SlideShare a Scribd company logo
1 of 27
ASLONOVA NASIBA MUXAMMADOVNA
1. Geografik o’rni .
2. Tabiiy sharoiti va resurslari.
3. Tarixi .
4. Aholisi.
5. Sanoati .
6. Qishloq xo’jaligi.
7. Transporti .
SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARI:
Belarus
Bolgariya
Vengriya
Moldova
Polsha
Rossiya
Ruminiya
Slovakiya
Ukraina
Chexiya
Estoniya
Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8-
dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu
davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab
parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy,
iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga
intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston,
Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston
koʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va
qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil
dekabrda MDHga Gruziya qoʻshildi. 1993-yil yanvarda MDH Ustavi qabul qilindi,
u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini
muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa
tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy
masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa
siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriqlashda birgalikda faoliyat
yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim
turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil
qilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar
vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan
Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida
joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy
kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. MDH
organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
Davlat Imzoladi
Armaniston 21-dekabr 1991
Ozarbayjon 21-dekabr 1991
Belarus 8-dekabr 1991
Qozogʻiston 21-dekabr 1991
Qirgʻiziston 21-dekabr 1991
Moldova 21-dekabr 1991
Rossiya 8-dekabr 1991
Tojikiston 21-dekabr 1991
Turkmaniston 21-dekabr 1991
Ukraina 8-dekabr 1991
Oʻzbekiston 21-dekabr 1991
Vengriya (Magyarorszag) yoki Vengriya
Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) —
Yevropaning markaziy qismida, Dunay
daryosining oʻrta oqimida joylashgan
davlat.[1] Maydon 93 ming km2.[2] Yevropa
Ittifoqi, Yevropa Kengashi, NATO, Jahon
banki, Jahon savdo
tashkiloti va BMTning aʼzosidir
Mojariston Respublikasi
Bayroq
Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: Himnusz
Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949 yil
20 avgustda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgarish va
qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000
yildan F. Madl). Prezident mamlakat qurolli kuchlarining bosh
qoʻmondoni hisoblanadi, hukumat boshligʻini tayinlaydi, qamal
yoki favqulodda holat eʼlon qilish huquqiga ega. Uning vakolat
muddati — 5 yil Qonun chiqaruvchi organi — parlament —
Davlat majlisi. Uni aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yoʻli
bilan 4 yil muddatga saylaydi. Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar
Kengashi boʻlib, unga bosh vazir boshchilik qiladi
Mamlakat hududi asosan tekislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl
sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 — 200 m balandlikdagi
tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150-200 m balandlikdagi Dunantul
oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish,
Mechek va boshqalar) dan iborat. Mamlakatning shimoli-gʻarbida Kichik Oʻrta
Dunay pasttekisligining janubiy qismi (Kishalfyold), shimoli-sharqda Karpat
togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi
Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (bal. 500-800 m)
joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir,
neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli
qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi —
moʻtadil, kontinental. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 2, —4°, iyulda 20, 22,5°.
Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan janubi-gʻarbda 900 mm gacha.
Sharqida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda
yogʻadi. Dunay daryosi Vengriyani va uning poytaxti — Budapeshtni kesib
oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. Vengriyada koʻllar kam, eng kattasi
Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir
oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar.
Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi.
Vengriya hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan.
Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300- 400 m
dan baland qismlarida saqlanib qolgan. Hayvonlardan
quyon, dala sichqoni, yumronqoziq, tulki, tipratikan,
qushlardan toʻrgʻay. qorayaloq, qizilishton, boyqush.
