4-mavzu. EKSKURSIYA XIZMATINI TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI
 4.1. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni
4.2. Ekskursiya xizmatining maqsadi,
vazifasi va mavzusini aniqlash
4.3. Ekskursiya xizmati ma’lumotlari uchun
manbalar izlash
4.4. Ekskursiya xizmatining asosiy va
individual matnini tayyorlash
4.5. «Gid portfeli» ni tahlash
4.1. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni
 Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash ijodiy
guruhga topshirilib, uning tarkibida mavzuning
murakkabligiga qarab 3-7 nafar gid kiradi.
Ko‘pincha maslahatchi sifatida turli soha
mutaxassislari, muzey ilmiy xodimlari, OTM va
o‘rta maktab o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa
mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin.
Odatda ijodiy guruhning har bir qatnashchisiga
ekskursiya xizmatining bir bo‘limi, biron-bir
mavzusi yoki mavzuning bir nechta kichik
mavzuostilarini tayyorlash topshiriladi. Mazkur
ijodiy guruh ishining nazorati esa mas’ul
rahbarga topshiriladi.
«Ekskursiya xizmatini tayyorlash bosqichi» tushunchasi birinchi marotaba
1976 yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi va unda quyidagi 15 ta bosqich
ajratildi:
 Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash;
 Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash;
 Zaruriy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;
 Ekskursiya ma’lumoti manbalarini aniqlash. Mavzu bo‘yicha
muzey, arxiv fondlari va ekspozitsiyalari bilan tanishish;
 Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;
 Ekskursiya marshrutini tuzish;
 Marshrutni ko‘zdan kechirish;
 Ekskursiyaning asosiy matnini tayyorlash;
 «Gid portfeli» ni tahlash;
 Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning usullarini aniqlash;
 Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash;
 Uslubiy ishlanmalarni tayyorlash;
 Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish;
 Sinov ekskursiyasini o‘tkazish;
 Ekskursiya xizmatini tasdiqlash.
 Ekskursiya xizmatini o‘tkazish tartibi uning
mavzusi, turi va o‘tkazish shaklidan qat’iy nazar
bir xil bo‘ladi: tanishuv qismi, asosiy qism va
yakuniy qism.
 Tanishuv qismi – qoidaga ko‘ra 2 qismdan
iborat:
 - tashkiliy, ya’ni gid guruh bilan tanishadi,
xavfsizlik qoidalari, marshrutda o‘zini tutishi
bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi;
 - axborot, ya’ni gid ekskursantlarga mavzu
haqida, marshrutning masofasi, davomiyligi,
jo‘nash va qaytish vaqti, sanitar bekatlar va
ekskursiya xizmatining tugash joyi haqida
ma’lumot beradi.
 Asosiy qism – aniq ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish va
hikoya qilish asosida tuziladi. Asosiy qism bir nechta
mavzuostilardan iborat bo‘lib, bitta umumiy mavzuda
umumlashadi va ob’ektlarda yoritiladi. Mavzuostilar
odatda 5 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ekskursiya
xizmatini tayyorlashda shunday ob’ektlarni tanlash
kerakki, vaqt bo‘yicha aniq rejalashtirilgan va ekskursiya
xizmati mavzusining mazmunini yoritishga yordam
qilsin.
 Yakuniy qism – bu qism ham tanishuv qismi kabi 5-7
daqiqali bo‘lib, ekskursiya ob’ektlari bilan bog‘liq emas.
Bu yerda ekskursiya xizmatining mavzusi bo‘yicha
yakuniy xulosalar qilinadi, bugungi yoritilgan mavzuni
kengaytirishi, chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa
ekskursiya mavzulari haqida ma’lumotlar beriladi.
Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi
muhimdir.
4.2. Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi
va
mavzusini aniqlash
Bir xil ekskursiyalar bo‘lmaydi,
ular eng avvalo mavzusi bilan
farqlanadi. Mavzu biror nimaning
mazmuniga tegishli tushunchadir.
Ekskursiya xizmatining mavzusi
ob’ektni ko‘rsatish va hikoya
qilishning predmeti hisoblanadi.
