SlideShare a Scribd company logo
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA
KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI
“Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi
“INDIVIDUAL LOYIHA 1”
KOMPYUTER TARMOQLARINI LOYIHALASH
O‘qituvchi: D.T.Hasanov
(kafedra mudiri, PhD)
Bajardi: Ahrorov Habibullo
(414-21 guruh talabasi)
2
Toshkent – 2023
Mundarija
1. Kirish……………………………………………………………….
2. Kompyuter tarmoqlar va ularning klassifikatsiyasi ……………………… 5
2.1. Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi ….…………………….
2.2. Tarmoq topologiyalari ……………………………………………..
3. Tarmoqni loyihalashning dasturiy vositalari …………………………….. 16
3.1. Tarmoqni loyihalashda qo‘llaniladigan dasturlar …………………..
3.2. CiscoPacketTracer dasturiy vositasining vazifalari va imkoniyatlari
4. Ma’lumot uzatish tarmog‘ini CiscoPacketTracer dasturida loyihalash ..… 27
4.1. Tarmoq topologiyasini qurish ……………………………………....
4.2. Tarmoq qurilmalarini sozlash ………………………………………
4.3. Tarmoqni ishga tushurish va natijalarni ko‘rish …………………….
5. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………... 38
3
1. KIRISH
Bugungi kunda internet tarmog‘i – masofa tanlamaydigan axborot almashinuvi,
mustaqil ta’lim, onlayn savdo, elektron xizmatlar, bir so‘z bilan aytganda raqamli
iqtisodiyot taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Shu bois, mamlakatimizda mazkur
soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Buning uchun “O‘zbektelekom” AK va hududiy filiallari tomonidan respublika
bo‘ylab telekommunikatsion infratuzilmani modernizatsiyalash va aholini sifatli
aloqa xizmatlari bilan ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab Kompyuter tarmoqlari sohasida fundamental
o‘zgarishlar bilan bog‘liq rivojlanishning yangi bosqichi amalga oshirilmoqda.
Chuqur ilm talab qiladigan Kompyuter tarmoqlari sohasi uchun innovatsion
rivojlanish masalalari har doim dolzarb vazifa bo‘lib kelgan. Shu bilan birga sohani
innovatsion rivojlantirish, rivojlangan davlatlarning yutuqlarini hisobga olib,
mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Kompyuter tarmoqlari sohasini
innovatsion rivojlantirishni amalga oshirish tizimli yondashuv, ya'ni huquqiy,
texnologik, tashkiliy va malakali kadrlar bilan ta'minlashni talab qiladi. Zamonaviy
sharoitda Kompyuter tarmoqlari sohasini innovatsion rivojlantirish masalalarini
yechishga qaratilgan kompleks yondashuv bilimli va tajribali mutaxassislarni talab
qiladi. Sohani innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tishda mutaxassislarni
tayyorlashda yangicha yondashuvlarga majbur qiladi. Kompyuter tarmog‘ini
innovatsion rivojlantirish uchun ko‘p mutaxassislarni tarmoq texnologiyalari,
tarmoq yechimlari va tarmoq integratorlari bo‘yicha tayyorlash kerak. Ma'lumki,
Kompyuter tarmoqlari ning har bir yangi ko‘rinishi asosan ikkita sababga ko‘ra
paydo bo‘ladi;
- unga talabni paydo bo‘lishi;
- mos keluvchi texnik va texnologik asosning mavjudligi.
Halqaro ekspertlarning prognozi bo‘yicha axborotlashtirish masalalari bilan
bog‘liq bo‘lgan Kompyuter tarmoqlari ni innovatsion rivojlantirishning ikkita
4
asosiy yo‘nalishini, ya'ni Kompyuter tarmoqlari rivojining asosiy yo‘nalishini va
Kompyuter tarmoqlari rivojining asosiy kuchini aniqlashga yordam berdi.
Integratsiya - bu bir maqsadda birlashish va o‘zaro ishlash tushuniladi. Bu
bo‘lishi mumkin:
- ko‘plab turli texnologiyalar;
- ko‘plab turli tarmoqlar;
- ko‘plab turli xizmatlar (Kompyuter tarmoqlari xizmatlari va axborot
xizmatlarining birlashishi, ya'ni multimediya ko‘rinishidagi).
Yuqorida keltirilgan xolat bo‘yicha foydalanuvchilarga yuqori sifatda
xizmatlarni taqdim etish Kompyuter tarmoqlari operatorlari uchun katta ahamiyatga
ega. Bugungi kunda Kompyuter tarmoqlari operatorlari tomonidan turli xizmatlar,
mobil kompaniyalar tomonidan mobil ilovalar taqdim qilinmoqda. Bu xizmatlar soni
kun sayin ortib bormoqda, lekin tarmoqda xizmat ko‘rsatish muammolari ko‘payib
bormoqda. Shu sababli tarmoq texnologiyalarini o‘rganishda tarmoq protokollarini
ishlatish muhim o‘rinni egallaydi. Tarmoq protokollarini o‘rganishda har xil
kompaniyalarning tarmoq qurilmalarini integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega.
Loyiha ishining maqsadi: Kompyuter tarmoqlari fanida “Tarmoq
protokollari”ni o’rganish va ularni qiyosiy tahlil qilish.
* Ma’lumot uzatish tarmoqlariga qo’yiladigan talablarni o’rganish.
* Paketli kommutatsiya mexanizmlari va tamoyillarini o’rganish.
* Tarmoq pog‘onasi protokollari. IPv4 va IPv6 manzillashni o’rganish.
* Marshrutizatsiya protokollarini o’rganish.
Loyiha ishining tarkibi: Kirish bilan boshlandi. 3 ta bobdan iborat. I- bob
2 ta rejadan iborat. 2-3 bob ham 2 ta rejadan tashkil topgan. Xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar bilan yakunlanadi.
2. KOMPYUTER TARMOQLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI
5
2.1. Kompyuter tarmoqlarining turlari
Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi
hisoblash texnikasi paydo bо'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish
alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta
masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan
tashqari har bir kompyuterni ma‘lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va
kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо'pgina boshqa
muammolarni ham hal qilish mumkin bо'ladi.
Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо'p turlari taklif
qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga
о'tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini
beradigan Internet tarmog'igacha.
Kо'pincha ―mahalliy tarmoqlar‖ (lokalniye seti, LAN, Local Area Network)
atamasini aynan, katta bо'lmagan, mahalliy о'lchamli, yaqin joylashgan
kompyuterlar ulangan tarmoq, ya‘ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‘zi
mahalliy tarmoqlarning texnik kо'rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq
emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba‘zi bir lokal tarmoqlar bir
necha kilometr yoki bir necha о'n kilometr masofadan oson aloqani ta‘minlay olish
imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin
joylashgan binolarninggina emas, balki bir shaxar doirasidagi о'lchamdir. Boshqa
bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network
yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi
kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir
bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita
yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel
yordamida bog'lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham
kompyuterlarni bog'lash mumkin. Lekin bunday bog'lanish ham mahalliy tarmoq
deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta‘rifi xuddi kichik tarmoq kabi bо'lib, kо'p
6
bо'lmagan kompyuterlarni bog'lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq kо'p hollarda
ikkitadan to bir necha о'nlab kompyuterlarni о'z tarkibiga oladi. Lekin, ba‘zi bir
mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bо'lib,
abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq
deb atash balki notо'g'ridir.
Ba‘zi mualliflar mahalliy tarmoqni «kо'p kompyuterlarni uzviy bog'lovchi
tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga
vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi.
Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti
haqida gap yuritib bо'lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi
elektr kabellari va shuningdek shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin.
Axborot uzatishni «vositachisiz» ta‘rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon
mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yо'naltirgichlar
marshrutizatori) va kо'priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish
jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni
vositachi deb qabul qilinadimi yoki yо'qmi?, unchalik tushunarli emas.
Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni
mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bо'lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan
kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma
foydalanuvchilar uchun bemalol bо'lishi kerak bо'lib, alohida olingan kompyuter
resurslaridan foydalanishdan kam qulay bо'lmasligi lozim. Bu holda qulaylik
deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bо'lish, ilovalar orasidagi
axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir.
Bunday ta‘rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga
oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga
tо'g'ri kelmaydi. Bunday ta‘rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning
tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham
albatta oshishi kerak. Agar yaqin о'tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10
Mbit/s yetarli deb hisoblangan bо'lsa, hozirda esa о'rtacha tezlikdagi tarmoq 100
7
Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan
ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib
borilmoqda. Kam tezlikda aloqa о'rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual
kompyuterning ishlash tezligini pasaytiradi.
Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy
farqi – yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bо'lib qolmay,
boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega.
Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez,
lekin xato axborot uzatish bema‘nilikdir, chunki uni yana qaytadan uzatish kerak
bо'ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli
aloqa vositalaridan foydalaniladi.
Yana tarmoqning asosiy texnik kо'rsatgichlaridan biri katta yuklamada ishlash
imkoniyatidir, ya‘ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta
trafik bilan). Tarmoqda qо'llanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi
mexanizm unumli bо'lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish
uchun kо'p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat kelganidan sо'ng katta
tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq
resurslaridan foydalanish uchun maʻlum vaqt kutishga tо'g'ri keladi.
Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda
ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bо'lgan kompyuterlar,
axborotlar soni ma‘lum bо'lishi kerak. Rejalashtirilganidan kо'p kompyuterlarni
tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday
mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgira olmay qolishi tabiiydir.
Nihoyatda, tarmoq deb bu sо'zning tub ma‘nosi kabi, shunday axborot uzatish
tizimini tushunish kerakki, u mahalliy bir-necha о'nlab kompyuterlarni birlashtirgan
bо'lishi lozim.
Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi
belgilarini shakllantirish mumkin bо'ladi:
8
· axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda о'tkazish imkoniyati
mavjud bо'lishi;
· uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar).
Axborotlarni uzatishda mumkin bо'lgan xatolik ehtimoli 10-7 – 10-8 darajada
bо'lishi;
· axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bо'lishi;
· tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bо'lishi kerak.
Berilgan tarifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan
quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mо'ljallangan va sifatli
bо'lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam,
axborot almashish mexanizmi ham nisbatan tezlik bо'yicha
kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki
aloqaning mavjudligidir. Kо'pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir turi - shaxar
tarmog'i (MAN, Metropolitan Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda
ular global
tarmoqlarga yaqin bо'lib, ba‘zida mahalliy tarmoqlarning ba‘zi
xususiyatlariga ham ega bо'ladilar. Masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va
nisbatan yuqori tezlikdagi axborot almashinuvi bilan о'xshashdir. Bu xususiyat
shaxar tarmog'i ham mahalliy tarmoq (MXT afzalliklari bilan) bо'lishi mumkin
ekanligini kо'rsatadi.
Haqiqatdan, hozirda mahalliy tarmoq bilan global tarmoqning aniq
chegarasini о'tkazish mumkin bо'lmay qoldi. Kо'pchilik mahalliy tarmoqlarda global
tarmoqqa chiqish imkoniyati bor, lekin axborotni uzatish, axborot almashinuvini
tashkil qilish prinsipi, odatda global tarmoqda qabul qilingandan ancha farq qiladi.
Mahalliy tarmoqdan foydalanuvchilar uchun global tarmoqqa ulanish imkoniyati
faqatgina bir resursgina bо'lib qoladi xolos.
Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan har turdagi raqamli axborot uzatilishi
mumkin: axborotlar, tasvirlar, telefon sо'zlashuvlari, elektron xatlar va x. k.
Tasvirlarni uzatish masalasi, ayniqsa tо'laqon dinamik tasvirlarni uzatish tarmoqdan
yuqori tezlik talab qiladi. Odatda mahalliy tarmoqda quyidagi resurslardan; disk
9
maydonidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish imkoniyatlaridan birgalikda
foydalaniladi. Lekin bu imkoniyatlar mahalliy tarmoq vositalarining imkoniyatlarini
bir qismidir. Masalan, ular har turdagi kompyuterlararo axborot almashinuvini ham
amalga oshiradi. Tarmoq abonenti bо'lib faqat kompyuter emas, balki boshqa
