’ektiv” omillar deb ataladi. Unga tabiiy resurs salohiyati, mehnat, ishlab chiqarish, innovatsion, iste’mol, moliyaviy salohiya tlar kiradi.
  • 13. Investitsiya salohiyati Respublikada 2800 dan ortiq konlar va foydali minerallar aniqlangan, mamlakatning umumiy mineral-xom ashyo salohiyati taxminan 3,5 trln. dollar, shu jumladan, bir qancha o’rinlarda metall va metall buyumlar, qishloq xo’jaligi buyumlar bo’yicha O’zbekiston dunyodagi yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Xususan, mis zaxiralari bo’yicha – 11-o’rin, oltin ishlab chiqarish bo’yicha – 9-o’rin, uran-8-o’rin, paxta tolasi – 5-o’rinlarni egallaydi.
  • 14. O’zbekiston iqtisodiyoti mutlaq energetik mustaqilligi bilan ajralib turadigan dunyodagi ozchilik mamlakatlardan biridir. Respublikaning sanoati tabiiy gaz, neft va neft mahsulotlari, ko’mir va elektr energiyasi bilan to’la ta’minlangan. Shu jumladan Respublikada 188 ta neft, gaz va kondensat konlari, uchta ko’mir zaxiralari aniqlangan. O’zbekiston uran zaxiralari va uni qazib olish bo’yicha birinchi o’ntalikka kiradi. O’zbekistonning jami energiya zahiralari iqtisodiyotning kamida 100 yillik ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli. Investitsiya salohiyati
  • 15. Qulay iqlim sharoitlari tufayli O’zbekiston eng boy qishloq xo’jalik imkoniyatiga ega: Respublika to’qimachilik sanoatida eng ko’p talab etiladigan paxta tolasining ishlab chiqaruvchi yirik mamlakatlar ichida beshinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mamlakat yiliga 10 million tonnadan ortiq meva va sabzavot ishlab chiqarish salohiyatiga ega bo’lib, har yili 10 ming tonnaga yaqin quruq ipak qurti pilla ishlab chiqaradi. O’zbekistonning keng savdo bozorlari va rivojlangan transport infratuzilmasiga yaqinligi, Yevroosiyoning multimodal kommunikatsiya tizimi integratsiyalashgan va investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlik rivojlanishinii belgilab beradi.
  • 16. O’zbekistonga sarmoya kiritib, Xalqaro kompaniyalari eng yirik va eng jadal rivojlanayotgan beshta bozorga chiqish imkoniyatiga ega – ular bozordagi MDH mamlakatlari hamda, Markaziy va Sharqiy Yevropa, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharqdagi 300 million kishidan ortiqdir.
  • 17. O‘zbekiston hududidagi suv omborlarida suv zaxirasi 10 mlrd m3 bo‘lib, bu 2020 yilga nisbatan 2,3 mlrd m3, o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan esa 1,5 mlrd m3 ga kam. Masalan, Singapur – Malakka yarim orolining janubida joylashgan kichik mamlakat. 2005-yilda mamlakatda suvni qayta ishlash bo‘yicha birinchi tashkilot – NEWater ish boshlagan. Unda tozalash uskunalari va suvni tayyorlash statsiyalari mavjud: bu yerda aholi va korxonalardan oqava suvlar keladi va tozalanadi. 2030 yilda aholining ichimlik suvi ta’minoti darajasini bugungi kundagi 69 foizdan 91 foizga, shaharlar va tuman markazlaridagi oqova suv tizimi ta’minoti darajasini 16 foizdan 31 foizga yetkazilishi ta’minlanadi”.
  • 18.
  • 19.
  • 20.
  • 21.
  • 22.
  • 23. Investitsion salohiyat turlari Tabiiy resurslar salohiyati Istimol salohiyati Mehnat salohiyati Innovatsion salohiyat Ishlab chiqarish salohiyati Moliyaviy salohiyat
  • 24. Tabiiy resurslar salohiyati: -mineral resurslar (foydali qazilmalar); - iqlim sharoitlari; - mamlakatning geosiyosiy joylashuvi; - yer, suv resurslari; - o‘simlik va hayvonot dunyosi. Mehnat salohiyati: Mehnat salohiyatiga iqtisodiy faol aholi soni, uning yo sh tarkibi, joylashish zichligi, bilim darajasi, shuningd ek mehnatning o‘rtacha qiymati kabilar kiradi. Odatda, xorijiy investorlarni malakali va arzon ishchi kuchiga ega hududlar qiziqtiradi.
  • 25. Ishlab chiqarish salohiyati Bu salohiyat mamlakatda yaratilgan ishlab chiqaris h quvvatlari, ishlab chiqarish vositalari, iqtisodiyot tarkibi, sanoat, qazib chiqarish va qayta ishlovchi tarmoqlarning o‘zaro nisbati, muvaffaqiyatli amalg a oshirilgan investitsion loyihalar miqdori, kichik biznesning rivojlanish darajasi va boshqalar bilan bog‘liqdir. Iste’mol salohiyati Iste’mol salohiyatida investor tomonidan ishlab chiqar ilgan mahsulotning ichki bozorda sotilishi ko‘rib chiqil adi. Bunda talab, raqobat va aholining daromad darajas i baholanadi.