qamishzorlarda suv parrandalari uchraydi. Vengriyada
Qishbalaton qoʻriqxonasi, Tixan, Xortobad va b. milliy
bogʻlar bor.
Aholining 97 % Mojarlar, shuningdek olmonlar,
slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar,
serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham
yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga
115 kishi toʻgʻri keladi, 62 % aholi shaharlarda
istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar
(64 %) va protestantlar (23 %). Rasmiy tili —
mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht,
Mishkols, Debresen, Seged, Pech.
Vengriya — industrial-agrar mamlakat. Sanoati ilgʻor texnika bilan
qurollangan, qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan. Yalpi ichki
mahsulotda sanoatning ulushi 35,5 %, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi
12 %.
Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik, qora va rangli metalurgiya,
elektronika, oziq-ovqat, mebel va yengil sanoat. Yoqilgʻi-energetika
balansida koʻmir asosiy oʻrin egallaydi (Tatabanya, Oroslan, Borshod, Mechek
va boshqalar konlar). Neft va tabiiy gaz qazib olish rivojlangan. Elektr energiya
asosan issiqpik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 32,5
mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Qora metallurgiya asosan
chetdan keltiriladigan ruda va koks asosida ishlaydi. Bu tarmoqning asosiy
markazlari: Mishkols, Ozd va Dunayvarosh. Boksit-alyuminiy sanoati hal
qiluvchi ahamiyatga ega (Almashfyuzit, Ayka, Tatabanya, Inot, Nirad-Deaki va
boshqalar). Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari — elektr texnika, priborsozlik,
aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqarish,
shuningdek transport vositalari, ayniqsa kemasozlik, temir yoʻl vagonlari,
avtobus ishlab chiqarish („Ikarus“ zavodlari) rivojlangan. Metall qirqish
stanoklari, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq
xoʻjaligi mashinalari, yoritish priborlari ham ishlab chiqariladi.
Mashinasozlikning asosiy markazlari: Budapesht, Dyor, Mishkols,
Sekeshfexervar va Debresen. Farmatsevtika korxonalari Budapesht va
Debresenda joylashgan
Kimyo sanoati (maʼdanli oʻgʻitlar, organik sintez mahsulotlari
ishlab chiqarish) muhim ahamiyatga ega. Yengil sanoat
tarmoqlari orasida toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal ishlab
chiqarish (Budapesht, Dyor, Seged, Pech va boshqalar
shaharlarda), oziq-ovqat sanoati (vinochilik, meva-sabzavot
konserva, un tortish, qand-shakar, goʻsht sanoati va boshqalar)
rivojlangan.
Qishloq xoʻjaligida asosiy oʻrinni dehqonchilik oladi.
Haydaladigan yerning 2/3 qismiga gʻalla ekiladi. Texnika
ekinlaridan qand lavlagi, kungaboqar, tamaki,
shuningdek kartoshka yetishtiriladi. Sabzavotchilik,
bogʻdorchilik va uzumchilik mahsulotining anchagina
qismi chet ellarga chiqarib sotiladi. Chorvachilikning
asosiy tarmoqlari— choʻchqachilik va parrandachilik.
Qoramolchilik, qoʻychilik va sut mahsulotlari yetishtirish ham
rivojlangan. Balaton koʻlida va Dunay daryosida baliq ovlanadi.
Temir yoʻl va avtomobil transporti Vengriya transportining asosini
tashkil kiladi. Temir yoʻllarning uz. — 7752 km (2277 km
elektrlashtirilgan), avtomobil yoʻllarining uz. —30 ming km dan
ortiq, ichki suv yoʻllarining uz. 1,6 ming km ni tashkil etadi. Dunay
daryosida kemalar katnaydi; u kanal orqali Balaton koʻli bilan
tutashtirilgan. Asosiy porti — Budapesht sh.
Vengriya chetga asosan mashinalar va asbobuskunalar, ximikatlar,
elektr ashyolari, boksit, dori-darmon, kiyim-kechak, qishloq
xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan xom
ashyo, yoqilgʻi, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar, don
kombaynlari, maʼdanli oʻgʻitlar va b. sotib oladi. Chet el sayyohligi
rivojlangan. Vengriya iktisodiyotiga xorijiy sarmoya jalb etish
surʼatlari ancha yuqori. Vengriyaning tashqi savdodagi mijozlari —
Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — forint.
Tibbiy xizmatga Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi.
Vengriyada 90 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar bor; 30 mingga
yaqin shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Budapesht,
Seged, Pech, Debresendagi tibbiyot institutlari tayyorlaydi.
MOLDAVA
Moldova[6] (rumincha: Moldova), Moldova
Respublikasi[7] (rumincha: Republica Moldova) –
Yevropaning janubi-sharqiy qismidagi
davlat. Ukraina va Ruminiya bilan chegaradosh.
Maydoni 33 846 km2. Aholisi 3,557,600 kishi
(2014). Jahonda aholisi boʻyicha 118 oʻrinni va hududi
boʻyicha 135-oʻrinni egallaydi.
Poytaxti – Kishinyov shahri. Maʼmuriy jihatdan 40
tuman, 21 shahar va 48 shaharchaga boʻlinadi. Davlat
tili – moldavancha Moldova konstitutsiyasiga koʻra;
konstitutsiyaviy sudining qaroriga binoan –
rumincha[1].
Moldova Respublikasi