qurilmalar ham bо'la oladi. Masalan printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar
tarmoqning hamma kompyuterlarida parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish
imoniyatini beradi. Bunday tizim murakkab matematik masalalarni yechishni kо'p
marotaba tezlashtiradi. Shuningdek mahalliy tarmoqlar yordamida murakkab
texnologik jarayonlarni ham boshqarish mumkin yoki bir vaqtning о'zida bir necha
kompyuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini beradi.
Lekin xotiradan chaqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarning
ham ba‘zi kamchiliklari bor. Xodimlarni о'qitishga, qо'shimcha qurilmalarga,
tarmoq dasturiy ta‘minotiga, ulash kabellariga qо'shimcha sarflanadigan mablag'dan
tashqari tarmoqni rivojlantirish, resurslariga ega bо'lishni boshqarish,bо'lishi
mumkin bо'lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya‘ni
tarmoqning boshqaruvchisi ma‘mur (administrator) bо'lishi kerak. Tarmoq
kompyuterni joyidan kо'chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar
о'tkazish lozim bо'ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay
muhitga egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda himoya
masalalariga katta eʻtibor berilishi lozim.
Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bо'lgan
server va mijoz tushunchalarini ham kо'rish darkordir.
Server – tarmoq abonenti bо'lib, u о'z resurslarini boshqa abonentlarga
foydalanishga berib, lekin о'zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya‘ni
faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bо'lishi mumkin. Ajratilgan
server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server
tarmoqqa xizmat kо'rsatishdan tashqari boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin.
Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa о'z resurslarini
ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya‘ni tarmoq unga xizmat qiladi.
Kompyuter – mijoz ham kо'pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter
10
bir vaqtning о'zida ham mijoz va shuningdek server bо'lishi mumkin. Kо'pincha
server va mijozni kompyuterni о'zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda
ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa о'z resurslarini
berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa
mijozdir.
11
2.2. Tarmoq topologiyalari
Bugungi axborotlashgan jamiyatga yetib kelgunga qadar kompyuterlarni
birlashtirish, fayllar va turli ko’rinishdagi xabarlar, ma'lumotlar almashish
imkoniyatini yaratish borasida ko'plab tadqiqotlar olib borildi. Dastlab
kompyuterlarni juft-juft qilib birlashtirishga erishildi, ko'p o'tmay bir nechta
kompyuterlarni birlashtirish uchun texnik qurilma va dasturiy ta'minot yaratildi. Shu
tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi.
Axborotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirishda ko'p
kompyuterli birlashmalardan — kompyuter tarmoqlaridan foydalaniladi.
Kompyuterlararo ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash uchun lokal
tarmoqlardan foydalaniladi. Aynan ana shu kompyuter tarmoqlarining vujudga
kelishi axborotlashgan tizimlarni shakllanishiga asos bo’ldi.
Lokal tarmoq — foydalanuvchilarga ommaviy ravishda kompyuterlarda
ishlash va ma'lumot almashish, dasturlarni ishlatish, ommaviy ravishda modem,
printer va boshqa qurilmalarni ishlatish imkonini beradi. Lokal tarmoqqa
kompyuterlarni birlashtirish uchun har xil kompyuterga ulanuvchi tarmoqli adapter
(plata), kerakli miqdorda maxsus shtikkerli sim (kabel) lozim. Shunga ko’ra
kompyuter tarmoqlari bir necha ko’rinishda tashkil qilinadi va ularni umumiy nom
bilan tarmoq topologiyalari deb ataladi.
TARMOQ TOPOLOGIYALARI
Tarmoq topologiyasi - bu aloqa kanallari va xostlarni bir-biri bilan o’zaro
bo’glanishini tashkil etilishi usullari tushuniladi, ya’ni kompyuterlarning fizik va
mantiqiy jixatdan o’zaro bog’lanishiga tarmoq topologiyasi deyiladi. Tarmoqning
fizik topologiyasi deganda tarmoqdagi qurilmalarning fizik joylashuvi va o’zaro
uzatish muhitlari orqali bog’lanilishi tushunilsa, mantiqiy topologiyada esa
tarmoqning qurilmalari o’rtasida qanday ma’lumot uzatilishi va qabul qilinishi
tushuniladi. Tugunlar orasidagi masofa, fizik jixatdan o’zaro bo’lanishi, ma’lumot
uzatish tezligi yoki signal turlari ikki xil tarmoq o’rtasida farq qilishi mumkin,
ammoularning mantiqiy topologiyalari bir xil bo’lishi mumkin. Tarmoqning fizik
12
topologiyasi - bu OSI modelining fizik pog’onasi orqali ifodalanadi.Tarmoq
topoliyalari ta’kidlanganidek, tarmoq qurilmalarini joylashuviga va bir-biri bilan
bog’lanishi hamda tarmoqni qurishda foydalanilayotgan standart texnologiyaga
mos ravishda har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Biror tarmoqdagi har qanday
tugun tarmoqdagi boshqa qurilmalarga bir yoki bir nechta fizik kanallarorqali
bog’lanish imkoniyatga ega bo’lishi mumkin; ushbu kanallarni grafik ravishda
bog’lash natijasida geometrik shakllar hosil bo’ladi va hosil bo’lgan shakllarning
ko’rinishiga qarab tarmoq topologiyasi nomlanadi. LAN tarmoqlarida turli xil
fizik topologiyalardan foydalaniladi, jumladan shina, yulduz, mesh, daraxt,nuqt-
nuqta va h.k.. Shuningdek, qurilmalarni ulash uchun ishlatiladigan uzatish
muhitlarining joylashuvi tarmoqning fizik topologiyasini ifodalaydi.
Tarmoq topologiyasi - bu aloqa tarmog'i elementlarining joylashuvi.
Tarmoq topologiyasi har xil turdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu
jumladan radio tarmoqlarini, sanoat stavkalari va kompyuter tarmoqlarini
aniqlash yoki tavsiflash uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoq topologiyalari
shuningdek, tarmoqni geografik muhitdagi o’rni, foydalanuvchilari soni va
foydalaniladigan texnologiyasiga muvofiq tanlanadi. Bir qancha tarmoq
topologiyalari mavjud: mesh, yulduz, daraxt,shina, halqa ва 3-D torus.
Misol uchun mesh topologiyali tarmoq - bu lokal tarmoq topologiyasida
ishlatiladi, unda infratuzilma tugunlari to'g'ridan-to'g'ri, dinamik va ierarxik
bo'lmagan holda boshqa ko'plab tugunlarga ulanadi va ma'lumotlarni
foydalanuvchilarga samarali yo'naltirish uchun bir-biri bilan hamkorlik qiladi.
Bunday topologiyalar har doim ham o’zini oqlamaydi, sababi qurilishi qimmatga
tushadi.
13
1- rasm. Mesh topologiyali tarmoq
Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter tizimidagi ishlov berish
tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu
yangiavlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda
bir biribilan bog’laydi.
3-rasm. Torus aloqali topologiy.
Har bir kompyuter va qurilmalar konsentrator yoki takrorlovchi (репитер)
yoki hab (Hub) deb ataluvchi qurilma portiga alohida alohida ulanadi.
14
Yulduzli topologiyaga asoslanga tarmoq bo’lib, bunda kompyuter
tarmoqlarimarkazida joylashgan tarmoq elementni o’ziga ulangan qurilmalarni
boshqarad. Shuningdek, yulduzli topologiyada har bir xost markaziy qurilmaga
ulanadi, bitta markaziy qurilma xabarlarni uzatish uchun kanal vazifasini bajaradi.
Bu topologiyaeng keng tarqalgan kompyuter tarmog'i topologiyalaridan biridir.
2-rasm. Yulduz topologiyali tarmoq
15
Konsentratorlar aktiv bo’lgani kabi (nazariy) passiv bo’lishi ham mumkin.
Agar tarmoqdagi biror kompyuter va konsentrator orasidagi aloqada uzulish sodir
bo’lsa, u tarmoqning boshqa qismiga tasir ko’rsatmaydi. Albatta, agar u “Server”
bo’lmasa. Agar konsentrator ishdan chiqsa, tarmoq ishlashdan to’xtaydi.
Bunday tarmoq topologiyasi boshqasiga qaraganda buzulgan (tarmoq
adapterlari, razyomlari va zararlangan kabellar) tarmoq elementlarini qidirib
topishda ancha qulay hisoblanadi. Tarmoqqa yangi qurilma qo’shish ham “Yulduz”
topologiyasida boshqasiga qaraganga osonroq amalga oshadi. Yana shuni ta’kidlash
mumkinki, 100 va 1000 Megabitli tarmoqlar ana shu “Yulduz” topologiyasi asosida
quriladi.
Tarmoqning faoliyatini to'g'ri yuritish maqsadida bosh kompyuter (o'qituvchi)
ajratiladi, unga lokal tarmoqlar bilan birlashtirilgan ishchi kompyuter (o'quvchi)lar
birlashtiriladi. Agar tarmoqda 20-25 ta kompyuter mavjud bo'lsa, ular albatta bosh
kompyuterga ega bo'lishi lozim.
Lokal tarmoqlar faoliyatini yuritish uchun maxsus dasturiy ta'minot mavjud.
Windows 95/2000/XP operatsion tizimlarida lokal tarmoqqa boshqa maxsus
dasturlarsiz ham kompyuterlar ulanishi mumkin. Buning uchun tarmoq
protokollaridan foydalaniladi.
16
3. TARMOQNI LOYIHALASHNING DASTURIY VOSITALARI
3.1. Tarmoqni loyihalashda qo‘llaniladigan dasturlar
Lokal tarmoqni loyihalash dasturlari tarmoq uskunalarining to'g'ri modellarini
tanlashga, kabellarni optimal yo'naltirishga, rozetkalar va tarmoqqa kirish
nuqtalarini tartibga solishga yordam beradi. Tarmoq muhandislari va ma'murlari
kompyuter tizimlarini loyihalash, monitoring qilish yoki tahlil qilish uchun turli xil
vositalardan foydalanadilar. Haqiqiy tarmoqlarda tajriba o'tkazmaslik uchun
(tarmoq infratuzilmasi ishlamay qolishi yoki ishdan chiqishi bilan bog'liq), tizim
ma'murlari buning uchun tarmoqni modellashtirish vositalaridan foydalanadilar.
Zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari tarmoq uskunalarining to'g'ri
modellarini tanlashga, kabellarni optimal yotqizishga, rozetkalarni va Wi-Fi ulanish
nuqtalarini tartibga solishga yordam beradi. Bunday dasturlarga misollar quyida
keltirilgan.
CAD5D – mahalliy tarmoqlarni loyihalash uchun onlayn xizmat. CAD5D
onlayn dasturi korxona va ma'muriy binolarning mahalliy kompyuter tarmoqlarini
loyihalash uchun ishlatiladi. Uning yordami bilan siz binoning batafsil qavat
rejalarini ishlab chiqishingiz, kerakli abonent punktlari va asosiy nazorat tugunlarini
joylashtirishingiz, shuningdek, barcha kabellarning kerakli uzunliklarini
hisoblashingiz mumkin. Dastur to'liq loyiha hujjatlarini, kompyuter tarmog'ini
rivojlantirish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar va materiallarning barcha zarur
texnik xususiyatlarini yaratishga imkon beradi.
17
CAD5D dasturi SAPR dasturlari bilan integratsiyalash uchun modulga ega
va dwg formatini qo'llab-quvvatlaydi. Bu xususiyat kompyuter tarmog'i loyihasini
ishlab chiqishda dizaynerning vazifalarini sezilarli darajada osonlashtiradi va kabel
jurnalining mavjudligi kabel mahsulotlarini tanlashda xatolarni minimal darajada
kamaytiradi.
Office Anatomy - ofis tizimlarini rejalashtirish xizmati. Agar sizning
kompaniyangiz yangi ofisga ko'chib o'tsa, siz ofisni barcha kerakli tizimlar -
yoritish, intranet, telefonlar, videokameralar, signalizatsiya va boshqalar bilan
ta'minlashingiz kerak bo'ladi. Agar siz ushbu ish uchun pudratchi yollagan
bo'lsangiz ham, siz hali ham ushbu muhandislik tizimlarini o'rganishingiz va
loyihalashda ishtirok etishingiz kerak, chunki siz xodimlaringizga nima kerakligini
bilasiz. Office Anatomy xizmati bu jarayonni osonlashtirishga yordam beradi va
shu bilan birga loyiha xarajatlarini yaxshiroq nazorat qiladi. Bu vizual dizayner
bo'lib, unda siz xona tartibini qurasiz, katalogdan tanlaysiz va sichqoncha
yordamida kerakli infratuzilma elementlarini (rozetkalar, Wi-Fi ulanish nuqtalari,
kompyuterlar, telefonlar, videokameralar, kirishni boshqarish tizimining
elementlari) joylashtirasiz.
18
Xizmat avtomatik ravishda kerakli komponentlarni (kabellar, qutilar,
qalqonlar, mahkamlagichlar) qo'shadi, smeta tuzadi va xarajatlarni hisoblab chiqadi.
Shu bilan birga, jihozlar soni, joylashuvi yoki sinfini o'zgartirish orqali loyihani o'z
byudjetingizga moslashtirishingiz mumkin. Ishlab chiquvchilar o'z xizmatlarini
1000 kv.m gacha bo'lgan ofislar va 100 tagacha xodimlar uchun tavsiya qiladilar.
Visio mahalliy tarmoqni loyihalash uchun shablonlarni taqdim etdi. Microsoft
kompaniyasi Visio 2010 ning yangi versiyasini taqdim etdi, u an'anaga ko'ra Office
to'plamining hech bir versiyasiga kiritilmagan va uni alohida sotib olishingiz kerak.
Unda yangi shablonlar paydo bo'ldi, xususan, "Tarmoq" toifasi mahalliy tarmoq
topologiyasini, LDAP va Active Directory katalog tuzilmalarini va server rafining
joylashuvini loyihalash uchun shablonlarni o'z ichiga oladi. Tarmoq diagrammasi
shablonlari va ma'lumotlarni ulash xususiyatlaridan foydalanib, siz uskunaning
qanday mantiqiy yoki jismoniy ulanganligini ko'rsatadigan diagramma yaratishingiz,
har bir shaklni aniqlash uchun mos yozuvlar ma'lumotlarini qo'shishingiz va keyin
tashqi ma'lumotlarni import qilish va tarmoq shakllariga bog'lashingiz mumkin.
19
20
3.2. CiscoPacketTracer dasturiy vositasining vazifalari va imkoniyatlari
Cisco Packet Tracer - bu tarmoqni simulyatsiya qilish va vizualizatsiya
qilishning innovatsion vositasi. Ushbu bepul dastur sizga ish stoli kompyuteringiz
yoki Android yoki iOS asosidagi mobil qurilmangiz orqali tarmoq konfiguratsiyasi
va muammolarni bartaraf etish ko'nikmalarini bajarishda yordam beradi. Packet
Tracer Linux va Windows ish stoli muhitida mavjud.
Packet Tracer yordamida siz noldan tarmoq yaratishni, oldindan qurilgan
namunali tarmoqdan foydalanishni yoki sinf laboratoriya topshiriqlarini bajarishni
tanlashingiz mumkin. Packet Tracer sizga ma'lumotlarni tarmoq orqali qanday
o'tishini osongina o'rganishga imkon beradi. Packet Tracer har xil o'lchamdagi
