SlideShare a Scribd company logo
1. Ekologik turizm fanining maqsadi va vazifalari. O‘rganish
obyekti.
2. Ekologik turizm fanining ta’rifi va mohiyati.
Dunyoda turizm sohasining ekologik turizm yo‘nalishi insoniyat
oldidagi ekologik inqirozning oldini olish, insoniyatning barqaror
rivojlanishi va yashab qolishi uchun, sayyoramiz tabiati va uning
resurslarini saqlab qolishdagi najot yo‘llarini axtarish zaminida
shakllandi va rivojlanib bormoqda. Insoniyat oldida turgan
sayyoraviy ekologik muammolarni insoniyatning o‘zi bartaraf
etishi kerak va bartaraf etishga majbur.
hu nuqtayi nazardan
ham, mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish masalalarini
o‘z vaqtida hal qilishimiz, tabiatimizdagi bioxilma-xillikni saqlab
qolish, tabiiy resurslarimizni muhofaza qilish hamda xalqaro
ekologik inqirozlarning oldini olishga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi.
Ekologik turizm xalqaro miqyosda ommaviylashib borishi
natijasida uning targ‘ibotiga va tashviqotiga bag‘ishlangan
ilmiyamaliy konferensiyalar tashkil qilish, o‘tkazish
kuchaytirilgandan
keyin noaniq fikr-mulohazalar, quruq tavsiyalar, ilmiy
to‘plamlarda
ekoturizmning ta’rif va tavsiflarini belgilashdagi tavsiyalar
ilmiyamaliy jihatdan asoslanmagan holda ko‘payib ketdi
(shaharlar
ekoturizmi, tarixiy obidalar ekoturizmi, arxeologik qoldiqlar
ekoturizmi, hayvonot bog‘lari ekoturizmi, muzeylar ekoturizmi
va boshq.).
Ekoturizmni rivojlantirishda muammolar bilan birga noaniq,
axborotlarning, tavsiyalarning ham ko‘payib borayotganligi turizm
ta’limi yo‘nalishida bilim olayotgan yosh mutaxassislarni ham,
turistik firmalar faoliyatini ham, ekoturizmdagi tadbirkorlarni
ham, tadqiqotchilarni ham chalkashtirishi aniq. Shuning uchun
ham biz, jahon ekoturizm rivojidagi ustuvor usullar, dasturlarini
yaxshi o‘rganishimiz, ekoturizm rivojlangan davlatlarning
tajribalari asosida o‘zimizning milliy ekoturizm dasturlarini ishlab
chiqishga mas’ulmiz. Bu yo‘nalishda dastlab ekoturizmning
kelib chiqishidagi ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy muhit sabablari va
mohiyatini bilishimiz va tushunib olishimiz lozim.
Ekologik turizm Vatanimizning tabiiy resurslaridan oqilona
foydalanish sohasida, nafaqat xorijiy sayyohlarni Vatanimizning
tabiiy landshaftlari, hayvonot va nobotot dunyosiga boy hamda
betakror tabiati bilan tanishtirish, balki xalqlar o‘rtasida do‘stlik
rishtalarini bog‘lash, mamlakatlar va turli xalqlarning bir-birini
kengroq bilishini ta’minlaydi, shu bilan birga O‘zbekiston hududida
qirilib ketish arafasida turgan noyob hayvonlar va o‘simliklarni
saqlash, ko‘paytirish maqsadlarida qo‘riqxonalar tarkibida va
atrofida jahon talablariga javob beraoladigan milliy tabiiy bog‘larni
yaratish loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish orqali
muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm obyektlarining
moddiytexnika bazasini yaratish uchun «ekoturizmni rivojlantirish»
davlat dasturlarini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
Ekoturizm – «Tabiatni muhofaza qilish», «Biologiya»,
«Geologiya», «Geografiya», «Botanika», «Tabiatdan foydalanish
iqtisodi», «Iqtisodiy ekologiya», «Bioekologiya», «Geoekologiya»
va boshqa tabiiy fanlarning nazariyasi, asoslari, jamiyat va tabiat
munosabatlarining hozirgi asrimizga kelib sayyoraviy
chegaralarda
keskinlashib borayotganligi holatlaridan kelib chiqdi. Shu
nuqtayi nazardan bu fanlarning har qanday fan ta’limi va har