rumincha: Republica Moldova
Bayroq
Gerb
Shior: Yoʻq
Madhiya: Limba Noastra
(Our Tongue)
Poytaxt Kishinyov
Rasmiy til(lar) moldavancha (konstitutsiyasiga
koʻra; konstitutsiyaviy sudining
qaroriga binoan —
rumincha
[1]
)
[2][3]
Hukumat Parlamentar davlat
Moldova – respublika. 1994-yil 29-iyulda
kabul etilgan konstitutsiya amal qiladi.
Davlat boshligʻi – parlament tomonidan
saylanadigan prezident (2000-yildan V.
Voronin). Qonun chiqaruvchi oliy organi –
bir palatali parlament (Majlis), ijrochi organi
– hukumat (Vazirlar kengashi).
Moldova Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-gʻarbiy
qismida joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik, dare
vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru
qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 m.
Dnestrning oʻng sohilini Dnestr boʻyi qirlari
(balandligi 250–300 m, eng baland joyi 347 m)
egallagan. Shimoliy Moldova tekisligi (250–300 m),
Janubiy Moldova tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha
qumi, shagʻal, shuningdek, neft va gaz konlari
topilgan.
Iqlimi – moʻʼtadil kontinental. Qishi qisqa, iliq, qor kam
yogʻadi, yozi uzoq va iliq. Iyulning oʻrtacha
temperaturasi – shimolida 19,5° va janubida 22°; eng
yuqori temperatura 41°; yanvarning oʻrtacha
temperaturasi shimolida – 5° va janubida – 3°; eng past
temperatura –36°. Yiliga shimolida 560 mm, janubi-
gʻarbda 370 mm, qirlarda 500–560 mm, tekisliklarda
400–450 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Qora dengizga
quyiladi. Eng katta daryolari – Dnestr (irmoklari – Reut,
Bik, Botna), Prut (irmoklari – Chugur, Kamenka, Larga,
Lapushna, Sarata).
Tuproqlari – asosan, qoratuproq (75%), qoʻngʻir va kulrang
oʻrmon tuprogʻi (10%); dare qayirlarida – allyuvialoʻtloqi
tuproqlar. Hududining aksariyati dasht va oʻrmon dasht
mintaqasida joylashgan boʻlib, koʻp qismi haydalib, ekin
ekiladi. Mamlakat maydonining 9% ni egallagan oʻrmonlarda
dub, shumtol, grab, qora qayin, joʻka oʻsadi. Chalov, betaga
kabi dasht oʻsimliklari kamayib ketgan. Hayvonlardan
oʻrmonda yelik, toʻngʻiz, boʻri, tulki, boʻrsiq, olmaxon,
oqsichqon yashaydi. Qushlarning 260 ga yaqin turi
(soʻfitoʻrgʻay, mayna, qorashaqshaq, qarchigʻay, boyqush,
bedana va boshqalar) uchraydi. "Kodru", "Gredina Turchaske",
"Yagorlik", "Playul Faguluy", "Prudil de Jos" kabi qoʻriqxonalar
tashkil etilgan.
Aholisining 65% moldavanlar; ukrainlar,
ruslar, ruminlar, gagauz va bolgarlar ham
bor. Davlat tili – moldavan tili. Koʻpchilik
aholi (95%) xristian dinining pravoslaviye
oqimiga mansub. Shahar aholisi 47%. Yirik
shaharlari: Kishinyov, Tiraspol, Bels,
Tiginya.
Moldova – industrial-agrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning
ulushi 38%, qishloq xoʻjaligining ulushi 42%, qurilish, transport va aloqaning
ulushi 11%.
Sanoati’. Oziq-ovqat sanoatida mevasabzavot konservalari tayyorlash, vinochilik,
qand-shakar, yogʻmoy ishlab chiqarish asosiy tarmoqlardir. Ogʻir sanoat maj-
muasida mashinasozlik, elektron, kimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda.
Yengil sanoat (tikuvchilik, toʻqimachilik va boshqalar) tarmoqlari x.am mavjud.
Konserva sanoatida 20 dan ortiq korxona bor, ular meva va sabzavotdan 100
xildan koʻproq konserva tayyorlaydi. Qand-shakar sanoati mamlakatning
shimolida joylashgan. Tamaki-fermentatsiya, parfyumeriya, farmatsevtika va
qandolatchilik, shuningdek, goʻsht, moy-pishloq, un-yorma sanoati tarmoqlari
ham rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari avtomatlashtirish
vositalari, temirchilik-press mashinalari, oziqovqat sanoati uchun texnologiya
uskunalari, elektr yuk ortkichlar, traktor, qishloq xoʻjaligi mashina-
mexanizmlari, nasoslar, oʻzgaruvchan tok elektr dvigatellari, sovitkichlar, kir
yuvish mashinalari, past voltli elektr apparatlari, kabel ishlab chiqaradi. Sunʼiy
teri, rezinatexnika buyumlari, lok-boʻyoq, kimyo, biokimyo, binokorlik
ashyolari, oʻrmon va yogochsozlik, poligrafiya korxonalari bor
Qishloq xoʻjal igida tokchilik va bogʻdorchilik yetakchi oʻrinda.
Uzumning xoʻraki va vinobop turlari yetishtiriladi. Moldova
janubiy va shimolida.kungaboqar ekiladi. Tamaki esa shimoliy va
markaziy tumanlarda oʻstiriladi. Gʻallachilikning makkajoʻxori
hamda bugʻdoy yetishtirish tarmoqlari rivojlangan. Sabzavot va
rezavor meva yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda
boqiladi.
Mamlakat mustaqillikka erishgach, xoʻjalikda bozor iqtisodiyoti
shakllarini joriy etishga kirishildi, jumladan, davlat korxonalari
xususiylashtirila boshladi, xususiy, qoʻshma korxonalar barpo
etildi. Qishloq xoʻjaligida dehqon (fermer) xoʻjaliklari tuzish
uchun yerlarni xususiy mulk qilib berishga kirishildi
Aslonova Nasiba Muxammadovna Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx

More Related Content

More from Nasiba Muxammadovna Aslonova (9)

Yevropa.ppt
Yevropa.pptYevropa.ppt
Yevropa.ppt
 
Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptxSharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
 
RUMINIYA 22.ppt
RUMINIYA 22.pptRUMINIYA 22.ppt
RUMINIYA 22.ppt
 
Janubiy Kavkaz davlatlari.ppt
Janubiy Kavkaz davlatlari.pptJanubiy Kavkaz davlatlari.ppt
Janubiy Kavkaz davlatlari.ppt
 
Italiya.ppt
Italiya.pptItaliya.ppt
Italiya.ppt
 
Germaniya.pptx
Germaniya.pptxGermaniya.pptx
Germaniya.pptx
 
Fransiya.ppt
Fransiya.pptFransiya.ppt
Fransiya.ppt
 
Buyuk Britaniya 1222.ppt
Buyuk Britaniya 1222.pptBuyuk Britaniya 1222.ppt
Buyuk Britaniya 1222.ppt
 
Rossiya iqt geo o'rni.ppt
Rossiya iqt geo o'rni.pptRossiya iqt geo o'rni.ppt
Rossiya iqt geo o'rni.ppt
 

Recently uploaded

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptxSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptxmukhammadali563
 
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptxTarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptxabbosmardaev1
 
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon571-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57yoqutxonmuhammadjono
 
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptxOta izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptxasadbeksayfullayev00
 
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptxPsixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptxsamandarmedic2005
 
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiMaktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiNasibaXaytbaeva1
 
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxonyoqutxonmuhammadjono
 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptxSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptxmukhammadali563
 

Recently uploaded (8)

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptxSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
 
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptxTarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
 
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon571-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
1-ma`ruza.pptx muhammadjonova yoqutxon57
 
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptxOta izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
Ota izidan qissasi by Odil Yoqubov .pptx
 
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptxPsixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
Psixologik salomatlik taqdimot djjjb.pptx
 
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishiMaktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
Maktabgacha talim tarixi mavzusida taqdimot ishi
 
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
4-ma`ruza.ppt BBT.ppt muhammadjonovayoqytxon
 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptxSuv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.pptx
 

Aslonova Nasiba Muxammadovna Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx

  • 2. 1. Geografik o’rni . 2. Tabiiy sharoiti va resurslari. 3. Tarixi . 4. Aholisi. 5. Sanoati . 6. Qishloq xo’jaligi. 7. Transporti .
  • 3.
  • 5.
  • 6. Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi (MDH) — davlatlararo tashkilot. 1991 yil 8- dekabrda Minskda Belarus, Rossiya, Ukraina tomonidan tuzilgan. Ana shu davlat rahbarlari imzo chekkan Bitimda SSSR chuqur tanazzulga uchrab parchalanib ketish natijasida yoʻq boʻlganligi qayd qilindi, uchala davlat siyosiy, iqtisodiy, gumanitar, madaniy va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga intilishini bayon etdi. 1991-yil 21-dekabrda Bitimga Ozarbayjon, Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston koʻshildi, ular Belarus, Rossiya va Ukraina bilan birga MDHning maqsad va qoidalari toʻgʻrisidagi Deklaratsiyaga Olmaota shahrida imzo chekdilar. 1993-yil dekabrda MDHga Gruziya qoʻshildi. 1993-yil yanvarda MDH Ustavi qabul qilindi, u davlatlarning inson huquqlari va erkinliklarini taʼminlash, tashqi siyosiy faoliyatini muvofiqlashtirish, umumiy iqtisodiy makonni vujudga keltirish, transport va aloqa tizimlarini rivojlantirish, aholi sogʻligʻi va atrof muhitni muhofaza qilish, ijtimoiy masalalar va immigratsiya siyosati, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash, mudofaa siyosatida hamkorlik qilish va tashqi chegaralarni qoʻriqlashda birgalikda faoliyat yuritishni nazarda tutadi. MDH haqiqiy aʼzolari bilan birga MDH faoliyatining ayrim turlarida qatnashuvchi aʼzolar boʻlishi mumkin. MDHning quyidagi organlari tashkil qilingan: Davlat boshliklari kengashi, Hukumat boshliqlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Davlatlararo iqtisodiy qoʻmita, markazi SanktPeterburgda boʻlgan Parlamentlararo assambleya va boshqa MDHning doimiy ishlovchi organi Minsk shahrida joylashgan Muvofiqlashtiruvchi maslahat qoʻmita hisoblanadi. Uning qoshida doimiy kotibiyat ishlaydi. Davlat boshliqlari kengashi 1 yilda kamida 2-marta oʻtkaziladi. MDH organlarining faoliyati MDH Nizomi bilan tartibga solinadi.
  • 7. Davlat Imzoladi Armaniston 21-dekabr 1991 Ozarbayjon 21-dekabr 1991 Belarus 8-dekabr 1991 Qozogʻiston 21-dekabr 1991 Qirgʻiziston 21-dekabr 1991 Moldova 21-dekabr 1991 Rossiya 8-dekabr 1991 Tojikiston 21-dekabr 1991 Turkmaniston 21-dekabr 1991 Ukraina 8-dekabr 1991 Oʻzbekiston 21-dekabr 1991
  • 8. Vengriya (Magyarorszag) yoki Vengriya Respublikasi (Magyar Koztar-sasag) — Yevropaning markaziy qismida, Dunay daryosining oʻrta oqimida joylashgan davlat.[1] Maydon 93 ming km2.[2] Yevropa Ittifoqi, Yevropa Kengashi, NATO, Jahon banki, Jahon savdo tashkiloti va BMTning aʼzosidir
  • 10. Vengriya — demokratik davlat. Amaldagi konstitutsiyasi 1949 yil 20 avgustda qabul qilingan (keyinchalik oʻzgarish va qoʻshimchalar kiritilgan). Davlat boshligʻi — prezident (2000 yildan F. Madl). Prezident mamlakat qurolli kuchlarining bosh qoʻmondoni hisoblanadi, hukumat boshligʻini tayinlaydi, qamal yoki favqulodda holat eʼlon qilish huquqiga ega. Uning vakolat muddati — 5 yil Qonun chiqaruvchi organi — parlament — Davlat majlisi. Uni aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylaydi. Ijroiya hokimiyat organi Vazirlar Kengashi boʻlib, unga bosh vazir boshchilik qiladi
  • 11.
