Advertisement

More Related Content

Advertisement

Ekspert xizmati boʻyicha pudrat shartnomasi.pptx

  1. EKSPERT XIZMATI BOʻYICHA PUDRAT SHARTNOMASI. TAYYORLADI: JO’RAYEV SHERMUHAMMAD HBA- 80
  2. REJA 1. Pudrat shartnomasining tushunchasi va huquqiy belgilari 2. Pudrat shartnomasida taraflar. 3. Pudrat shartnomasi taraflarining huquq va majburiyatlari
  3. PUDRAT SHARTNOMASINING TUSHUNCHASI VA HUQUQIY BELGILARI Pudrat shartnomasi bozor iqtisodiyoti sharoitida koʻp uchraydigan hamda kishilarning turmush hayotida juda koʻp qoʻllaniladigan shartnomalardan biri hisoblanadi. Pudrat shartnomasi tuzish orqali ishlab chiqarish texnikasiga oid texnika vositalarini tayyorlash, yasab berish, uy-joylar, binolar, inshootlar qurib berish, qayta tiklash, taʼmirlash, loyihalash, qidiruv ishlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, tajribakonstruktorlik va texnologik ishlarni bajarish kabi munosabatlar vujudga keladi.
  4. Xozirgi kunda pudrat munosabatlari alohida shartnoma turi sifatida huquqiy asoslari va nazariy jihatlari yaxshi ishlangan. Bu shartnoma alohida shartnoma turi sifatida fuqarolik qonunchiligida maxsus normalar bilan tartibga solinadi. Pudrat shartnomasi munosabatlari maxsus qonunlar – fkning 37-bobi (pudrat toʻgʻrisida umumiy qoidalar (631-655-moddalar), maishiy pudrat (656-665-moddalar), qurilish pudrati (666-685-moddalar), loyixa va qidiruv ishlari pudrati (686-692-moddalar), ilmiy-tekshirish, tajriba-konstruktorlik va texnologiya ishlari pudrat shartnomalari (693-702-moddalar)), shaharsozlik kodeksi (masalan, shkning 16-moddasi obyektlar qurilishi boʻyicha pudratchilarning huquqiy holatini belgilab beradi), qurilish sohasidagi huquqbuzarlik uchun yuridik shaxslarning javobgarligi toʻgʻrisidagi qonun va boshqa qonunlar bilan tartibga solinishi bilan birga qonun osti hujjatlari asosida ham huquqiy tartibga solinadi.
  5. PUDRAT SHARTNOMASIDA TARAFLAR. Pudrat shartnomasida ikki taraf – pudratchi va buyurtmachi ishtirok etadi. Pudratchi – ishni bajaruvchi, buyurtmachi esa – ish boʻyicha topshiriq beruvchi hisoblanadi. Shuningdek shartnomada pudratchi tomonidan yordamchi pudratchi ishtirok etadi. Pudrat shartnomasida ham buyurtmachi ham pudratchi huquq va majburiyatlarga ega boʻlganligi sababli bir paytning oʻzida har ikki taraf ham kreditor ham qarzdor sifatida majburiyat munosabatlarida qatnashadi. Pudrat huquqiy munosabat taraflari (subyektlari) sifatida muomala layoqatiga ega fuqarolar, huquqiy holati boʻyicha oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻladigan va ularni amalga oshirish imkoniyatga ega boʻlgan yuridik shaxslar va alohida tarzda oʻz vakolati doirasida davlat ham ishtirok etadi.
  6. BUYURTMACHI Maʼlum bir ashyoni tayyorlash, ishlab chiqarish texnikasiga oid boʻlgan mahsulot yetkazib berish shartnomasi boʻyicha olishi mumkin boʻlmagan asbobuskunalar va shunga oʻxshash mahsulotlarni yasatib olish, maishiy ehtiyoj uchun buyumlar tayyorlash, ashyolarni qayta ishlash hamda taʼmirlash, xom ashyoga qayta ishlov berish kabi bir qator topshiriqlarni beruvchi shaxs buyurtmachi hisoblanadi. Buyurtmachi fuqaro boʻlgan taqdirda, u isteʼmolchi huquqlaridan foydalanadi. Agar u yakka tadbirkor yoki yuridik shaxs yoxud davlat va uning organlari boʻlsa bunday huquqdan foydalana olmaydi. Agar buyurtmachi yakka tadbirkor yoki yuridik shaxs va davlat boʻlsa FK va amaldagi qonun hujjatlariga asosan buyurtmachi maqomini qoʻlga kiritadi. Buyurtmachi ish natijasidan manfaatdor shaxs. Shu sababli ayrim hollarda oʻzi topshirigʻi asosida ayrim hollarda esa pudratchining kasbiy mahoratiga tayanib muayyan ishni bajarish boʻyicha topshiriq beradi.
  7. PUDRATCHI Shartnomada kelishilgan buyurtmani bajarish uchun majburiyat olgan shaxs pudratchi hisoblanadi. Odatda shartnomada belgilangan ishni pudratchining oʻzi bajarishi lozim. Agar qonun hujjatlarida yoki pudrat shartnomasida pudratchining shartnomada koʻrsatilgan ishni shaxsan oʻzi bajarish majburiyatlari kelib chiqmasa, pudratchi oʻz majburiyatlarining bir qismini bajarish uchun boshqa shaxslar (yordamchi pudratchilar)ni jalb qilishga haqli. Bunday hollarda pudratchi bosh pudratchi jalb qilingan uchinchi bir shaxs yordamchi pudratchi hisoblanadi. Bosh pudratchi yordamchi pudratchinikelishilgan shartnoma boʻyicha ishni bajarish bilan bogʻliqzarur materiallar bilan taʼminlash majburiyatini oladi. Ishni bajarish muddati bosh pudratchi bilan yordamchi pudratchining kelishuvchiga asosan belgilanadi. Lekin bu muddat asosiy pudrat shartnomasida buyurtmachi bilan kelishilgan muddatdan koʻp boʻlishi mumkin emas. Yordamchi pudratchi muddat va kelishilgan ishni bajarish usul va vositalariga shartnoma shartlariga qatʼiy rioya etishi shart. Yordamchi pudratchiga ishni bajarish usulini oʻzi belgilash imkoni berilgan hollar bundan mustasno.
  8. PUDRAT SHARTNOMASI TARAFLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI Pudratchi buyurtmachining topshirigʻiga asosan muayyan ishlarni amalga oshirish boʻyicha shartnoma tuzar ekan, uning asosiy huquq va majburiyatlari buyurtmachi topshirigʻiga asosan ishni bajarish va uning haqini talab qilib olish bilan bogʻliq holda vujudga keladi. Fkning 632- moddasi talablaridan kelib chiqib, buyurtma pudratchining materiallari, uning kuchi va mablagʻlari hisobidan bajarilishi nazarda tutilgan boʻlsa shartnoma bahosini pudratchi sarflayotgan mablagʻlarni qoʻshgan holda shakllantirishni talab qilish huquqiga ega. Pudratchi tomonidan taqdim qilinishi kerak boʻlgan materiallar va uskunalar, shuningdek uchinchi shaxslar tomonidan unga koʻrsatiladigan xizmatlar bahosi ancha oshgan va buni shartnoma tuzish vaqtida nazarda tutish mumkin boʻlmagan hollarda pudratchi belgilangan ish bahosini (smetani) oshirishni talab qilishga, buyurtmachi bu talabni bajarishdan bosh tortgan taqdirda esa, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
Advertisement