qanday sohadagi o‘rni deyarli bir-biriga o‘xshash ta’rifni, tavsifni
anglatadi. Bunday ta’rif va tavsiflarni G.A.Bekbulatova juda
yaxshi
tushungan va olimaning xulosalari bo‘yicha «Ekoturizm» fanida
ekologik fanlar nazariyasiga nisbatan ekoturizm amaliyoti ancha
ustunroq darajalarni egallaydi.
Ekologik turizmning o‘rnini belgilaganda tabiatning inson–
turist uchun bo‘lgan ahamiyatlari ko‘rsatkichlarini keltirish lozim
bo‘ladi. Ekoturizmning ahamiyatini ekoturistning ehtiyojlarini
qondirish jihatlariga qarab iqtisodiy, sog‘lomlashtirish, tarbiyaviy
va estetik guruhlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu guruhlarning tavsifi
faqat turist uchun emas, umuminsoniyat hayotidagi tabiatning
o‘rnini ham anglatadi.
Ekoturizmning maqsadini belgilashda jahonda ekoturizmning
kelib chiqishi va shakllanishini puxta o‘rganishni talab qiladi.
Hozirgi kunda ekoturizm jahon turizmida jadal rivojlanib
borayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Shu o‘rinda ekoturizm
insoniyatning XXI asrdagi eng og‘ir sayyoraviy ekologik
muammolarining yechimlarini ham topilishida najot yo‘llaridan
biri ekanligining mazmunini, mohiyatini tushunib olishni talab
qiladi.
Agar biz tabiat bilan «kelishuvda» yashashni, uning
ne’matlaridan foydalanishni, go‘zalliklaridan zavqlanishni xohlasak
uning sharoitlarini qabul qilishimiz, o‘z ehtiyojlarimizni qondirish
uchun atrof-muhitni o‘zgartirayotganda muayyan chegaralardan
chiqmasligimiz zarur. Ekoturizm ana shu ikki fanning rivoji bilan
uzviy holatda bog‘lanishi lozim. Tabiat muhofazasi, tabiatdagi
salbiy o‘zgarishlar, jamiyatdagi kasalliklarning ko‘payishi, yangi
xavfli kasalliklarning kelib chiqayotganligi, tabiatdagi kutilmagan
– insoniyat uchun fojiali, halokatli – dovullar, suv toshqinlari,
sunami va boshqa hodisalarning barchasi ekologiya bilan
bog‘lanmoqda.
Nemis olimi E.Gekkel 1866-yilda yozgan «Organizmlarning
umumiy morfologiyasi» va 1868-yilda yozgan «Dunyo vujudga kelishining
tabiiy tarixi» kabi asarlarida ekologiya atamasiga to‘liq tavsif berib
ekologiyaning ikkinchi ma’nosini «yashash joyi», «oziqlanish makoni»
deb belgilagan. Shuning uchun ham, tabiatni har bir inson o‘z uyim deb
bilgandagina global ekologik inqirozlarning oldini olishi mumkin.
Ekologik turizm bu yo‘nalishda insoniyatga katta yordam beradi. Shuning
uchun ham, dastlab ekoturizmning mohiyatini va mazmunini yaxshi
tushunib va o‘rganib olishimiz lozim.
Ekologik turizmning mazmuni va mohiyati bo‘yicha birinchi
bo‘lib meksikalik ekolog-iqtisodchi Gektor Seballos Laskureyn
1980-yilda o‘z tadqiqotlari natijalarini bildirgan edi. Uning xulosasi
bo‘yicha– “Ekoturizm – bu tabiatga xushyor munosabatlar, tanishish
quvonchini birlashtiruvchi va flora, fauna namunalarini
o‘rganishga, himoya qilishga yordam berish imkoniyatlariga
asoslangan turistik faoliyatdir”.
Ekoturizmning jahon miqyosida jadal rivojlanib borayot-
ganligining yana bir sababi ham shundaki, tabiatni muhofaza
qilishdagi xalqaro markazlar ham ekoturizmni rivojlantirishni
quvvatlamoqda. Ushbu xulosalar ekoturizmning umumiy
turizmga nisbatan farqlanishlariga asoslangan bo‘lib,
ekoturizmning asl mohiyati va mazmunini tushunib olishga
yordam beradi.
Mamlakatimizda hozirga kelib ekoturizmning muammolarini
o‘rganish va rivojlantirishdagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar
boshlandi.
EKOLOGIK TURIZM FANINING O'RGANINSH OBEKTI, MAQSADI VA VAZIFALARI. EKOTURIZMNING TA’RIFI.ppt