  • 26. Innovatsion salohiyat Innovatsion salohiyat ilmiy yutuqlar, mamlakatdagi il miy tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga xarajatl ar, texnika va texnologiyalarni yangilanish darajasi, ya ngilik va kashfiyotlarning mavjudligi bilan xarakterlan adi. Moliyaviy salohiyat Moliyaviy salohiyat mamlakatning moliyaviy imkoniya tlari, iste’mol va jamg‘armaning nisbati, bank sohasidag i depozit va pul kredit siyosati, tashqi qarz, ichki zahiral ar va boshqalar bilan xarakterlanadi.
  • 27. Xorijiy investitsiyalarning muvaffaqiyatli jalb qilin ishi omillari: Birinchidan, investitsiya quvvatini (salohiyatini) mavjudligi. U ni tabiiy, mehnat zahiralari, shuningdek ishlab chiqarish, iste’m ol, moliyaviy, innovatsiya, institutsional va infratuzilmaviy quv vatlar tashkil qiladi. Ikkinchidan, mavjud investitsiya sharoitlari muhim ahamiyatga egadir. Bularga: umumiqtisodiy, bozor me’yoriy- huquqiy, axborot bilan ta’minlash, ekologik, ijtimoiy, etnografi k va ijtimoiy madaniy sharoitlar kiradi. Uchinchidan, investitsiya tavakkalchiligi (riski) omillaridir.
  • 28. Investitsiya tavakkalchiligi (riski) Investitsiya tavakkalchiligi (riski) - o‘tish iqtisodida bo‘lgan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘ yicha sharoitlarni shakllantirayotgan davlatlar uchun riskning m uhim turlaridan biridir. Shuning uchun ham tavakkalchilikni, un ing manbalarini va uning oldini olish usullarini aniqlash rivojla nayotgan mamlakatlar uchun hayotiy vazifa bo‘lib hisoblanadi. Tavakkalchilikni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zahi ralarni yo‘qotish imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo‘s himcha xarajatlar zarurati sifatida belgilash mumkin. Tavakkalc hilik - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda haqiqiy sh aroitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarni paydo bo‘lib qolishi ehtimolidir.
  • 30. Tavakkalchilikka ta’sir etuvchi siyosiy omillar:  davlat tuzumining barqarorligi;  rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi investor huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlaydigan rivojlangan qonunchilik asosining mavjudligi;  investitsiyalarni uzoq muddatga jalb qilish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan, oldindan bashorat qilib bo‘ladigan ishonchli-iqtisodiy siyosatning mavjudligi;  iqtisodiy samarasi va izchil tartibga solishni amalga oshiruvchi davlat organlarining mavjudligi;  mahalliy va xorijiy investorlar uchun axborot va ma’lumotlarning ochiqligi hamda o‘tkazilayotgan siyosatning oshkoraligi.
  • 31. Makroiqtisodiy omillar: Inflyatsiya darajasi, ishsizlik, aholi jon boshiga o‘rtacha daromad, milliy valyutaning barqarorligi, davlat budjeti va to‘lov balansining holati, qayta moliyalash stavkasi, daromadlarning har xil turlariga soliq solish darajasi, YAIM tarkibi, moliya sektorining rivojlanish sur’ati Moliyaviy ahvol, menejmentning rivojlanish darajasi, ishlab chiqarish va marketing siyosati, milliy iqtisodiyotga yirik korxonalarni rivojlantirish istiqbollari Mikroiqtisodiy omillar:
  • 32. Infratuzilmaviy omil rivojlanish darajasi va yo‘nalishlarini, ya’ni uning unsurlarini va shu bozorda qabul qilingan operatsi yalarni amalga oshirish jarayonida ular o‘rtasidagi munosabat tizimini o‘z ichiga oladi.
  • 33. Investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi investitsiya risklarining turlari: huquqiy (investitsiyalashning huquqiy shartlarini, alohida ishlab chiqarish omillari tarkibini aks ettiradi); siyosiy (siyosiy barqarorlik darajasini hisobga oladi); ijtimoiy (ijtimoiy holat darajasi hisobga olinadi); noqonuniy (mintaqada jinoyatchilik darajasini hisobga oladi); iqtisodiy (mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga ol adi); ekologik (atrof-muhitning ifloslanish darajasini hisobga oladi).
  • 34. Investitsiya muhitini baholash usullari “Axbor reyting” uslubiyoti Biznes muhitining risklilik indeksi (BERI) “Moody’s” uslubiyoti “Fitch and reytings” uslubiyoti Investitsiyalarning kapital sig’imkorlik koeffitsenti (ICOR) Jahon bankining biznesni yuritish indeksi (DOING BUSINESS) “Standart and Poors” uslubiyoti Rossiyaning “Ekspert” haftanomasi uslubiyoti
  • 35. BERI INDEKSI xorijiy investitsiyalar uchun hudud jozibaliligini (maftunkorligini) baholash Xorijiy investitsiyalar va foydaga munosabati (6 foiz) Siyosiy barqarorlik (12 foiz) Milliychilik imkoniyati: ekspropriatsiyadan rezidentlar uchun afzallikkacha (6 foiz) Devalvatsiya (6 foiz) Iqtisodiy o’sish sur’atlari (10 foiz) Valyuta ayirboshlanishi (10 foiz) Shartnomani bajarish imkoniyati (6 foiz) Ekspertlar va xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari (2 foiz) Transport va aloqaning tashkil etilganligi (4 foiz) Uzoq muddatli kreditlash imkoniyatlari va xorijiy investorlarning sarmoyaga o’z ulushini kiritish shartlari (8 foiz) To’lov balansi holati (6 foiz) Byurokratik tadbirlar – davlat boshqaruvi darajasi (4 foiz) Ish haqi va mehnat samaradorligiga xarajatlar (8 foiz) Qisqa muddatli kreditlash imkoniyatlari (8 foiz) Mahalliy boshqaruv va sherikchilik (4 foiz)
  • 36. Investitsiya muhitini baholash usullari  Rivojlangan ko‘pgina mamlakatlarda maxsus investitsiya loyihalarini baholaydigan, investitsiyalar qo‘yilishiga talab bo‘lgan davlatlarni investitsiya muhitini o‘rganadigan va aniq xulosalarni investorlar uchun beradigan firmalar, tashkilotlar mavjuddir. Masalan: Shveysariya, Germaniya kabi qator mamlakatlarning nufuzli axborot xizmatlari davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy xolatini baholash uchun har biri 0 – qoniqarsiz va 4 - o‘ta qulaygacha bo‘lgan balli shkala bo‘yicha baholanadigan 15 ta muhim ko‘rsatkichni hisobga oladigan “BERI” (business environment risk index) ni qo‘llaydi.
