SlideShare a Scribd company logo
Buxoro Davalat Tibbiyot
Instituti Xalq tabobati fakulteti
181 – guruh talabasi
To‘xtamurodova
Shahzodaning falsafa fanidan
tayyorlagan taqdimoti
Mavzu: Hissiy,empirik,nazariy
mantiqiy,intuitiv, bilish darajalarining
o’zaro aloqasi va farqi
Reja:
1.Hissiy bilish
2.Empirik bilish
3.Nazariy bilish
4.Intuitiv bilish
Hissiy darajadagi bilimning
shakllari
Sezgi a’zolari orqali olingan bilim –
hissiy bilimlardir. Sezgi a’zolari yoki
narsalarning xossalarini sezgi
a’zolari sezish va idrok etishi
natijasida olingan bilimhissiy
bilamdir. Masalan, inson uchayotgan
samolyotni ko‘radi va buning
nimaligini biladi.
Sezgi va idrok
Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim
xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan
oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos
surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi.
Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga
xos hid, ta’mni sezamiz. Sezgilar insondan
tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning
sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlar
ta’sirida yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik
to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va
hokazolar tashqi ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Empirik bilim va uning shakllari
Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki
bilvosita in’ikosi bo‘lishi mumkin. Masalan, olim o‘zi
ko‘rmayotgan tegishli obyektning holati haqida unga
axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki
elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi.
Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil
asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish,
kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash,
bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni
nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa
manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida
bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
Metodlari
Kuzatish
Eksperime
nt
Kuzatish
Kuzatish – bilish obyektining muhim xossalari va
munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga
oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini
belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan
obyekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish,
asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim
xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq
haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi.
Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop
yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop
yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin.
Kuzatish – bu faoliyatning muayyan obyektlarga
qaratilgan, maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda
tutadigan faol shakli.
Eksperiment
Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning
yordamida obyekt yo sun’iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot
maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-sharoitlarda
o‘rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni
o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni
istalgan bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu obyektni
yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi.
Tadqiqotchi o‘rganilayotgan obyektni boshqa obyektlar
bilan har xil tarzda bog‘lashi yoki u ilgari kuzatilmagan
shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa fanga ma’lum
bo‘lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin.
Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda
gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini
amalda sinash imkonini beradi.
Eksperiment doim, ayniqsa hozirgi zamon fanida ba’zan
juda murakkab texnika vositalari, ya’ni asboblardan
foydalanish bilan bog‘liq.
Ilmiy dalil
Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash ilmiy tadqiqotning zarur
shartidir. Dalil – bilimining tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir
hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir. A.Eynshteyn so‘zlari bilan aytganda, fan dalillardan boshlanishi va
boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan
yakunlanishi lozim. Dalil tushunchasi har xil ma’no-mazmunga ega. «dalil» atamasining ko‘p sonli ta’riflari
orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. Birinchidan, borliq hodisasi, asos qilib olish mumkin bo‘lgan voqea,
hodisa, holat sifatidagi dalil. Bu inson tomonidan anglangan yoki anglanmaganligidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan
hayot dalillaridir.Ikkinchidan, «dalil» tushunchasi borliqning anglab yetilgan voqealari va hodisalarini belgilash
uchun qo‘llaniladi.
Nazariy bilim va uning shakllari
Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani
bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni
mustahkamlaydi (verifikatsiya qiladi), yo u bilan
to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi
(falsifikatsiya qiladi). Biroq, boshqa tomondan, nazariya
empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar
yig‘indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning
o‘zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi.
Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa –
ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu
tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o‘zaro
aloqasi va harakati, ularning o‘zaro nisbati nazariy
bilimga xos bo‘lgan shakllarning izchil qatori yuzaga
kelishini belgilab beradi. Nazariy bilimning asosiy
shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar,
qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.
Ilmiy muammo
Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi.
Umuman olganda, inson bilimining rivojlanish jarayonini
ayrim muammolarni qo‘yishdan ularni yechishga o‘tish,
so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash
mumkin. Muammo – bilishning rivojlanish jarayonida
obyektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish
muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan
masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek muammo,
hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala;
fanda – biron-bir hodisalar, obyektlar, jarayonlarni
tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida
amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani
talab etuvchi ziddiyatli holatdir.
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uni muvaffaqiyatli
yechishning muhim shartidir. To‘g‘ri qo‘yilmagan
muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni
yechishdan chalg‘itadi.
Intuitiv bilish
Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi
zo`r berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning
uzluksiz qizg`in g`ayrishuuriy faoliyat ko`rsatishini ham
taqozo etadi. Insonning g`ayrishuuriy bilish faoliyati intu
itiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o`zi esa - bu bilish
ob’ektining muayyan sharoitda boshqacha yo`l bilan
asoslab berish mumkin bo`lmagan xossalarini bevosita,
g`ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir.
Intuitsiya sezgi va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki
bilishning hissiy va ratsional jihatlari
bilanbirgalikda chiqib ularni to`ldiradi. Inson biron-bir
hodisani g`ayrishuuriy tarzda oldindan sezgan oddiy,
kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada
uzoq vaqt adashib toliqib yurganidan keyin
to`satdan uning ko`z o`ngida yorishish, insayt sodir
bo`lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga
keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham intuitsiyaning
roli juda kattadir.
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari
Nazariy va empirik narsalar va hodisalar muammosi xususida
juda ko‘p metodologik adabiyotlar mavjud. Bilishning bu
darajalari XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta’limotida fan
tilini tahlil qilish natijasida empirik va nazariy atamalar
ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot vositalariga
ham taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining
xususiyati va uni o‘rganish metodlarining har xilligini e’tiborga
olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash mumkin.
Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining o‘ziga xos
xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Empirik tadqiqot
zamirida tadqiqotchining o‘rganilayotgan obyekt bilan amalda
bevosita aloqa qilishi yotadi. U kuzatishlarni amalga oshirish va
eksperiment o‘tkazishni nazarda tutadi. Shu sababli empirik
tadqiqot amalda kuzatish va eksperiment kuzatishda asboblar,
moslamalar va boshqa vositalarni o‘z ichiga oladi.
Nazariy o‘rganishda tadqiqotchi obyektlar bilan amalda bevosita
aloqa qilmaydi.
E'tiboringiz uchun rahmat!