tarmoqlarni qimmat laboratoriya uskunalarisiz loyihalashtirish va qurishning oson
usulini taqdim etadi. Ushbu dastur jismoniy routerlar, kalitlar, xavfsizlik devorlari
va serverlarda mashq qilishning o'rnini bosmasa ham, e'tiborsiz qoldirish uchun juda
ko'p foyda keltiradi!
Packet Tracer-ni yuklab oling va o'rnating
Talabalar odatda Packet Tracer-dan quyidagilar uchun foydalanadilar:
Sertifikatlash imtihoniga tayyorlaning.
Tarmoq kurslarida o'rganganlarini amalda qo'llang.
Ish bilan suhbatlashish uchun ularning mahoratini oshiring.
Mavjud tarmoq dizaynlariga yangi texnologiyalarni qo'shishning ta'sirini
tekshiring.
Internetdagi ish joylarida o'z malakalarini oshirish.
Global Design Challenges-da raqobatlash (Facebook-da 2017 PT 7 Design
Challenge-ga e'tibor bering).
Packet Tracer ko'plab Cisco Networking Academy kurslarida ishlatiladigan
muhim o'quv vositasidir.
Cisco Packet Tracer nusxasini olish va o'rnatish uchun quyidagi oddiy
amallarni bajaring:
Cisco Networking Academy-ga "Men o'rganaman" sahifasiga kiring.
21
Ekraningizning o'ng yuqori qismidagi menyudan Resurslarni tanlang.
Packet Tracer-ni yuklab olish-ni tanlang.
Sizga kerak bo'lgan Packet Tracer versiyasini tanlang.
Faylni kompyuteringizga saqlang.
Packet Tracer o'rnatish dasturini ishga tushiring.
O'rnatishdan so'ng veb-brauzeringizni yoping va qayta yoqing.
Tegishli belgini tanlab, Cisco Packet Tracer dasturini ishga tushiring.
So'ralganda, autentifikatsiya qilish uchun Netacad-ga kirish ma'lumotlaridan
foydalaning.
Packet Tracer ishga tushiriladi va siz uning xususiyatlarini o'rganishga
tayyormiz.
Foydalanuvchi interfeysi
Ushbu bob foydalanuvchi interfeysi bilan tanishtiradi va Packet Tracer
yordamida oddiy tarmoqni yaratish bo'yicha ko'rsatmalar beradi.
Packet Tracer foydalanuvchi interfeysi
22
Packet Tracer - bu haqiqiy tarmoqlarni simulyatsiya qilishga imkon beruvchi
vosita. Bu sizga quyidagi uchta asosiy menyuni taqdim etadi:
qurilmalarni qo'shing va ularni kabellar yoki simsiz ulang
tarmoq ichidagi tarkibiy qismlarni tanlang, o'chiring, tekshiring, yorliqlang va
guruhlang
tarmoqni boshqarish
Tarmoqni boshqarish menyusi quyidagilarga imkon beradi:
mavjud / namunaviy tarmoqni oching
joriy tarmog'ingizni saqlang
foydalanuvchi profilingizni yoki sizning afzalliklaringizni o'zgartiring
Agar siz matn protsessori yoki elektron jadval kabi biron bir dasturdan
foydalansangiz, menyuning yuqori qismida joylashgan Fayl menyusi buyruqlari
bilan allaqachon tanishasiz. Ochish, Saqlash, Saqlash va Chiqish buyruqlari har
qanday dasturda bo'lgani kabi ishlaydi, ammo Packet Tracer uchun maxsus ikkita
buyruq mavjud.
Open Samples buyrug'i Packet Tracer-ga kiritilgan turli xil tarmoq va Internet
narsalari qurilmalarining xususiyatlari va konfiguratsiyasining oldindan tuzilgan
misollari katalogini namoyish etadi.
Chiqish va chiqish buyrug'i Packet Tracer-ning ushbu nusxasi uchun
ro'yxatdan o'tish ma'lumotlarini olib tashlaydi va ushbu paketning keyingi
foydalanuvchisidan kirish protsedurasini qayta bajarishini talab qiladi.
Packet Tracer - Qurilmalarni topish va joylashtirish
Packet Tracer tarmoqlarni va tarmoq trafigini simulyatsiya qilganligi sababli,
ushbu tarmoqlarning fizik jihatlari ham taqlid qilinishi kerak. Bunga jismoniy
qurilmalarni topish va joylashtirish, ushbu moslamalarni sozlash va ushbu
qurilmalarni kabel orqali ulash kiradi. Jismoniy tarqatish va kabel o'tkazilgandan
so'ng, qurilmalarni ulash uchun ishlatiladigan interfeyslarni sozlash vaqti keldi.
23
O'rnatish uchun qurilmani qidirish uchun Qurilma turini tanlash qutisini
qidirish kerak. Qurilma turini tanlash qutisi rasmda ko'rsatilgandek toifalar va kichik
toifalar tushunchasi ustida ishlaydi.
Belgilarning yuqori qatori quyidagilarni o'z ichiga olgan toifalar ro'yxatini aks
ettiradi: [Tarmoq qurilmalari], [Tugatish moslamalari], [Komponentlar], [Aloqalar],
[Turli xil] va [Multiuser]. Har bir toifada kamida bitta kichik toifadagi guruh mavjud.
Qurilmani sozlash
Sizning tarmog'ingiz yaratilgandan so'ng, qurilmalar va tarkibiy qismlarni
sozlash vaqti keldi. Packet Tracer sizning tarmog'ingizni tashkil etadigan turli xil
oraliq va so'nggi qurilmalarni sozlash imkoniyatiga ega. Har qanday qurilmalarning
konfiguratsiya interfeysiga kirish uchun avval sozlashni xohlagan qurilmani bosing.
Bir qator yorliqlarni ko'rsatadigan popup oyna paydo bo'ladi. Har xil turdagi
qurilmalar turli xil interfeyslarga ega.
Packet Tracer - GUI va CLI konfiguratsiyasi
Routerlar va kalitlarga o'xshash oraliq qurilmalar uchun ikkita konfiguratsiya
usuli mavjud. Qurilmalarni Config yorlig'i (GUI interfeysi) yoki buyruq satri
interfeysi (CLI) orqali sozlash yoki tekshirish mumkin (1-rasm). Config yorlig'i
aksariyat jismoniy jihozlarda mavjud emas. Ushbu yorliq Packet Tracer-dagi
o'rganish yorlig'i. Agar buyruq satri interfeysidan qanday foydalanishni bilmasangiz,
ushbu yorliq asosiy konfiguratsiyalarni bajarish uchun "bo'sh joyni to'ldirish" usulini
taqdim etadi. Buyruqlar satrining interfeysidan foydalansangiz, xuddi shu narsani
qiladigan CLI-ga teng buyruqlarni namoyish etadi. CLI interfeysi qurilmaning
konfiguratsiyasini bilishni talab qiladi.
Kompyuterlar va noutbuklar kabi ba'zi bir so'nggi qurilmalar uchun Packet
Tracer ish stoli interfeysini taqdim etadi, bu sizga IP konfiguratsiyasi, simsiz
konfiguratsiya, buyruq irodasi, veb-brauzer va boshqa ko'p narsalarga kirish
imkonini beradi (2-rasm).
Agar siz serverni sozlayotgan bo'lsangiz, server Xostning barcha
funktsiyalariga yana bitta yorliq, xizmatlar yorlig'i qo'shilgan (3-rasm). Ushbu yorliq
24
serverni veb-server, DHCP-server, DNS-server yoki grafikada ko'rinadigan boshqa
serverlar sifatida sozlash imkonini beradi.
25
26
27
4. MA’LUMOT UZATISH TARMOG‘INI CiscoPacketTracer DASTURIDA
LOYIHALASH
4.1. Tarmoq topologiyasini qurish
Variant №3
Marshrutizator
(router)
raqami
(𝑖, 𝑗)
1 2 3 4 5 6 7
1 0 1 0 0 0 0 0
2 0 0 0 1 0 0 0
3 1 1 0 0 0 0 0
4 0 0 1 0 1 1 0
5 0 0 0 1 0 0 0
6 0 0 0 1 0 0 0
7 0 0 0 0 0 0 0
28
3. Ahrorov
Habibullo
Bahtiyor o’g’li
OSPF
172.16.30.0 R2,R4,R6 R7,R1
29
Tarmoq topologiyasi.
Switch -1 ga
Switch>enable
Switch#configure terminal
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#ip dhcp pool Vlan2
Switch(dhcp-config)#network 172.16.30.0 255.255.255.248
Switch(dhcp-config)#default-router 172.16.30.1
Switch(dhcp-config)#dns-server 1.1.1.1
Switch(dhcp-config)#exit
Switch(config)#vlan 2
Switch(config-vlan)#exit
Switch(config)#int vlan 2
Switch(config-if)#
%LINK-5-CHANGED: Interface Vlan2, changed state to up
Switch(config-if)#ip address 172.16.30.2 255.255.255.248
Switch(config-if)#exit
Switch(config)#ip dhcp excluded-address 172.16.30.1
Switch(config)#ip dhcp excluded-address 172.16.30.2
Switch(config)#int fastEthernet 0/1
Switch(config-if)#switchport mode access
Switch(config-if)#switchport access vlan 2
Switch -1 ga
Switch(config)#int f
Switch(config)#int fastEthernet 0/4
Switch(config-if)#switchport mode trunk
Switch(config-if)#exit
30
Switch#
Switch -1 ga
Switch(config)#vlan 3
Switch(config-vlan)#exit
Switch(config)#int
Switch(config)#interface vlan 3
Switch(config-if)#
%LINK-5-CHANGED: Interface Vlan3, changed state to up
Switch(config-if)#ip add 172.16.30.10 255.255.255.248
Switch(config-if)#exit
Switch(config)#ip dhcp pool Vlan3
Switch(dhcp-config)#net
Switch(dhcp-config)#network 172.16.30.8 255.255.255.248
Switch(dhcp-config)#def
Switch(dhcp-config)#default-router 172.16.30.9
Switch(dhcp-config)#dns
Switch(dhcp-config)#dns-server 2.2.2.2
Switch(dhcp-config)#exit
Switch(config)#ip dchp ex
Switch(config)#ip dhcp
Switch(config)#ip dhcp ex
Switch(config)#ip dhcp excluded-address 172.16.30.9
Switch(config)#int fastEthernet 0/2
Switch(config-if)#switchport mode access
Switch(config-if)#switchport access vlan 3
31
Switch(config-if)#ex
Switch -2 ga
Switch>en
Switch>enable
Switch#conf
Switch#configure t
Switch#configure terminal
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#vlan 2
Switch(config-vlan)#exit
Switch(config)#int f
Switch(config)#int fastEthernet 0/2
Switch(config-if)#sw
Switch(config-if)#switchport mo
Switch(config-if)#switchport mode acc
Switch(config-if)#switchport mode access
Switch(config-if)#sw
Switch(config-if)#switchport acc
Switch(config-if)#switchport access vlan 2
Switch(config-if)#ex
Switch#
32
Switch -2 ga
Switch(config)#vlan 3
Switch(config-vlan)#exit
Switch(config)#int f
Switch(config)#int fastEthernet 0/3
Switch(config-if)#sw
Switch(config-if)#switchport mo
Switch(config-if)#switchport mode acc
Switch(config-if)#switchport mode access
Switch(config-if)#sw
33
Switch(config-if)#switchport acc
Switch(config-if)#switchport access vlan 3
Switch(config-if)#
Switch#
Switch -1 ga
Switch(config)#inte
Switch(config)#interface fas
Switch(config)#interface fastEthernet 0/1
Switch(config-if)#sw
Switch(config-if)#switchport mo
Switch(config-if)#switchport mode tru
Switch(config-if)#switchport mode trunk
Router 1 ga
Router>en
Router>enable
Router#conf t
Router#conf terminal
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Router(config)#inter
Router(config)#interface fas
Router(config)#interface fastEthernet 0/0
Router(config-if)#no shu
Router(config-if)#no shutdown
Router(config-if)#
Router(config)#interface fastEthernet 0/0.1
Router(config-subif)#encapsulation dot1Q 2
34
Router(config-subif)#ip add
Router(config-subif)#ip address 172.16.30.1 255.255.255.248
Router(config-subif)#int f0/0.2
Router(config-subif)#
%LINK-5-CHANGED: Interface FastEthernet0/0.2, changed state to up
%LINEPROTO-5-UPDOWN: Line protocol on Interface FastEthernet0/0.2,
changed state to up
Router(config-subif)#enc
Router(config-subif)#encapsulation do
Router(config-subif)#encapsulation dot1Q 3
Router(config-subif)#ip address 172.16.30.10 255.255.255.248
Router(config-subif)#
Router ga
Router(config)#ip route
Router(config)#ip route 172.16.30.64 255.255.255.248 Serial0/1/0
Router(config)#ip route 172.16.30.72 255.255.255.248 Serial0/1/0
Router(config)#ip route 172.16.30.32 255.255.255.248 Serial0/3/1
Router(config)#ip route 172.16.30.40 255.255.255.248 Serial0/3/1
Router(config)#ip route 172.16.30.16 255.255.255.248 Serial0/3/0
Router(config)#ip route 172.16.30.24 255.255.255.248 Serial0/3/0
Router(config)#ip route 172.16.30.48 255.255.255.248 Serial0/1/0
Router(config)#ip route 172.16.30.56 255.255.255.248 Serial0/1/0
Router(config)#ip route 172.16.30.40 255.255.255.248 Serial0/3/0
Router(config)#ip route 172.16.30.32 255.255.255.248 Serial0/3/0
35
Router 1ga
Router>enable
Router#conf t
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Router(config)#line console 0
Router(config-line)#password habibullo
Router(config-line)#login
Router(config-line)#exit
Router(config)#enable password ahrorov
Router(config)#line vty 0 4
Router(config-line)#password ahrorovhabibullo
Router(config-line)#login
Router(config-line)#end
36
1Show running-config buyrug'i orqali bajarilgan ishlarni ko'rish
37
XULOSA
Kompyuter tarmoqlari va ularni aniqlash texnologiyalarida, tarmoq
modellari ancha ma’lumor bor. Bu modellarni ishlatish rasmlar bilan ko’rsatib
qo’yilgan. Ushbu loyiha ishida tarmoqlarning quriliosh tamoyillari, ma’lumoty
uzatish tamoyillarida paketli kommunikatsiya va kanal pog’onasi protokollariga
alohida to’xtalib o’tilgan.
Kompyuter tarmoqlarida paketli kommunikatsitya mexanizmlari va
tamoyillarini aniqlash va kanal pog’onasi prptokollari Ethernet, virtual lokal tarmoq
tizimlarini qiyosiy tahlil qilish haqidagi ma’lumotlar juda ko’plab misollar bilan
ko’rsatib o’tilgan. Kompyuter tarmoqlari masalan ma’lumot uzatish tarmog’ining
tasnifi va ma’lumot uzatishga qo’yiladigan talablarningning o'zi etarli emas - bunga
javoban javob berish kerak. Bu asosan tarmoq protakollari tizimining
samaradorligini aniqlaydigan javob variantlari hisoblanganligi. Yuqorida esa javob
variantlari taklif etiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, men loyiha ishimda Kompyuter tarmoqlarini
aniqlash va unda ma’lumot uzatish tarmoq pog’onasi pratokollari IPv4 va IPv6
manzillash mashrutizatsiya protokollari bilan tanishib chiqdim. Mavzu yuzasidan
tarmoqning qurilish tamoyillari bilan ish olib bordim. Loyiha ishi mavzusi bo’yicha
misollar keltirdim.
Men ushbu ma’lumotlarni juda ko’plab kitoblar titkilashim davomida
yig’dim. Har bir yozgan ma’lumotim davomida mazmuni bilan yanayam chuqurroq
tanishib chiqdim. O’z bilim va ko’nikmalarimni oshirib oldim va Kompyuter
tarmoqlarti fanidan ham yangi bilimlarga ega bo’ldim.
38
1.1.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Tarmoq protokollari; O'quv qo'llanma. R.X. Djurayev, Sh.Yu. Djabbarov,
B.M. Umirzakov. Т.: «Aloqachi», 2018, 144 bet.
2. Tarmoq xavfsizligi (Mobil tarmoq xavfsizligi). S. K. Ganiev, T. A.
Kuchkarov. O‘quv qo‘llanma. - T.: «Aloqachi», 2019, 140 b.
3. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы: Учебник для
вузов. 4-е изд. — СПб.: Питер, 2010, 944 с.
4. Протоколы Интернет. Семенов Ю.А — М.: Горячая линия-Телеком,
2001, 1100 с.
 В. Олифер, Н. Олифер Компьютерные сети. Принципы, технологии,
протоколы. — Питер, 2013. — С. 55. — 944 с. — 3 000 экз. — ISBN
978-5-496-00004-8

