SlideShare a Scribd company logo
EKSPERT XIZMATI
BOʻYICHA PUDRAT
SHARTNOMASI.
TAYYORLADI: JO’RAYEV SHERMUHAMMAD HBA-
80
REJA
1. Pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy
belgilari
2. Pudrat shartnomasida taraflar.
3. Pudrat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari
PUDRAT SHARTNOMASINING
TUSHUNCHASI VA HUQUQIY BELGILARI
Pudrat shartnomasi bozor iqtisodiyoti sharoitida koʻp uchraydigan
hamda kishilarning turmush hayotida juda koʻp qoʻllaniladigan
shartnomalardan biri hisoblanadi. Pudrat shartnomasi tuzish orqali
ishlab chiqarish texnikasiga oid texnika vositalarini tayyorlash, yasab
berish, uy-joylar, binolar, inshootlar qurib berish, qayta tiklash,
taʼmirlash, loyihalash, qidiruv ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari,
tajribakonstruktorlik va texnologik ishlarni bajarish kabi munosabatlar
vujudga keladi.
Xozirgi kunda pudrat munosabatlari alohida shartnoma turi sifatida
huquqiy asoslari va nazariy jihatlari yaxshi ishlangan. Bu shartnoma
alohida shartnoma turi sifatida fuqarolik qonunchiligida maxsus
normalar bilan tartibga solinadi. Pudrat shartnomasi munosabatlari
maxsus qonunlar – fkning 37-bobi (pudrat toʻgʻrisida umumiy qoidalar
(631-655-moddalar), maishiy pudrat (656-665-moddalar), qurilish pudrati
(666-685-moddalar), loyixa va qidiruv ishlari pudrati (686-692-moddalar),
ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat
shartnomalari (693-702-moddalar)), shaharsozlik kodeksi (masalan, shkning
16-moddasi obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarning huquqiy holatini
belgilab beradi), qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik
shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun va boshqa qonunlar bilan
tartibga solinishi bilan birga qonun osti hujjatlari asosida ham huquqiy
tartibga solinadi.
PUDRAT SHARTNOMASIDA TARAFLAR.
Pudrat shartnomasida ikki taraf – pudratchi va buyurtmachi ishtirok etadi. Pudratchi –
ishni bajaruvchi, buyurtmachi esa – ish boʻyicha topshiriq beruvchi hisoblanadi.
Shuningdek shartnomada pudratchi tomonidan yordamchi pudratchi ishtirok etadi. Pudrat
shartnomasida ham buyurtmachi ham pudratchi huquq va majburiyatlarga ega boʻlganligi
sababli bir paytning oʻzida har ikki taraf ham kreditor ham qarzdor sifatida majburiyat
munosabatlarida qatnashadi. Pudrat huquqiy munosabat taraflari (subyektlari) sifatida
muomala layoqatiga ega fuqarolar, huquqiy holati boʻyicha oʻz nomidan mulkiy va
shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻladigan va ularni amalga oshirish imkoniyatga ega
boʻlgan yuridik shaxslar va alohida tarzda oʻz vakolati doirasida davlat ham ishtirok etadi.
BUYURTMACHI
Maʼlum bir ashyoni tayyorlash, ishlab chiqarish texnikasiga oid boʻlgan mahsulot yetkazib berish
shartnomasi boʻyicha olishi mumkin boʻlmagan asbobuskunalar va shunga oʻxshash mahsulotlarni
yasatib olish, maishiy ehtiyoj uchun buyumlar tayyorlash, ashyolarni qayta ishlash hamda taʼmirlash,
xom ashyoga qayta ishlov berish kabi bir qator topshiriqlarni beruvchi shaxs buyurtmachi hisoblanadi.
Buyurtmachi fuqaro boʻlgan taqdirda, u isteʼmolchi huquqlaridan foydalanadi. Agar u yakka tadbirkor
yoki yuridik shaxs yoxud davlat va uning organlari boʻlsa bunday huquqdan foydalana olmaydi. Agar
buyurtmachi yakka tadbirkor yoki yuridik shaxs va davlat boʻlsa FK va amaldagi qonun hujjatlariga
asosan buyurtmachi maqomini qoʻlga kiritadi. Buyurtmachi ish natijasidan manfaatdor shaxs. Shu
sababli ayrim hollarda oʻzi topshirigʻi asosida ayrim hollarda esa pudratchining kasbiy mahoratiga
tayanib muayyan ishni bajarish boʻyicha topshiriq beradi.
PUDRATCHI
Shartnomada kelishilgan buyurtmani bajarish uchun majburiyat olgan shaxs pudratchi
hisoblanadi. Odatda shartnomada belgilangan ishni pudratchining oʻzi bajarishi lozim. Agar qonun
hujjatlarida yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada koʻrsatilgan ishni shaxsan oʻzi
bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun
boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh
pudratchi jalb qilingan uchinchi bir shaxs yordamchi pudratchi hisoblanadi.
Bosh pudratchi yordamchi pudratchinikelishilgan shartnoma boʻyicha ishni bajarish bilan
bogʻliqzarur materiallar bilan taʼminlash majburiyatini oladi. Ishni bajarish muddati bosh pudratchi
bilan yordamchi pudratchining kelishuvchiga asosan belgilanadi. Lekin bu muddat asosiy pudrat
shartnomasida buyurtmachi bilan kelishilgan muddatdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Yordamchi
pudratchi muddat va kelishilgan ishni bajarish usul va vositalariga shartnoma shartlariga qatʼiy
rioya etishi shart. Yordamchi pudratchiga ishni bajarish usulini oʻzi belgilash imkoni berilgan hollar
bundan mustasno.
PUDRAT SHARTNOMASI TARAFLARINING
HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Pudratchi buyurtmachining topshirigʻiga asosan muayyan ishlarni amalga oshirish boʻyicha
shartnoma tuzar ekan, uning asosiy huquq va majburiyatlari buyurtmachi topshirigʻiga asosan
ishni bajarish va uning haqini talab qilib olish bilan bogʻliq holda vujudga keladi. Fkning 632-
moddasi talablaridan kelib chiqib, buyurtma pudratchining materiallari, uning kuchi va
mablagʻlari hisobidan bajarilishi nazarda tutilgan boʻlsa shartnoma bahosini pudratchi
sarflayotgan mablagʻlarni qoʻshgan holda shakllantirishni talab qilish huquqiga ega.
Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak boʻlgan materiallar va uskunalar, shuningdek
uchinchi shaxslar tomonidan unga koʻrsatiladigan xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni
shartnoma tuzish vaqtida nazarda tutish mumkin boʻlmagan hollarda pudratchi belgilangan ish
bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtmachi bu talabni bajarishdan bosh tortgan
taqdirda esa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi.pptx