More Related Content

Featured

2024 State of Marketing Report – by Hubspot
2024 State of Marketing Report – by Hubspot2024 State of Marketing Report – by Hubspot
2024 State of Marketing Report – by Hubspot
Marius Sescu
 
Everything You Need To Know About ChatGPT
Everything You Need To Know About ChatGPTEverything You Need To Know About ChatGPT
Everything You Need To Know About ChatGPT
Expeed Software
 
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage EngineeringsProduct Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Pixeldarts
 
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
ThinkNow
 
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfAI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
marketingartwork
 
Skeleton Culture Code
Skeleton Culture CodeSkeleton Culture Code
Skeleton Culture Code
Skeleton Technologies
 
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
Neil Kimberley
 
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
contently
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
Albert Qian
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Kurio // The Social Media Age(ncy)
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Search Engine Journal
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
SpeakerHub
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next
Tessa Mero
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Lily Ray
 
How to have difficult conversations
How to have difficult conversations How to have difficult conversations
How to have difficult conversations
Rajiv Jayarajah, MAppComm, ACC
 
Introduction to Data Science
Introduction to Data ScienceIntroduction to Data Science
Introduction to Data Science
Christy Abraham Joy
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best Practices
Vit Horky
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project management
MindGenius
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
RachelPearson36
 
Featured (20)