More Related Content

Featured

How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
ThinkNow
 
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfAI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
marketingartwork
 
Skeleton Culture Code
Skeleton Culture CodeSkeleton Culture Code
Skeleton Culture Code
Skeleton Technologies
 
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
Neil Kimberley
 
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
contently
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
Albert Qian
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Kurio // The Social Media Age(ncy)
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Search Engine Journal
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
SpeakerHub
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next
Tessa Mero
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Lily Ray
 
How to have difficult conversations
How to have difficult conversations How to have difficult conversations
How to have difficult conversations
Rajiv Jayarajah, MAppComm, ACC
 
Introduction to Data Science
Introduction to Data ScienceIntroduction to Data Science
Introduction to Data Science
Christy Abraham Joy
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best Practices
Vit Horky
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project management
MindGenius
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
RachelPearson36
 
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Applitools
 
12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work
GetSmarter
 

Featured (20)

How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
 
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfAI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
 
Skeleton Culture Code
Skeleton Culture CodeSkeleton Culture Code
Skeleton Culture Code
 
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
 
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
 
How to have difficult conversations
How to have difficult conversations How to have difficult conversations
How to have difficult conversations
 
Introduction to Data Science
Introduction to Data ScienceIntroduction to Data Science
Introduction to Data Science
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best Practices
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project management
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
 
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
 
12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work
 
ChatGPT webinar slides
ChatGPT webinar slidesChatGPT webinar slides
ChatGPT webinar slides
 