 Ekskursiya xizmati mavzusi uning mazmunini qisqa va
lo‘nda ifodalaydi. Mavzuni tanlash potensial talabga,
aniq buyurtmaga maqsadli yo‘naltirilgan bo‘lishi
mumkin. Mavzu ekskursiya xizmatining ob’ekti va
mavzuostilarni birlashtiruvchi negiz hisoblanadi. Ijodiy
guruh ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida
ob’ektlarni mavzuga oid ma’lumotlar bilan solishtiradi.
Ob’ektlar tanlash masalaning bir tomoni, mavzuni to‘liq
va ishonchli yoritib beruvchi aniq ma’lumotlarni topish
ham muhimdir. Ishchi guruhning ko‘p oylik mehnati
natijasida yangi mavzudagi ekskursiya xizmati tayyor
bo‘ladi. Ekskursiya xizmati mavzusi ob’ektlarni
ko‘rsatish va mazmunli hikoya qilish bilan uzviy
bog‘langan bo‘ladi va uning mazmunini boyitadi.
Ekskursiya xizmatining tarqoq qismlarini mavzu
birlashtiradi, ob’ektni qanday ko‘rsatish va qaysi
ma’lumotni hikoya qilish kerakligiga yo‘naltiradi.
Ekskursiya xizmatining nomi (nomlanishi)
– bu bevosita yoki bilvosita shaklda
ekskursiya xizmatining mazmunini
anglatuvchi uning tildagi ifodasidir.
Ekskursiya xizmatining nomi aniq mazmunda
bo‘lishi, ikki xil talqin qilinmasligi kerak.
Ekskursantlar tarkibi, ekskursiya xizmati
vazifasidan kelib chiqib, bitta mavzudagi
ekskursiya xizmatining bir nechta nomi
bo‘lishi mumkin. Masalan, «Samarqand –
Amir Temur davlati poytaxti» nomli
ekskursiya xizmatini «Tungi Samarqand»,
«Samarqand– Sharq gavhari», «Samarqand –
Sharq Rimi» deb nomlash ham mumkin.
4.3. Ekskursiya xizmati ma’lumotlari uchun
manbalar izlash
 Yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini tayyorlash
jarayonida mavzuni yoritishga yordam beruvchi
kitoblar, broshyuralar, gazeta va jurnallarda chop
etilgan maqolalar, internet sahifalari ro‘yxati
taxlanadi. Ushbu ro‘yxatda gidlarga matn
tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan amaliy va
nazariy ma’lumotlarning adabiy manbalari
kiritiladi. Ijodiy guruhga ishlash qulay bo‘lishi
uchun adabiyotlar ro‘yxati bir necha nusxada
ko‘paytirib, muallifi, nashriyotning nomi, chop
etilgan yili, shuningdek, boblar, bo‘limlar, betlar
berilishi kerak. Adabiy manbalarning ro‘yxatini
«asosiy adabiyotlar» va «qo‘shimcha adabiyotlar»ga
bo‘lish tavsiya etiladi.
4.3. Ekskursiya xizmati ma’lumotlari uchun
manbalar izlash
 Matbuotda chop etilgan ma’lumotlardan tashqari,
boshqa masalan, davlat arxivlari, muzeylar, xronik-
hujjatli va ilmiy-ommabop kinofilmlar va shu kabi
manbalardan ham foydalanish mumkin. Bunday
manbalar ro‘yxatini ekskursiya xizmati mualliflari
tuzadi. Manba sifatida tarixiy voqea, hodisalar
ishtirokchilarining xotiraviy hikoyalaridan ham
foydalanish mumkin. Biroq, noaniqliklardan va
chalkashliklardan qochish maqsadida xotiraviy
ma’lumotlardan ehtiyotkorona foydalanish tavsiya
etiladi. Ekskursantlarga hikoya qilib berish uchun
ishonchli, mukammal tekshirib ko‘rilgan fakt va
ma’lumotlardan foydalanish zarur.
4.4. Ekskursiya xizmatining asosiy va individual
matnini tayyorlash
Matn quyidagi talablarga javob berishi
lozim:
qisqa va lo‘ndaligi;
fikrlar aniqligi;
mavzuga oid axborotlarning
yetarliligi;
mavzu to‘liq yoritilganligi;
mavzu oid axborotlar adabiy tilda
berilganligi.