More Related Content

More from abbosmardaev1

Bolalar nutqini rivojlantirishga doir metodik ishlar.pptx
Bolalar nutqini rivojlantirishga doir metodik ishlar.pptxBolalar nutqini rivojlantirishga doir metodik ishlar.pptx
Bolalar nutqini rivojlantirishga doir metodik ishlar.pptx
abbosmardaev1
 
AUDITORLIK TASHKILOTLARINING PROFESSIONAL XIZMATLARI.ppt
AUDITORLIK TASHKILOTLARINING PROFESSIONAL XIZMATLARI.pptAUDITORLIK TASHKILOTLARINING PROFESSIONAL XIZMATLARI.ppt
AUDITORLIK TASHKILOTLARINING PROFESSIONAL XIZMATLARI.ppt
abbosmardaev1
 
FOOD AND DRINK IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNN.ppt
FOOD AND DRINK IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNN.pptFOOD AND DRINK IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNN.ppt
FOOD AND DRINK IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNN.ppt
abbosmardaev1
 
FAMILY LIFE IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNNN.pptx
FAMILY LIFE IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNNN.pptxFAMILY LIFE IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNNN.pptx
FAMILY LIFE IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNNN.pptx
abbosmardaev1
 
Culture Shockkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk.ppt
Culture Shockkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk.pptCulture Shockkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk.ppt
Culture Shockkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk.ppt
abbosmardaev1
 
Презентация Лингво – когнитивный подход.ppt
Презентация Лингво – когнитивный подход.pptПрезентация Лингво – когнитивный подход.ppt
Презентация Лингво – когнитивный подход.ppt
abbosmardaev1
 
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptxTarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
abbosmardaev1
 

More from abbosmardaev1 (7)

Bolalar nutqini rivojlantirishga doir metodik ishlar.pptx
Bolalar nutqini rivojlantirishga doir metodik ishlar.pptxBolalar nutqini rivojlantirishga doir metodik ishlar.pptx
Bolalar nutqini rivojlantirishga doir metodik ishlar.pptx
 
AUDITORLIK TASHKILOTLARINING PROFESSIONAL XIZMATLARI.ppt
AUDITORLIK TASHKILOTLARINING PROFESSIONAL XIZMATLARI.pptAUDITORLIK TASHKILOTLARINING PROFESSIONAL XIZMATLARI.ppt
AUDITORLIK TASHKILOTLARINING PROFESSIONAL XIZMATLARI.ppt
 
FOOD AND DRINK IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNN.ppt
FOOD AND DRINK IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNN.pptFOOD AND DRINK IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNN.ppt
FOOD AND DRINK IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNN.ppt
 
FAMILY LIFE IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNNN.pptx
FAMILY LIFE IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNNN.pptxFAMILY LIFE IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNNN.pptx
FAMILY LIFE IN BRITAINNNNNNNNNNNNNNNNN.pptx
 
Culture Shockkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk.ppt
Culture Shockkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk.pptCulture Shockkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk.ppt
Culture Shockkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkkk.ppt
 
Презентация Лингво – когнитивный подход.ppt
Презентация Лингво – когнитивный подход.pptПрезентация Лингво – когнитивный подход.ppt
Презентация Лингво – когнитивный подход.ppt
 
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptxTarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
Tarbiyachilar darajasini va mahoratini oshirish shakllari.pptx
 