  • 37. “BERI” Mazkur usulning moxiyati shundaki, obro‘li ekspertlarni tanlash asosida va ularga 5 balli (0 dan 4 ballgacha) shkalada 15 ta asosiy mezonlar bo‘yicha mamlakat riskini baholash taklif etiladi. Ushbu usulda baholash mezonlari va ularning qiymatlari quyidagilardan iborat:
  • 38. № Мезонлар Салмоғи, % 1. Сиёсий барқарорлик 12 2. Хорижий инвестицияларга бўлган муносабат 6 3. Миллийлаштирилиши хавфи 6 4. Валютанинг девальвация қилиниш эҳтимоли ва даражаси 6 5. Тўлов балансининг ҳолати 6 6. Бизнеснинг бюрократлашиш даражаси 4 7. Иқтисодий ўсиш суръати 10 8. Валютанинг эркин алмашинув даражаси 10 9. Шартнома мажбуриятларини бажариш сони 6 10. Меҳнат унумдорлиги даражаси ва иш ҳақи харажатлари 8 11. Юридик ва маркетинг маслаҳатларини олиш, малакали мутахассисларни жалб қилиш имконияти 2 12. Алоқа ва транспортни ташкил қилиш 4 13. Маҳаллий бошқарув ва ҳамкорлик 4 14. Қисқа муддатли кредитларни олиш шартлари 8 15. Узоқ муддатли кредитлар олиш фойдаланиш шартлари 8
  • 40. Standard & Poor's ( S&P , to'liq nomi - Standard & Poor's Financial Services LLC) Amerikaning S&P Global korporatsiyasining filiali bo'lib, moliyaviy bozorlarni tahliliy tadqiqotlar bilan shug'ullanadi . Kompaniya uchta nufuzli xalqaro reyting agentligiga kiradi , u asosan Amerikaning S&P 500 fond indeksining yaratuvchisi va muharriri sifatida tanilgan . 2016 yil 28 apreldan boshlab u S&P Global Ratings deb nomlandi . Moody va Fitch Reytings bilan birga Standard & Poor ning, "biridir katta uch " xalqaro reyting agentliklari. 2014 yil yanvar oyidan boshlab Standard & Poor's Financial Services MChJ prezidenti - bu tayinlanishidan oldin Amerikaning Citigroup bank guruhining Qimmatli qog'ozlarni boshqarish va investitsiya fondlari xizmatiga rahbarlik qilgan Neeraj Sahai. Xalqaro reyting agentligi sifatida Standard & Poor's ham emitentlarga , ham shaxsiy qarz majburiyatlariga qisqa va uzoq muddatli kredit reytinglarini beradi
  • 41. Uzoq muddatli reytinglar emitentning qarz majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish imkoniyatini baholaydi. Kompaniya tomonidan berilgan reytinglar juda ishonchli emitentlarga berilgan AAA reytingidan tortib, defolt qilingan emitentga berilgan D darajasiga qadar bo'lgan harflar bilan belgilanadi . AAA - emitent qarz majburiyatlari va qarzlar bo'yicha foizlarni to'lashning juda yuqori qobiliyatiga ega. AA - emitent qarz majburiyatlari va qarzlarning o'zi bo'yicha foizlarni to'lash qobiliyatiga ega. A - emitentning foizlar va qarzlarni to'lash qobiliyati yuqori baholanadi, ammo iqtisodiy vaziyatga bog'liq. BBB - emitentning to'lov qobiliyati qoniqarli hisoblanadi. BB - emitent to'lov qobiliyatiga ega, ammo noqulay iqtisodiy sharoitlar to'lov qobiliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. B - emitent to'lov qobiliyatiga ega, ammo noqulay iqtisodiy sharoitlar uning qarzni to'lash qobiliyati va xohishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. CCC - emitent qarz majburiyatlarini to'lashda qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda va uning imkoniyatlari qulay iqtisodiy sharoitlarga bog'liq. CC - emitent qarz majburiyatlari bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
  • 42. C - emitent qarz majburiyatlari bo'yicha to'lovlarni amalga oshirishda jiddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, bankrotlik to'g'risidagi ish qo'zg'atilgan bo'lishi mumkin , ammo qarz majburiyatlari bo'yicha to'lovlar hali ham amalga oshirilmoqda. SD - emitent ba'zi majburiyatlarni to'lashdan bosh tortdi. D - defolt e'lon qilindi va S&P kompaniyasi emitent majburiyatlarning katta qismi yoki barchasi bo'yicha to'lashdan bosh tortishiga ishonadi. NR - reyting berilmagan. AA dan CCC gacha bo'lgan reytinglar oraliq baholash uchun plyus va minus belgilar bilan to'ldirilishi mumkin (masalan, BBB +, BBB va BBB-). S&P reytingni tayinlash bilan bir qatorda, keyingi ikki-uch yil ichida reyting o'zgarishi prognozini ham ko'rsatadi: Ijobiy nuqtai nazar - reytingning o'sishi mumkin. Salbiy nuqtai nazar - reyting pasaytirilishi mumkin. Barqaror istiqbol - reyting o'zgarishsiz qolishi mumkin. Prognozni ishlab chiqish - reytingning ko'tarilishi ham, pasayishi ham mumkin.