More Related Content

What's hot

Mjetet juridike të jashtëzakonshme në procedurë penale
Mjetet juridike të jashtëzakonshme në procedurë penaleMjetet juridike të jashtëzakonshme në procedurë penale
Mjetet juridike të jashtëzakonshme në procedurë penale
Donikë Mjaki
 
E+drejta+nderkombetare+publike[1]
E+drejta+nderkombetare+publike[1]E+drejta+nderkombetare+publike[1]
E+drejta+nderkombetare+publike[1]kulla 2010
 
E drejta-civile-1
E drejta-civile-1E drejta-civile-1
E drejta-civile-1zogaj
 
Виконання зобов’язання
Виконання зобов’язанняВиконання зобов’язання
Виконання зобов’язання
Kyiv National Economic University
 
E drejta administrative
E drejta administrativeE drejta administrative
E drejta administrativepetritzogaj
 
Makalah hukum bisnis
Makalah hukum bisnisMakalah hukum bisnis
Makalah hukum bisnisNikky Ningsih
 
Hukum Antar Tata Hukum
Hukum Antar Tata HukumHukum Antar Tata Hukum
Hukum Antar Tata HukumAji Wasesa
 
E drejta e unionit evropian
E drejta e unionit evropian E drejta e unionit evropian
E drejta e unionit evropian Melos Jashari
 
Metodologjia dhe Shkrimi Ligjor
Metodologjia dhe Shkrimi LigjorMetodologjia dhe Shkrimi Ligjor
Metodologjia dhe Shkrimi Ligjor
Refik Mustafa
 
Olon ulsiin geree
Olon ulsiin gereeOlon ulsiin geree
Olon ulsiin geree
Umguullin Mongol Umguulugch
 
