SlideShare a Scribd company logo
1 – MAVZU:“IQTISODIYOTDA
INFORMATSION-KOMMUNIKATSION
TEXNOLOGIYALAR” FANI PREDMETI
REJA:
• 1.Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari
fanining predmeti va vazifalari.
• 2.Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari.
• 3.Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining o‘rni va vazifasi.
• 4.Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-
sharoitlari va darajalari.
1
ADABIYOTLAR
1. B. Begalov va boshqalar. Informatika va axborot
texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. 2013. -566
bet
2. A. Kenjaboev M. Ikromov A. Allanazarov
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari. O’quv
qo’llanma. T. 2017 y
3. A.A.Akayev, A.T.Kenjabayev, Yo.S.Ilxamova,
M.Yu. Jumaniyazova “Iqtisodiyotda axborot
komplekslari va texnologiyalari” DarslikT. 2019
4. Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion
texnologiyalar. Ma’ruzalar to’plami. T. 2021.
2
1. IIKT fannining predmet, vazifalari,
maqsadi
IIKT fan ikkita qismdan iborat
Informatika sohasining asosiy
resursi bu - axborotdir
Informatika
Axborot
texnologiyalari
3
Informatika fanining vazifasi-
axborotlarni qayta ishlashning yangi
usullari va vositalarini yaratish hamda
ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir.
4
"Axborot texnologiyalari" iborasidagi
"texnologiya" so`zi lotincha "thexnos" -
san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan
degan ma`noni bildiradi.
Texnikada yoki ishlab chiqarishda
"texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom
ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish
uchun uslublar, va vositalar yig`indisidan
foydalanadigan jarayon tushuniladi.
5
Axborot texnologiyalari- kompyuter texnikasi
texnologiyasi yordamida axborotlarni yig’ish,
ro’yxatga olish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, va
xo’jalik faoliyatini avtomatlashtirilgan holda
tashkil etishdan iborat.
6
”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion
texnologiyalar” fanining predmeti. Kompyuter
va axbopot texnologiyalaridan samarali
foydalanish, amaliyotga qo’llash jarayonlari,
moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot
texnologiyalari to’g’risidagi bilimlar
hisoblanadi.
”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion
texnologiyalar” fanining vazifasi- iqtisodiy
pridmet sohalari bo’yicha axborotlarni qayta
ishlashnining yangi usullari va vositalarini
yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan
iborotdir. 7
”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion
texnologiyalari” fanining maqsadi. Talabalarda
kompyuter texnika va dasturlarida ishlash,
Internet tarmog’idan yanada samarali
foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni
shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan
jarayonlar olib borish yani, ishlov berish hamda
shular asosida masala qo’yib uni echish
ko’nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda
joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida
bilimlar berishdan iborat.
8
IIKT asosiy omillari y’ni tarkibiy tuzilishi:
Axborot
ta’minot
Texnik
ta’minot
Dasturiy
ta’minot
Tarmoq
ta’minoti
Tizim
ta’minoti
IIKT
asosiy
omillari
9
2. Axborot texnologiyalarning rivojlanish
tendentsiyalari
Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan
ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish,
axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va
vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi
insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab
chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa
insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo`lgan, uni
tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo`lgan
yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli
texnologiyalarni qo`llab, bitta moddiy resurslardan turli
mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot
texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin.
10
Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter
tarmoqlarining qo`llanishiga urg`u berish maqsadida ko`pincha
kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan
axborot tizimlari bilan bevosita bog`liqdir. Chunki axborot
texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar
ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va
algoritmlarni bajarishdan iborat bo`lgan tartiblashtirilgan
jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini
belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi),
turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni
jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik –
uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga
oshirishni o’z ichiga oladi. 11
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot
resurslaridan samarali foydalanishning eng muhim
usullaridan biri bo`lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha
evolutsion bosqichlarni bosib o`tdi.
Birinchi bosqich. XIX
asrning ikkinchi yarmigacha
davom etgan. Bu bosqichda
"Qo`llik" axborot texnologiya
taraqqiy etgan. Uning
vositalari: pero, siyohdon,
kitob. Kommunikasiya, ya`ni
aloqa odamdan odamga yoki
pochta orqali xat vositasida
amalga oshirilgan. Qo`llik axborot texnologiyasi
12
Ikkinchi bosqich. XIX
asrning oxiri, unda "Mexanik"
texnologiya rivojlandi. Uning
asosiy vositalari yozuv
mashinkasi, arifmometr
kabilardan iborat.
Mexanik axborot
texnologiyasi
Uchinchi bosqich. XX asr boshlariga,
"Elektromexanik" texnologiyalar ishlab chiqildi. Uning
asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan
foydalanilgan.
13
Elektron axborot
texnologiyasi
To`rtinchi bosqich. XX asr
o`rtalariga to`g`ri kelib,
"Elektron" texnologiyalar
qo`llanilishi bilan belgilanadi.
Bu texnologiyalarning asosiy
vositasi EHMlar va ular
asosida tashkil etiladigan
avtomatlashtirilgan boshqarish
tizimlari va axborot izlash
tizimlaridir.
14
Beshinchi bosqich. XX asr oxiriga
to`g`ri keladi. Bu bosqichda
"Kompyuter" texnologiyalari
taraqqiy etdi. Ularning asosiy
vositasi turli maqsadlarga
mo`ljallangan dasturiy vositalarga
ega bo`lgan shaxsiy
kompyuterlardir. Bu bosqichda
kundalik turmush, madaniyat va
boshqa sohalarga mo`ljallangan
texnik vositalarning o`zgarishi ro`y
berdi. Lokal va global kompyuter
tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Kompyuter -