  • 43. Qisqa muddatli reytinglar qisqa muddatli qarz majburiyatlarini o'z vaqtida qaytarish ehtimolini baholaydi. Qisqa muddatli qarzdorlik uchun Standard & Poor's tomonidan berilgan kredit reytinglari alfanumerik: eng yuqori A-1 darajadan eng past darajagacha D. A-1 toifasidan yanada ishonchli majburiyatlarni plyus belgisi bilan belgilash mumkin. B toifasidagi baholar ham raqam bilan yaxshilanishi mumkin (B-1, B-2, B-3). A-1 - emitentning ushbu qarz majburiyatini to'lash qobiliyati juda yuqori. A-2 - emitent ushbu qarzni to'lash qobiliyatiga ega, ammo bu imkoniyatlar noqulay iqtisodiy sharoitlarga nisbatan sezgirroqdir. A-3 - noqulay iqtisodiy sharoitlar emitentning ushbu qarzni to'lash qobiliyatini susaytirishi mumkin. B - qarz spekulyativ xarakterga ega. Emitent uni to'lash imkoniyatiga ega, ammo bu imkoniyat noqulay iqtisodiy sharoitlarga juda sezgir. C - emitentning ushbu qarz majburiyatini to'lash imkoniyati cheklangan va qulay iqtisodiy sharoitlarning mavjudligiga bog'liq. D - bu qisqa muddatli qarz majburiy ravishda bajarilmagan.
  • 44. Xalqaro kredit reytingi shkalasi bilan bir qatorda Standard & Poor's bir qator milliy miqyoslarni, shu jumladan rus tilini ham qo'llab-quvvatlaydi. Milliy tarozilar milliy moliya bozorlari ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirish uchun mo'ljallangan. Milliy miqyosda emitentlarning reytingi va qarzdorlik reytingi milliy bozorda mavjud bo'lgan emitentlar va qarz vositalarining nisbiy ishonchliligini baholashni aks ettiradi. Milliy miqyosda emitentlarning kreditga layoqatliligini farqlash uchun ko'proq imkoniyatlar mavjud, chunki u ba'zi suveren xatarlarni, xususan, davlatdan tashqarida pul o'tkazish xavfini va ushbu bozorda barcha emitentlar uchun bir xil xarakterli bo'lgan boshqa muntazam xatarlarni istisno qiladi. Milliy miqyosdagi reytinglar milliy xususiyatlarni aks ettirganligi sababli, turli milliy miqyosdagi reytinglarni taqqoslash mantiqsiz. Xuddi shunday, milliy miqyosdagi va xalqaro miqyosdagi reytinglarni taqqoslash mumkin emas. Rossiya Federatsiyasi uchun Standard & Poor's kredit reytingi shkalasida "ru" prefiksi bilan an'anaviy Standard & Poor's belgilaridan foydalaniladi.
  • 45. BICRA indikatori (bank sohasi mamlakatlari xavfini baholash) boshqa mamlakatlarning bank tizimlari bilan solishtirganda ma'lum bir mamlakat bank tizimining kuchli va zaif tomonlarini aks ettiradi. BICRA gradatsiyasidan foydalangan holda, mamlakatdagi xatarlarga duchor bo'lish nuqtai nazaridan bank tizimlari 10 guruhga bo'linadi, eng kuchli mamlakatlar 1 guruhga, kuchsizlar esa 10 guruhga to'g'ri keladi. Reyting GAMMA (inglizcha boshqaruv, hisobdorlik, boshqaruv metrikalari va tahlil ( korporativ boshqaruv , hisobdorlik, boshqaruv va tahlil) so'zlaridan hosil bo'lgan qisqartma - bu rivojlanayotgan bozorlarda kompaniyalar aktsiyalarini sotib olish bilan bog'liq moliyaviy bo'lmagan xatarlarni baholash va ushbu kompaniyalar aktsiyalariga sarmoya kiritadigan investorlar uchun mo'ljallangan.
