SlideShare a Scribd company logo
1 of 10
Download to read offline
Ona tili darslarining
noan'anaviy shakllari
Navoiy Davlat pedagogika instituting “maktabgacha va
boshlang’ich ta’lim” fakultetining “boshlang’ich ta’lim”
yo’nalishining 1-G kurs talabasi Ximmatova Mohichehra
Reja:
1) Noananaviy
darslarning mazmun-
mohiyati.
2) Noan’anaviy darslarda
tarqatma materiallar
ustida ishlash
+ Boshlang’ich ta’limda ona tili o’qituvchi asosiy o’rinni egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi
bo’limlarni ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish.
3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish.
+ Ona tili darslari o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o’stirish bilan bir qatorda,
ularda ahloqiy va estetik tassavvurlarni shakllantirish, nafosat hissini tarbiyalash, mantiqiy
tafakkur yuritishga o’rgatish, bilim manbai bo’lgan kitobni sevish kabi muhim masalalarni ham hal
etishini nazarda tutadi.
+ «Fonetika, grammatika, to’g’ri yozuv va nutq o’stirish» dasturi, «Tovushlar va harflar», «So’z»,
«Gap», «Bog’lanishli nutq» va «Husnixat» bo’limlarini o’z ichiga oladi. Mana shu bo’limlarni
o’tish, o’quvchiga singdirish jarayonida o’qituvchi o’zining bor mahoratini ko’rsatib, ona tili
darslarini noan’anaviy tarzda o’tib, o’quvchilarni qiziqtira olishi, shu bilan birga ularning
grammatik savodini rivojlantirib borishi lozim.
+ Ilg’or pedagogik texnologiyaning juda ko’p usullari mavjud bo’lib, ular seminar darslar,
konferentsiya darslari «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «BBB» (Bilar edim, bilishni
hoxlayman, bilim oldim), «Mantiqiy tafakkur» va boshqalardir. Bu sullardan o’quvchining yoshi,
psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin.
+ Ona tili o’qitishda noan’anaviy dars usuli yuqori samara bermoqda. Bu usul o’z ichiga bir
qancha metodlarni oladi. Masalan: ma’ruza, suhbat, test, og’zaki bayon, mustaqil yoki amaliy
ish, lug’at bilan ishlash, diktant, uy ishi, bellashuv, musobaqa, sayohat krossvordlarni tuzish va
yechish, savol-javob va boshqalar.
+ O’qituvchi bir soatlik dars davomida mana shu metodlarning bir nechtasidan samarali
foydalana olsa, u ilg’or pedagogik texnologiya asosida noan’anaviy dars o’tgan bo’ladi.
+ Ona tili darslarining tuzilishi mavzusi, maqsad, metod, jihoz, darsning borishi qismlaridan iborat
bo’ladi. O’qituvchi dars o’tish jarayonida darsning mavzusi, maqsadi, metodi, jihozi qismi
shundayligicha qoldiradi, ammo darsning borishi qismiga mustaqil o’zgartirishlar kiritsa bo’ladi.
Ya’ni ish:
Musta
qil ish.
Og’zak
i
bayon.
Bellash
uv.
Lug’at
diktant
.
Test.
Kitob
bilan
ishlash
.
Yangi
mavzu.
Dars
yakuni va
uyga
vazifa
jumlalari
bilan
almashtir
sa
bo’ladi.
+ Bunday darslarda o’quvchi o’zini erkin tutadi, mustaqil fikrlaydi, og’zaki va yozma nutqi o’sadi,
yangi mavzuni o’zlashtirishi oson bo’ladi, dars qiziqarli bo’lganligi uchun o’tilgan mavzu uzoq
vaqt xotirasida saqlanib qoladi.
+ Noan’anaviy darslarni o’tish uchun o’qituvchi, o’quvchi ham puxta tayyorgarlik ko’rishlari