4.5. «Gid portfeli» ni tahlash
«Gid portfeli» deb, ekskursiyani
o‘tkazish jarayonida foydalanadigan
ko‘rgazmali vositalar jamlanmasiga
aytiladi. Bu ko‘rgazmali vositalar
odatda bitta papka yoki portfelda
joylashtiriladi. «Gid portfeli»ning
vazifasi ob’ektlarni ko‘rsatish
qatoridagi «bo‘shliq»larni
to‘ldirishdir.
 Ko‘rgazmali vositalarni tanlab olishda
quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
 ulardan foydalanishning zaruriyati va
maqsadliligi;
 ilmiy ahamiyati, ya’ni qanchalik ushbu
ko‘rgazmali vosita ekskursiya xizmatini
boyitishi, ko‘rsatish va hikoyani
ko‘rgazmali va tushunarli qilishi
mumkin;
 jozibadorligi;
 aniqligi;
 saqlanganlik holati.
Fotosuratlar, xarita sxemalar,
reproduksiyalar 18x24sm o‘lchamli karton
asosli, aniq va tiniq bo‘lishi, avtobusda
ko‘rsatishga mo‘ljallangani esa 24x30smga
kattalashtirilishi zarur. Ijodiy guruh yangi
ekskursiya mavzusini tayyorlashda
to‘plangan ko‘rgazmali vositalardan
mavzuni yoritishga gidga yordam
beradigan eng yorqinlarini tanlaydi va
marshrutda ularni ko‘rsatish metodikasini
tekshirib olishadi. Keyin «portfel»dagi
vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni
uslubiy ishlanmaga kiritishadi.
Tayanch so‘z va iboralar:
ekskursiya xizmatini tayyorlash
jarayoni, ekskursiya xizmatining
maqsadi, vazifasi, mavzusi,
ekskursiya mavzusi ma’lumoti
manbalari, ekskursiya mavzusining
asosiy va individual matni, mantiqiy
o‘tishlar, «gid portfeli».

Technology of excursion service preparation

  • 1.
    4-mavzu. EKSKURSIYA XIZMATINITAYYORLASH TEXNOLOGIYASI  4.1. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni 4.2. Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va mavzusini aniqlash 4.3. Ekskursiya xizmati ma’lumotlari uchun manbalar izlash 4.4. Ekskursiya xizmatining asosiy va individual matnini tayyorlash 4.5. «Gid portfeli» ni tahlash
  • 2.
    4.1. Yangi ekskursiyanitayyorlash jarayoni  Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash ijodiy guruhga topshirilib, uning tarkibida mavzuning murakkabligiga qarab 3-7 nafar gid kiradi. Ko‘pincha maslahatchi sifatida turli soha mutaxassislari, muzey ilmiy xodimlari, OTM va o‘rta maktab o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa mutaxassislar ham taklif etilishi mumkin. Odatda ijodiy guruhning har bir qatnashchisiga ekskursiya xizmatining bir bo‘limi, biron-bir mavzusi yoki mavzuning bir nechta kichik mavzuostilarini tayyorlash topshiriladi. Mazkur ijodiy guruh ishining nazorati esa mas’ul rahbarga topshiriladi.
  • 3.
    «Ekskursiya xizmatini tayyorlashbosqichi» tushunchasi birinchi marotaba 1976 yilda amaliyotga qo‘llanila boshlandi va unda quyidagi 15 ta bosqich ajratildi:  Ekskursiya xizmatining maqsad va vazifalarini aniqlash;  Ekskursiya xizmati mavzusini tanlash;  Zaruriy adabiyotlar ro‘yxatini tuzish;  Ekskursiya ma’lumoti manbalarini aniqlash. Mavzu bo‘yicha muzey, arxiv fondlari va ekspozitsiyalari bilan tanishish;  Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;  Ekskursiya marshrutini tuzish;  Marshrutni ko‘zdan kechirish;  Ekskursiyaning asosiy matnini tayyorlash;  «Gid portfeli» ni tahlash;  Ekskursiya xizmatini o‘tkazishning usullarini aniqlash;  Ekskursiya xizmatini olib borish texnikasini aniqlash;  Uslubiy ishlanmalarni tayyorlash;  Ekskursiya xizmatining individual matnini tuzish;  Sinov ekskursiyasini o‘tkazish;  Ekskursiya xizmatini tasdiqlash.