  • 46. 1998 yilda Standard & Poor's korporativ boshqaruv amaliyotini baholash mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqa boshladi , 2000 yildan esa kompaniyalar va banklarda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil interaktiv tahlilini o'tkazdi. Tahliliy mahsulotlar Korporativ boshqaruvni baholash xizmati rahbarlarga, investorlarga va boshqa manfaatdor tomonlarga korporativ boshqaruv amaliyotini baholashda, biznes va investitsiyalar bo'yicha to'g'ri qarorlarni qabul qilishga yordam beradi 2007 yilda korporativ boshqaruvni tahlil qilish metodologiyasi sezilarli darajada qayta ko'rib chiqildi. Uning maqsadi mahsulotni investitsiya risklarini baholashga yo'naltirish, shuningdek korporativ boshqaruvni baholash bo'yicha to'plangan tajriba orqali mezonlarni boyitish edi. GAMMA reytingini berish jarayonida ularning ehtimoli va kompaniya qiymatiga ta'sir darajasi bilan farq qiluvchi bir qator xatarlar tahlil qilinadi. Ushbu tahlil natijasi - bu kümülatif qiymat yo'qotish yoki samarasiz korporativ boshqaruv natijasida qiymat yaratish uchun o'tkazib yuborilgan imkoniyatlar to'g'risida xulosa. Jahon moliya bozoridagi so'nggi voqealar xatarlarni boshqarish bo'yicha aniq strategiya va tizimga ega bo'lgan kompaniyalarning muhimligini ko'rsatdi. GAMMA reyting metodologiyasiboshqaruvning ushbu sohalariga oid ikkita muhim elementni o'z ichiga oladi, chunki ular investorlar uchun katta qiziqish uyg'otadi. Bundan tashqari, ushbu elementlarning tahlilga kiritilishi emitent kompaniyalarda risklarni vakolatli boshqarish madaniyatini shakllantirishga yordam beradi va biznesni boshqarishda uzoq muddatli, strategik yondashuv muhimligini ta'kidlaydi.
  • 47. GAMMA reyting shkalasi GAMMA reytingi GAMMA-1 (eng past ball) dan GAMMA-10 (eng yuqori ball) gacha bo'lgan o'lchov bo'yicha belgilanadi. GAMMA-10 yoki 9 - Standard & Poor's juda kuchli korporativ boshqaruv jarayonlari va amaliyotiga ega deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA reytingini olgan kompaniyalar korporativ boshqaruvning ba'zi asosiy yo'nalishlarida kichik kamchiliklarga ega. GAMMA-8 yoki 7 - Standard & Poor's kuchli korporativ boshqaruv jarayonlari va amaliyotiga ega deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA reytingini olgan kompaniyalar korporativ boshqaruvning ayrim muhim yo'nalishlarida ba'zi kamchiliklarga ega. GAMMA-6 yoki 5 - Standard & Poor's o'rtacha korporativ boshqaruv jarayonlari va amaliyotiga ega deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA reytingini olgan kompaniyalar korporativ boshqaruvning ba'zi asosiy yo'nalishlarida kamchiliklardan aziyat chekmoqda. GAMMA-4 yoki 3 - Standard & Poor's zaif korporativ boshqaruv jarayonlari va amaliyotiga ega deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA reytingini olgan kompaniyalar korporativ boshqaruvning bir qator muhim yo'nalishlarida sezilarli kamchiliklarga ega. GAMMA-2 yoki 1 - Standard & Poor's korporativ boshqaruv jarayoni va amaliyoti juda zaif deb hisoblagan kompaniyaga tayinlangan. Ushbu darajadagi GAMMA tomonidan baholangan kompaniyalar korporativ boshqaruvning aksariyat asosiy yo'nalishlarida sezilarli kamchiliklarga ega. GAMMA metodologiyasi bo'yicha korporativ boshqaruvni baholash bo'yicha xizmatlar ko'rsatish 2011 yil iyun oyida Standard & Poor's tashabbusi bilan to'xtatilgan edi. Shu bilan birga, Standard
  • 48. Shaffoflik tadqiqotlari Standard & Poor's korporativ boshqaruvni baholash xizmatining tahliliy loyihasidir. Tadqiqot Rossiya kompaniyalari tomonidan muhim korporativ ma'lumotlarni oshkor qilish darajasini baholashga bag'ishlangan va odatda eng likvid aktsiyalarga ega bo'lgan yirik kompaniyalarni qamrab oladi. Tahlil "ratsional xalqaro investor" istagan maksimal darajaga nisbatan amalga oshiriladi. Standard & Poor's kredit reytinglarining xalqaro miqyosi global (xalqaro) moliyaviy bozorlar ishtirokchilarining ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Ushbu miqyosdagi reytinglar emitentlarning ishonchliligi va turli davlatlarning majburiyatlarini taqqoslashga imkon beradi.
  • 49. Yaqinda “Standard & Poor’s” xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston bank tizimining sohaviy va mamlakat tavakkalchiliklarini baholash masalalariga bag‘ishlangan nav batdagi hisobotini e’lon qildi. Unda O‘zbekiston bank tizimining reytingini aniqlov chi asosiy omillar, iqtisodiy hamda sohaviy yechimlar, ularning yo‘nalishi, boshqa mamlakatlar bilan qiyosiy taqqoslamalari, hukumatning bank tizimini qo‘llab- quvvatlashi va boshqa masalalar inobatga olingan. Agentlik ekspertlarining fikricha, O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sish istiqbollari yuzaga kelayotgan budjet profitsiti va joriy operatsiyalar hisobvarag‘i ijobiyligi, tijorat banklarining mijozlarning depozit hamda rivojlanishga qaratilgan moliya-viy mablag‘laridan tarkib topgan resurs bazasi, davlat tomonidan o‘rnatilgan nazorat asosiy ijobiy omillardir. Shu bilan birga, mutaxassislar respublika Markaziy banki tomonidan bank tizimi kapitallashuvini oshirish va kredit operatsiyalarini nazorat qilish borasida o‘rnatilgan qat’iy intizom ijobiy ahamiyatga ega bo‘layotganini qayd etishgan. Agentlik bahosiga ko‘ra, kreditlashning yuqori sur’atlari muayyan murakkabliklarni keltirib chiqarishi mumkin, biroq tahlilchilar “ular iqtisodiy o‘sish sur’atlariga nominal qiymatda mos keladi va iqtisodiyotda “baho pufaklari”ning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi”, deb hisoblaydi.
