SlideShare a Scribd company logo
Osiyo Xalqaro Unversiteti Tibbiyot
Fakulteti 8_Dav_22 Guruhi Talabasi
Bozorov Qiyomiddinning Ichki
Kasaliklar Propidevtikasi Fanidan
Tayorlagan Taqdimot Ishi
Mavzu:Gipertonik kriz.
 Hozirgi kunda ko’pchilik
odamlar yuqori qon bosimi kabi
muammoga duch kelishmoqda. Tez-tez
qon bosimning ortishi gipertonik
kasallikning paydo bo’lishiga olib
keladi. Biroq, o’z-o’zidan, surunkali
shaklga ega bo’lgan gipertonik kasallik
hayotga to’g’ridan-to’g’ri xavf
tug’dirmaydi, lekin bu birinchi
navbatda yurak-qon tomir tizimining
a’zolari bilan bog’liq jiddiy asoratlar
paydo bo’lishi uchun xavf omilidir.
Shunga qaramay, gipertonik
kasallikning kuchayish davri ham bor.
Tibbiyotda bu gipertonik kriz sifatida
tanilgan.
Gipertonik krizning tarqalganligi
 Gipertonik kriz erkaklarga qaraganda ko’proq ayollarda
uchraydi. Kriz insonda birinchi marta paydo bo’lgan bo’lsa,
kelajakda bu holat yana takrorlanishi mumkin.
 Gipertonik kriz yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan
kasalliklardan biri. Ayni paytda, statistik ma’lumotlarga ko’ra,
aholining bu holat haqida xabardorligi juda past. Kishilarning
taxminan 40 foizi hayotida kamida bir marta gipertonik
inqirozni boshdan kechirgan. Shu bilan birga, bu holatni
faqatgina ayollarning 60 foizi va erkaklarning 40 foizigina
bilishgan. Ayollarning 45% va erkaklar 20% bu holatni oldini
olish uchun zarur bo’lgan dori-darmonlarni qabul qilishadi.
Gipertonik krizning sabablari
 Gipertonik krizning kelib
chiqishi uchun javob beradigan
asosiy sababchi — gipertonik
kasallikdir. Shu bilan birga, bu
vaziyat boshqa kasalliklarda
yuzaga keladigan ikkilamchi
gipertoniyalarda ham kuzatilishi
mumkin:
 Yurak ishemik kasalligi;
 Buyrak kasalligi
(pielonefrit, glomerulonefrit, sur
unkali buyrak yetishmovchiligi,
buyrak-tosh kasalligi);
 Bosh jarohatlari;
 Insult;
 Gipertireoz;
 Alkogolizm;
 Gormonal muvozanatning
buzilishi;
 Aorta aterosklerozi;
 Qandli diabet;
 Tizimli qizil yuguruk,
 Homilador ayollarning
nefropatiyasi.
Gipertonik kriz kelib chiqishiga turtki beruvchi
omillar quyidagilardir:
 Kamharakat hayot tarzi;
 Ortiqcha vazn;
 Qandli diabet;
 Yurak ishemik kasalligi;
 Qahva yoki kofeinli ichimliklarni
suiste’mol qilish;
 Prostata bezining adenomasi;
 Ayollarda klimaks davri;
 Feoxromositoma;
 Osteoxondroz;
 Vegeto-tomir distoniyasi;
 Stress va depressiya
 Ko’p miqdorda suyuqlik yoki osh
tuzi qabul qilish;
 Ob-havo (isishi yoki sovushi) va
atmosfera bosimining o’zgarishi,
iqlim zonalarining o’zgarishi;
 Gipotenziv dorilarni qabul qilish
rejimiga rioya qilmaslik (gipertonik
bemorlarda);
 Kechalari uxlamaslik;
 Ba’zi dori-darmonlarni dozasini
oshirib yuborish (adrenomimetik,
erlik quvvatini kuchaytirish uchun
preparatlar).
 Shuningdek alohida yomon