EKOLOGIK TURIZM FANINING O'RGANINSH OBEKTI, MAQSADI VA VAZIFALARI. EKOTURIZMNING TA’RIFI.ppt

  • 1.
  • 2. 1. Ekologik turizm fanining maqsadi va vazifalari. O‘rganish obyekti. 2. Ekologik turizm fanining ta’rifi va mohiyati.
  • 3.
  • 4. Dunyoda turizm sohasining ekologik turizm yo‘nalishi insoniyat oldidagi ekologik inqirozning oldini olish, insoniyatning barqaror rivojlanishi va yashab qolishi uchun, sayyoramiz tabiati va uning resurslarini saqlab qolishdagi najot yo‘llarini axtarish zaminida shakllandi va rivojlanib bormoqda. Insoniyat oldida turgan sayyoraviy ekologik muammolarni insoniyatning o‘zi bartaraf etishi kerak va bartaraf etishga majbur. hu nuqtayi nazardan ham, mamlakatimizda ekoturizmni rivojlantirish masalalarini o‘z vaqtida hal qilishimiz, tabiatimizdagi bioxilma-xillikni saqlab qolish, tabiiy resurslarimizni muhofaza qilish hamda xalqaro ekologik inqirozlarning oldini olishga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi.
  • 5. Ekologik turizm xalqaro miqyosda ommaviylashib borishi natijasida uning targ‘ibotiga va tashviqotiga bag‘ishlangan ilmiyamaliy konferensiyalar tashkil qilish, o‘tkazish kuchaytirilgandan keyin noaniq fikr-mulohazalar, quruq tavsiyalar, ilmiy to‘plamlarda ekoturizmning ta’rif va tavsiflarini belgilashdagi tavsiyalar ilmiyamaliy jihatdan asoslanmagan holda ko‘payib ketdi (shaharlar ekoturizmi, tarixiy obidalar ekoturizmi, arxeologik qoldiqlar ekoturizmi, hayvonot bog‘lari ekoturizmi, muzeylar ekoturizmi va boshq.).
  • 6. Ekoturizmni rivojlantirishda muammolar bilan birga noaniq, axborotlarning, tavsiyalarning ham ko‘payib borayotganligi turizm ta’limi yo‘nalishida bilim olayotgan yosh mutaxassislarni ham, turistik firmalar faoliyatini ham, ekoturizmdagi tadbirkorlarni ham, tadqiqotchilarni ham chalkashtirishi aniq. Shuning uchun ham biz, jahon ekoturizm rivojidagi ustuvor usullar, dasturlarini yaxshi o‘rganishimiz, ekoturizm rivojlangan davlatlarning tajribalari asosida o‘zimizning milliy ekoturizm dasturlarini ishlab chiqishga mas’ulmiz. Bu yo‘nalishda dastlab ekoturizmning kelib chiqishidagi ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy muhit sabablari va mohiyatini bilishimiz va tushunib olishimiz lozim.
  • 7. Ekologik turizm Vatanimizning tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish sohasida, nafaqat xorijiy sayyohlarni Vatanimizning tabiiy landshaftlari, hayvonot va nobotot dunyosiga boy hamda betakror tabiati bilan tanishtirish, balki xalqlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini bog‘lash, mamlakatlar va turli xalqlarning bir-birini kengroq bilishini ta’minlaydi, shu bilan birga O‘zbekiston hududida qirilib ketish arafasida turgan noyob hayvonlar va o‘simliklarni saqlash, ko‘paytirish maqsadlarida qo‘riqxonalar tarkibida va atrofida jahon talablariga javob beraoladigan milliy tabiiy bog‘larni yaratish loyihalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish orqali muhofaza qilinadigan hududlarda ekoturizm obyektlarining moddiytexnika bazasini yaratish uchun «ekoturizmni rivojlantirish» davlat dasturlarini ishlab chiqish zarur bo‘ladi.