kerak. Ya’ni bir mavzuga o’qituvchi ko’rgazmali qurol, rangli rasmlar, tarqatma materiallar
(kartochkalar), kesma harflar, testlar, boshqotirmalar olib kelishi zarur. Jumladan, kesma harflar
bilan ishlash 1-sinfda kesma harflardan tovush va harf tanish, bo’g’in, so’z yozishda foydalansa, 2-
, 3-, 4-sinflarda ulardan so’zlarni tg’ri yozishda bo’g’in ko’chirishda foydalanadi. Lekin bu kesma
harflar faqat o’qituvchigina emas, balki har bir o’quvchida ham bo’lishi lozim. Ular mana shu
harflar bilan 2, 3 daqiqa ishlari davomida 5 ta, 6 ta so’zni to’g’ri yozilishini bilib oladilar.
+ Ona tilidan noan’anaviy darslarda boshqotirma rebuslardan foydalanilsa, ular
o’quvchining tafakkurini charxlaydi, o’ylashga fikr bildirishga o’rgatadi. Bular albatta
oddiydan murakkabga qarab borishi lozim.
+ Rebus boshlang’ich sinf o’quvchilariga juda sodda ko’rinishda berilib, surat belgilar
asosida yechiladigan boshqotirmalardir. Rebuslarni hal etish uchun avvalambor suratda
nima tasvirlanganini topish lozim bo’ladi, shundan so’ng shartli belgilar asosida yangi
so’z hosil qilinadi. Shu tariqa rebus yechiladi va nima so’z yozilganligi topiladi.
+ Krossvord o’yinini o’tkazish uchun o’quvchilar yoshiga mos holda juda sodda
ko’rinshda krossvordlar tuzib olinadi. O’quvchilar mustaqil ravishda javoblarni topib
yozadilar.
+ Dastlab krossvordlar o’qituvchi boshchiligida hal etiladi. O’quvchilarda
krossvordlarni hal etish ko’nikmalari paydo bo’lgandan keyin o’qituvchi nazorati ostida
mustaqil yozadilar.
+ Krossvordlardan darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin.
+ Fikrlash doirasini kengaytirishda testlardan foydalanish ham katta samara beradi. Chunki
test o’quvchini bilim saviyasini aniqlash bilan bir qatorda, uni o’ylashga, izlanishga, fikrlashga
da’vat etadi. Boshlang’ich sinfdanoq testlarni tahlil qilish, javobini belgilashga odatlangan
o’quvchi yuqori sinflarga o’tganda test topshiriqlarini hech ikkilanmay, bemalol bajara oladi.
+ Test vaqtini tejash, dars mohiyatini yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. Shuning uchun
test savollarini avvalo og’zaki tarzda butun sinf o’quvchilari bilan yechish kerak bo’ladi. Og’zaki
muhokama etilgan mavzudan o’quvchi mustaqil xulosa chiqaradi. Bunda ham ko’rsatma harflardan
foydalansa bo’ladi.
+ Test javoblari 4 ta variantda beriladi. Ya’ni AVSD. O’quvchi qo’lida ham shu harflar
yozilgan ko’rsatma xattaxtachalar bo’ladi. U o’zi to’g’ri deb bilgan harfni ko’rsatadi.
+ Noan’anaviy darslarda qo’llanadigan usullardan biri tarqatma materiallar bilan ishlashdir.
Tarqatma materiallar kartochkalari o’tilgan mavzularni
takrorlash, mustahkamlash, olingan bilimlarni sistemalashtirish
maqsadida ishlatiladi. Kartochkalarni tarqatishdan avval
o’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda darslikda berilgan
mashqlarni bajarib, mashqlar shartini tushunish, bajarilish
tartibini va yo’llarini o’rganadilar.
• Boshlang’ich sinflarda dars samaradorligini yanada oshirish uchun mana shu
metodlarning barchasini AKT asosida o’qitilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
E’tiboringiz uchun
rahmat!

