Advertisement

More Related Content

Slideshows for you(20)

Advertisement

Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar.pptx

  1. Davlat xaridlari jarayoniga doir umumiy talablar Rahmatov Temur Rustamov Qudratbek
  2. Reja:  1.Davlat xaridlari jarayoni va bosqichlari  2. Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar
  3. Davlat xaridlari jarayoni  davlat xaridlarini rejalashtirish;  xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish;  shartnomani tuzish va bajarish;  davlat xaridlari monitoringi.
  4.  Davlat xaridlarini rejalashtirish davlat buyurtmachisi tomonidan amalga oshiriladi va xaridlarni tizimlashtirishdan, davlat xaridlarini rejalashtirish hamda byudjet va investitsiya jarayonlaridagi rejalashtirish o'rtasida o'zaro aloqani ta‘minlashdan iborat bo'ladi.
  5.  Davlat xaridlarining yillik reja-jadvali budjet buyurtmachilari tomonidan joriy yilning 25 martiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi. Kelgusi yil uchun davlat xaridlarining yillik reja- jadvallari korporativ buyurtmachilar tomonidan joriy yilning 25 dekabriga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi. Kelgusi chorak uchun davlat xaridlarining choraklik reja-jadvallari davlat buyurtmachilari tomonidan joriy chorak oxirgi oyining 25 sanasiga qadar maxsus axborot portalida joylashtiriladi.
  6. Xarid tizimida davlat xaridlari to'g'risidagi axborot muhim ahamiyatga ega. Davlat xaridlari to'g'risidagi axborot jumlasiga quyidagilar kiradi: 1. davlat xaridlari to'g'risidagi qonunchilik; 2. davlat xaridlarining reja-jadvallari; 3. davlat xaridlari to'g'risidagi e‘lonlar; 4. hujjatlarning namunaviy shakllari; 5. xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish uchun zarur bo'lgan namunaviy shartnomalar; 6. davlat xaridlari bosqichlarining natijalari to'g'risidagi axborot; 7. shartnomalarning yagona reyestri; 8. Yagona yetkazib beruvchilar reyestri; 9. Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri; 10. Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko'rib chiqish bo'yicha komissiyaning qarorlari; 11. davlat xaridlari bo'yicha statistik axborot.
  7. Ishtirokchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo`yicha davlat xaridlariga taalluqli bo`lgan takliflarini baholash mezonlarida:  narx;  yetkazib berish bazisi;  yetkazib berish muddatlari;  tavsifnomalar va sifat ko`rsatkichlari;  ekspluatatsiya qilish (foydalanish) muddati;  to`lov va kafolatlar shartlari;  muayyan davrdagi ekspluatatsiya qilishga, shu jumladan foydalanish va ta‘mirlashga doir xarajatlar;  qonunchilik talablariga zid bo`lmagan boshqa mezonlar nazarda tutiladi.
  8.  Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taalluqli qoidalar
  9. Tovarlarning davlat xaridlari tavsifiga va shartnoma shartlariga taaluqli qoidalar  Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifi xolis, funktsional va umumiy xususiyatga ega bo'ladi. Tavsifda tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridining tegishli texnik, sifat va ekspluatatsiya qilinish xususiyatlari ko'rsatiladi.
  10. Tovarlarga davlat xaridlari uchun qo’yiladigan talablar  Tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi tavsifiga aniq tovar belgisiga yoki nomiga, patentga, konstruktsiyaga yoki modelga, u mansub bo'lgan muayyan manbaga yoki ishlab chiqaruvchiga doir talablar yoki havolalar kiritilmasligi kerak, bundan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) davlat xaridi xususiyatlarini ta‘riflashning boshqa etarlicha aniq usuli mavjud bo'lmagan hollar mustasno va bunda tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) boshqa bir ishlab chiqaruvchining ekvivalent tovarlari (ishlari, xizmatlari) bilan almashtirish imkoniyati to'g'risidagi eslatma kiritilishi kerak.
  11. Tovarlarning davlat xaridi uchun tavsiflanishi  tovarlarning soni;  bajarilishi (ko'rsatilishi) kerak bo'lgan ishlar (xizmatlar);  tovarlar etkazib berilishi lozim bo'lgan yoxud ishlar bajarilishi yoki xizmatlar ko'rsatilishi kerak bo'lgan joy;  tovarlarni etkazib berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatishning maqbul yoki talab etilgan muddatlari, agar ular mavjud bo'lsa.
  12. Mashina va uskunalarga qo’yiladigan talablar  Mashinalar va asbob-uskunalarni etkazib beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridiga doir hujjatlarda tovarning kafolat muddatiga va (yoki) uning sifatiga beriladigan kafolat hajmiga, tovarga kafolat xizmati ko'rsatishga, tovarga kafolat muddati mobaynida xizmat ko'rsatish xarajatlariga, shuningdek tovarni montaj qilish va sozlashga, agar bu tovarning texnik hujjatlarida nazarda tutilgan bo'lsa, talablar belgilaydi. Yangi mashinalar va asbob-uskunalarni etkazib beruvchi ijrochi aniqlangan taqdirda davlat buyurtmachisi davlat xaridi to'g'risidagi hujjatlarda ushbu tovarni ishlab chiqaruvchining va (yoki) etkazib beruvchining kafolatini taqdim etishga hamda bunday kafolatning amal qilish muddatiga nisbatan qo'shimcha ravishda talablar belgilaydi. Bunday kafolatni berish ushbu tovar bilan birga amalga oshiriladi.
Advertisement