  • 12. Mamlakat hududi asosan tekislikdan iborat. Dunay daryosining soʻl sohili — Katta Oʻrta Dunayning bir qismida 100 — 200 m balandlikdagi tepaliklar uchraydi. Dunayning oʻng sohili 150-200 m balandlikdagi Dunantul oʻrqir tekisligi va Oʻrta Mojar togʻlarining massivlari (Bakon, Vertesh, Pilish, Mechek va boshqalar) dan iborat. Mamlakatning shimoli-gʻarbida Kichik Oʻrta Dunay pasttekisligining janubiy qismi (Kishalfyold), shimoli-sharqda Karpat togʻlarining etaklari (mamlakatning eng baland nuqtasi — Matra massividagi Kekesh togʻi, 1015 m), gʻarbda Alp togʻlarining yon bagʻri (bal. 500-800 m) joylashgan. Asosiy foydali qazilmalari: boksit, qoʻngʻir va toshkoʻmir, neft, tabiiy gaz, uran, marganes, temir rudalari. Balaton koʻli qirgʻoqlarida shifobaxsh termal va maʼdanli issiq suv buloqlari bor. Iqlimi — moʻtadil, kontinental. Yanvarda oʻrtacha temperatura — 2, —4°, iyulda 20, 22,5°. Yillik yogʻin miqdori sharqda 450 mm dan janubi-gʻarbda 900 mm gacha. Sharqida qurgʻoqchilik boʻlib turadi. Yogʻinning koʻpi yoz boshida va kuzda yogʻadi. Dunay daryosi Vengriyani va uning poytaxti — Budapeshtni kesib oʻtadi. Uning irmoqlari — Tisa, Raba. Vengriyada koʻllar kam, eng kattasi Balaton koʻli. Yerlarining koʻp qismi — qora tuproq. Togʻ va adirlarda qoʻngʻir oʻrmon va karbonatli chim. Tisa va Dunay vodiylarida allyuvial tuproqpar. Alfyoldda shoʻrlangan kam unum tuproqlar uchraydi.
  • 13. Vengriya hududining 17,6 % oʻrmon bilan qoplangan. Oʻrmonlar asosan togʻ yon bagʻirlarining 300- 400 m dan baland qismlarida saqlanib qolgan. Hayvonlardan quyon, dala sichqoni, yumronqoziq, tulki, tipratikan, qushlardan toʻrgʻay. qorayaloq, qizilishton, boyqush. qamishzorlarda suv parrandalari uchraydi. Vengriyada Qishbalaton qoʻriqxonasi, Tixan, Xortobad va b. milliy bogʻlar bor.
  • 14. Aholining 97 % Mojarlar, shuningdek olmonlar, slovaklar, xorvatlar, ruminlar, yahudiylar, serblar, slovenlar, polyaklar, loʻlilar va b. ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi: 1 km: ga 115 kishi toʻgʻri keladi, 62 % aholi shaharlarda istiqomat qiladi. Dindorlar asosan katoliklar (64 %) va protestantlar (23 %). Rasmiy tili — mojar tili. Yirik shaharlari: Budapesht, Mishkols, Debresen, Seged, Pech.
  • 15. Vengriya — industrial-agrar mamlakat. Sanoati ilgʻor texnika bilan qurollangan, qishloq xoʻjaligi yuksak darajada rivojlangan. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 35,5 %, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 12 %. Sanoatining yetakchi tarmoqlari: mashinasozlik, qora va rangli metalurgiya, elektronika, oziq-ovqat, mebel va yengil sanoat. Yoqilgʻi-energetika balansida koʻmir asosiy oʻrin egallaydi (Tatabanya, Oroslan, Borshod, Mechek va boshqalar konlar). Neft va tabiiy gaz qazib olish rivojlangan. Elektr energiya asosan issiqpik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 32,5 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Qora metallurgiya asosan chetdan keltiriladigan ruda va koks asosida ishlaydi. Bu tarmoqning asosiy markazlari: Mishkols, Ozd va Dunayvarosh. Boksit-alyuminiy sanoati hal qiluvchi ahamiyatga ega (Almashfyuzit, Ayka, Tatabanya, Inot, Nirad-Deaki va boshqalar). Mashinasozlikning asosiy tarmoqlari — elektr texnika, priborsozlik, aloqa vositalari, hisoblash texnikasi, tibbiyot asbob-uskunalari ishlab chiqarish, shuningdek transport vositalari, ayniqsa kemasozlik, temir yoʻl vagonlari, avtobus ishlab chiqarish („Ikarus“ zavodlari) rivojlangan. Metall qirqish stanoklari, kimyo, yengil, oziq-ovqat sanoati uchun asbob-uskunalar, qishloq xoʻjaligi mashinalari, yoritish priborlari ham ishlab chiqariladi. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Budapesht, Dyor, Mishkols, Sekeshfexervar va Debresen. Farmatsevtika korxonalari Budapesht va Debresenda joylashgan