  • 50. Ekspertlar, shuningdek, korporativ kreditlar portfeliga bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy o‘sish va yechimlarning prognoz qilinayotgan yuqori sur’atlarini e’tiborga olib, kredit portfelidagi muammoli kreditlar yaqin 12 — 18 oy ichida 1,5 foizdan oshmasligini ta’kidlashgan. “Standard & Poor’s” bank tizimida to‘plangan moliyaviy mablag‘larni baholar ekan, kreditlarning salmoqli qismi mijozlar depozitlari hisobidan moliyalashtirilayotgani va chetdan jalb etilgan mablag‘lar atigi 14 foizni tashkil etayotganini e’tiborga olgan. Bundan tashqari, ekspertlar O‘zbekiston bank tizimining sohaviy tavakkalchiligini “barqaror” deb baholadi. Mamlakatimiz banklarining barqaror mavqei moliya muassasalariga bo‘lgan ishonch hamda korporativ depozit va aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilishning mustahkam asosi bo‘lib qolmoqda. Natijada tijorat banklarida so‘nggi besh yilda jami depozitlar hajmi 3,5 barobar, oxirgi bir yil ichida esa 25,2 foiz oshdi.
  • 51. “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi O'zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bo'yicha navbatdagi hisobotini chop etdi. Hisobotga ko'ra, mamlakatimizning suveren kredit reytingi bahosi o'zgarishsiz BB- (barqaror) darajada saqlab qolindi. Shu o'rinda alohida ta'kidlash joizki, agentlik, joriy yilning mart oyidan boshlab 65 foizdan ortiq qayta ko'rib chiqilgan hisobotlarida reyting ko'rsatkich baholarini pasaytirgan. Mustahkam Hukumat balansi, mo'tadil davlat qarzi darajasi va o'sish sur'atlari mamlakatimiz suveren kredit reytingini qo'llab-quvvatlovchi omillar sifatida sanab o'tilgan. Shu o'rinda, institutsional va boshqaruv darajalarining sustligi, yuqori inflyatsiya darajasi va aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotining (YAIM) pastligi respublika kredit reytingini cheklovchi omillar sifatida keltirilgan.
  • 52. COVID-19 global pandemiyasi davrida O'zbekiston Respublikasi reytingining barqarorligi davlatning mustahkam tashqi va fiskal zaxiralarning mavjudligida, diversifikatsiyalangan tovarlar eksporti bazasida hamda tashqi moliyaviy manbalardan foydalanish imkoniyatlarida aks etadi. Oltinning yuqori narxi eksport, davlat moliyasi va xalqaro zaxiralar hajmiga ijobiy ta'sir etdi. Agentlikning fikricha, mustahkam tashqi va fiskal buferlar joriy operatsiyalar hisobi defitsiti va o'sib borayotgan davlat qarzi bilan bog'liq xatarlarni kamaytiradi. Agentlik kutilmalariga ko'ra, O'zbekiston boshqa mamlakatlardan farqli o'laroq, 2020 yildagi iqtisodiy tanazzullardan holi bo'ladi. O'sish sur'atlarining 2020 yil 1-chorak yakunlari bo'yicha 0,2 foizga pasayishidan so'ng, o'sish sur'atlarning 0,5 foizga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, fiskal choralar orqali iqtisodiyotda iste'mol va investitsiyalarni qo'llab-quvvatlashni davom ettirish va asosiy savdo sheriklarimiz iqtisodiyotining tiklanishi evaziga 2021-2022 yillarda respublikada iqtisodi o'sish 5-5,5 foizni tashkil etadi.
  • 53. «Moody's» xalqaro reyting agentligi «Hamkorbank» ATB reytingini «b2» dan «b1» darajagacha oshirdi. Milliy valyutadagi depozitlar reytingi «B1», chet el valyutasida uzoq muddatli depozit reytingi «B2» etib tasdiqlandi va bazaviy kredit reytingi «b1» ko’rsatkichlari bo’yicha baholanadi. Barcha reytinglar bo’yicha prognoz - "Barqaror" . Ushbu reyting ko’rsatgichlari bankning barqaror moliyaviy natijalarini aks ettiradi va O’zbekistonning o’rtacha bank sektoridan ko’ra yaxshiroq ekanligini tasdiqlaydi. Ular xususan, aktivlarning yuqori sifatini va rentabelligini hamda barqaror moliyalashtirish va likvidlik profilini o’z ichiga oladi.