odatlar — chekish
va alkogolizm haqida aytish
kerak. Spirtli ichimliklar
ichuvchi odamlar yuqori qon
bosimi muammolaridan oddiy
odamlarga qaraganda ikki
marotaba ko’proq aziyat
chekishi, bitta chekilgan
sigareta esa qon bosimini 30
mm.sim.ust. ga ko’tarishi
mumkinligi aniqlangan. Spirt va
nikotin kapillyar qon
aylanishning yomonlashuviga
va kichik tomirlar zararlanishiga
olib kelishi aniqlangan.
Gipertonik kriz alomatlari va belgilari
 Bosh og’rig’i;
 Bosh aylanishi;
 Quloqdagi shovqin;
 Irradatsiyasiz, yurak soahsidagi
sanchiqli og’riq;
 Yurak ritmining buzilishi
(taxikardiya, ayrim hollarda —
bradikardiya);
 Zaiflik;
 Tanadagi titroq;
 Nafas qisilishi;
 Terlashning ko’payishi;
 Tana haroratining oshishi;
 Qo’rquv hissi, tashvish;
 Ko’z olmasining noixtiyoriy
Gipertonik kriz asoratlari
 Infarkt;
 Insult;
 Entsefalopatiya;
 Parkinson kasalligi;
 Aqliy qobiliyatning kamayishi;
 Falajlar;
 Ko’rish buzilishi;
 O’tkir buyrak yetishmovchiligi;
 Jigar disfunktsiyasi;
 Surunkali yurak-qon tomir
yetishmovchiligi;
 O’pka arteriyalarning
tromboemboliyasi;
 Yurak mushagining yoki yurak
qorinchalarining gipertrofiyasi;
 O’pka shishi;
 Miya shishi;
 Yurakning ishemik kasalligi;
 Aorta anevrizmasi.
Gipertonik krizni davolash
 Agar kriz bemorda ilk marotaba yuzaga kelgan bo’lsa yoki undan
oldingi holatdan ko’ra og’irroq bo’lsa, shoshilinch tibbiy yordam
chaqirish kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, tez yordam guruhlari
ko’pchilik hollarda gipertonik kriz tufayli chaqiriladi. Boshqa
hollarda, bemorga mustaqil ravishda yordam berish mumkin.
 Ko’p hollarda, gipertonik krizlar uy sharoitida davolanadi. Biroq,
murakkab krizlar yuz berganda, a’zolarga zarar yetishi ehtimolligi
yuqori bo’lsa, bemor kasalxonaga yotqizilishi mumkin.
Kasalxonada gipertonik krizni davolash kardiologiya bo’limida
yoki umumiy terapiya bo’limida olib boriladi. Asoratlanmagan
krizlar hollarida tez tibbiy yordam brigadasi kelganidan keyin
yoram odatda vena ichiga gipotenziv preparatlarni yuborish bilan
cheklanadi. Gipertoniyaning keyini davolanishi ambulatoriya
sharoitida amalga oshiriladi.
Qon bosimining pasayishi
 Krizni davolashning
birinchi vazifasi qon
bosimini pasaytirishdir.
Bunga faqat gipotenziv
preparatlar yordamida
erishish mumkin. Biroq,
shuni yodda tutish
kerakki, qon bosimini
birdan tushirish
gipertonik krizdan ham
yomonroq oqibatlarga
olib kelishi mumkin,
ayniqsa kollaps, hushdan
ketish va hattoki insultga.
 Dastlabki 2 soatda bosimni
taxminan 20-25% ga
pasaytirish kerak. Keyingi 6
soat ichida bosimni qon
bosimning yuqori normal
chegaralarigacha tushirishga
harakat qilish kerak.
 Shuning uchun, dorilarning katta dozasini yoki bemorga
ta’siri avvaldan ma’lum bo’lmagan preparatlarni qabul