  • 16. Kimyo sanoati (maʼdanli oʻgʻitlar, organik sintez mahsulotlari ishlab chiqarish) muhim ahamiyatga ega. Yengil sanoat tarmoqlari orasida toʻqimachilik, tikuvchilik, poyabzal ishlab chiqarish (Budapesht, Dyor, Seged, Pech va boshqalar shaharlarda), oziq-ovqat sanoati (vinochilik, meva-sabzavot konserva, un tortish, qand-shakar, goʻsht sanoati va boshqalar) rivojlangan. Qishloq xoʻjaligida asosiy oʻrinni dehqonchilik oladi. Haydaladigan yerning 2/3 qismiga gʻalla ekiladi. Texnika ekinlaridan qand lavlagi, kungaboqar, tamaki, shuningdek kartoshka yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik mahsulotining anchagina qismi chet ellarga chiqarib sotiladi. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari— choʻchqachilik va parrandachilik. Qoramolchilik, qoʻychilik va sut mahsulotlari yetishtirish ham rivojlangan. Balaton koʻlida va Dunay daryosida baliq ovlanadi.
  • 17. Temir yoʻl va avtomobil transporti Vengriya transportining asosini tashkil kiladi. Temir yoʻllarning uz. — 7752 km (2277 km elektrlashtirilgan), avtomobil yoʻllarining uz. —30 ming km dan ortiq, ichki suv yoʻllarining uz. 1,6 ming km ni tashkil etadi. Dunay daryosida kemalar katnaydi; u kanal orqali Balaton koʻli bilan tutashtirilgan. Asosiy porti — Budapesht sh. Vengriya chetga asosan mashinalar va asbobuskunalar, ximikatlar, elektr ashyolari, boksit, dori-darmon, kiyim-kechak, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar, don kombaynlari, maʼdanli oʻgʻitlar va b. sotib oladi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Vengriya iktisodiyotiga xorijiy sarmoya jalb etish surʼatlari ancha yuqori. Vengriyaning tashqi savdodagi mijozlari — Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — forint. Tibbiy xizmatga Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbarlik qiladi. Vengriyada 90 mingdan ortiq oʻrinli kasalxonalar bor; 30 mingga yaqin shifokor tibbiy yordam koʻrsatadi. Shifokorlarni Budapesht, Seged, Pech, Debresendagi tibbiyot institutlari tayyorlaydi.
  • 18. MOLDAVA Moldova[6] (rumincha: Moldova), Moldova Respublikasi[7] (rumincha: Republica Moldova) – Yevropaning janubi-sharqiy qismidagi davlat. Ukraina va Ruminiya bilan chegaradosh. Maydoni 33 846 km2. Aholisi 3,557,600 kishi (2014). Jahonda aholisi boʻyicha 118 oʻrinni va hududi boʻyicha 135-oʻrinni egallaydi. Poytaxti – Kishinyov shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 tuman, 21 shahar va 48 shaharchaga boʻlinadi. Davlat tili – moldavancha Moldova konstitutsiyasiga koʻra; konstitutsiyaviy sudining qaroriga binoan – rumincha[1].
  • 19. Moldova Respublikasi rumincha: Republica Moldova Bayroq Gerb Shior: Yoʻq Madhiya: Limba Noastra (Our Tongue) Poytaxt Kishinyov Rasmiy til(lar) moldavancha (konstitutsiyasiga koʻra; konstitutsiyaviy sudining qaroriga binoan — rumincha [1] ) [2][3] Hukumat Parlamentar davlat
  • 20. Moldova – respublika. 1994-yil 29-iyulda kabul etilgan konstitutsiya amal qiladi. Davlat boshligʻi – parlament tomonidan saylanadigan prezident (2000-yildan V. Voronin). Qonun chiqaruvchi oliy organi – bir palatali parlament (Majlis), ijrochi organi – hukumat (Vazirlar kengashi).
  • 21. Moldova Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-gʻarbiy qismida joylashgan. Yer yuzasi oʻrqirli tekislik, dare vodiylari va jarliklar bor. Markaziy qismida Kodru qirlari joylashgan. Eng baland joyi 429,5 m. Dnestrning oʻng sohilini Dnestr boʻyi qirlari (balandligi 250–300 m, eng baland joyi 347 m) egallagan. Shimoliy Moldova tekisligi (250–300 m), Janubiy Moldova tekisligi bor. Ohaktosh, gips, shisha qumi, shagʻal, shuningdek, neft va gaz konlari topilgan.