  • 54. Chet el kapitali ishtirokidagi "Hamkorbank" aksiyadorlik tijorat banki O‘zbekiston Respublikasi bank xizmatlari bozorida 1991 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bank 28 yil ichida Respublikaning barcha ma’muriy mintaqalarini qamrab olgan keng tarqalgan filiallar tarmogʻini shakllantirdi. «Moody`s Investors Services Ltd» reyting agentligi (Buyuk Britaniya) «O`zbekinvest» EIMSKga moliyaviy mutahkamlik B1, «Barqaror istiqbol» xalqaro reytingni berdi. Shuni ta`kidlash joizki, «O`zbekinvest» kompaniyasi bugungi kunda xalqaro reytingni olishga sazovor bo`lgan O`zbekistonning birinchi va hozircha yagona sug`urta kompaniyasi hisoblanadi. Moody`sni belgilashicha «O`zbekinvest»ning asosiy ustuvor tomonlari – qabul qilinayotgan sug`urta qaltisliklariga nisbatan Kompaniyaning juda kuchli kapitalizatsiyasi, eksport-kredit sug`urtasidagi hukmron vaziyati va ichki sug`urta bozoridagi mustahkam o`rnidir. «O`zbekinvest» kompaniyasini davlat muassasasi ekanligi raqobat muhitidagi ustunligiga asos bo`ladi. Eksport-kredit qaltisliklari bo`yicha majburiyatlar yuzasidan davlat kafolati bilan bir qatorda, «O`zbekinvest» kompaniyasi va AIGning o`zaro munosabatlari nafaqat mahalliy darajada, balki Buyuk Britaniyada joylashgan, anderrayting va boshqa texnik yordamni muvofiq tarzda ta`minlayotgan qo`shma korxona faoliyatida aks etgan.
  • 55. Investitsiya muhitini baholash bo‘yicha Umumjahon banki yondashuvi.  Unga ko‘ra mamlakat investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat, deb hisoblanadi:  iqtisodiy siyosat va huquqiy-me’yoriy amaliyotning noaniqligi;  korrupsiya darajasi;  sud tizimining sifati;  jinoyatchilik darajasi;  «soliq yuki» va soliqqa tortish tizimini huquqiy jihatdan tartibga solish tizimi;  moliya resurslarini olish imkoniyati va moliyalashtirish qiymati;  elektr bilan ta’minlanganlik darajasi va sifati;  ishchilar malaka darajasi va mehnat qonunchiligining sifati.  Ushbu yondashuv investitsion jozibadorlikni ta’minlashning institutsional omillariga alohida e’tibor qaratilganligi bilan ajralib turadi. Jahon banki tomonidan tahdil etiladigan investitsiya muhitiga ta’sir etuvchi omillar investitsiya riski bilan bog‘liq. Ushbu uslubiyatga muvofiq mamlakatning investitsiya imkoniyatlari e’tiborga olinmaydi.
  • 56. Doing Business 2020: “Biznesni yuritish” reytingida O‘zbekiston 69-o’rinni egalladi
  • 57.  Jahon bankining «Biznes yuritish 2020» (Doing Business 2020) yillik reytingida O‘zbekiston 2019 yil yakunlari bo‘yicha 100 baldan 69,9 ball to‘plab, 190 mamlakat orasida 69-o‘rinni egalladi. O‘tgan yilgi reytingga nisbatan mamlakat 76-o‘rindan 7- o‘ringa ko‘tarildi.  Jahon bankining Toshkentdagi vakolatxonasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi boshqa to‘rtta davlat, shu jumladan Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Kosovo bilan birgalikda O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng katta yutuqlarga erishgan 20 mamlakat qatoridan o‘rin egalladi.
  • 58.  Jahon banki ekspertlarining fikriga ko‘ra, O‘zbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashdagi asosiy islohotlar quyidagilar:  eng muhim korporativ qarorlarda aksiyadorlar huquqlari va rolini kengaytirish, mulkchilik va boshqaruv tuzilmalarini aniqlashtirish, shuningdek korporativ shaffoflikni oshirish orqali minoritar investorlar himoyasini kuchaytirish;  ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlarini daromad solig‘i bilan birlashtirish orqali soliqqa tortishни soddalashtirish;  xavfga asoslangan bojxona nazorati mexanizmini joriy etish orqali xalqaro savdoни soddalashtirish, shuningdek, import hujjatlariga talablarni yengillashtirish;  ixtiyoriy mediatsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilish orqali shartnomalar ijrosini soddalashtirish, shuningdek, taraflarni nizolarni mediatsiya orqali hal qilishga undash uchun moliyaviy rag‘batlar yaratish.
  • 59.  O‘zbekiston «To‘lovga layoqatsizlikni hal qilish» indikatoridan tashqari reytingning deyarli barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha ko‘rsatkichlarni yaxshiladi:  Korxonalarni ro‘yxatdan o‘tkazish — 96,2 ball, + 0,2% (global reytingda 8-o‘rin);  Qurilish uchun ruxsatnomalarni olish — 61,7, + 0,3% (132-chi);  Elektr ta’minoti tizimiga ulanish — 86,9, + 0.9% (36-chi);  Mulkni ro‘yxatga olish — 67,9, + 0,9% (72-chi);  Kredit olish — 65, o‘zgarishsiz (67-chi);  Minoritar investorlarini himoya qilish — 70, + 8% (37-chi);  Soliqqa tortish — 77,5%, + 0,6% (69-chi);  Xalqaro savdo — 58,2, + 8,4% (152-chi);  Shartnomalarning bajarilishiни ta’minlash — 71,9, + 3,7% (22- chi);  To‘lov қобилиятсизлигига ruxsat berish — 43,5, -1,7% (100-chi).  Bu yil biznes yuritish qulayligi bo‘yicha yetakchi o‘nlikka Yangi Zelandiya, Singapur, Gonkong (Xitoy), Daniya, Koreya Respublikasi, AQSH, Gruziya, Buyuk Britaniya, Norvegiya va Shvetsiya kirdi. Odatda reyting yetakchilari ro‘yxatdan o‘tkazish va mulkni topshirishda onlayn jarayonlarga, shuningdek, soliq deklaratsiyalarini topshirish uchun elektron platformalarga ega bo‘ladi.