qilish mumkin emas. Shunga qaramay, bu holatda
kuchsiz preparatlar ham mos kelmaydi.
 Shunisi e’tiborga loyiqki, barcha gipotonik preparatlar
ham yuqori bosim ko’rsatkichlarini tezda pasayishi
uchun to’g’ri kelmaydi. Xususan, hozirda ko’pincha
surunkali gipertoniyani davolash uchun qo’llaniladigan
sartan yoki angiotenzin retseptorlari antogonistlari
guruhidagi preparatlar qonga bir necha soat davomida
singadi va gipertonik kriz holatlarida bunday preparatlar
to’g’ri kelmaydi.
 Gipertonik krizlarda eng yuqori
ta’sir tezligi va samaradorlik
Kaptopril (Kapoten) tomonidan
ko’rsatildi. Bundan tashqari, u
nisbatan eng xavfsiz dori
hisoblanadi va minimal nojo’ya
ta’sirga ega. Xususan, u miya
qon aylanishiga kam ta’sir qiladi,
shuning uchun ishemik insult
rivojlanishi xavfi bo’lmaydi.
Preparat ta’siri 15 daqiqadan
keyin boshlanadi. Odatdagi doza
— 25-50 mg. Dori ta’sirini
tezlashtirish uchun til ostiga
qo’yish tavsiya etiladi.
 Bundan tashqari, ko’plab
shifokorlar Nifedipin
(Korinfar) dan
foydalanishni tavsiya
etadilar. Bir martalik doza
10-20 mg ni tashkil qiladi. 5
daqiqali oraliq bilan ikkita
tabletka qabul qilish
mumkin. Biroq,
ushbu preparatni doimiy
foydalanish uchun qo’llash
mumkin emas, chunki u
kaptoprilga qaraganda
ko’proq nojo’ya ta’sirga
ega.
 Zaxiradagi dori sifatida 0,3 mg
dozada Klonidin (Klofeline) kabi
markaziy ta’sirga ega preparatlarni
qo’llash mumkin. Ular deyarli har
qanday krizlarda yordam beradi.
Klonidin, xususan, yurak haydashini
oshirmasligi kabi afzalligi bor va uni
sezilari taxikardiyalarda ham qo’llasa
bo’ladi. Shunga qaramasdan,
markaziy ta’sirga ega dorilar ko’plab
nojo’ya ta’sirga ega ekanligini
unutmaslik kerak. Misol uchun,
Klofelin alkogol bilan birgalikda
kuchli zaharlanishga olib kelishi
mumkin. Bundan tashqari, uning
doimiy ishlatilishi dorilarga
bog’liqlikka sabab bo’lishi mumkin.
 Bundan tashqari, krizlarda
Furosemid kabi
diuretiklarni (siydik
haydovchilarni) qo’llash
tavsiya etiladi. Agar
bemorga gipertonik kasallik
uchun boshqa dori
buyurilgan bo’lsa, aynan
o’shalarni qabul qilish
kerak.
Kasalxonalarda eng ko’p ishlatiladigan
gipotenziv va tomir kengaytiruvchi dorilar:
Magneziy sulfat;
Nitrogliserin;
Benzogeksoniy;
Arfonad;
Kaptopril;
Nifedipin;
Klonidin;
Gidralazin,
Trimetafan kamsilat;
Azametoniy bromid;
Labetalol;
Fenoldopam;
Natriy nitroprussid.
Bezovtalik va titroq holatlarini bartaraf qilish
uchun relanium, aminazin qo’llanilishi mumkin.
Mushaklar va arteriyalar spazmini bartaraf qilish
uchun spazmolitiklar ishlatiladi, masalan,
drotaverin. Miya qon aylanishini yaxshilash
uchun eufillin ishlatiladi. Gipertonik krizlarda
shuningdek diuretiklar ham samaralidir.
Statsionar sharoitida ishlatiladigan ko’plab
dorilar aniq dozalashni talab qiladi va faqatgina