Ahrorov Habibullo 414-21 Individual.docx

  • 1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI FAKULTETI “Ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari” kafedrasi “INDIVIDUAL LOYIHA 1” KOMPYUTER TARMOQLARINI LOYIHALASH O‘qituvchi: D.T.Hasanov (kafedra mudiri, PhD) Bajardi: Ahrorov Habibullo (414-21 guruh talabasi)
  • 2. 2 Toshkent – 2023 Mundarija 1. Kirish………………………………………………………………. 2. Kompyuter tarmoqlar va ularning klassifikatsiyasi ……………………… 5 2.1. Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi ….……………………. 2.2. Tarmoq topologiyalari …………………………………………….. 3. Tarmoqni loyihalashning dasturiy vositalari …………………………….. 16 3.1. Tarmoqni loyihalashda qo‘llaniladigan dasturlar ………………….. 3.2. CiscoPacketTracer dasturiy vositasining vazifalari va imkoniyatlari 4. Ma’lumot uzatish tarmog‘ini CiscoPacketTracer dasturida loyihalash ..… 27 4.1. Tarmoq topologiyasini qurish …………………………………….... 4.2. Tarmoq qurilmalarini sozlash ……………………………………… 4.3. Tarmoqni ishga tushurish va natijalarni ko‘rish ……………………. 5. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………... 38
  • 3. 3 1. KIRISH Bugungi kunda internet tarmog‘i – masofa tanlamaydigan axborot almashinuvi, mustaqil ta’lim, onlayn savdo, elektron xizmatlar, bir so‘z bilan aytganda raqamli iqtisodiyot taraqqiyotining asosini tashkil qiladi. Shu bois, mamlakatimizda mazkur soha rivojiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning uchun “O‘zbektelekom” AK va hududiy filiallari tomonidan respublika bo‘ylab telekommunikatsion infratuzilmani modernizatsiyalash va aholini sifatli aloqa xizmatlari bilan ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda dunyo bo‘ylab Kompyuter tarmoqlari sohasida fundamental o‘zgarishlar bilan bog‘liq rivojlanishning yangi bosqichi amalga oshirilmoqda. Chuqur ilm talab qiladigan Kompyuter tarmoqlari sohasi uchun innovatsion rivojlanish masalalari har doim dolzarb vazifa bo‘lib kelgan. Shu bilan birga sohani innovatsion rivojlantirish, rivojlangan davlatlarning yutuqlarini hisobga olib, mutaxassislarni tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Kompyuter tarmoqlari sohasini innovatsion rivojlantirishni amalga oshirish tizimli yondashuv, ya'ni huquqiy, texnologik, tashkiliy va malakali kadrlar bilan ta'minlashni talab qiladi. Zamonaviy sharoitda Kompyuter tarmoqlari sohasini innovatsion rivojlantirish masalalarini yechishga qaratilgan kompleks yondashuv bilimli va tajribali mutaxassislarni talab qiladi. Sohani innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tishda mutaxassislarni tayyorlashda yangicha yondashuvlarga majbur qiladi. Kompyuter tarmog‘ini innovatsion rivojlantirish uchun ko‘p mutaxassislarni tarmoq texnologiyalari, tarmoq yechimlari va tarmoq integratorlari bo‘yicha tayyorlash kerak. Ma'lumki, Kompyuter tarmoqlari ning har bir yangi ko‘rinishi asosan ikkita sababga ko‘ra paydo bo‘ladi; - unga talabni paydo bo‘lishi; - mos keluvchi texnik va texnologik asosning mavjudligi. Halqaro ekspertlarning prognozi bo‘yicha axborotlashtirish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan Kompyuter tarmoqlari ni innovatsion rivojlantirishning ikkita
  • 4. 4 asosiy yo‘nalishini, ya'ni Kompyuter tarmoqlari rivojining asosiy yo‘nalishini va Kompyuter tarmoqlari rivojining asosiy kuchini aniqlashga yordam berdi. Integratsiya - bu bir maqsadda birlashish va o‘zaro ishlash tushuniladi. Bu bo‘lishi mumkin: - ko‘plab turli texnologiyalar; - ko‘plab turli tarmoqlar; - ko‘plab turli xizmatlar (Kompyuter tarmoqlari xizmatlari va axborot xizmatlarining birlashishi, ya'ni multimediya ko‘rinishidagi). Yuqorida keltirilgan xolat bo‘yicha foydalanuvchilarga yuqori sifatda xizmatlarni taqdim etish Kompyuter tarmoqlari operatorlari uchun katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda Kompyuter tarmoqlari operatorlari tomonidan turli xizmatlar, mobil kompaniyalar tomonidan mobil ilovalar taqdim qilinmoqda. Bu xizmatlar soni kun sayin ortib bormoqda, lekin tarmoqda xizmat ko‘rsatish muammolari ko‘payib bormoqda. Shu sababli tarmoq texnologiyalarini o‘rganishda tarmoq protokollarini ishlatish muhim o‘rinni egallaydi. Tarmoq protokollarini o‘rganishda har xil kompaniyalarning tarmoq qurilmalarini integratsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Loyiha ishining maqsadi: Kompyuter tarmoqlari fanida “Tarmoq protokollari”ni o’rganish va ularni qiyosiy tahlil qilish. * Ma’lumot uzatish tarmoqlariga qo’yiladigan talablarni o’rganish. * Paketli kommutatsiya mexanizmlari va tamoyillarini o’rganish. * Tarmoq pog‘onasi protokollari. IPv4 va IPv6 manzillashni o’rganish. * Marshrutizatsiya protokollarini o’rganish. Loyiha ishining tarkibi: Kirish bilan boshlandi. 3 ta bobdan iborat. I- bob 2 ta rejadan iborat. 2-3 bob ham 2 ta rejadan tashkil topgan. Xulosa va foydalanilgan adabiyotlar bilan yakunlanadi. 2. KOMPYUTER TARMOQLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI
  • 5. 5 2.1. Kompyuter tarmoqlarining turlari Axborotni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga uzatish muammosi hisoblash texnikasi paydo bо'lgandan beri mavjuddir. Axborotlarni bunday uzatish alohida foydalanilayotgan kompyuterlarni birgalikda ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir necha kompyuter yordamida hal qilish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni ma‘lum bir vazifani bajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan birgalikda foydalanish, hamda kо'pgina boshqa muammolarni ham hal qilish mumkin bо'ladi. Oxirgi vaqtda axborotlarni almashish usullari va vositalarini kо'p turlari taklif qilinmoqda: eng oddiyi fayllarni disklar yordamida kompyuterdan kompyuterga о'tkazishdan tortib, to butun dunyo kompyuterlarini birlashtira olish imkoniyatini beradigan Internet tarmog'igacha. Kо'pincha ―mahalliy tarmoqlar‖ (lokalniye seti, LAN, Local Area Network) atamasini aynan, katta bо'lmagan, mahalliy о'lchamli, yaqin joylashgan kompyuterlar ulangan tarmoq, ya‘ni, mahalliy tarmoq deb tushiniladi. Lekin ba‘zi mahalliy tarmoqlarning texnik kо'rsatgichlariga nazar solsak, bunday atama aniq emasligiga ishonch hosil qilish mumkin. Misol uchun, ba‘zi bir lokal tarmoqlar bir necha kilometr yoki bir necha о'n kilometr masofadan oson aloqani ta‘minlay olish imkonini beradi. Bu hol esa, bir xonaning, bir binoning yoki bir-biriga yaqin joylashgan binolarninggina emas, balki bir shaxar doirasidagi о'lchamdir. Boshqa bir tomondan olib qaraganimizda global tarmoq orqali (WAN, Wide Area Network yoki GAN, Global Area Network) bir xonada joylashgan ikki yonma-yon stoldagi kompyuterlar ham axborot almashinuvini amalga oshirishi mumkin, lekin negadir bunday tashkil qilingan tarmoqni hech kim mahalliy tarmoq deb atamaydi. Ikkita yaqin joylashgan kompyuterlarni interfeys orqali (RS232, Centronics) kabel yordamida bog'lash mumkin, yoki hatto kabelsiz infraqizil kanal yordamida ham kompyuterlarni bog'lash mumkin. Lekin bunday bog'lanish ham mahalliy tarmoq deb atalmaydi. Balki, mahalliy tarmoq ta‘rifi xuddi kichik tarmoq kabi bо'lib, kо'p
  • 6. 6 bо'lmagan kompyuterlarni bog'lashdir. Haqiqatdan, mahalliy tarmoq kо'p hollarda ikkitadan to bir necha о'nlab kompyuterlarni о'z tarkibiga oladi. Lekin, ba‘zi bir mahalliy tarmoqlarning cheklangan imkoniyatlari ancha yuqori bо'lib, abonentlarning soni mingtagacha yetishi mumkin. Bunday tarmoqni kichik tarmoq deb atash balki notо'g'ridir. Ba‘zi mualliflar mahalliy tarmoqni «kо'p kompyuterlarni uzviy bog'lovchi tizim» deb taʻriflashadi. Bu holda axborot kompyuterlardan kompyuterlarga vositachisiz va bir turdagi uzatish muhiti orqali amalga oshiriladi deb faraz qilinadi. Biroq hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida bir turdagi uzatish muhiti haqida gap yuritib bо'lmaydi. Misol uchun, bir tarmoq doirasida har turdagi elektr kabellari va shuningdek shisha tolali kabellar ham ishlatilishi mumkin. Axborot uzatishni «vositachisiz» ta‘rifi ham juda aniq emas, chunki hozirgi zamon mahalliy tarmoqlarida turli konsentrator, kommutator, yо'naltirgichlar marshrutizatori) va kо'priklardan (mosti) foydalaniladi. Axborotlarni uzatish jarayonida uzatilayotgan axborotlarga murakkab ishlov beruvchi bu vositalarni vositachi deb qabul qilinadimi yoki yо'qmi?, unchalik tushunarli emas. Balki, foydalanuvchilar aloqa mavjudligini his qilmaydigan tarmoqni mahalliy tarmoq deb qabul qilinishi aniq bо'lar. Mahalliy tarmoqqa ulangan kompyuterlar bir virtual kompyuter kabidir, ularning resurslari hamma foydalanuvchilar uchun bemalol bо'lishi kerak bо'lib, alohida olingan kompyuter resurslaridan foydalanishdan kam qulay bо'lmasligi lozim. Bu holda qulaylik deb birinchi navbatda aniq yuqori tezlikda resurslarga ega bо'lish, ilovalar orasidagi axborot almashinuvini foydalanuvchi sezmagan holda amalga oshirilishidir. Bunday ta‘rifda sekin ishlovchi global tarmoq ham, keskin amalga oshiriladigan ketma-ket yoki parallel portlar ham mahalliy tarmoq tushunchasiga tо'g'ri kelmaydi. Bunday ta‘rifdan kelib chiqadiki, keng tarqalgan kompyuterlarning tezligi oshishi bilan, mahalliy tarmoq orqali uzatiladigan axborot tezligi ham albatta oshishi kerak. Agar yaqin о'tmishda axborot almashinish tezligi 1 – 10 Mbit/s yetarli deb hisoblangan bо'lsa, hozirda esa о'rtacha tezlikdagi tarmoq 100