  • 4.
     Ekskursiya xizmatinio‘tkazish tartibi uning mavzusi, turi va o‘tkazish shaklidan qat’iy nazar bir xil bo‘ladi: tanishuv qismi, asosiy qism va yakuniy qism.  Tanishuv qismi – qoidaga ko‘ra 2 qismdan iborat:  - tashkiliy, ya’ni gid guruh bilan tanishadi, xavfsizlik qoidalari, marshrutda o‘zini tutishi bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazadi;  - axborot, ya’ni gid ekskursantlarga mavzu haqida, marshrutning masofasi, davomiyligi, jo‘nash va qaytish vaqti, sanitar bekatlar va ekskursiya xizmatining tugash joyi haqida ma’lumot beradi.
  • 5.
     Asosiy qism– aniq ekskursiya ob’ektlarini ko‘rsatish va hikoya qilish asosida tuziladi. Asosiy qism bir nechta mavzuostilardan iborat bo‘lib, bitta umumiy mavzuda umumlashadi va ob’ektlarda yoritiladi. Mavzuostilar odatda 5 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ekskursiya xizmatini tayyorlashda shunday ob’ektlarni tanlash kerakki, vaqt bo‘yicha aniq rejalashtirilgan va ekskursiya xizmati mavzusining mazmunini yoritishga yordam qilsin.  Yakuniy qism – bu qism ham tanishuv qismi kabi 5-7 daqiqali bo‘lib, ekskursiya ob’ektlari bilan bog‘liq emas. Bu yerda ekskursiya xizmatining mavzusi bo‘yicha yakuniy xulosalar qilinadi, bugungi yoritilgan mavzuni kengaytirishi, chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan boshqa ekskursiya mavzulari haqida ma’lumotlar beriladi. Yakuniy qism ham tanishuv va asosiy qism kabi muhimdir.
  • 7.
    4.2. Ekskursiya xizmatiningmaqsadi, vazifasi va mavzusini aniqlash Bir xil ekskursiyalar bo‘lmaydi, ular eng avvalo mavzusi bilan farqlanadi. Mavzu biror nimaning mazmuniga tegishli tushunchadir. Ekskursiya xizmatining mavzusi ob’ektni ko‘rsatish va hikoya qilishning predmeti hisoblanadi.
  • 8.
     Ekskursiya xizmatimavzusi uning mazmunini qisqa va lo‘nda ifodalaydi. Mavzuni tanlash potensial talabga, aniq buyurtmaga maqsadli yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Mavzu ekskursiya xizmatining ob’ekti va mavzuostilarni birlashtiruvchi negiz hisoblanadi. Ijodiy guruh ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida ob’ektlarni mavzuga oid ma’lumotlar bilan solishtiradi. Ob’ektlar tanlash masalaning bir tomoni, mavzuni to‘liq va ishonchli yoritib beruvchi aniq ma’lumotlarni topish ham muhimdir. Ishchi guruhning ko‘p oylik mehnati natijasida yangi mavzudagi ekskursiya xizmati tayyor bo‘ladi. Ekskursiya xizmati mavzusi ob’ektlarni ko‘rsatish va mazmunli hikoya qilish bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi va uning mazmunini boyitadi. Ekskursiya xizmatining tarqoq qismlarini mavzu birlashtiradi, ob’ektni qanday ko‘rsatish va qaysi ma’lumotni hikoya qilish kerakligiga yo‘naltiradi.
  • 9.
    Ekskursiya xizmatining nomi(nomlanishi) – bu bevosita yoki bilvosita shaklda ekskursiya xizmatining mazmunini anglatuvchi uning tildagi ifodasidir. Ekskursiya xizmatining nomi aniq mazmunda bo‘lishi, ikki xil talqin qilinmasligi kerak. Ekskursantlar tarkibi, ekskursiya xizmati vazifasidan kelib chiqib, bitta mavzudagi ekskursiya xizmatining bir nechta nomi bo‘lishi mumkin. Masalan, «Samarqand – Amir Temur davlati poytaxti» nomli ekskursiya xizmatini «Tungi Samarqand», «Samarqand– Sharq gavhari», «Samarqand – Sharq Rimi» deb nomlash ham mumkin.