malakali shifokorlar tomonidan berilishi
mumkinligini yodda tutish kerak. Bunday
preparatlarni uy sharoitida, mustaqil qabul qilish
fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.
 Gipertonik kriz paytida
tinchlanish uchun Validol
tabletkasini, korvalol yoki
valokardin tomchilarini,
valeriana damlamasini
qabul qilish kerak. Bundan
tashqari, bemor nafasni
me’yorga keltirishi, uni bir
tekis qilishi kerak. Buning
uchun, bir necha marta
chuqur nafas olib chiqarish
lozim.
Yordam ko’rsatishning boshqa usullari
 Gipertonik krizda yotgan holatni egallash kerak. Yurish va ba’zi jismoniy
harakatlar qilinishi mumkin emas. Ensaga sovuq kompress qo’llanilishi
mumkin. Bunday vaziyatda bemorga suyuqlik ichish tavisya etilmaydi,
chunki suv qayt qilishga olib kelishi, u esa o’z navbatida qon
bosimining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari,
organizmdagi ortiqcha suyuqlik o’z-o’zidan bosimni oshiradi. Agar
bemorda nafas olishni qiyinlashitradigan tor yoki bo’yinni qisuvchi kiyim
bo’lsa, ularni yechish yoki bo’yin atrofidagi tugmalarni bo’shatish kerak.
Bundan tashqari, xonaga toza havo kirishini ta’minlash kerak. Agar
bemorni varaja qiynayotgan bo’lsa, oyoqlarini issiq to’sham bilan o’rab
qo’yish tavsiya etiladi.
 Gipotonik preparat qabul qilganidan keyin taxminan yarim soat o’tgach
qon bosimini o’lchash kerak. Hech qanday yaxshilanish bo’lmasa, unda
yana bitta dori dozasini qabul qilish mumkin.
Gipertoniya inqirozidan keyin bemorning
tiklanishi
 Jiddiy krizdan so’ng qayta tiklash davri xuruj salbiy
oqibatlarini, shuningdek, qaytalanish ehtimolini kamaytirish
uchun talab qilinadi. To’g’ri ovqatlanish tanani tiklashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Ratsionida hayvon yog’lari va
uglevodlar ulushini, tuzni kamaytirish tavsiya etiladi.
Kundalik tartibga muntazam amal qilib borish, nizoli
vaziyatlardan qochish kerak. Dastlabki vaqtlarda jismoniy
zo’riqishlardan qochish tavsiya etiladi, ammo bemor ahvoli
yaxshilanishi bilan muntazam sayohat qilish, shifobaxsh
jismoniy mashqlar bajarish kerak. Va albatta, muntazam
ravishda shifkor buyurgan dorilarni qabul qilish kerak.
Gipertonik kriz profilaktikasi
 Gipertonik krizlar boshqa
kasalliklar yo’qligida hech
qachon sodir bo’lmasligi
tufayli, uning oldini olish
uchun profilaktik chora-
tadbirlar avvalambor o’z
ichiga asosiy kasalliklarni
— gipertoniya, ishemiya,
osteoxondroz, buyrak
kasalligi, endokrin
anomaliyasini davolashni
oladi.
 Agar krizlar vegeto-tomir
buzilishi, kamharakatlik,
stress natijasida
rivojlangan bo’lsa,
shifobaxsh mashqlar
bajarish, stress darajasini
pasaytirish va ortiqcha
charchamaslik kerak.
Bundan tashqari, yomon
odatlarni — chekish,
spirtli ichimliklarni
iste’mol qilishni tashlash
kerak.
Эьтиборингиз учун рахмат!