Tòxtamurodova Shahzoda jwajsksjaksmdnak.pptx

  • 1. Buxoro Davalat Tibbiyot Instituti Xalq tabobati fakulteti 181 – guruh talabasi To‘xtamurodova Shahzodaning falsafa fanidan tayyorlagan taqdimoti
  • 2. Mavzu: Hissiy,empirik,nazariy mantiqiy,intuitiv, bilish darajalarining o’zaro aloqasi va farqi
  • 4. Hissiy darajadagi bilimning shakllari Sezgi a’zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Sezgi a’zolari yoki narsalarning xossalarini sezgi a’zolari sezish va idrok etishi natijasida olingan bilimhissiy bilamdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
  • 5. Sezgi va idrok Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a’zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in’ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid, ta’mni sezamiz. Sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a’zolariga ta’sir ko‘rsatayotgan jarayonlar ta’sirida yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta’sir va hokazolar tashqi ta’sirlantiruvchilar hisoblanadi.
  • 6. Empirik bilim va uning shakllari Empirik bilim mavjud narsaning bevosita emas, balki bilvosita in’ikosi bo‘lishi mumkin. Masalan, olim o‘zi ko‘rmayotgan tegishli obyektning holati haqida unga axborot berayotgan asbob ko‘rsatkichi yoki elektrokardiogrammaning elektr chizig‘ini ko‘radi. Boshqacha aytganda, bilishning empirik darajasi har xil asboblardan foydalanish bilan bog‘liq; u kuzatish, kuzatilayotgan narsa yoki hodisani tavsiflash, bayonnomalar yuritish, hujjatlardan foydalanishni nazarda tutadi, masalan, tarixchi arxivlar va boshqa manbalar bilan ishlaydi. Xullas, bu oddiy sezgi darajasida bilishga qaraganda bilishning yuqoriroq darajasidir.
  • 8. Kuzatish Kuzatish – bilish obyektining muhim xossalari va munosabatlarini aniqlash maqsadida ataylab amalga oshiriladigan izchil idrok etishdir. Kuzatish maqsadini belgilash, uning usullarini aniqlash, o‘rganilayotgan obyekt xulq-atvorini nazorat qilishning rejasini tuzish, asboblardan foydalanish kabilar kuzatishning muhim xususiyatlaridir. Kuzatishlarning natijalari bizga borliq haqida ilmiy dalillar ko‘rinishida dastlabki axborot beradi. Kuzatish bevosita yoki bilvosita, masalan, mikroskop yordamida bo‘lishi mumkin. Hozirda elektron mikroskop yordamida molekulalarni vizual kuzatish mumkin. Kuzatish – bu faoliyatning muayyan obyektlarga qaratilgan, maqsadlar va vazifalarni ta’riflashni nazarda tutadigan faol shakli.
  • 9. Eksperiment Eksperiment – bu shunday tadqiqot metodiki, uning yordamida obyekt yo sun’iy tarzda yaratiladi, yo tadqiqot maqsadlariga mos keladigan ma’lum shart-sharoitlarda o‘rganiladi. Eksperimentda tadqiqotchi ilmiy tadqiqotni o‘tkazish shart-sharoitlariga faol aralashadi. U jarayonni istalgan bosqichda to‘xtatishi mumkin bo‘lib, bu obyektni yanada mufassalroq o‘rganish imkonini beradi. Tadqiqotchi o‘rganilayotgan obyektni boshqa obyektlar bilan har xil tarzda bog‘lashi yoki u ilgari kuzatilmagan shart-sharoitlarni yaratishi va shu tariqa fanga ma’lum bo‘lmagan yangi xossalarni aniqlashi mumkin. Eksperiment o‘rganilayotgan hodisani sun’iy tarzda gavdalantirish va nazariy yoki empirik bilim natijalarini amalda sinash imkonini beradi. Eksperiment doim, ayniqsa hozirgi zamon fanida ba’zan juda murakkab texnika vositalari, ya’ni asboblardan foydalanish bilan bog‘liq.
  • 10. Ilmiy dalil Ilmiy dalil empirik bilishning natijasi hisoblanadi. Dalil (yoki dalillar)ni aniqlash ilmiy tadqiqotning zarur shartidir. Dalil – bilimining tasdiqlangan boyligiga aylangan moddiy yoki ma’naviy dunyo hodisasi, biron-bir hodisa, xossa yoki munosabatni qayd etishdir. A.Eynshteyn so‘zlari bilan aytganda, fan dalillardan boshlanishi va boshlanish bilan tugallanish o‘rtasida qanday nazariy tuzilmalar bo‘lishidan tuzilishidan qat’i nazar, dalillar bilan yakunlanishi lozim. Dalil tushunchasi har xil ma’no-mazmunga ega. «dalil» atamasining ko‘p sonli ta’riflari orasida quyidagilarni qayd etish mumkin. Birinchidan, borliq hodisasi, asos qilib olish mumkin bo‘lgan voqea, hodisa, holat sifatidagi dalil. Bu inson tomonidan anglangan yoki anglanmaganligidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan hayot dalillaridir.Ikkinchidan, «dalil» tushunchasi borliqning anglab yetilgan voqealari va hodisalarini belgilash uchun qo‘llaniladi.