More Related Content

Similar to Ona tili darslarining noan'anaviy shakllari.pdf (6)

Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...
Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...
Ona tili o'qitish tamoyillari, ona tili o'qitish metodikasining boshqa fanlar...
 
1-mavzu.pptx
1-mavzu.pptx1-mavzu.pptx
1-mavzu.pptx
 
Innov loyihasi 49
Innov loyihasi 49Innov loyihasi 49
Innov loyihasi 49
 
slvghvgvgvgavvvhvhvhvhvhvhvhvhvhvhvhyd.pptx
slvghvgvgvgavvvhvhvhvhvhvhvhvhvhvhvhyd.pptxslvghvgvgvgavvvhvhvhvhvhvhvhvhvhvhvhyd.pptx
slvghvgvgvgavvvhvhvhvhvhvhvhvhvhvhvhyd.pptx
 
To'garak ishlanma: Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’navi...
To'garak ishlanma:  Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’navi...To'garak ishlanma:  Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’navi...
To'garak ishlanma: Ajdodlarimizning bebaho merosi abadiyatga daxldor ma’navi...
 
Dars ishlanma: Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasi
Dars ishlanma: Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasiDars ishlanma: Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasi
Dars ishlanma: Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasi
 

Ona tili darslarining noan'anaviy shakllari.pdf

  • 1. Ona tili darslarining noan'anaviy shakllari Navoiy Davlat pedagogika instituting “maktabgacha va boshlang’ich ta’lim” fakultetining “boshlang’ich ta’lim” yo’nalishining 1-G kurs talabasi Ximmatova Mohichehra
  • 2. Reja: 1) Noananaviy darslarning mazmun- mohiyati. 2) Noan’anaviy darslarda tarqatma materiallar ustida ishlash
  • 3. + Boshlang’ich ta’limda ona tili o’qituvchi asosiy o’rinni egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bo’limlarni ichiga oladi: 1. Savod o’rgatish, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish. 2. Sinfda, sinfdan tashqari o’qish va nutq o’stirish. 3. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o’stirish. + Ona tili darslari o’quvchilarda nutq faoliyatining asosiy turlarini o’stirish bilan bir qatorda, ularda ahloqiy va estetik tassavvurlarni shakllantirish, nafosat hissini tarbiyalash, mantiqiy tafakkur yuritishga o’rgatish, bilim manbai bo’lgan kitobni sevish kabi muhim masalalarni ham hal etishini nazarda tutadi. + «Fonetika, grammatika, to’g’ri yozuv va nutq o’stirish» dasturi, «Tovushlar va harflar», «So’z», «Gap», «Bog’lanishli nutq» va «Husnixat» bo’limlarini o’z ichiga oladi. Mana shu bo’limlarni o’tish, o’quvchiga singdirish jarayonida o’qituvchi o’zining bor mahoratini ko’rsatib, ona tili darslarini noan’anaviy tarzda o’tib, o’quvchilarni qiziqtira olishi, shu bilan birga ularning grammatik savodini rivojlantirib borishi lozim.
  • 4. + Ilg’or pedagogik texnologiyaning juda ko’p usullari mavjud bo’lib, ular seminar darslar, konferentsiya darslari «Aqliy hujum», «Kichik guruhlarda ishlash», «BBB» (Bilar edim, bilishni hoxlayman, bilim oldim), «Mantiqiy tafakkur» va boshqalardir. Bu sullardan o’quvchining yoshi, psixologik xususiyati, bilim darajasiga qarab foydalanish mumkin. + Ona tili o’qitishda noan’anaviy dars usuli yuqori samara bermoqda. Bu usul o’z ichiga bir qancha metodlarni oladi. Masalan: ma’ruza, suhbat, test, og’zaki bayon, mustaqil yoki amaliy ish, lug’at bilan ishlash, diktant, uy ishi, bellashuv, musobaqa, sayohat krossvordlarni tuzish va yechish, savol-javob va boshqalar. + O’qituvchi bir soatlik dars davomida mana shu metodlarning bir nechtasidan samarali foydalana olsa, u ilg’or pedagogik texnologiya asosida noan’anaviy dars o’tgan bo’ladi. + Ona tili darslarining tuzilishi mavzusi, maqsad, metod, jihoz, darsning borishi qismlaridan iborat bo’ladi. O’qituvchi dars o’tish jarayonida darsning mavzusi, maqsadi, metodi, jihozi qismi shundayligicha qoldiradi, ammo darsning borishi qismiga mustaqil o’zgartirishlar kiritsa bo’ladi.