  • 60. Rossiya iqtisodiy hududlariniig investitsiya jozibadorlig ini baholashda qo‘llaniladigan «Ekspert» haftanomasi uslubiyati.  Ushbu uslubiyatga muvofiq investitsiya muhitiga ta’sir qiluvchi investitsiya risklarining quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi:  huquqiy (investitsiyalashning huquqiy shartlarini, alohida ishlab chiqarish omillari tarkibini aks ettiradi);  siyosiy (siyosiy barqarorlik darajasini hisobga oladi);  ijtimoiy (ijtimoiy holat darajasi hisobga olinadi);  noqonuniy (mintaqada jinoyatchilik darajasini hisobga oladi);  iqtisodiy (mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasini hisobga oladi);  ekologik (atrof-muhitning ifloslanish darajasini hisobga oladi).
  • 61.  O‘zbekistonda xalqaro amaliyot negizida banklar  tomonidan chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlarning milliy individual reyting tizimini joriy etish maqsa dida «Axbor- Reyting» milliy reyting agentligi tashkil etilgan. U shbu agentlik tomonidan tijorat banklariga turli dar ajadagi reyting baholari beriladi.
  • 62.  Retsipiyent mamlakatning investitsiya muhiti chet ellik investorlar tomonidan baholanishida, birinchi navbatda, uning xavfsizligi, investitsiyalash maqsadlariga muvofiqligi, mamlakatga xos risklar darajasi, investitsiyalarni rag‘batlantirish tadbirlariga e’tibor qaratiladi. Konsessiya sharoitlari, eksport sanoati rayonlari, erkin savdo zonalari, bojxona bojlari amal qilmaydigan zonalarning bo‘lishi va boshqalar bevosita chet el investitsiyalari uchun muhim hisoblanadi.
  • 63. Soliq imtiyozlarini berishda jahon tajribasini o‘rganish maqsadga muvofiqdir. AQSHda korxonalar zarar ko‘rib ishlayotgan davriga soliq to‘lashdan ozod qilinadi. Bu tajribani O‘zbekistonda ham eng kerakli sohalarda faoliyat yuritayotgan korxonalar uchun qo‘llash maqsadga muvofiq. Buning uchun qat’iy soliq nazoratini o‘rnatish zarur. O‘zbekistonda intellektual salohiyatni o‘stirish uchun kapital qo‘yish kelajakda respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning eng asosiy omillaridan bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun bu sohada kapital qo‘ygan investorlarga soliq imtiyozlarini berish o‘ta muhimdir.
  • 64. Islohotlarni davlat tomonidan uyushgan holda, Oliy majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Prezidentning farmonlari, hukumat qaror va ko‘rsatmalari orqali amalga oshirilishi va boshqarilishi eng yaxshi investitsiya iqlimi yaratishga asos bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan, 2018 yilning 1 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5495-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonning qabul qilinishi xorijiy investorlar uchun investitsiya muhitini yanada yaxshilash yo‘lidagi navbatdagi amaliy qadam bo‘ldi.
  • 65. Farmonda quyidagi imtiyozlar ko‘zda tutilgan: - chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondidagi xorijiy investitsiyalar ulushining eng kam miqdorini 30 foizdan 15 foizgacha kamaytirish; - chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonaning ishtirokchisi sifatida xorijiy yuridik shaxs qatnashishi shartligi to‘g‘risidagi talabni bekor qilish -chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ustav fondining eng kam miqdorini 600 million so‘mdan 400 million so‘mgacha kamaytirish; --chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat boji miqdorini uch baravarga kamaytirish; -- aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondining eng kam miqdorini 400 million so‘m miqdorida belgilash.
  • 66. Investitsiya muhitini qulaylashtirishga doir takliflar  - ayrim tarmoqlar va mintaqalarda xorijiy investorlar uchun real amal qilishi uchun imtiyozlar tizimini yaratish;  - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, yuqori turuvchi organlar va mahalliy hokimiyatlar o‘rtasida mulk va vakolatni aniq chegaralab qo‘yish;  - barqaror iqtisodiy tashqi savdo qonunchiligini, shu jumladan, erkin iqtisodiy zonalar va konsessiyalar bo‘yicha me’yoriy bazani takomillashtirish;  - soliqlarni kamaytirish va soliq tuzilmasini soddalashtirish;  - xorijiy investitsiyalarni sug‘urtalashning samarali mexanizmini yaratish;  - iqtisodiyot tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;  - iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini individual loyihalar bo‘yicha xususiylashtirish;  - birja bozorlarida va boshqa bozorlarda aksionerlik jamiyatlari aksiyalari paketlarining bir qismini xorijiy investorlarga sotish;  - mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarni xorijiy investorlarga sotish.
  • 67. Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora- tadbirlarni qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur. Yaqinda qabul qilingan yangi Soliq kodeksiga muvofiq, bu yildan boshlab ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish bo‘yicha yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda. Hozirgacha bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‘llanar edi. Buning hisobidan tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‘p mablag‘ qoladi. Endi tadbirkor tomonidan to‘langan ortiqcha soliq o‘z muddatida qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha budjetdan foiz to‘lanadi.