  • 11. Nazariy bilim va uning shakllari Ilmiy dalillar nazariyaga nisbatan ham ikki xil vazifani bajaradi: mavjud nazariyaga nisbatan ilmiy dalil yo uni mustahkamlaydi (verifikatsiya qiladi), yo u bilan to‘qnashadi va uning asossizligini ko‘rsatadi (falsifikatsiya qiladi). Biroq, boshqa tomondan, nazariya empirik tadqiqot darajasida olingan ilmiy dalillar yig‘indisini shunchaki umumlashtirishgina emas. Uning o‘zi yangi ilmiy dalillar olish manbaiga aylanadi. Shunday qilib, empirik va nazariy bilim yaxlit hodisa – ilmiy bilim ikki tomonining birligi hisoblanadi. Bu tomonlarning muayyan ilmiy bilish jarayonidagi o‘zaro aloqasi va harakati, ularning o‘zaro nisbati nazariy bilimga xos bo‘lgan shakllarning izchil qatori yuzaga kelishini belgilab beradi. Nazariy bilimning asosiy shakllari: ilmiy muammo, gipoteza, nazariya, tamoyillar, qonunlar, kategoriyalar, paradigmalardir.
  • 12. Ilmiy muammo Har qanday ilmiy bilish muammodan boshlanadi. Umuman olganda, inson bilimining rivojlanish jarayonini ayrim muammolarni qo‘yishdan ularni yechishga o‘tish, so‘ngra yangi muammolarni qo‘yish sifatida tavsiflash mumkin. Muammo – bilishning rivojlanish jarayonida obyektiv tarzda yuzaga keladigan, yechimini topish muhim amaliy yoki nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan masala yoki masalalar majmuidir. Shuningdek muammo, hal qilishni talab etuvchi nazariy yoki amaliy masala; fanda – biron-bir hodisalar, obyektlar, jarayonlarni tushuntirishda qarama-qarshi yondashuvlar ko‘rinishida amal qiluvchi va uni yechish uchun muvofiq nazariyani talab etuvchi ziddiyatli holatdir. Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uni muvaffaqiyatli yechishning muhim shartidir. To‘g‘ri qo‘yilmagan muammo yoki soxta muammo haqiqiy muammolarni yechishdan chalg‘itadi.
  • 13. Intuitiv bilish Insonning olamni bilish jarayoni uning sezgilari va ongi zo`r berib ishlashini talab qilibgina qolmasdan, uning uzluksiz qizg`in g`ayrishuuriy faoliyat ko`rsatishini ham taqozo etadi. Insonning g`ayrishuuriy bilish faoliyati intu itiv bilish nomini oldi, intuitsiyaning o`zi esa - bu bilish ob’ektining muayyan sharoitda boshqacha yo`l bilan asoslab berish mumkin bo`lmagan xossalarini bevosita, g`ayrimantiqiy tarzda haqiqat deb bilishdir. Intuitsiya sezgi va aql harakatiga qarshi turmaydi, balki bilishning hissiy va ratsional jihatlari bilanbirgalikda chiqib ularni to`ldiradi. Inson biron-bir hodisani g`ayrishuuriy tarzda oldindan sezgan oddiy, kundalik hayotda ham, olim bilib olinmagan jabhada uzoq vaqt adashib toliqib yurganidan keyin to`satdan uning ko`z o`ngida yorishish, insayt sodir bo`lib, shu asnoda ilmiy kashfiyot yuzaga keladigan ilmiy-tadqiqot faoliyatida ham intuitsiyaning roli juda kattadir.
  • 14. Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari Nazariy va empirik narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko‘p metodologik adabiyotlar mavjud. Bilishning bu darajalari XX asrning 30-yillarida pozitivizm ta’limotida fan tilini tahlil qilish natijasida empirik va nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot vositalariga ham taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni o‘rganish metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki darajasini ham farqlash mumkin. Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi. Empirik tadqiqot zamirida tadqiqotchining o‘rganilayotgan obyekt bilan amalda bevosita aloqa qilishi yotadi. U kuzatishlarni amalga oshirish va eksperiment o‘tkazishni nazarda tutadi. Shu sababli empirik tadqiqot amalda kuzatish va eksperiment kuzatishda asboblar, moslamalar va boshqa vositalarni o‘z ichiga oladi. Nazariy o‘rganishda tadqiqotchi obyektlar bilan amalda bevosita aloqa qilmaydi.