  • 6. + Bunday darslarda o’quvchi o’zini erkin tutadi, mustaqil fikrlaydi, og’zaki va yozma nutqi o’sadi, yangi mavzuni o’zlashtirishi oson bo’ladi, dars qiziqarli bo’lganligi uchun o’tilgan mavzu uzoq vaqt xotirasida saqlanib qoladi. + Noan’anaviy darslarni o’tish uchun o’qituvchi, o’quvchi ham puxta tayyorgarlik ko’rishlari kerak. Ya’ni bir mavzuga o’qituvchi ko’rgazmali qurol, rangli rasmlar, tarqatma materiallar (kartochkalar), kesma harflar, testlar, boshqotirmalar olib kelishi zarur. Jumladan, kesma harflar bilan ishlash 1-sinfda kesma harflardan tovush va harf tanish, bo’g’in, so’z yozishda foydalansa, 2- , 3-, 4-sinflarda ulardan so’zlarni tg’ri yozishda bo’g’in ko’chirishda foydalanadi. Lekin bu kesma harflar faqat o’qituvchigina emas, balki har bir o’quvchida ham bo’lishi lozim. Ular mana shu harflar bilan 2, 3 daqiqa ishlari davomida 5 ta, 6 ta so’zni to’g’ri yozilishini bilib oladilar.
  • 7. + Ona tilidan noan’anaviy darslarda boshqotirma rebuslardan foydalanilsa, ular o’quvchining tafakkurini charxlaydi, o’ylashga fikr bildirishga o’rgatadi. Bular albatta oddiydan murakkabga qarab borishi lozim. + Rebus boshlang’ich sinf o’quvchilariga juda sodda ko’rinishda berilib, surat belgilar asosida yechiladigan boshqotirmalardir. Rebuslarni hal etish uchun avvalambor suratda nima tasvirlanganini topish lozim bo’ladi, shundan so’ng shartli belgilar asosida yangi so’z hosil qilinadi. Shu tariqa rebus yechiladi va nima so’z yozilganligi topiladi. + Krossvord o’yinini o’tkazish uchun o’quvchilar yoshiga mos holda juda sodda ko’rinshda krossvordlar tuzib olinadi. O’quvchilar mustaqil ravishda javoblarni topib yozadilar. + Dastlab krossvordlar o’qituvchi boshchiligida hal etiladi. O’quvchilarda krossvordlarni hal etish ko’nikmalari paydo bo’lgandan keyin o’qituvchi nazorati ostida mustaqil yozadilar.
  • 8. + Krossvordlardan darsda va darsdan tashqari mashg’ulotlarda foydalanish mumkin. + Fikrlash doirasini kengaytirishda testlardan foydalanish ham katta samara beradi. Chunki test o’quvchini bilim saviyasini aniqlash bilan bir qatorda, uni o’ylashga, izlanishga, fikrlashga da’vat etadi. Boshlang’ich sinfdanoq testlarni tahlil qilish, javobini belgilashga odatlangan o’quvchi yuqori sinflarga o’tganda test topshiriqlarini hech ikkilanmay, bemalol bajara oladi. + Test vaqtini tejash, dars mohiyatini yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. Shuning uchun test savollarini avvalo og’zaki tarzda butun sinf o’quvchilari bilan yechish kerak bo’ladi. Og’zaki muhokama etilgan mavzudan o’quvchi mustaqil xulosa chiqaradi. Bunda ham ko’rsatma harflardan foydalansa bo’ladi. + Test javoblari 4 ta variantda beriladi. Ya’ni AVSD. O’quvchi qo’lida ham shu harflar yozilgan ko’rsatma xattaxtachalar bo’ladi. U o’zi to’g’ri deb bilgan harfni ko’rsatadi. + Noan’anaviy darslarda qo’llanadigan usullardan biri tarqatma materiallar bilan ishlashdir.
  • 9. Tarqatma materiallar kartochkalari o’tilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash, olingan bilimlarni sistemalashtirish maqsadida ishlatiladi. Kartochkalarni tarqatishdan avval o’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda darslikda berilgan mashqlarni bajarib, mashqlar shartini tushunish, bajarilish tartibini va yo’llarini o’rganadilar. • Boshlang’ich sinflarda dars samaradorligini yanada oshirish uchun mana shu metodlarning barchasini AKT asosida o’qitilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.