  • 8. Ekoturizm – «Tabiatni muhofaza qilish», «Biologiya», «Geologiya», «Geografiya», «Botanika», «Tabiatdan foydalanish iqtisodi», «Iqtisodiy ekologiya», «Bioekologiya», «Geoekologiya» va boshqa tabiiy fanlarning nazariyasi, asoslari, jamiyat va tabiat munosabatlarining hozirgi asrimizga kelib sayyoraviy chegaralarda keskinlashib borayotganligi holatlaridan kelib chiqdi. Shu nuqtayi nazardan bu fanlarning har qanday fan ta’limi va har qanday sohadagi o‘rni deyarli bir-biriga o‘xshash ta’rifni, tavsifni anglatadi. Bunday ta’rif va tavsiflarni G.A.Bekbulatova juda yaxshi tushungan va olimaning xulosalari bo‘yicha «Ekoturizm» fanida ekologik fanlar nazariyasiga nisbatan ekoturizm amaliyoti ancha ustunroq darajalarni egallaydi.
  • 9.
  • 10. Ekologik turizmning o‘rnini belgilaganda tabiatning inson– turist uchun bo‘lgan ahamiyatlari ko‘rsatkichlarini keltirish lozim bo‘ladi. Ekoturizmning ahamiyatini ekoturistning ehtiyojlarini qondirish jihatlariga qarab iqtisodiy, sog‘lomlashtirish, tarbiyaviy va estetik guruhlarga bo‘lishimiz mumkin. Bu guruhlarning tavsifi faqat turist uchun emas, umuminsoniyat hayotidagi tabiatning o‘rnini ham anglatadi.
  • 11.
  • 12. Ekoturizmning maqsadini belgilashda jahonda ekoturizmning kelib chiqishi va shakllanishini puxta o‘rganishni talab qiladi. Hozirgi kunda ekoturizm jahon turizmida jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalish hisoblanadi. Shu o‘rinda ekoturizm insoniyatning XXI asrdagi eng og‘ir sayyoraviy ekologik muammolarining yechimlarini ham topilishida najot yo‘llaridan biri ekanligining mazmunini, mohiyatini tushunib olishni talab qiladi.
  • 13. Agar biz tabiat bilan «kelishuvda» yashashni, uning ne’matlaridan foydalanishni, go‘zalliklaridan zavqlanishni xohlasak uning sharoitlarini qabul qilishimiz, o‘z ehtiyojlarimizni qondirish uchun atrof-muhitni o‘zgartirayotganda muayyan chegaralardan chiqmasligimiz zarur. Ekoturizm ana shu ikki fanning rivoji bilan uzviy holatda bog‘lanishi lozim. Tabiat muhofazasi, tabiatdagi salbiy o‘zgarishlar, jamiyatdagi kasalliklarning ko‘payishi, yangi xavfli kasalliklarning kelib chiqayotganligi, tabiatdagi kutilmagan – insoniyat uchun fojiali, halokatli – dovullar, suv toshqinlari, sunami va boshqa hodisalarning barchasi ekologiya bilan bog‘lanmoqda.
  • 14. Nemis olimi E.Gekkel 1866-yilda yozgan «Organizmlarning umumiy morfologiyasi» va 1868-yilda yozgan «Dunyo vujudga kelishining tabiiy tarixi» kabi asarlarida ekologiya atamasiga to‘liq tavsif berib ekologiyaning ikkinchi ma’nosini «yashash joyi», «oziqlanish makoni» deb belgilagan. Shuning uchun ham, tabiatni har bir inson o‘z uyim deb bilgandagina global ekologik inqirozlarning oldini olishi mumkin. Ekologik turizm bu yo‘nalishda insoniyatga katta yordam beradi. Shuning uchun ham, dastlab ekoturizmning mohiyatini va mazmunini yaxshi tushunib va o‘rganib olishimiz lozim. Ekologik turizmning mazmuni va mohiyati bo‘yicha birinchi bo‘lib meksikalik ekolog-iqtisodchi Gektor Seballos Laskureyn 1980-yilda o‘z tadqiqotlari natijalarini bildirgan edi. Uning xulosasi bo‘yicha– “Ekoturizm – bu tabiatga xushyor munosabatlar, tanishish quvonchini birlashtiruvchi va flora, fauna namunalarini o‘rganishga, himoya qilishga yordam berish imkoniyatlariga asoslangan turistik faoliyatdir”.
  • 15. Ekoturizmning jahon miqyosida jadal rivojlanib borayot- ganligining yana bir sababi ham shundaki, tabiatni muhofaza qilishdagi xalqaro markazlar ham ekoturizmni rivojlantirishni quvvatlamoqda. Ushbu xulosalar ekoturizmning umumiy turizmga nisbatan farqlanishlariga asoslangan bo‘lib, ekoturizmning asl mohiyati va mazmunini tushunib olishga yordam beradi. Mamlakatimizda hozirga kelib ekoturizmning muammolarini o‘rganish va rivojlantirishdagi dastlabki ilmiy tadqiqotlar boshlandi.