  • 7. 7 Mbit/s tezlikda axborot uzata oluvchi tarmoq hisoblanadi. 1000 Mbit/s va undan ham ortiq tezlikda axborot uzata oluvchi vositalar ustida ham aktiv ish olib borilmoqda. Kam tezlikda aloqa о'rnatish esa tarmoq shaklida ulangan virtual kompyuterning ishlash tezligini pasaytiradi. Shunday qilib, mahalliy tarmoqlarni boshqa har qanday tarmoqdan asosiy farqi – yuqori tezlikda axborot almashinuvidir. Lekin bu birgina farq bо'lib qolmay, boshqa omillar ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, axborotlarni uzatishda xatolikni keskin kamaytirish lozim. Juda tez, lekin xato axborot uzatish bema‘nilikdir, chunki uni yana qaytadan uzatish kerak bо'ladi va shuning uchun mahalliy tarmoqlarda albatta maxsus yuqori sifatli aloqa vositalaridan foydalaniladi. Yana tarmoqning asosiy texnik kо'rsatgichlaridan biri katta yuklamada ishlash imkoniyatidir, ya‘ni axborot almashish tezligi (yana boshqacha qilib aytganda, katta trafik bilan). Tarmoqda qо'llanilayotgan axborot almashinuvini boshqaruvchi mexanizm unumli bо'lmasa, u holda kompyuterlar axborot uzatish uchun kо'p vaqt navbat kutib qolishi mumkin. Navbat kelganidan sо'ng katta tezlikda va bexato axborot uzatilsa ham, tarmoqdan foydalanuvchiga baribir tarmoq resurslaridan foydalanish uchun maʻlum vaqt kutishga tо'g'ri keladi. Har qanday axborot uzatishni boshqarish mexanizmi kafolatlangan ravishda ishlashi uchun, oldindan tarmoqqa ulanishi mumkin bо'lgan kompyuterlar, axborotlar soni ma‘lum bо'lishi kerak. Rejalashtirilganidan kо'p kompyuterlarni tarmoqqa ulanishi, yuklamaning oshishiga olib kelishi natijasida har qanday mexanizm ham axborotlarni uzatishga ulgira olmay qolishi tabiiydir. Nihoyatda, tarmoq deb bu sо'zning tub ma‘nosi kabi, shunday axborot uzatish tizimini tushunish kerakki, u mahalliy bir-necha о'nlab kompyuterlarni birlashtirgan bо'lishi lozim. Shunday qilib, mahalliy hisoblash tarmoqlarning (MHT) farq qiluvchi belgilarini shakllantirish mumkin bо'ladi:
  • 8. 8 · axborotni katta tezlikda uzatish va yuqori tezlikda о'tkazish imkoniyati mavjud bо'lishi; · uzatish davrida xatolikning darajasi kamligi (yuqori sifatli aloqa kanallar). Axborotlarni uzatishda mumkin bо'lgan xatolik ehtimoli 10-7 – 10-8 darajada bо'lishi; · axborot uzatishning unumli va tez amalga oshiruvchi mexanizmi bо'lishi; · tarmoqqa ulangan kompyuterlar soni chegaralangan va aniq bо'lishi kerak. Berilgan tarifdan kelib chiqadiki; global tarmoq mahalliy tarmoqdan quyidagilar bilan farq qiladi: cheklanmagan abonentga mо'ljallangan va sifatli bо'lmagan kanallardan ham foydalaniladi; axborot uzatish tezligi nisbatan kam, axborot almashish mexanizmi ham nisbatan tezlik bо'yicha kafolatlanmagandir. Global tarmoqlarda eng muhimi aloqa sifati emas, balki aloqaning mavjudligidir. Kо'pincha kompyuter tarmoqlarining yana bir turi - shaxar tarmog'i (MAN, Metropolitan Area Network) mavjudligini qayd qilishadi, odatda ular global tarmoqlarga yaqin bо'lib, ba‘zida mahalliy tarmoqlarning ba‘zi xususiyatlariga ham ega bо'ladilar. Masalan, yuqori sifatli aloqa kanallari va nisbatan yuqori tezlikdagi axborot almashinuvi bilan о'xshashdir. Bu xususiyat shaxar tarmog'i ham mahalliy tarmoq (MXT afzalliklari bilan) bо'lishi mumkin ekanligini kо'rsatadi. Haqiqatdan, hozirda mahalliy tarmoq bilan global tarmoqning aniq chegarasini о'tkazish mumkin bо'lmay qoldi. Kо'pchilik mahalliy tarmoqlarda global tarmoqqa chiqish imkoniyati bor, lekin axborotni uzatish, axborot almashinuvini tashkil qilish prinsipi, odatda global tarmoqda qabul qilingandan ancha farq qiladi. Mahalliy tarmoqdan foydalanuvchilar uchun global tarmoqqa ulanish imkoniyati faqatgina bir resursgina bо'lib qoladi xolos. Mahalliy hisoblash (MHT) tarmoqdan har turdagi raqamli axborot uzatilishi mumkin: axborotlar, tasvirlar, telefon sо'zlashuvlari, elektron xatlar va x. k. Tasvirlarni uzatish masalasi, ayniqsa tо'laqon dinamik tasvirlarni uzatish tarmoqdan yuqori tezlik talab qiladi. Odatda mahalliy tarmoqda quyidagi resurslardan; disk
  • 9. 9 maydonidan, printerlaridan va global tarmoqqa chiqish imkoniyatlaridan birgalikda foydalaniladi. Lekin bu imkoniyatlar mahalliy tarmoq vositalarining imkoniyatlarini bir qismidir. Masalan, ular har turdagi kompyuterlararo axborot almashinuvini ham amalga oshiradi. Tarmoq abonenti bо'lib faqat kompyuter emas, balki boshqa qurilmalar ham bо'la oladi. Masalan printerlar, plotterlar. Mahalliy tarmoqlar tarmoqning hamma kompyuterlarida parallel hisoblash sistemasini tashkil qilish imoniyatini beradi. Bunday tizim murakkab matematik masalalarni yechishni kо'p marotaba tezlashtiradi. Shuningdek mahalliy tarmoqlar yordamida murakkab texnologik jarayonlarni ham boshqarish mumkin yoki bir vaqtning о'zida bir necha kompyuter yordamida tadqiqot qurilmalarini ham boshqarish imkonini beradi. Lekin xotiradan chaqirish kerak emaski, mahalliy hisoblash tarmoqlarning ham ba‘zi kamchiliklari bor. Xodimlarni о'qitishga, qо'shimcha qurilmalarga, tarmoq dasturiy ta‘minotiga, ulash kabellariga qо'shimcha sarflanadigan mablag'dan tashqari tarmoqni rivojlantirish, resurslariga ega bо'lishni boshqarish,bо'lishi mumkin bо'lgan nosozliklarni tuzatish va tarmoqni ishlashini nazorat qiluvchi, ya‘ni tarmoqning boshqaruvchisi ma‘mur (administrator) bо'lishi kerak. Tarmoq kompyuterni joyidan kо'chirilishini chegaralaydi, aks holda ulash uchun kabellar о'tkazish lozim bо'ladi, bundan tashqari, tarmoq viruslarni tarqalishi uchun qulay muhitga egadir, shuning uchun alohida kompyuterlarga qaraganda himoya masalalariga katta eʻtibor berilishi lozim. Shu mavzu doirasida tarmoq nazariyasining muhim tushunchalaridan bо'lgan server va mijoz tushunchalarini ham kо'rish darkordir. Server – tarmoq abonenti bо'lib, u о'z resurslarini boshqa abonentlarga foydalanishga berib, lekin о'zi boshqa abonentlar resurslaridan foydalanmaydi, ya‘ni faqat tarmoqqa ishlaydi. Tarmoqda server bir nechta bо'lishi mumkin. Ajratilgan server-bu server faqat tarmoq masalalari uchun xizmat qiladi. Ajratilmagan server tarmoqqa xizmat kо'rsatishdan tashqari boshqa masalalarni ham hal qilishi mumkin. Mijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa о'z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya‘ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham kо'pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter
  • 10. 10 bir vaqtning о'zida ham mijoz va shuningdek server bо'lishi mumkin. Kо'pincha server va mijozni kompyuterni о'zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa о'z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir.
  • 11. 11 2.2. Tarmoq topologiyalari Bugungi axborotlashgan jamiyatga yetib kelgunga qadar kompyuterlarni birlashtirish, fayllar va turli ko’rinishdagi xabarlar, ma'lumotlar almashish imkoniyatini yaratish borasida ko'plab tadqiqotlar olib borildi. Dastlab kompyuterlarni juft-juft qilib birlashtirishga erishildi, ko'p o'tmay bir nechta kompyuterlarni birlashtirish uchun texnik qurilma va dasturiy ta'minot yaratildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga keldi. Axborotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirishda ko'p kompyuterli birlashmalardan — kompyuter tarmoqlaridan foydalaniladi. Kompyuterlararo ma'lumotlar almashinuvini ta'minlash uchun lokal tarmoqlardan foydalaniladi. Aynan ana shu kompyuter tarmoqlarining vujudga kelishi axborotlashgan tizimlarni shakllanishiga asos bo’ldi. Lokal tarmoq — foydalanuvchilarga ommaviy ravishda kompyuterlarda ishlash va ma'lumot almashish, dasturlarni ishlatish, ommaviy ravishda modem, printer va boshqa qurilmalarni ishlatish imkonini beradi. Lokal tarmoqqa kompyuterlarni birlashtirish uchun har xil kompyuterga ulanuvchi tarmoqli adapter (plata), kerakli miqdorda maxsus shtikkerli sim (kabel) lozim. Shunga ko’ra kompyuter tarmoqlari bir necha ko’rinishda tashkil qilinadi va ularni umumiy nom bilan tarmoq topologiyalari deb ataladi. TARMOQ TOPOLOGIYALARI Tarmoq topologiyasi - bu aloqa kanallari va xostlarni bir-biri bilan o’zaro bo’glanishini tashkil etilishi usullari tushuniladi, ya’ni kompyuterlarning fizik va mantiqiy jixatdan o’zaro bog’lanishiga tarmoq topologiyasi deyiladi. Tarmoqning fizik topologiyasi deganda tarmoqdagi qurilmalarning fizik joylashuvi va o’zaro uzatish muhitlari orqali bog’lanilishi tushunilsa, mantiqiy topologiyada esa tarmoqning qurilmalari o’rtasida qanday ma’lumot uzatilishi va qabul qilinishi tushuniladi. Tugunlar orasidagi masofa, fizik jixatdan o’zaro bo’lanishi, ma’lumot uzatish tezligi yoki signal turlari ikki xil tarmoq o’rtasida farq qilishi mumkin, ammoularning mantiqiy topologiyalari bir xil bo’lishi mumkin. Tarmoqning fizik
  • 12. 12 topologiyasi - bu OSI modelining fizik pog’onasi orqali ifodalanadi.Tarmoq topoliyalari ta’kidlanganidek, tarmoq qurilmalarini joylashuviga va bir-biri bilan bog’lanishi hamda tarmoqni qurishda foydalanilayotgan standart texnologiyaga mos ravishda har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Biror tarmoqdagi har qanday tugun tarmoqdagi boshqa qurilmalarga bir yoki bir nechta fizik kanallarorqali bog’lanish imkoniyatga ega bo’lishi mumkin; ushbu kanallarni grafik ravishda bog’lash natijasida geometrik shakllar hosil bo’ladi va hosil bo’lgan shakllarning ko’rinishiga qarab tarmoq topologiyasi nomlanadi. LAN tarmoqlarida turli xil fizik topologiyalardan foydalaniladi, jumladan shina, yulduz, mesh, daraxt,nuqt- nuqta va h.k.. Shuningdek, qurilmalarni ulash uchun ishlatiladigan uzatish muhitlarining joylashuvi tarmoqning fizik topologiyasini ifodalaydi. Tarmoq topologiyasi - bu aloqa tarmog'i elementlarining joylashuvi. Tarmoq topologiyasi har xil turdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan radio tarmoqlarini, sanoat stavkalari va kompyuter tarmoqlarini aniqlash yoki tavsiflash uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoq topologiyalari shuningdek, tarmoqni geografik muhitdagi o’rni, foydalanuvchilari soni va foydalaniladigan texnologiyasiga muvofiq tanlanadi. Bir qancha tarmoq topologiyalari mavjud: mesh, yulduz, daraxt,shina, halqa ва 3-D torus. Misol uchun mesh topologiyali tarmoq - bu lokal tarmoq topologiyasida ishlatiladi, unda infratuzilma tugunlari to'g'ridan-to'g'ri, dinamik va ierarxik bo'lmagan holda boshqa ko'plab tugunlarga ulanadi va ma'lumotlarni foydalanuvchilarga samarali yo'naltirish uchun bir-biri bilan hamkorlik qiladi. Bunday topologiyalar har doim ham o’zini oqlamaydi, sababi qurilishi qimmatga tushadi.