  • 10.
    4.3. Ekskursiya xizmatima’lumotlari uchun manbalar izlash  Yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayonida mavzuni yoritishga yordam beruvchi kitoblar, broshyuralar, gazeta va jurnallarda chop etilgan maqolalar, internet sahifalari ro‘yxati taxlanadi. Ushbu ro‘yxatda gidlarga matn tayyorlash uchun zarur bo‘ladigan amaliy va nazariy ma’lumotlarning adabiy manbalari kiritiladi. Ijodiy guruhga ishlash qulay bo‘lishi uchun adabiyotlar ro‘yxati bir necha nusxada ko‘paytirib, muallifi, nashriyotning nomi, chop etilgan yili, shuningdek, boblar, bo‘limlar, betlar berilishi kerak. Adabiy manbalarning ro‘yxatini «asosiy adabiyotlar» va «qo‘shimcha adabiyotlar»ga bo‘lish tavsiya etiladi.
  • 11.
    4.3. Ekskursiya xizmatima’lumotlari uchun manbalar izlash  Matbuotda chop etilgan ma’lumotlardan tashqari, boshqa masalan, davlat arxivlari, muzeylar, xronik- hujjatli va ilmiy-ommabop kinofilmlar va shu kabi manbalardan ham foydalanish mumkin. Bunday manbalar ro‘yxatini ekskursiya xizmati mualliflari tuzadi. Manba sifatida tarixiy voqea, hodisalar ishtirokchilarining xotiraviy hikoyalaridan ham foydalanish mumkin. Biroq, noaniqliklardan va chalkashliklardan qochish maqsadida xotiraviy ma’lumotlardan ehtiyotkorona foydalanish tavsiya etiladi. Ekskursantlarga hikoya qilib berish uchun ishonchli, mukammal tekshirib ko‘rilgan fakt va ma’lumotlardan foydalanish zarur.
  • 12.
    4.4. Ekskursiya xizmatiningasosiy va individual matnini tayyorlash Matn quyidagi talablarga javob berishi lozim: qisqa va lo‘ndaligi; fikrlar aniqligi; mavzuga oid axborotlarning yetarliligi; mavzu to‘liq yoritilganligi; mavzu oid axborotlar adabiy tilda berilganligi.
  • 13.
    4.5. «Gid portfeli»ni tahlash «Gid portfeli» deb, ekskursiyani o‘tkazish jarayonida foydalanadigan ko‘rgazmali vositalar jamlanmasiga aytiladi. Bu ko‘rgazmali vositalar odatda bitta papka yoki portfelda joylashtiriladi. «Gid portfeli»ning vazifasi ob’ektlarni ko‘rsatish qatoridagi «bo‘shliq»larni to‘ldirishdir.
  • 14.
     Ko‘rgazmali vositalarnitanlab olishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:  ulardan foydalanishning zaruriyati va maqsadliligi;  ilmiy ahamiyati, ya’ni qanchalik ushbu ko‘rgazmali vosita ekskursiya xizmatini boyitishi, ko‘rsatish va hikoyani ko‘rgazmali va tushunarli qilishi mumkin;  jozibadorligi;  aniqligi;  saqlanganlik holati.
  • 15.
    Fotosuratlar, xarita sxemalar, reproduksiyalar18x24sm o‘lchamli karton asosli, aniq va tiniq bo‘lishi, avtobusda ko‘rsatishga mo‘ljallangani esa 24x30smga kattalashtirilishi zarur. Ijodiy guruh yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashda to‘plangan ko‘rgazmali vositalardan mavzuni yoritishga gidga yordam beradigan eng yorqinlarini tanlaydi va marshrutda ularni ko‘rsatish metodikasini tekshirib olishadi. Keyin «portfel»dagi vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni uslubiy ishlanmaga kiritishadi.
  • 16.
    Tayanch so‘z vaiboralar: ekskursiya xizmatini tayyorlash jarayoni, ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi, mavzusi, ekskursiya mavzusi ma’lumoti manbalari, ekskursiya mavzusining asosiy va individual matni, mantiqiy o‘tishlar, «gid portfeli».