Aula 24 08 - juliana furtado costa
Aula 24 08 - juliana furtado costaAula 24 08 - juliana furtado costa
Aula 24 08 - juliana furtado costaFernanda Moreira
 
Etssiin ezemshigchiin talaarh zohitsuulalt
Etssiin ezemshigchiin talaarh zohitsuulalt Etssiin ezemshigchiin talaarh zohitsuulalt
Etssiin ezemshigchiin talaarh zohitsuulalt
Umguullin Mongol Umguulugch
 
Unioni Evropian
Unioni EvropianUnioni Evropian
Unioni EvropianMenaxherat
 
AULA OAB XX ESTRATÉGIA DIREITO CIVIL 03
AULA OAB XX ESTRATÉGIA DIREITO CIVIL 03AULA OAB XX ESTRATÉGIA DIREITO CIVIL 03
AULA OAB XX ESTRATÉGIA DIREITO CIVIL 03
Esdras Arthur Lopes Pessoa
 
Leksioni 3 kuptimi i personit fizik dhe juridik
Leksioni 3   kuptimi i personit fizik dhe juridikLeksioni 3   kuptimi i personit fizik dhe juridik
Leksioni 3 kuptimi i personit fizik dhe juridikBledi Lila
 
Classificação dos contratos - CIVIL 3
Classificação dos contratos  - CIVIL 3Classificação dos contratos  - CIVIL 3
Classificação dos contratos - CIVIL 3tuliomedeiross
 
INTRODUÇÃO AO ESTUDO DO DIREITO. exercício
INTRODUÇÃO AO ESTUDO DO DIREITO. exercícioINTRODUÇÃO AO ESTUDO DO DIREITO. exercício
INTRODUÇÃO AO ESTUDO DO DIREITO. exercício
ibrahim junior
 
Pyetjet Nga E Drejta Kushtetuese -Shamicevi Kumanov
Pyetjet Nga  E Drejta Kushtetuese -Shamicevi KumanovPyetjet Nga  E Drejta Kushtetuese -Shamicevi Kumanov
Pyetjet Nga E Drejta Kushtetuese -Shamicevi KumanovRamadan Ademi
 
punim seminarik ne proceduren kontestimore
punim seminarik ne proceduren kontestimorepunim seminarik ne proceduren kontestimore
punim seminarik ne proceduren kontestimore
Donikë Mjaki
 
Tindak-Pidana-Korupsi-Pertemuan-3.ppt
Tindak-Pidana-Korupsi-Pertemuan-3.pptTindak-Pidana-Korupsi-Pertemuan-3.ppt
Tindak-Pidana-Korupsi-Pertemuan-3.ppt
ssuser0a01f91
 

What's hot (20)

Mjetet juridike të jashtëzakonshme në procedurë penale
Mjetet juridike të jashtëzakonshme në procedurë penaleMjetet juridike të jashtëzakonshme në procedurë penale
Mjetet juridike të jashtëzakonshme në procedurë penale
 
E+drejta+nderkombetare+publike[1]
E+drejta+nderkombetare+publike[1]E+drejta+nderkombetare+publike[1]
E+drejta+nderkombetare+publike[1]
 
E drejta-civile-1
E drejta-civile-1E drejta-civile-1
E drejta-civile-1
 
Виконання зобов’язання
Виконання зобов’язанняВиконання зобов’язання
Виконання зобов’язання
 
E drejta administrative
E drejta administrativeE drejta administrative
E drejta administrative
 
Makalah hukum bisnis
Makalah hukum bisnisMakalah hukum bisnis
Makalah hukum bisnis
 
Hukum Antar Tata Hukum
Hukum Antar Tata HukumHukum Antar Tata Hukum
Hukum Antar Tata Hukum
 
E drejta e unionit evropian
E drejta e unionit evropian E drejta e unionit evropian
E drejta e unionit evropian
 
Metodologjia dhe Shkrimi Ligjor
Metodologjia dhe Shkrimi LigjorMetodologjia dhe Shkrimi Ligjor
Metodologjia dhe Shkrimi Ligjor
 
Olon ulsiin geree
Olon ulsiin gereeOlon ulsiin geree
Olon ulsiin geree
 
Aula 24 08 - juliana furtado costa
Aula 24 08 - juliana furtado costaAula 24 08 - juliana furtado costa
Aula 24 08 - juliana furtado costa
 