  • 13. 13 1- rasm. Mesh topologiyali tarmoq Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter tizimidagi ishlov berish tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu yangiavlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda bir biribilan bog’laydi. 3-rasm. Torus aloqali topologiy. Har bir kompyuter va qurilmalar konsentrator yoki takrorlovchi (репитер) yoki hab (Hub) deb ataluvchi qurilma portiga alohida alohida ulanadi.
  • 14. 14 Yulduzli topologiyaga asoslanga tarmoq bo’lib, bunda kompyuter tarmoqlarimarkazida joylashgan tarmoq elementni o’ziga ulangan qurilmalarni boshqarad. Shuningdek, yulduzli topologiyada har bir xost markaziy qurilmaga ulanadi, bitta markaziy qurilma xabarlarni uzatish uchun kanal vazifasini bajaradi. Bu topologiyaeng keng tarqalgan kompyuter tarmog'i topologiyalaridan biridir. 2-rasm. Yulduz topologiyali tarmoq
  • 15. 15 Konsentratorlar aktiv bo’lgani kabi (nazariy) passiv bo’lishi ham mumkin. Agar tarmoqdagi biror kompyuter va konsentrator orasidagi aloqada uzulish sodir bo’lsa, u tarmoqning boshqa qismiga tasir ko’rsatmaydi. Albatta, agar u “Server” bo’lmasa. Agar konsentrator ishdan chiqsa, tarmoq ishlashdan to’xtaydi. Bunday tarmoq topologiyasi boshqasiga qaraganda buzulgan (tarmoq adapterlari, razyomlari va zararlangan kabellar) tarmoq elementlarini qidirib topishda ancha qulay hisoblanadi. Tarmoqqa yangi qurilma qo’shish ham “Yulduz” topologiyasida boshqasiga qaraganga osonroq amalga oshadi. Yana shuni ta’kidlash mumkinki, 100 va 1000 Megabitli tarmoqlar ana shu “Yulduz” topologiyasi asosida quriladi. Tarmoqning faoliyatini to'g'ri yuritish maqsadida bosh kompyuter (o'qituvchi) ajratiladi, unga lokal tarmoqlar bilan birlashtirilgan ishchi kompyuter (o'quvchi)lar birlashtiriladi. Agar tarmoqda 20-25 ta kompyuter mavjud bo'lsa, ular albatta bosh kompyuterga ega bo'lishi lozim. Lokal tarmoqlar faoliyatini yuritish uchun maxsus dasturiy ta'minot mavjud. Windows 95/2000/XP operatsion tizimlarida lokal tarmoqqa boshqa maxsus dasturlarsiz ham kompyuterlar ulanishi mumkin. Buning uchun tarmoq protokollaridan foydalaniladi.
  • 16. 16 3. TARMOQNI LOYIHALASHNING DASTURIY VOSITALARI 3.1. Tarmoqni loyihalashda qo‘llaniladigan dasturlar Lokal tarmoqni loyihalash dasturlari tarmoq uskunalarining to'g'ri modellarini tanlashga, kabellarni optimal yo'naltirishga, rozetkalar va tarmoqqa kirish nuqtalarini tartibga solishga yordam beradi. Tarmoq muhandislari va ma'murlari kompyuter tizimlarini loyihalash, monitoring qilish yoki tahlil qilish uchun turli xil vositalardan foydalanadilar. Haqiqiy tarmoqlarda tajriba o'tkazmaslik uchun (tarmoq infratuzilmasi ishlamay qolishi yoki ishdan chiqishi bilan bog'liq), tizim ma'murlari buning uchun tarmoqni modellashtirish vositalaridan foydalanadilar. Zamonaviy tarmoqni loyihalash dasturlari tarmoq uskunalarining to'g'ri modellarini tanlashga, kabellarni optimal yotqizishga, rozetkalarni va Wi-Fi ulanish nuqtalarini tartibga solishga yordam beradi. Bunday dasturlarga misollar quyida keltirilgan. CAD5D – mahalliy tarmoqlarni loyihalash uchun onlayn xizmat. CAD5D onlayn dasturi korxona va ma'muriy binolarning mahalliy kompyuter tarmoqlarini loyihalash uchun ishlatiladi. Uning yordami bilan siz binoning batafsil qavat rejalarini ishlab chiqishingiz, kerakli abonent punktlari va asosiy nazorat tugunlarini joylashtirishingiz, shuningdek, barcha kabellarning kerakli uzunliklarini hisoblashingiz mumkin. Dastur to'liq loyiha hujjatlarini, kompyuter tarmog'ini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar va materiallarning barcha zarur texnik xususiyatlarini yaratishga imkon beradi.
  • 17. 17 CAD5D dasturi SAPR dasturlari bilan integratsiyalash uchun modulga ega va dwg formatini qo'llab-quvvatlaydi. Bu xususiyat kompyuter tarmog'i loyihasini ishlab chiqishda dizaynerning vazifalarini sezilarli darajada osonlashtiradi va kabel jurnalining mavjudligi kabel mahsulotlarini tanlashda xatolarni minimal darajada kamaytiradi. Office Anatomy - ofis tizimlarini rejalashtirish xizmati. Agar sizning kompaniyangiz yangi ofisga ko'chib o'tsa, siz ofisni barcha kerakli tizimlar - yoritish, intranet, telefonlar, videokameralar, signalizatsiya va boshqalar bilan ta'minlashingiz kerak bo'ladi. Agar siz ushbu ish uchun pudratchi yollagan bo'lsangiz ham, siz hali ham ushbu muhandislik tizimlarini o'rganishingiz va loyihalashda ishtirok etishingiz kerak, chunki siz xodimlaringizga nima kerakligini bilasiz. Office Anatomy xizmati bu jarayonni osonlashtirishga yordam beradi va shu bilan birga loyiha xarajatlarini yaxshiroq nazorat qiladi. Bu vizual dizayner bo'lib, unda siz xona tartibini qurasiz, katalogdan tanlaysiz va sichqoncha yordamida kerakli infratuzilma elementlarini (rozetkalar, Wi-Fi ulanish nuqtalari, kompyuterlar, telefonlar, videokameralar, kirishni boshqarish tizimining elementlari) joylashtirasiz.
  • 18. 18 Xizmat avtomatik ravishda kerakli komponentlarni (kabellar, qutilar, qalqonlar, mahkamlagichlar) qo'shadi, smeta tuzadi va xarajatlarni hisoblab chiqadi. Shu bilan birga, jihozlar soni, joylashuvi yoki sinfini o'zgartirish orqali loyihani o'z byudjetingizga moslashtirishingiz mumkin. Ishlab chiquvchilar o'z xizmatlarini 1000 kv.m gacha bo'lgan ofislar va 100 tagacha xodimlar uchun tavsiya qiladilar. Visio mahalliy tarmoqni loyihalash uchun shablonlarni taqdim etdi. Microsoft kompaniyasi Visio 2010 ning yangi versiyasini taqdim etdi, u an'anaga ko'ra Office to'plamining hech bir versiyasiga kiritilmagan va uni alohida sotib olishingiz kerak. Unda yangi shablonlar paydo bo'ldi, xususan, "Tarmoq" toifasi mahalliy tarmoq topologiyasini, LDAP va Active Directory katalog tuzilmalarini va server rafining joylashuvini loyihalash uchun shablonlarni o'z ichiga oladi. Tarmoq diagrammasi shablonlari va ma'lumotlarni ulash xususiyatlaridan foydalanib, siz uskunaning qanday mantiqiy yoki jismoniy ulanganligini ko'rsatadigan diagramma yaratishingiz, har bir shaklni aniqlash uchun mos yozuvlar ma'lumotlarini qo'shishingiz va keyin tashqi ma'lumotlarni import qilish va tarmoq shakllariga bog'lashingiz mumkin.
  • 19. 19
  • 20. 20 3.2. CiscoPacketTracer dasturiy vositasining vazifalari va imkoniyatlari Cisco Packet Tracer - bu tarmoqni simulyatsiya qilish va vizualizatsiya qilishning innovatsion vositasi. Ushbu bepul dastur sizga ish stoli kompyuteringiz yoki Android yoki iOS asosidagi mobil qurilmangiz orqali tarmoq konfiguratsiyasi va muammolarni bartaraf etish ko'nikmalarini bajarishda yordam beradi. Packet Tracer Linux va Windows ish stoli muhitida mavjud. Packet Tracer yordamida siz noldan tarmoq yaratishni, oldindan qurilgan namunali tarmoqdan foydalanishni yoki sinf laboratoriya topshiriqlarini bajarishni tanlashingiz mumkin. Packet Tracer sizga ma'lumotlarni tarmoq orqali qanday o'tishini osongina o'rganishga imkon beradi. Packet Tracer har xil o'lchamdagi tarmoqlarni qimmat laboratoriya uskunalarisiz loyihalashtirish va qurishning oson usulini taqdim etadi. Ushbu dastur jismoniy routerlar, kalitlar, xavfsizlik devorlari va serverlarda mashq qilishning o'rnini bosmasa ham, e'tiborsiz qoldirish uchun juda ko'p foyda keltiradi! Packet Tracer-ni yuklab oling va o'rnating Talabalar odatda Packet Tracer-dan quyidagilar uchun foydalanadilar: Sertifikatlash imtihoniga tayyorlaning. Tarmoq kurslarida o'rganganlarini amalda qo'llang. Ish bilan suhbatlashish uchun ularning mahoratini oshiring. Mavjud tarmoq dizaynlariga yangi texnologiyalarni qo'shishning ta'sirini tekshiring. Internetdagi ish joylarida o'z malakalarini oshirish. Global Design Challenges-da raqobatlash (Facebook-da 2017 PT 7 Design Challenge-ga e'tibor bering). Packet Tracer ko'plab Cisco Networking Academy kurslarida ishlatiladigan muhim o'quv vositasidir. Cisco Packet Tracer nusxasini olish va o'rnatish uchun quyidagi oddiy amallarni bajaring: Cisco Networking Academy-ga "Men o'rganaman" sahifasiga kiring.
  • 21. 21 Ekraningizning o'ng yuqori qismidagi menyudan Resurslarni tanlang. Packet Tracer-ni yuklab olish-ni tanlang. Sizga kerak bo'lgan Packet Tracer versiyasini tanlang. Faylni kompyuteringizga saqlang. Packet Tracer o'rnatish dasturini ishga tushiring. O'rnatishdan so'ng veb-brauzeringizni yoping va qayta yoqing. Tegishli belgini tanlab, Cisco Packet Tracer dasturini ishga tushiring. So'ralganda, autentifikatsiya qilish uchun Netacad-ga kirish ma'lumotlaridan foydalaning. Packet Tracer ishga tushiriladi va siz uning xususiyatlarini o'rganishga tayyormiz. Foydalanuvchi interfeysi Ushbu bob foydalanuvchi interfeysi bilan tanishtiradi va Packet Tracer yordamida oddiy tarmoqni yaratish bo'yicha ko'rsatmalar beradi. Packet Tracer foydalanuvchi interfeysi
  • 22. 22 Packet Tracer - bu haqiqiy tarmoqlarni simulyatsiya qilishga imkon beruvchi vosita. Bu sizga quyidagi uchta asosiy menyuni taqdim etadi: qurilmalarni qo'shing va ularni kabellar yoki simsiz ulang tarmoq ichidagi tarkibiy qismlarni tanlang, o'chiring, tekshiring, yorliqlang va guruhlang tarmoqni boshqarish Tarmoqni boshqarish menyusi quyidagilarga imkon beradi: mavjud / namunaviy tarmoqni oching joriy tarmog'ingizni saqlang foydalanuvchi profilingizni yoki sizning afzalliklaringizni o'zgartiring Agar siz matn protsessori yoki elektron jadval kabi biron bir dasturdan foydalansangiz, menyuning yuqori qismida joylashgan Fayl menyusi buyruqlari bilan allaqachon tanishasiz. Ochish, Saqlash, Saqlash va Chiqish buyruqlari har qanday dasturda bo'lgani kabi ishlaydi, ammo Packet Tracer uchun maxsus ikkita buyruq mavjud. Open Samples buyrug'i Packet Tracer-ga kiritilgan turli xil tarmoq va Internet narsalari qurilmalarining xususiyatlari va konfiguratsiyasining oldindan tuzilgan misollari katalogini namoyish etadi. Chiqish va chiqish buyrug'i Packet Tracer-ning ushbu nusxasi uchun ro'yxatdan o'tish ma'lumotlarini olib tashlaydi va ushbu paketning keyingi foydalanuvchisidan kirish protsedurasini qayta bajarishini talab qiladi. Packet Tracer - Qurilmalarni topish va joylashtirish Packet Tracer tarmoqlarni va tarmoq trafigini simulyatsiya qilganligi sababli, ushbu tarmoqlarning fizik jihatlari ham taqlid qilinishi kerak. Bunga jismoniy qurilmalarni topish va joylashtirish, ushbu moslamalarni sozlash va ushbu qurilmalarni kabel orqali ulash kiradi. Jismoniy tarqatish va kabel o'tkazilgandan so'ng, qurilmalarni ulash uchun ishlatiladigan interfeyslarni sozlash vaqti keldi.