axborot
texnologiyasi
15
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga
bo`linadi:
1.Ma`lumotlarga ishlov beruvchi axborot
texnologiyalari. Ular ma`lum aniq algoritmlar
bo`yicha boshlang`ich ma`lumotlarga ishlov beruvchi
masalalarni yechishga mo`ljallangan. Masalan, har bir
tashkilotda o`zining xodimlari haqidagi axborotga
ishlov beruvchi.
2.Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning
maqsadi ish faoliyatida qaror qabul qilish bilan
bog`liq bo`lgan insonlarning axborotga bo`lgan
talabini qondirishdan iborat. Masalan, boshqarishning
axborot tizimlari tashkilotning o’tmishdagi faoliyati,
hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni qayta
ishlab beruvchi. 16
3.Tashkilot axborot texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan tashkilot zamonaviy axborot
texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit
bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter
tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa
zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo`llab-
quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy
vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft
Office dasturlar majmuasidir. Uning tarkibiga matn
muharriri, elektron jadval, taqdimot muharriri,
ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko`plab
dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot
texnologiyalarini ta`minlay oladi.
17
4. Ma`lumotlar ombori. Har qanday axborot
texnologiyasining majburiy elementi ma`lumotlar
omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan tashkilotda MO
firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha
ma`lumotlarni o`zida saqlaydi.
5.Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan
tarmoqda foydalanishga asoslangan bo`lib,
hamkorlarga ma`lumotlar jo`natish yoki ulardan
ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi. Audiopochta -
bu ma`lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki
tovush orqali uzatuvchi elektron pochtadir.
18
Axborot texnologiyalari, shu jumladan,
kompyuterlar keng qo`llanilib kelayotgan
ayrim sohalarni sanab o`tamiz.
Bank sohasi. Bank tizimi o`zining ish
faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng
foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan
tashkilot hisoblanadi.
Biznes sohasi. Axborot texnologiyalari yangi
korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan
faoliyat ko`rsatishida katta rol o`ynaydi.
19
3. Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining o‘rni va vazifasi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish
kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri
sifatida belgilandi. Shuningdek, o’tgan yilni Ilm,
ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
deb e’lon qilingani bejiz emas.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini
ta’minlash borasida Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldiga
o‘ta muhim va dolzarb vazifalar qo‘yilgan.
20
Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda,
korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi.
U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir.
Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada
saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi.
Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin
bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot
bermaslikning iloji qolmaydi, Buning natijasida esa
iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga
sarflanadi.
Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri
hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi,
ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablarga,
shifoxonalarga, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z
manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. 21
Robototexnika sohasi. Ma`lumki, "robot"
so`zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib
kelgan bo`lib, "qul" degan ma`noni bildiradi.
Birinchi bor bu so`zni 60 yil oldin taniqli Chex
fantast yozuvchisi Karl Chepek ishlatgan. Ammo
"mexanik odamlar" undan oldinroq ham ma`lum edi.
O`rta asrlarda inson iste`dodlariga ega
bo`lgan musiqachi qo`g`irchoq yoki rassom-
qo`g`irchoqlar paydo bo`lganligi ma`lum.
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni
og`ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar
paydo bo`ldi. Ular garchi odam qiyofasida
bo`lmasada, ko`plab vazifalarni bajara oladilar.
22
Marketing sohasi. Marketing inglizcha
"market" (bozor) so`zidan olingan bo`lib, bozor,
savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda
eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini
chuqur va har taraflama o`rganish va ishlab
chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi
tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga
ta`sir ko`rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga
bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat. Boshqa
viloyat (tuman, shahar)dagi bozor narxlarini
o`rganish. Marketing sohasini kompyuter va axborot
texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa,
qimmatli qog`oz bozorini.
23
Ta`lim - tarbiya sohasi. Ta`lim sohasida
asosiy vositalardan biri bu didaktik
ta`minotlardir. Didaktik ta`minotga o`quv
materialining o`zgargan shakllari - slayd,
diagramma, jadval, test, virtual laboratoriya
va boshqalar kiradi. Bunday ta`minotlarni
yaratishda kompyuterdan foydalanishning
imkoniyati keng va kelgusida bu ta`minotni
o`zgartirib, takomillashtirib borish ham
mumkin. Bundan tashqari masofadan ta`lim
olish, mustaqil o`rganish kabi imkoniyatlarni
ham yaratib beradi.
24
Ishlab chiqarish sohasi. Ishlab chiqarishning deyarli barcha
sohalarida kompyuterlar qo`llanilib kelmoqda. Kompyuterlar
ko`pgina texnologik jarayonlarni boshqarishi, ular yordamida
yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot
bo`lib chiqquniga qadar bo`lgan barcha jarayonlarni
avtomatlashtirishi, mahsulot shaklini konstruktor kompyuter
ekranida chizib, tegishli o`zgartirishlar kiritib, qog`ozga chop
etishi va boshqa amallarni bajarishi mumkin.
Bundan tashqari mahsulotni ishlab chiqarish uchun
kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-
xarajatlarni hisob-kitob qilishda ham kompyuter eng yaxshi
yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy
kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda
axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter
uzatgan dastur asosida mahsulotni yig`a boshlaydi. Tayyor
mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga
jo`natiladi.
25
Tibbiyot sohasi. Kompyuterlarning shifoxonalarda paydo
bo`lishi ko`p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham
tubdan o`zgartirib yuboradi. Siz to`g`ridan-to`g`ri shifokor
huzuriga yo`l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish
qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida
barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo`yilgan. Agar siz oldin
ham murojaat etgan bo`lsangiz, siz haqingizdagi ma`lumot ham
bo`ladi.
Birinchi bor murojaat etayotgan bo`lsangiz siz
haqingizdagi barcha axborotni shu yerning o`zida shifokor
kompyuterga kiritib qo`yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha
ma`lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz
bo`yicha tez va aniq tashxis kompyuter tomonidan qo`yiladi va
chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun ro`yxat ham chop
etib beriladi. Dorilar ro`yxatini olib, boshqa kompyuter yordamida
ushbu dorilarni eng yaqin bo`lgan qaysi dorixonalardan topish
mumkinligini ham bilib olish mumkin.
26
Kompyuter va san`at. Kompozitor musiqa yaratishda
kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning
uchun kichik real yoki elektro organ yordamida
kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini
ekranda ko`rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu
yerning o`zida, shu onda eshitib ko`rishi ham mumkin.
Kompyuterlar rassomlarga ham ko`p yoqib qolgan.
Kompyuter grafikasi bo`yicha birinchi ko`rgazma
1956-yili o`tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar
chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib
kelmoqdalar. Bundan tashqari, kino va televideniyani
ham kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda
turli joylarda, mintaqalarda, hatto qit`alarda yashaydigan
insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o`tkazish
an`anaga aylanib qolmoqda.
27
4. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-
sharoitlari va darajalari
Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan
vaqtda, 1995-yili Massachusets universitetida, amerikalik olimi
Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan.
Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib,
bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil
raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi
axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish
yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish,
texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda
oldingi tizimga nisbatan samaraliroq yechimlarni tadbiq qilishdir.
Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn
xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet
savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter
texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir.
28
Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining
asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet
banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan
birga, internet o'yinlari ko'riladi.
Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari. Albatta, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi,
zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq
etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy
imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar
rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan
tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli
mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul
mablag'larini tejashi mumkin.
29
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa
afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin:
-ishlab chiqarishda mehnat samadorligini
oshishi;
-kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi;
-ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi;
-yangi ish o'rinlari yaratilinishi;
-yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi;
-kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengsizlikni
yo’qolishi.
30
Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan
xavflar:
Kiber hujum xavfi, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi bilan
bog'liq muommolar;
"raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan
keyinchalik ularni o'zlarini tutishini boshqarish uchun
foydalanish);
ishsizlikni oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va
uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo'q
bo'lib ketishi mumkin.
Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan dunyo davlatlari.
"Raqamli" davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va
Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10
ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya,
Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya va Gonkong
kiradi.
31
O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston
potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq
rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar
mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida
raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir
qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin:
ko'plab sohalardagi monopoliya;
internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;
axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning
zamondan orqada qolganligi;
fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;
qonunchilikning shaffof emasligi;
axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning
yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib
qolishi;
32
axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;
axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;
boshqaruv organlarida sohani tushunadigan
mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning
umuman yo'qligi;
ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi
sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi).
Yuqorida keltirilgan muommolar bosqichma-
bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal
qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti
rivojlangan mamlakatlardan biri bo'la oladi.
33
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
34