More Related Content

Featured

Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)contently
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024Albert Qian
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsKurio // The Social Media Age(ncy)
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Search Engine Journal
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summarySpeakerHub
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Tessa Mero
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentLily Ray
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best PracticesVit Horky
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementMindGenius
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...RachelPearson36
 
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Applitools
 
12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at WorkGetSmarter
 
Ride the Storm: Navigating Through Unstable Periods / Katerina Rudko (Belka G...
Ride the Storm: Navigating Through Unstable Periods / Katerina Rudko (Belka G...Ride the Storm: Navigating Through Unstable Periods / Katerina Rudko (Belka G...
Ride the Storm: Navigating Through Unstable Periods / Katerina Rudko (Belka G...DevGAMM Conference
 
Barbie - Brand Strategy Presentation
Barbie - Brand Strategy PresentationBarbie - Brand Strategy Presentation
Barbie - Brand Strategy PresentationErica Santiago
 
Good Stuff Happens in 1:1 Meetings: Why you need them and how to do them well
Good Stuff Happens in 1:1 Meetings: Why you need them and how to do them wellGood Stuff Happens in 1:1 Meetings: Why you need them and how to do them well
Good Stuff Happens in 1:1 Meetings: Why you need them and how to do them wellSaba Software
 

Featured (20)

Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
 
How to have difficult conversations
How to have difficult conversations How to have difficult conversations
How to have difficult conversations
 
Introduction to Data Science
Introduction to Data ScienceIntroduction to Data Science
Introduction to Data Science
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best Practices
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project management
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
 
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
 
12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work
 
ChatGPT webinar slides
ChatGPT webinar slidesChatGPT webinar slides
ChatGPT webinar slides
 
More than Just Lines on a Map: Best Practices for U.S Bike Routes
More than Just Lines on a Map: Best Practices for U.S Bike RoutesMore than Just Lines on a Map: Best Practices for U.S Bike Routes
More than Just Lines on a Map: Best Practices for U.S Bike Routes
 
Ride the Storm: Navigating Through Unstable Periods / Katerina Rudko (Belka G...
Ride the Storm: Navigating Through Unstable Periods / Katerina Rudko (Belka G...Ride the Storm: Navigating Through Unstable Periods / Katerina Rudko (Belka G...
Ride the Storm: Navigating Through Unstable Periods / Katerina Rudko (Belka G...
 
Barbie - Brand Strategy Presentation
Barbie - Brand Strategy PresentationBarbie - Brand Strategy Presentation
Barbie - Brand Strategy Presentation
 
Good Stuff Happens in 1:1 Meetings: Why you need them and how to do them well
Good Stuff Happens in 1:1 Meetings: Why you need them and how to do them wellGood Stuff Happens in 1:1 Meetings: Why you need them and how to do them well
Good Stuff Happens in 1:1 Meetings: Why you need them and how to do them well
 

