Successfully reported this slideshow.
We use your LinkedIn profile and activity data to personalize ads and to show you more relevant ads. You can change your ad preferences anytime.

Tadbir: Til bayramining senariysi

Quvasoy shahar 8-maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Hilola Soipovaning “Til – millatning faxridir” mavzusidagi tadbir ssenariysi

Related Books

Free with a 30 day trial from Scribd

See all
  • Be the first to comment

Tadbir: Til bayramining senariysi

  1. 1. “Til – millatning faxridir”
  2. 2. tabir ssenariysi “Til – millatning faxridir” mavzusidagi tadbir ssenariysi 1-o’quvchi: Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar . Bugungi “Til - millat faxridir” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar. 2-o’quvchi: Hammamizga ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Bu haqda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 4-moddasida ham “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb yozilgan.Demak bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan
  3. 3. bayram qilishga xaqlimiz. Tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini O’IBDO’ G.Saidovaga beramiz. 1-o’quvchi: Darvoqe, ustozimiz haq gapni aytdi.Har bir tilning chiroyi, jozibasi, mazmuni, boyligi bo’lgani kabi, o’zbek tili ham nozik va mazmunli so’zlarga boydir. Kelinglar o’quvchilarimiz ishtirokida go’zal she’rlardan ana shunday namunalar tinglaymiz. 6-sinf o’quvchilari ishtirokidagi she’rlarga navbat. Muhammadyusufning “Ona tilim” she’ri. Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim, She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim. Tilim turib, o’z tilimda gapirmadim, Har eslasam eziladi bag’ri dilim. Ona tilim, kechir meni, ona tilim. 2-o’quvchi: Bunday hikmatli so’zlarni aytib, o’zbek tilimizning ko’rki, kuch-quvvatini jahonga ko’z-ko’z qilgan bobolarimizdan Ahmad Yassaviy,Alisher Navoiylarni e’tirof etish joizdir.Zabardast shoirimiz Alisher Navoiyning tilimizning boy til ekanligini isbotlab yozgan asari “Muhokamat-ul lug’atayn”(“Ikki til muhokamasi”) asari buning yaqqol namunasidir. Endigi navbatni 6-sinf o’quvchisi Aminjonova Sitora ijrosidagi raqsga beramiz. 1-o’quvchi: Ona tilim sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yo’qolgan kuning shubhasiz, Men ham to’ti bo’lib qolaman.
  4. 4. Qanchalar haqqoniy misralar, shunday emasmi? Tan olib aytish kerakki, Respublikamiz mustaqil bo’lgandan so’ng tilimiz rivojlanib, takomillashib bormoqda. Tilimiz haqidagi iboralarga. 6-7- sinflar ijrosida: Til bilgan, el biladi. Til – boshga kulfat keltiradi. Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz. Tilingni tiy , tishing sinmasin. Til – dil kaliti. 2-o’quvchi: Ulug’ mutafakkir Mir Alisher Navoiyning muborak qalamidan to’kilgan misrani esga olaylik. Ko’ngil maxzanining qulfi til Va ul maxzanining kalitin so’z bil. Navbatni Alisher Navoiy qalamiga mansub “Alisher Navoiy va Xusayn Boyqaro” nomli sahna ko’rinishiga beramiz. 1-o’quvchi: Momolarim alla aytgan sen bilan, Navoiy ham ijod etgan sen bilan, Istiqlol ham birga qaytgan sen bilan, O’zbek tilim singib ketding qonimga Ko’rk berasan she’rlarim-u borimga. Endigi navbatni qizlar ijrosida raqsga beramiz. 2-o’quvchi: Arastuda so’radilar: Odamlar bilan qanday muomalada bo’lish kerak? Arastu javob berdi: Ularning o’zingizga qanday muomalada bo’lishini istasangiz ularga shunday muomalada bo’ling. Bir hakimdan so’radilar: Odamni qiynaydigan eng og’ir yuk nima? Hakim shunday dedi: Tilga erk berilgan g’azab yuki. Chunki bu yuk odamni o’ldiradi. Endi o’quvchilarimizning o’zi yozgan she’rlariga:
  5. 5. 1-o’quvchi: Shuning bilan bugungi “Til - mallatning faxridir” bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.Tadbirimiz sizlarga yoqqan bo’lsa, xursandmiz.
  6. 6. 1-o’quvchi: Shuning bilan bugungi “Til - mallatning faxridir” bayram tadbirimiz o’z nihoyasiga yetdi.Tadbirimiz sizlarga yoqqan bo’lsa, xursandmiz.

×