More Related Content

Featured

Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage EngineeringsProduct Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Pixeldarts
 
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
ThinkNow
 
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfAI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
marketingartwork
 
Skeleton Culture Code
Skeleton Culture CodeSkeleton Culture Code
Skeleton Culture Code
Skeleton Technologies
 
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
Neil Kimberley
 
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
contently
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
Albert Qian
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Kurio // The Social Media Age(ncy)
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Search Engine Journal
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
SpeakerHub
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next
Tessa Mero
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Lily Ray
 
How to have difficult conversations
How to have difficult conversations How to have difficult conversations
How to have difficult conversations
Rajiv Jayarajah, MAppComm, ACC
 
Introduction to Data Science
Introduction to Data ScienceIntroduction to Data Science
Introduction to Data Science
Christy Abraham Joy
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best Practices
Vit Horky
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project management
MindGenius
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
RachelPearson36
 
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Applitools
 
12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work
GetSmarter
 

Featured (20)

Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage EngineeringsProduct Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
Product Design Trends in 2024 | Teenage Engineerings
 
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental HealthHow Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
How Race, Age and Gender Shape Attitudes Towards Mental Health
 
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdfAI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
AI Trends in Creative Operations 2024 by Artwork Flow.pdf
 
Skeleton Culture Code
Skeleton Culture CodeSkeleton Culture Code
Skeleton Culture Code
 
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
PEPSICO Presentation to CAGNY Conference Feb 2024
 
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
Content Methodology: A Best Practices Report (Webinar)
 
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
How to Prepare For a Successful Job Search for 2024
 
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie InsightsSocial Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
Social Media Marketing Trends 2024 // The Global Indie Insights
 
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
Trends In Paid Search: Navigating The Digital Landscape In 2024
 
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
5 Public speaking tips from TED - Visualized summary
 
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
ChatGPT and the Future of Work - Clark Boyd
 
Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next Getting into the tech field. what next
Getting into the tech field. what next
 
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search IntentGoogle's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
Google's Just Not That Into You: Understanding Core Updates & Search Intent
 
How to have difficult conversations
How to have difficult conversations How to have difficult conversations
How to have difficult conversations
 
Introduction to Data Science
Introduction to Data ScienceIntroduction to Data Science
Introduction to Data Science
 
Time Management & Productivity - Best Practices
Time Management & Productivity -  Best PracticesTime Management & Productivity -  Best Practices
Time Management & Productivity - Best Practices
 
The six step guide to practical project management
The six step guide to practical project managementThe six step guide to practical project management
The six step guide to practical project management
 
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
Beginners Guide to TikTok for Search - Rachel Pearson - We are Tilt __ Bright...
 
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
Unlocking the Power of ChatGPT and AI in Testing - A Real-World Look, present...
 