  • 23. 23 O'rnatish uchun qurilmani qidirish uchun Qurilma turini tanlash qutisini qidirish kerak. Qurilma turini tanlash qutisi rasmda ko'rsatilgandek toifalar va kichik toifalar tushunchasi ustida ishlaydi. Belgilarning yuqori qatori quyidagilarni o'z ichiga olgan toifalar ro'yxatini aks ettiradi: [Tarmoq qurilmalari], [Tugatish moslamalari], [Komponentlar], [Aloqalar], [Turli xil] va [Multiuser]. Har bir toifada kamida bitta kichik toifadagi guruh mavjud. Qurilmani sozlash Sizning tarmog'ingiz yaratilgandan so'ng, qurilmalar va tarkibiy qismlarni sozlash vaqti keldi. Packet Tracer sizning tarmog'ingizni tashkil etadigan turli xil oraliq va so'nggi qurilmalarni sozlash imkoniyatiga ega. Har qanday qurilmalarning konfiguratsiya interfeysiga kirish uchun avval sozlashni xohlagan qurilmani bosing. Bir qator yorliqlarni ko'rsatadigan popup oyna paydo bo'ladi. Har xil turdagi qurilmalar turli xil interfeyslarga ega. Packet Tracer - GUI va CLI konfiguratsiyasi Routerlar va kalitlarga o'xshash oraliq qurilmalar uchun ikkita konfiguratsiya usuli mavjud. Qurilmalarni Config yorlig'i (GUI interfeysi) yoki buyruq satri interfeysi (CLI) orqali sozlash yoki tekshirish mumkin (1-rasm). Config yorlig'i aksariyat jismoniy jihozlarda mavjud emas. Ushbu yorliq Packet Tracer-dagi o'rganish yorlig'i. Agar buyruq satri interfeysidan qanday foydalanishni bilmasangiz, ushbu yorliq asosiy konfiguratsiyalarni bajarish uchun "bo'sh joyni to'ldirish" usulini taqdim etadi. Buyruqlar satrining interfeysidan foydalansangiz, xuddi shu narsani qiladigan CLI-ga teng buyruqlarni namoyish etadi. CLI interfeysi qurilmaning konfiguratsiyasini bilishni talab qiladi. Kompyuterlar va noutbuklar kabi ba'zi bir so'nggi qurilmalar uchun Packet Tracer ish stoli interfeysini taqdim etadi, bu sizga IP konfiguratsiyasi, simsiz konfiguratsiya, buyruq irodasi, veb-brauzer va boshqa ko'p narsalarga kirish imkonini beradi (2-rasm). Agar siz serverni sozlayotgan bo'lsangiz, server Xostning barcha funktsiyalariga yana bitta yorliq, xizmatlar yorlig'i qo'shilgan (3-rasm). Ushbu yorliq
  • 24. 24 serverni veb-server, DHCP-server, DNS-server yoki grafikada ko'rinadigan boshqa serverlar sifatida sozlash imkonini beradi.
  • 25. 25
  • 26. 26
  • 27. 27 4. MA’LUMOT UZATISH TARMOG‘INI CiscoPacketTracer DASTURIDA LOYIHALASH 4.1. Tarmoq topologiyasini qurish Variant №3 Marshrutizator (router) raqami (𝑖, 𝑗) 1 2 3 4 5 6 7 1 0 1 0 0 0 0 0 2 0 0 0 1 0 0 0 3 1 1 0 0 0 0 0 4 0 0 1 0 1 1 0 5 0 0 0 1 0 0 0 6 0 0 0 1 0 0 0 7 0 0 0 0 0 0 0
  • 29. 29 Tarmoq topologiyasi. Switch -1 ga Switch>enable Switch#configure terminal Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z. Switch(config)#ip dhcp pool Vlan2 Switch(dhcp-config)#network 172.16.30.0 255.255.255.248 Switch(dhcp-config)#default-router 172.16.30.1 Switch(dhcp-config)#dns-server 1.1.1.1 Switch(dhcp-config)#exit Switch(config)#vlan 2 Switch(config-vlan)#exit Switch(config)#int vlan 2 Switch(config-if)# %LINK-5-CHANGED: Interface Vlan2, changed state to up Switch(config-if)#ip address 172.16.30.2 255.255.255.248 Switch(config-if)#exit Switch(config)#ip dhcp excluded-address 172.16.30.1 Switch(config)#ip dhcp excluded-address 172.16.30.2 Switch(config)#int fastEthernet 0/1 Switch(config-if)#switchport mode access Switch(config-if)#switchport access vlan 2 Switch -1 ga Switch(config)#int f Switch(config)#int fastEthernet 0/4 Switch(config-if)#switchport mode trunk Switch(config-if)#exit
  • 30. 30 Switch# Switch -1 ga Switch(config)#vlan 3 Switch(config-vlan)#exit Switch(config)#int Switch(config)#interface vlan 3 Switch(config-if)# %LINK-5-CHANGED: Interface Vlan3, changed state to up Switch(config-if)#ip add 172.16.30.10 255.255.255.248 Switch(config-if)#exit Switch(config)#ip dhcp pool Vlan3 Switch(dhcp-config)#net Switch(dhcp-config)#network 172.16.30.8 255.255.255.248 Switch(dhcp-config)#def Switch(dhcp-config)#default-router 172.16.30.9 Switch(dhcp-config)#dns Switch(dhcp-config)#dns-server 2.2.2.2 Switch(dhcp-config)#exit Switch(config)#ip dchp ex Switch(config)#ip dhcp Switch(config)#ip dhcp ex Switch(config)#ip dhcp excluded-address 172.16.30.9 Switch(config)#int fastEthernet 0/2 Switch(config-if)#switchport mode access Switch(config-if)#switchport access vlan 3
  • 31. 31 Switch(config-if)#ex Switch -2 ga Switch>en Switch>enable Switch#conf Switch#configure t Switch#configure terminal Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z. Switch(config)#vlan 2 Switch(config-vlan)#exit Switch(config)#int f Switch(config)#int fastEthernet 0/2 Switch(config-if)#sw Switch(config-if)#switchport mo Switch(config-if)#switchport mode acc Switch(config-if)#switchport mode access Switch(config-if)#sw Switch(config-if)#switchport acc Switch(config-if)#switchport access vlan 2 Switch(config-if)#ex Switch#
  • 32. 32 Switch -2 ga Switch(config)#vlan 3 Switch(config-vlan)#exit Switch(config)#int f Switch(config)#int fastEthernet 0/3 Switch(config-if)#sw Switch(config-if)#switchport mo Switch(config-if)#switchport mode acc Switch(config-if)#switchport mode access Switch(config-if)#sw
  • 33. 33 Switch(config-if)#switchport acc Switch(config-if)#switchport access vlan 3 Switch(config-if)# Switch# Switch -1 ga Switch(config)#inte Switch(config)#interface fas Switch(config)#interface fastEthernet 0/1 Switch(config-if)#sw Switch(config-if)#switchport mo Switch(config-if)#switchport mode tru Switch(config-if)#switchport mode trunk Router 1 ga Router>en Router>enable Router#conf t Router#conf terminal Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z. Router(config)#inter Router(config)#interface fas Router(config)#interface fastEthernet 0/0 Router(config-if)#no shu Router(config-if)#no shutdown Router(config-if)# Router(config)#interface fastEthernet 0/0.1 Router(config-subif)#encapsulation dot1Q 2
  • 34. 34 Router(config-subif)#ip add Router(config-subif)#ip address 172.16.30.1 255.255.255.248 Router(config-subif)#int f0/0.2 Router(config-subif)# %LINK-5-CHANGED: Interface FastEthernet0/0.2, changed state to up %LINEPROTO-5-UPDOWN: Line protocol on Interface FastEthernet0/0.2, changed state to up Router(config-subif)#enc Router(config-subif)#encapsulation do Router(config-subif)#encapsulation dot1Q 3 Router(config-subif)#ip address 172.16.30.10 255.255.255.248 Router(config-subif)# Router ga Router(config)#ip route Router(config)#ip route 172.16.30.64 255.255.255.248 Serial0/1/0 Router(config)#ip route 172.16.30.72 255.255.255.248 Serial0/1/0 Router(config)#ip route 172.16.30.32 255.255.255.248 Serial0/3/1 Router(config)#ip route 172.16.30.40 255.255.255.248 Serial0/3/1 Router(config)#ip route 172.16.30.16 255.255.255.248 Serial0/3/0 Router(config)#ip route 172.16.30.24 255.255.255.248 Serial0/3/0 Router(config)#ip route 172.16.30.48 255.255.255.248 Serial0/1/0 Router(config)#ip route 172.16.30.56 255.255.255.248 Serial0/1/0 Router(config)#ip route 172.16.30.40 255.255.255.248 Serial0/3/0 Router(config)#ip route 172.16.30.32 255.255.255.248 Serial0/3/0
  • 35. 35 Router 1ga Router>enable Router#conf t Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z. Router(config)#line console 0 Router(config-line)#password habibullo Router(config-line)#login Router(config-line)#exit Router(config)#enable password ahrorov Router(config)#line vty 0 4 Router(config-line)#password ahrorovhabibullo Router(config-line)#login Router(config-line)#end
  • 36. 36 1Show running-config buyrug'i orqali bajarilgan ishlarni ko'rish
  • 37. 37 XULOSA Kompyuter tarmoqlari va ularni aniqlash texnologiyalarida, tarmoq modellari ancha ma’lumor bor. Bu modellarni ishlatish rasmlar bilan ko’rsatib qo’yilgan. Ushbu loyiha ishida tarmoqlarning quriliosh tamoyillari, ma’lumoty uzatish tamoyillarida paketli kommunikatsiya va kanal pog’onasi protokollariga alohida to’xtalib o’tilgan. Kompyuter tarmoqlarida paketli kommunikatsitya mexanizmlari va tamoyillarini aniqlash va kanal pog’onasi prptokollari Ethernet, virtual lokal tarmoq tizimlarini qiyosiy tahlil qilish haqidagi ma’lumotlar juda ko’plab misollar bilan ko’rsatib o’tilgan. Kompyuter tarmoqlari masalan ma’lumot uzatish tarmog’ining tasnifi va ma’lumot uzatishga qo’yiladigan talablarningning o'zi etarli emas - bunga javoban javob berish kerak. Bu asosan tarmoq protakollari tizimining samaradorligini aniqlaydigan javob variantlari hisoblanganligi. Yuqorida esa javob variantlari taklif etiladi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, men loyiha ishimda Kompyuter tarmoqlarini aniqlash va unda ma’lumot uzatish tarmoq pog’onasi pratokollari IPv4 va IPv6 manzillash mashrutizatsiya protokollari bilan tanishib chiqdim. Mavzu yuzasidan tarmoqning qurilish tamoyillari bilan ish olib bordim. Loyiha ishi mavzusi bo’yicha misollar keltirdim. Men ushbu ma’lumotlarni juda ko’plab kitoblar titkilashim davomida yig’dim. Har bir yozgan ma’lumotim davomida mazmuni bilan yanayam chuqurroq tanishib chiqdim. O’z bilim va ko’nikmalarimni oshirib oldim va Kompyuter tarmoqlarti fanidan ham yangi bilimlarga ega bo’ldim.
  • 38. 38 1.1.Foydalanilgan adabiyotlar 1. Tarmoq protokollari; O'quv qo'llanma. R.X. Djurayev, Sh.Yu. Djabbarov, B.M. Umirzakov. Т.: «Aloqachi», 2018, 144 bet. 2. Tarmoq xavfsizligi (Mobil tarmoq xavfsizligi). S. K. Ganiev, T. A. Kuchkarov. O‘quv qo‘llanma. - T.: «Aloqachi», 2019, 140 b. 3. Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы: Учебник для вузов. 4-е изд. — СПб.: Питер, 2010, 944 с. 4. Протоколы Интернет. Семенов Ю.А — М.: Горячая линия-Телеком, 2001, 1100 с.  В. Олифер, Н. Олифер Компьютерные сети. Принципы, технологии, протоколы. — Питер, 2013. — С. 55. — 944 с. — 3 000 экз. — ISBN 978-5-496-00004-8