SlideShare a Scribd company logo
1 of 10
MAVZU: GLOBALLASHUV,
GLOBALISTIKA VA BARQAROR
TARAQQIYOT
TUSHUNCHALARINING O‘ZARO
ALOQASI VA FARQI.
• Globallashuv hodisasi va globalistika. Hozirgi davr haqida
aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon
tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir
ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish
muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz
bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol
integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit
bir butun organizmga aylandi.
• Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning
ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan
umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy
o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z
rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi
bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va
universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.
• Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari
1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb
nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida
butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va
munosabatlarning shakllanishi, universallaShuv jarayonidir.
Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona
jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global
kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
• Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p
sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va
sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu
jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar
sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda
«globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga
oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning
natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro
miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish
borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
• Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda
turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi
nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global
muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib,
ularning echimlarini taklif qiladi.
• Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi
sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning
paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
Global jarayonlarning shakllanish tarixi.
• Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan
boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-
shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada
iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk
geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni
tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga
o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri
talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi.
• Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va
texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika
taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi.
So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning
tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit
bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
E’tiboringiz uchun raxmat!

More Related Content

What's hot

қарым қатынастың перцептивті жағы
қарым қатынастың перцептивті жағықарым қатынастың перцептивті жағы
қарым қатынастың перцептивті жағы
DaniyarKalibaev
 
Simile and Periphrasis
Simile and PeriphrasisSimile and Periphrasis
Simile and Periphrasis
Monica Angeles
 
An introduction to autobiography and biography
An introduction to autobiography and biographyAn introduction to autobiography and biography
An introduction to autobiography and biography
Trix Rodriguez
 

What's hot (20)

Ongning psixofiziologiyasi.pptx
Ongning psixofiziologiyasi.pptxOngning psixofiziologiyasi.pptx
Ongning psixofiziologiyasi.pptx
 
talim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptxtalim mazmuni.pptx
talim mazmuni.pptx
 
Gerund
GerundGerund
Gerund
 
Scanning and skimming
Scanning and skimmingScanning and skimming
Scanning and skimming
 
Yaponiya ta'lim tizimi.pptx
Yaponiya ta'lim tizimi.pptxYaponiya ta'lim tizimi.pptx
Yaponiya ta'lim tizimi.pptx
 
O‘zbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy san’at asarlari (XX asr ik...
O‘zbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy san’at asarlari (XX asr ik...O‘zbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy san’at asarlari (XX asr ik...
O‘zbekiston madaniyatida tarixiy janrdagi tasviriy san’at asarlari (XX asr ik...
 
Complex Sentence - 複雑な文
Complex Sentence - 複雑な文Complex Sentence - 複雑な文
Complex Sentence - 複雑な文
 
English Language Terminology - Phrases, Clauses and Sentences
English Language Terminology - Phrases, Clauses and SentencesEnglish Language Terminology - Phrases, Clauses and Sentences
English Language Terminology - Phrases, Clauses and Sentences
 
Chap2.2 the three parts of a paragraph
Chap2.2 the three parts of a paragraphChap2.2 the three parts of a paragraph
Chap2.2 the three parts of a paragraph
 
Maxsus pedagogika
Maxsus pedagogikaMaxsus pedagogika
Maxsus pedagogika
 
қарым қатынастың перцептивті жағы
қарым қатынастың перцептивті жағықарым қатынастың перцептивті жағы
қарым қатынастың перцептивті жағы
 
Reading skills - skimming and scanning - class notes from week of 29 Septembe...
Reading skills - skimming and scanning - class notes from week of 29 Septembe...Reading skills - skimming and scanning - class notes from week of 29 Septembe...
Reading skills - skimming and scanning - class notes from week of 29 Septembe...
 
Dialogue writing
Dialogue writingDialogue writing
Dialogue writing
 
Adverbs
AdverbsAdverbs
Adverbs
 
Simile and Periphrasis
Simile and PeriphrasisSimile and Periphrasis
Simile and Periphrasis
 
intellekt_va_kreativlik.pptx
intellekt_va_kreativlik.pptxintellekt_va_kreativlik.pptx
intellekt_va_kreativlik.pptx
 
Clause elements
Clause elementsClause elements
Clause elements
 
Азаматтық қоғамның әрекет ету шарттары
Азаматтық қоғамның әрекет ету шарттарыАзаматтық қоғамның әрекет ету шарттары
Азаматтық қоғамның әрекет ету шарттары
 
Word formation
Word formationWord formation
Word formation
 
An introduction to autobiography and biography
An introduction to autobiography and biographyAn introduction to autobiography and biography
An introduction to autobiography and biography
 

GLOBALLASHUV.pptx

  • 1. MAVZU: GLOBALLASHUV, GLOBALISTIKA VA BARQAROR TARAQQIYOT TUSHUNCHALARINING O‘ZARO ALOQASI VA FARQI.
  • 2. • Globallashuv hodisasi va globalistika. Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi.
  • 3. • Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.
  • 4. • Bu o‘zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo‘lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallaShuv jarayonidir. Shuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo‘jaligi, umumiy ekologik o‘zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
  • 5. • Jahon rivojlanishining eng yangi tendensiyalarini anglab etish borasidagi ko‘p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendensiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab etishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo‘lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy etish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo‘llaniladi.
  • 6. • Globalistika tadqiqotlar va bilishning shunday bir jabhasiki, bu erda turli fanlar bir-biri bilan uzviy aloqada, har biri o‘z predmeti va metodi nuqtai nazaridan, globallashuvning turli jihatlarini tahlil qiladi, global muammolarni bir-biridan alohida va yaxlit tizim sifatida o‘rganib, ularning echimlarini taklif qiladi. • Globalistika mustaqil ilmiy yo‘nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo‘lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.
  • 7. Global jarayonlarning shakllanish tarixi. • Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl- shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi.
  • 8. • Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi.
  • 9.