12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work12 Ways to Increase Your Influence at Work
12 Ways to Increase Your Influence at Work
 

1-mavzu taqdimot iqtosodiyot komunikatsion.pptx

  • 1. 1 – MAVZU:“IQTISODIYOTDA INFORMATSION-KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR” FANI PREDMETI REJA: • 1.Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari fanining predmeti va vazifalari. • 2.Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari. • 3.Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va vazifasi. • 4.Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart- sharoitlari va darajalari. 1
  • 2. ADABIYOTLAR 1. B. Begalov va boshqalar. Informatika va axborot texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. 2013. -566 bet 2. A. Kenjaboev M. Ikromov A. Allanazarov Axborot kommunikatsiya texnologiyalari. O’quv qo’llanma. T. 2017 y 3. A.A.Akayev, A.T.Kenjabayev, Yo.S.Ilxamova, M.Yu. Jumaniyazova “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” DarslikT. 2019 4. Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalar. Ma’ruzalar to’plami. T. 2021. 2
  • 3. 1. IIKT fannining predmet, vazifalari, maqsadi IIKT fan ikkita qismdan iborat Informatika sohasining asosiy resursi bu - axborotdir Informatika Axborot texnologiyalari 3
  • 4. Informatika fanining vazifasi- axborotlarni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iboratdir. 4
  • 5. "Axborot texnologiyalari" iborasidagi "texnologiya" so`zi lotincha "thexnos" - san`at, hunar, ustalik, soha va "logos" - fan degan ma`noni bildiradi. Texnikada yoki ishlab chiqarishda "texnologiya" deganda ma`lum kerakli xom ashyodan tayyor mahsulotni hosil qilish uchun uslublar, va vositalar yig`indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. 5
  • 6. Axborot texnologiyalari- kompyuter texnikasi texnologiyasi yordamida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olish, saqlash, qayta ishlash, uzatish, va xo’jalik faoliyatini avtomatlashtirilgan holda tashkil etishdan iborat. 6
  • 7. ”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalar” fanining predmeti. Kompyuter va axbopot texnologiyalaridan samarali foydalanish, amaliyotga qo’llash jarayonlari, moliyaviy sohalarga joriy qilingan axbopot texnologiyalari to’g’risidagi bilimlar hisoblanadi. ”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalar” fanining vazifasi- iqtisodiy pridmet sohalari bo’yicha axborotlarni qayta ishlashnining yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iborotdir. 7
  • 8. ”Iqtisodiyotda informatsion-kommunikatsion texnologiyalari” fanining maqsadi. Talabalarda kompyuter texnika va dasturlarida ishlash, Internet tarmog’idan yanada samarali foydalanish, iqtisodiy-moliyaviy axborotlarni shakllantirish, saqlash, uzatish va ular bilan jarayonlar olib borish yani, ishlov berish hamda shular asosida masala qo’yib uni echish ko’nikmalarini va iqtisodiy-moliyaviy sohalarda joriy qilingan axborot texnologiyalari to’g’risida bilimlar berishdan iborat. 8
  • 9. IIKT asosiy omillari y’ni tarkibiy tuzilishi: Axborot ta’minot Texnik ta’minot Dasturiy ta’minot Tarmoq ta’minoti Tizim ta’minoti IIKT asosiy omillari 9
  • 10. 2. Axborot texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari Axborot texnologiyasi - bu axborotni bir ko`rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko`rinishga keltirish, axborotni yig`ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo`lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo`lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo`llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. 10
  • 11. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo`llanishiga urg`u berish maqsadida ko`pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi. Axborot texnologiyasi o`zi uchun asosiy muhit bo`lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog`liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo`lgan ma`lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo`lgan tartiblashtirilgan jarayondir. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud. Ichki omillar – bu axborotning paydo bo`lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va boshqalar. Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni o’z ichiga oladi. 11
  • 12. Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan samarali foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo`lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolutsion bosqichlarni bosib o`tdi. Birinchi bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda "Qo`llik" axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositalari: pero, siyohdon, kitob. Kommunikasiya, ya`ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. Qo`llik axborot texnologiyasi 12
  • 13. Ikkinchi bosqich. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivojlandi. Uning asosiy vositalari yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat. Mexanik axborot texnologiyasi Uchinchi bosqich. XX asr boshlariga, "Elektromexanik" texnologiyalar ishlab chiqildi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. 13