GIPERTONIK KRIZ.pptx

  • 1. Osiyo Xalqaro Unversiteti Tibbiyot Fakulteti 8_Dav_22 Guruhi Talabasi Bozorov Qiyomiddinning Ichki Kasaliklar Propidevtikasi Fanidan Tayorlagan Taqdimot Ishi Mavzu:Gipertonik kriz.
  • 2.  Hozirgi kunda ko’pchilik odamlar yuqori qon bosimi kabi muammoga duch kelishmoqda. Tez-tez qon bosimning ortishi gipertonik kasallikning paydo bo’lishiga olib keladi. Biroq, o’z-o’zidan, surunkali shaklga ega bo’lgan gipertonik kasallik hayotga to’g’ridan-to’g’ri xavf tug’dirmaydi, lekin bu birinchi navbatda yurak-qon tomir tizimining a’zolari bilan bog’liq jiddiy asoratlar paydo bo’lishi uchun xavf omilidir. Shunga qaramay, gipertonik kasallikning kuchayish davri ham bor. Tibbiyotda bu gipertonik kriz sifatida tanilgan.
  • 3. Gipertonik krizning tarqalganligi  Gipertonik kriz erkaklarga qaraganda ko’proq ayollarda uchraydi. Kriz insonda birinchi marta paydo bo’lgan bo’lsa, kelajakda bu holat yana takrorlanishi mumkin.  Gipertonik kriz yurak-qon tomir tizimining eng keng tarqalgan kasalliklardan biri. Ayni paytda, statistik ma’lumotlarga ko’ra, aholining bu holat haqida xabardorligi juda past. Kishilarning taxminan 40 foizi hayotida kamida bir marta gipertonik inqirozni boshdan kechirgan. Shu bilan birga, bu holatni faqatgina ayollarning 60 foizi va erkaklarning 40 foizigina bilishgan. Ayollarning 45% va erkaklar 20% bu holatni oldini olish uchun zarur bo’lgan dori-darmonlarni qabul qilishadi.
  • 4. Gipertonik krizning sabablari  Gipertonik krizning kelib chiqishi uchun javob beradigan asosiy sababchi — gipertonik kasallikdir. Shu bilan birga, bu vaziyat boshqa kasalliklarda yuzaga keladigan ikkilamchi gipertoniyalarda ham kuzatilishi mumkin:  Yurak ishemik kasalligi;  Buyrak kasalligi (pielonefrit, glomerulonefrit, sur unkali buyrak yetishmovchiligi, buyrak-tosh kasalligi);  Bosh jarohatlari;  Insult;  Gipertireoz;  Alkogolizm;  Gormonal muvozanatning buzilishi;  Aorta aterosklerozi;  Qandli diabet;  Tizimli qizil yuguruk,  Homilador ayollarning nefropatiyasi.
  • 5. Gipertonik kriz kelib chiqishiga turtki beruvchi omillar quyidagilardir:  Kamharakat hayot tarzi;  Ortiqcha vazn;  Qandli diabet;  Yurak ishemik kasalligi;  Qahva yoki kofeinli ichimliklarni suiste’mol qilish;  Prostata bezining adenomasi;  Ayollarda klimaks davri;  Feoxromositoma;  Osteoxondroz;  Vegeto-tomir distoniyasi;  Stress va depressiya  Ko’p miqdorda suyuqlik yoki osh tuzi qabul qilish;  Ob-havo (isishi yoki sovushi) va atmosfera bosimining o’zgarishi, iqlim zonalarining o’zgarishi;  Gipotenziv dorilarni qabul qilish rejimiga rioya qilmaslik (gipertonik bemorlarda);  Kechalari uxlamaslik;  Ba’zi dori-darmonlarni dozasini oshirib yuborish (adrenomimetik, erlik quvvatini kuchaytirish uchun preparatlar).
  • 6.  Shuningdek alohida yomon odatlar — chekish va alkogolizm haqida aytish kerak. Spirtli ichimliklar ichuvchi odamlar yuqori qon bosimi muammolaridan oddiy odamlarga qaraganda ikki marotaba ko’proq aziyat chekishi, bitta chekilgan sigareta esa qon bosimini 30 mm.sim.ust. ga ko’tarishi mumkinligi aniqlangan. Spirt va nikotin kapillyar qon aylanishning yomonlashuviga va kichik tomirlar zararlanishiga olib kelishi aniqlangan.
  • 7. Gipertonik kriz alomatlari va belgilari  Bosh og’rig’i;  Bosh aylanishi;  Quloqdagi shovqin;  Irradatsiyasiz, yurak soahsidagi sanchiqli og’riq;  Yurak ritmining buzilishi (taxikardiya, ayrim hollarda — bradikardiya);  Zaiflik;  Tanadagi titroq;  Nafas qisilishi;  Terlashning ko’payishi;  Tana haroratining oshishi;  Qo’rquv hissi, tashvish;  Ko’z olmasining noixtiyoriy