  • 22. Iqlimi – moʻʼtadil kontinental. Qishi qisqa, iliq, qor kam yogʻadi, yozi uzoq va iliq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi – shimolida 19,5° va janubida 22°; eng yuqori temperatura 41°; yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida – 5° va janubida – 3°; eng past temperatura –36°. Yiliga shimolida 560 mm, janubi- gʻarbda 370 mm, qirlarda 500–560 mm, tekisliklarda 400–450 mm yogʻin yogʻadi. Daryolari Qora dengizga quyiladi. Eng katta daryolari – Dnestr (irmoklari – Reut, Bik, Botna), Prut (irmoklari – Chugur, Kamenka, Larga, Lapushna, Sarata).
  • 23. Tuproqlari – asosan, qoratuproq (75%), qoʻngʻir va kulrang oʻrmon tuprogʻi (10%); dare qayirlarida – allyuvialoʻtloqi tuproqlar. Hududining aksariyati dasht va oʻrmon dasht mintaqasida joylashgan boʻlib, koʻp qismi haydalib, ekin ekiladi. Mamlakat maydonining 9% ni egallagan oʻrmonlarda dub, shumtol, grab, qora qayin, joʻka oʻsadi. Chalov, betaga kabi dasht oʻsimliklari kamayib ketgan. Hayvonlardan oʻrmonda yelik, toʻngʻiz, boʻri, tulki, boʻrsiq, olmaxon, oqsichqon yashaydi. Qushlarning 260 ga yaqin turi (soʻfitoʻrgʻay, mayna, qorashaqshaq, qarchigʻay, boyqush, bedana va boshqalar) uchraydi. "Kodru", "Gredina Turchaske", "Yagorlik", "Playul Faguluy", "Prudil de Jos" kabi qoʻriqxonalar tashkil etilgan.
  • 24. Aholisining 65% moldavanlar; ukrainlar, ruslar, ruminlar, gagauz va bolgarlar ham bor. Davlat tili – moldavan tili. Koʻpchilik aholi (95%) xristian dinining pravoslaviye oqimiga mansub. Shahar aholisi 47%. Yirik shaharlari: Kishinyov, Tiraspol, Bels, Tiginya.
  • 25. Moldova – industrial-agrar mamlakat. Milliy daromad tarkibida sanoatning ulushi 38%, qishloq xoʻjaligining ulushi 42%, qurilish, transport va aloqaning ulushi 11%. Sanoati’. Oziq-ovqat sanoatida mevasabzavot konservalari tayyorlash, vinochilik, qand-shakar, yogʻmoy ishlab chiqarish asosiy tarmoqlardir. Ogʻir sanoat maj- muasida mashinasozlik, elektron, kimyo, metallurgiya sanoati yetakchi oʻrinda. Yengil sanoat (tikuvchilik, toʻqimachilik va boshqalar) tarmoqlari x.am mavjud. Konserva sanoatida 20 dan ortiq korxona bor, ular meva va sabzavotdan 100 xildan koʻproq konserva tayyorlaydi. Qand-shakar sanoati mamlakatning shimolida joylashgan. Tamaki-fermentatsiya, parfyumeriya, farmatsevtika va qandolatchilik, shuningdek, goʻsht, moy-pishloq, un-yorma sanoati tarmoqlari ham rivojlangan. Mashinasozlik va metallsozlik korxonalari avtomatlashtirish vositalari, temirchilik-press mashinalari, oziqovqat sanoati uchun texnologiya uskunalari, elektr yuk ortkichlar, traktor, qishloq xoʻjaligi mashina- mexanizmlari, nasoslar, oʻzgaruvchan tok elektr dvigatellari, sovitkichlar, kir yuvish mashinalari, past voltli elektr apparatlari, kabel ishlab chiqaradi. Sunʼiy teri, rezinatexnika buyumlari, lok-boʻyoq, kimyo, biokimyo, binokorlik ashyolari, oʻrmon va yogochsozlik, poligrafiya korxonalari bor
  • 26. Qishloq xoʻjal igida tokchilik va bogʻdorchilik yetakchi oʻrinda. Uzumning xoʻraki va vinobop turlari yetishtiriladi. Moldova janubiy va shimolida.kungaboqar ekiladi. Tamaki esa shimoliy va markaziy tumanlarda oʻstiriladi. Gʻallachilikning makkajoʻxori hamda bugʻdoy yetishtirish tarmoqlari rivojlangan. Sabzavot va rezavor meva yetishtirish ham muhim ahamiyatga ega. Chorvachilikda qoramol, choʻchqa, qoʻy va echki, parranda boqiladi. Mamlakat mustaqillikka erishgach, xoʻjalikda bozor iqtisodiyoti shakllarini joriy etishga kirishildi, jumladan, davlat korxonalari xususiylashtirila boshladi, xususiy, qoʻshma korxonalar barpo etildi. Qishloq xoʻjaligida dehqon (fermer) xoʻjaliklari tuzish uchun yerlarni xususiy mulk qilib berishga kirishildi