  • 14. Elektron axborot texnologiyasi To`rtinchi bosqich. XX asr o`rtalariga to`g`ri kelib, "Elektron" texnologiyalar qo`llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir. 14
  • 15. Beshinchi bosqich. XX asr oxiriga to`g`ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo`ljallangan dasturiy vositalarga ega bo`lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo`ljallangan texnik vositalarning o`zgarishi ro`y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi. Kompyuter - axborot texnologiyasi 15
  • 16. Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo`linadi: 1.Ma`lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma`lum aniq algoritmlar bo`yicha boshlang`ich ma`lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni yechishga mo`ljallangan. Masalan, har bir tashkilotda o`zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi. 2.Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyatida qaror qabul qilish bilan bog`liq bo`lgan insonlarning axborotga bo`lgan talabini qondirishdan iborat. Masalan, boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o’tmishdagi faoliyati, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni qayta ishlab beruvchi. 16
  • 17. 3.Tashkilot axborot texnologiyasi. Avtomatlashtirilgan tashkilot zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo`llab- quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Office dasturlar majmuasidir. Uning tarkibiga matn muharriri, elektron jadval, taqdimot muharriri, ma`lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi. Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko`plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta`minlay oladi. 17
  • 18. 4. Ma`lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy elementi ma`lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan tashkilotda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma`lumotlarni o`zida saqlaydi. 5.Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo`lib, hamkorlarga ma`lumotlar jo`natish yoki ulardan ma`lumot olish imkoniyatini yaratadi. Audiopochta - bu ma`lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orqali uzatuvchi elektron pochtadir. 18
  • 19. Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo`llanilib kelayotgan ayrim sohalarni sanab o`tamiz. Bank sohasi. Bank tizimi o`zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega bo`lgan tashkilot hisoblanadi. Biznes sohasi. Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko`rsatishida katta rol o`ynaydi. 19
  • 20. 3. Raqamli iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va vazifasi. Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, o’tgan yilni Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingani bejiz emas. Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldiga o‘ta muhim va dolzarb vazifalar qo‘yilgan. 20
  • 21. Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablarga, shifoxonalarga, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. 21
  • 22. Robototexnika sohasi. Ma`lumki, "robot" so`zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan bo`lib, "qul" degan ma`noni bildiradi. Birinchi bor bu so`zni 60 yil oldin taniqli Chex fantast yozuvchisi Karl Chepek ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinroq ham ma`lum edi. O`rta asrlarda inson iste`dodlariga ega bo`lgan musiqachi qo`g`irchoq yoki rassom- qo`g`irchoqlar paydo bo`lganligi ma`lum. Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og`ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo`ldi. Ular garchi odam qiyofasida bo`lmasada, ko`plab vazifalarni bajara oladilar. 22
  • 23. Marketing sohasi. Marketing inglizcha "market" (bozor) so`zidan olingan bo`lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi. Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga ta`sir ko`rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat. Boshqa viloyat (tuman, shahar)dagi bozor narxlarini o`rganish. Marketing sohasini kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin, ayniqsa, qimmatli qog`oz bozorini. 23
  • 24. Ta`lim - tarbiya sohasi. Ta`lim sohasida asosiy vositalardan biri bu didaktik ta`minotlardir. Didaktik ta`minotga o`quv materialining o`zgargan shakllari - slayd, diagramma, jadval, test, virtual laboratoriya va boshqalar kiradi. Bunday ta`minotlarni yaratishda kompyuterdan foydalanishning imkoniyati keng va kelgusida bu ta`minotni o`zgartirib, takomillashtirib borish ham mumkin. Bundan tashqari masofadan ta`lim olish, mustaqil o`rganish kabi imkoniyatlarni ham yaratib beradi. 24
  • 25. Ishlab chiqarish sohasi. Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo`llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko`pgina texnologik jarayonlarni boshqarishi, ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo`lib chiqquniga qadar bo`lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirishi, mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o`zgartirishlar kiritib, qog`ozga chop etishi va boshqa amallarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf- xarajatlarni hisob-kitob qilishda ham kompyuter eng yaxshi yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga yetkaziladi. U yerda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig`a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo`natiladi. 25