Etssiin ezemshigchiin talaarh zohitsuulalt
Etssiin ezemshigchiin talaarh zohitsuulalt Etssiin ezemshigchiin talaarh zohitsuulalt
Etssiin ezemshigchiin talaarh zohitsuulalt
 
Unioni Evropian
Unioni EvropianUnioni Evropian
Unioni Evropian
 
AULA OAB XX ESTRATÉGIA DIREITO CIVIL 03
AULA OAB XX ESTRATÉGIA DIREITO CIVIL 03AULA OAB XX ESTRATÉGIA DIREITO CIVIL 03
AULA OAB XX ESTRATÉGIA DIREITO CIVIL 03
 
Leksioni 3 kuptimi i personit fizik dhe juridik
Leksioni 3   kuptimi i personit fizik dhe juridikLeksioni 3   kuptimi i personit fizik dhe juridik
Leksioni 3 kuptimi i personit fizik dhe juridik
 
Classificação dos contratos - CIVIL 3
Classificação dos contratos  - CIVIL 3Classificação dos contratos  - CIVIL 3
Classificação dos contratos - CIVIL 3
 
INTRODUÇÃO AO ESTUDO DO DIREITO. exercício
INTRODUÇÃO AO ESTUDO DO DIREITO. exercícioINTRODUÇÃO AO ESTUDO DO DIREITO. exercício
INTRODUÇÃO AO ESTUDO DO DIREITO. exercício
 
Pyetjet Nga E Drejta Kushtetuese -Shamicevi Kumanov
Pyetjet Nga  E Drejta Kushtetuese -Shamicevi KumanovPyetjet Nga  E Drejta Kushtetuese -Shamicevi Kumanov
Pyetjet Nga E Drejta Kushtetuese -Shamicevi Kumanov
 
punim seminarik ne proceduren kontestimore
punim seminarik ne proceduren kontestimorepunim seminarik ne proceduren kontestimore
punim seminarik ne proceduren kontestimore
 
Tindak-Pidana-Korupsi-Pertemuan-3.ppt
Tindak-Pidana-Korupsi-Pertemuan-3.pptTindak-Pidana-Korupsi-Pertemuan-3.ppt
Tindak-Pidana-Korupsi-Pertemuan-3.ppt
 

Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi.pptx

  • 2. REJA 1. Pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari 2. Pudrat shartnomasida taraflar. 3. Pudrat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari
  • 3. PUDRAT SHARTNOMASINING TUSHUNCHASI VA HUQUQIY BELGILARI Pudrat shartnomasi bozor iqtisodiyoti sharoitida koʻp uchraydigan hamda kishilarning turmush hayotida juda koʻp qoʻllaniladigan shartnomalardan biri hisoblanadi. Pudrat shartnomasi tuzish orqali ishlab chiqarish texnikasiga oid texnika vositalarini tayyorlash, yasab berish, uy-joylar, binolar, inshootlar qurib berish, qayta tiklash, taʼmirlash, loyihalash, qidiruv ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, tajribakonstruktorlik va texnologik ishlarni bajarish kabi munosabatlar vujudga keladi.
  • 4. Xozirgi kunda pudrat munosabatlari alohida shartnoma turi sifatida huquqiy asoslari va nazariy jihatlari yaxshi ishlangan. Bu shartnoma alohida shartnoma turi sifatida fuqarolik qonunchiligida maxsus normalar bilan tartibga solinadi. Pudrat shartnomasi munosabatlari maxsus qonunlar – fkning 37-bobi (pudrat toʻgʻrisida umumiy qoidalar (631-655-moddalar), maishiy pudrat (656-665-moddalar), qurilish pudrati (666-685-moddalar), loyixa va qidiruv ishlari pudrati (686-692-moddalar), ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalari (693-702-moddalar)), shaharsozlik kodeksi (masalan, shkning 16-moddasi obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarning huquqiy holatini belgilab beradi), qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun va boshqa qonunlar bilan tartibga solinishi bilan birga qonun osti hujjatlari asosida ham huquqiy tartibga solinadi.
  • 5.
  • 6. PUDRAT SHARTNOMASIDA TARAFLAR. Pudrat shartnomasida ikki taraf – pudratchi va buyurtmachi ishtirok etadi. Pudratchi – ishni bajaruvchi, buyurtmachi esa – ish boʻyicha topshiriq beruvchi hisoblanadi. Shuningdek shartnomada pudratchi tomonidan yordamchi pudratchi ishtirok etadi. Pudrat shartnomasida ham buyurtmachi ham pudratchi huquq va majburiyatlarga ega boʻlganligi sababli bir paytning oʻzida har ikki taraf ham kreditor ham qarzdor sifatida majburiyat munosabatlarida qatnashadi. Pudrat huquqiy munosabat taraflari (subyektlari) sifatida muomala layoqatiga ega fuqarolar, huquqiy holati boʻyicha oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻladigan va ularni amalga oshirish imkoniyatga ega boʻlgan yuridik shaxslar va alohida tarzda oʻz vakolati doirasida davlat ham ishtirok etadi.
  • 7. BUYURTMACHI Maʼlum bir ashyoni tayyorlash, ishlab chiqarish texnikasiga oid boʻlgan mahsulot yetkazib berish shartnomasi boʻyicha olishi mumkin boʻlmagan asbobuskunalar va shunga oʻxshash mahsulotlarni yasatib olish, maishiy ehtiyoj uchun buyumlar tayyorlash, ashyolarni qayta ishlash hamda taʼmirlash, xom ashyoga qayta ishlov berish kabi bir qator topshiriqlarni beruvchi shaxs buyurtmachi hisoblanadi. Buyurtmachi fuqaro boʻlgan taqdirda, u isteʼmolchi huquqlaridan foydalanadi. Agar u yakka tadbirkor yoki yuridik shaxs yoxud davlat va uning organlari boʻlsa bunday huquqdan foydalana olmaydi. Agar buyurtmachi yakka tadbirkor yoki yuridik shaxs va davlat boʻlsa FK va amaldagi qonun hujjatlariga asosan buyurtmachi maqomini qoʻlga kiritadi. Buyurtmachi ish natijasidan manfaatdor shaxs. Shu sababli ayrim hollarda oʻzi topshirigʻi asosida ayrim hollarda esa pudratchining kasbiy mahoratiga tayanib muayyan ishni bajarish boʻyicha topshiriq beradi.
  • 8.
  • 9. PUDRATCHI Shartnomada kelishilgan buyurtmani bajarish uchun majburiyat olgan shaxs pudratchi hisoblanadi. Odatda shartnomada belgilangan ishni pudratchining oʻzi bajarishi lozim. Agar qonun hujjatlarida yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada koʻrsatilgan ishni shaxsan oʻzi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi jalb qilingan uchinchi bir shaxs yordamchi pudratchi hisoblanadi. Bosh pudratchi yordamchi pudratchinikelishilgan shartnoma boʻyicha ishni bajarish bilan bogʻliqzarur materiallar bilan taʼminlash majburiyatini oladi. Ishni bajarish muddati bosh pudratchi bilan yordamchi pudratchining kelishuvchiga asosan belgilanadi. Lekin bu muddat asosiy pudrat shartnomasida buyurtmachi bilan kelishilgan muddatdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Yordamchi pudratchi muddat va kelishilgan ishni bajarish usul va vositalariga shartnoma shartlariga qatʼiy rioya etishi shart. Yordamchi pudratchiga ishni bajarish usulini oʻzi belgilash imkoni berilgan hollar bundan mustasno.
  • 10. PUDRAT SHARTNOMASI TARAFLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI Pudratchi buyurtmachining topshirigʻiga asosan muayyan ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzar ekan, uning asosiy huquq va majburiyatlari buyurtmachi topshirigʻiga asosan ishni bajarish va uning haqini talab qilib olish bilan bogʻliq holda vujudga keladi. Fkning 632- moddasi talablaridan kelib chiqib, buyurtma pudratchining materiallari, uning kuchi va mablagʻlari hisobidan bajarilishi nazarda tutilgan boʻlsa shartnoma bahosini pudratchi sarflayotgan mablagʻlarni qoʻshgan holda shakllantirishni talab qilish huquqiga ega. Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak boʻlgan materiallar va uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga koʻrsatiladigan xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnoma tuzish vaqtida nazarda tutish mumkin boʻlmagan hollarda pudratchi belgilangan ish bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtmachi bu talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda esa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.