  • 8. Gipertonik kriz asoratlari  Infarkt;  Insult;  Entsefalopatiya;  Parkinson kasalligi;  Aqliy qobiliyatning kamayishi;  Falajlar;  Ko’rish buzilishi;  O’tkir buyrak yetishmovchiligi;  Jigar disfunktsiyasi;  Surunkali yurak-qon tomir yetishmovchiligi;  O’pka arteriyalarning tromboemboliyasi;  Yurak mushagining yoki yurak qorinchalarining gipertrofiyasi;  O’pka shishi;  Miya shishi;  Yurakning ishemik kasalligi;  Aorta anevrizmasi.
  • 9. Gipertonik krizni davolash  Agar kriz bemorda ilk marotaba yuzaga kelgan bo’lsa yoki undan oldingi holatdan ko’ra og’irroq bo’lsa, shoshilinch tibbiy yordam chaqirish kerak. Shuni ta’kidlash kerakki, tez yordam guruhlari ko’pchilik hollarda gipertonik kriz tufayli chaqiriladi. Boshqa hollarda, bemorga mustaqil ravishda yordam berish mumkin.  Ko’p hollarda, gipertonik krizlar uy sharoitida davolanadi. Biroq, murakkab krizlar yuz berganda, a’zolarga zarar yetishi ehtimolligi yuqori bo’lsa, bemor kasalxonaga yotqizilishi mumkin. Kasalxonada gipertonik krizni davolash kardiologiya bo’limida yoki umumiy terapiya bo’limida olib boriladi. Asoratlanmagan krizlar hollarida tez tibbiy yordam brigadasi kelganidan keyin yoram odatda vena ichiga gipotenziv preparatlarni yuborish bilan cheklanadi. Gipertoniyaning keyini davolanishi ambulatoriya sharoitida amalga oshiriladi.
  • 10. Qon bosimining pasayishi  Krizni davolashning birinchi vazifasi qon bosimini pasaytirishdir. Bunga faqat gipotenziv preparatlar yordamida erishish mumkin. Biroq, shuni yodda tutish kerakki, qon bosimini birdan tushirish gipertonik krizdan ham yomonroq oqibatlarga olib kelishi mumkin, ayniqsa kollaps, hushdan ketish va hattoki insultga.  Dastlabki 2 soatda bosimni taxminan 20-25% ga pasaytirish kerak. Keyingi 6 soat ichida bosimni qon bosimning yuqori normal chegaralarigacha tushirishga harakat qilish kerak.
  • 11.  Shuning uchun, dorilarning katta dozasini yoki bemorga ta’siri avvaldan ma’lum bo’lmagan preparatlarni qabul qilish mumkin emas. Shunga qaramay, bu holatda kuchsiz preparatlar ham mos kelmaydi.  Shunisi e’tiborga loyiqki, barcha gipotonik preparatlar ham yuqori bosim ko’rsatkichlarini tezda pasayishi uchun to’g’ri kelmaydi. Xususan, hozirda ko’pincha surunkali gipertoniyani davolash uchun qo’llaniladigan sartan yoki angiotenzin retseptorlari antogonistlari guruhidagi preparatlar qonga bir necha soat davomida singadi va gipertonik kriz holatlarida bunday preparatlar to’g’ri kelmaydi.
  • 12.  Gipertonik krizlarda eng yuqori ta’sir tezligi va samaradorlik Kaptopril (Kapoten) tomonidan ko’rsatildi. Bundan tashqari, u nisbatan eng xavfsiz dori hisoblanadi va minimal nojo’ya ta’sirga ega. Xususan, u miya qon aylanishiga kam ta’sir qiladi, shuning uchun ishemik insult rivojlanishi xavfi bo’lmaydi. Preparat ta’siri 15 daqiqadan keyin boshlanadi. Odatdagi doza — 25-50 mg. Dori ta’sirini tezlashtirish uchun til ostiga qo’yish tavsiya etiladi.
  • 13.  Bundan tashqari, ko’plab shifokorlar Nifedipin (Korinfar) dan foydalanishni tavsiya etadilar. Bir martalik doza 10-20 mg ni tashkil qiladi. 5 daqiqali oraliq bilan ikkita tabletka qabul qilish mumkin. Biroq, ushbu preparatni doimiy foydalanish uchun qo’llash mumkin emas, chunki u kaptoprilga qaraganda ko’proq nojo’ya ta’sirga ega.
  • 14.  Zaxiradagi dori sifatida 0,3 mg dozada Klonidin (Klofeline) kabi markaziy ta’sirga ega preparatlarni qo’llash mumkin. Ular deyarli har qanday krizlarda yordam beradi. Klonidin, xususan, yurak haydashini oshirmasligi kabi afzalligi bor va uni sezilari taxikardiyalarda ham qo’llasa bo’ladi. Shunga qaramasdan, markaziy ta’sirga ega dorilar ko’plab nojo’ya ta’sirga ega ekanligini unutmaslik kerak. Misol uchun, Klofelin alkogol bilan birgalikda kuchli zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, uning doimiy ishlatilishi dorilarga bog’liqlikka sabab bo’lishi mumkin.