  • 26. Tibbiyot sohasi. Kompyuterlarning shifoxonalarda paydo bo`lishi ko`p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o`zgartirib yuboradi. Siz to`g`ridan-to`g`ri shifokor huzuriga yo`l olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo`yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo`lsangiz, siz haqingizdagi ma`lumot ham bo`ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo`lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu yerning o`zida shifokor kompyuterga kiritib qo`yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma`lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz bo`yicha tez va aniq tashxis kompyuter tomonidan qo`yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun ro`yxat ham chop etib beriladi. Dorilar ro`yxatini olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo`lgan qaysi dorixonalardan topish mumkinligini ham bilib olish mumkin. 26
  • 27. Kompyuter va san`at. Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik real yoki elektro organ yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko`rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu yerning o`zida, shu onda eshitib ko`rishi ham mumkin. Kompyuterlar rassomlarga ham ko`p yoqib qolgan. Kompyuter grafikasi bo`yicha birinchi ko`rgazma 1956-yili o`tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar. Bundan tashqari, kino va televideniyani ham kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, hatto qit`alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferensiyalar o`tkazish an`anaga aylanib qolmoqda. 27
  • 28. 4. Raqamlashtirish mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart- sharoitlari va darajalari Raqamli iqtisodiyot tushuncha nisbatan uzoq bo'lmagan vaqtda, 1995-yili Massachusets universitetida, amerikalik olimi Nikolas Negroponte tomonidan aniqlab berilgan. Raqamli iqtisodiyot - bu xo'jalik faoliyatini yuritish bo'lib, bunda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishdagi asosiy omil raqamlar ko'rinshidagi ma'lumotlar bo'lib, katta hajmdagi axborotlarni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini tahlil qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, texnologiyalar, qurilmalar, saqlash, mahsulotlarni yetkazib berishda oldingi tizimga nisbatan samaraliroq yechimlarni tadbiq qilishdir. Boshqacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu onlayn xizmatlar ko'rsatish, elektron tulovlar amalga oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa turdagi sohalarni raqamli kompyuter texnologiyalarini rivojlanishi bilan bog'langan faoliyatdir. 28
  • 29. Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari. Albatta, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, zamonaviy texnologiyalarning hayotimizga tadbiq etilishi har bir inson hayotida ko'plab ijobiy imkoniyatlar berishi mumkin. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi ortidan inson, unga kerakli xizmatdan tezroq foydalanishi, internet orqali o'ziga kerakli mahsulotlarni arzon sotib olish bilan ko'plab pul mablag'larini tejashi mumkin. 29
  • 30. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini boshqa afzalliklari quyidagicha bo'lishi mumkin: -ishlab chiqarishda mehnat samadorligini oshishi; -kompaniyalarning raqobatbardoshligini o'sishi; -ishlab chiqarishdagi harajatlarning kamayishi; -yangi ish o'rinlari yaratilinishi; -yangi zamonaviy kasblar paydo bo'lishi; -kambag'allikni yengish va ijtimoiy tengsizlikni yo’qolishi. 30
  • 31. Raqamli iqtisodiyot keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan xavflar: Kiber hujum xavfi, shaxsiy ma'lumotlar himoyasi bilan bog'liq muommolar; "raqamli qullik" (millionlab insonlar ma'lumotlaridan keyinchalik ularni o'zlarini tutishini boshqarish uchun foydalanish); ishsizlikni oshishi, axborot texnoloiyalarini rivojlanishi va uni tadbiq qilinishi ortidan bir qancha sohalar va kasblar yo'q bo'lib ketishi mumkin. Raqamli iqtisodiyoti rivojlangan dunyo davlatlari. "Raqamli" davlatlar bugungi kunda Norvegiya, Shvetsiya va Shvetsariya hisoblanishadi. Raqamli iqtisodiyot rivojlangan 10 ta davlatlar qatoriga AQSH, Buyuk Britaniya, Daniya, Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya va Gonkong kiradi. 31
  • 32. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin: ko'plab sohalardagi monopoliya; internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi; axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi; fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi; qonunchilikning shaffof emasligi; axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi; 32
  • 33. axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi; axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi; boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi; ilm-fan va ayniqsa aniq fanlarning rivojlanishi sustligi(yoki rivojlanishdan to'xtab qolganligi). Yuqorida keltirilgan muommolar bosqichma- bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlardan biri bo'la oladi. 33