  • 15.  Bundan tashqari, krizlarda Furosemid kabi diuretiklarni (siydik haydovchilarni) qo’llash tavsiya etiladi. Agar bemorga gipertonik kasallik uchun boshqa dori buyurilgan bo’lsa, aynan o’shalarni qabul qilish kerak.
  • 16. Kasalxonalarda eng ko’p ishlatiladigan gipotenziv va tomir kengaytiruvchi dorilar: Magneziy sulfat; Nitrogliserin; Benzogeksoniy; Arfonad; Kaptopril; Nifedipin; Klonidin; Gidralazin, Trimetafan kamsilat; Azametoniy bromid; Labetalol; Fenoldopam; Natriy nitroprussid.
  • 17. Bezovtalik va titroq holatlarini bartaraf qilish uchun relanium, aminazin qo’llanilishi mumkin. Mushaklar va arteriyalar spazmini bartaraf qilish uchun spazmolitiklar ishlatiladi, masalan, drotaverin. Miya qon aylanishini yaxshilash uchun eufillin ishlatiladi. Gipertonik krizlarda shuningdek diuretiklar ham samaralidir. Statsionar sharoitida ishlatiladigan ko’plab dorilar aniq dozalashni talab qiladi va faqatgina malakali shifokorlar tomonidan berilishi mumkinligini yodda tutish kerak. Bunday preparatlarni uy sharoitida, mustaqil qabul qilish fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin.
  • 18.  Gipertonik kriz paytida tinchlanish uchun Validol tabletkasini, korvalol yoki valokardin tomchilarini, valeriana damlamasini qabul qilish kerak. Bundan tashqari, bemor nafasni me’yorga keltirishi, uni bir tekis qilishi kerak. Buning uchun, bir necha marta chuqur nafas olib chiqarish lozim.
  • 19. Yordam ko’rsatishning boshqa usullari  Gipertonik krizda yotgan holatni egallash kerak. Yurish va ba’zi jismoniy harakatlar qilinishi mumkin emas. Ensaga sovuq kompress qo’llanilishi mumkin. Bunday vaziyatda bemorga suyuqlik ichish tavisya etilmaydi, chunki suv qayt qilishga olib kelishi, u esa o’z navbatida qon bosimining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, organizmdagi ortiqcha suyuqlik o’z-o’zidan bosimni oshiradi. Agar bemorda nafas olishni qiyinlashitradigan tor yoki bo’yinni qisuvchi kiyim bo’lsa, ularni yechish yoki bo’yin atrofidagi tugmalarni bo’shatish kerak. Bundan tashqari, xonaga toza havo kirishini ta’minlash kerak. Agar bemorni varaja qiynayotgan bo’lsa, oyoqlarini issiq to’sham bilan o’rab qo’yish tavsiya etiladi.  Gipotonik preparat qabul qilganidan keyin taxminan yarim soat o’tgach qon bosimini o’lchash kerak. Hech qanday yaxshilanish bo’lmasa, unda yana bitta dori dozasini qabul qilish mumkin.
  • 20. Gipertoniya inqirozidan keyin bemorning tiklanishi  Jiddiy krizdan so’ng qayta tiklash davri xuruj salbiy oqibatlarini, shuningdek, qaytalanish ehtimolini kamaytirish uchun talab qilinadi. To’g’ri ovqatlanish tanani tiklashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ratsionida hayvon yog’lari va uglevodlar ulushini, tuzni kamaytirish tavsiya etiladi. Kundalik tartibga muntazam amal qilib borish, nizoli vaziyatlardan qochish kerak. Dastlabki vaqtlarda jismoniy zo’riqishlardan qochish tavsiya etiladi, ammo bemor ahvoli yaxshilanishi bilan muntazam sayohat qilish, shifobaxsh jismoniy mashqlar bajarish kerak. Va albatta, muntazam ravishda shifkor buyurgan dorilarni qabul qilish kerak.
  • 21. Gipertonik kriz profilaktikasi  Gipertonik krizlar boshqa kasalliklar yo’qligida hech qachon sodir bo’lmasligi tufayli, uning oldini olish uchun profilaktik chora- tadbirlar avvalambor o’z ichiga asosiy kasalliklarni — gipertoniya, ishemiya, osteoxondroz, buyrak kasalligi, endokrin anomaliyasini davolashni oladi.  Agar krizlar vegeto-tomir buzilishi, kamharakatlik, stress natijasida rivojlangan bo’lsa, shifobaxsh mashqlar bajarish, stress darajasini pasaytirish va ortiqcha charchamaslik kerak. Bundan tashqari, yomon odatlarni — chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishni tashlash kerak.