SlideShare a Scribd company logo
1 of 24
ASLONOVA NASIBA MUXAMMADOVNA
1.Geografik o’rni.
2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
3. Tarixi.
4.Aholisi.
5. Xo’jaligi .
6. Transporti.
7. Xalqaro iqtisodiy aloqalari.
8 Qiziqarli faktlar.
REJA:
Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy
nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha: République
française)[5] — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va
shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi,
janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming
km². Aholisi 67,5 million kishi (2021). Poytaxti — Parij shahri.
Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga
boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari
(Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti
hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi,
Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar),
hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
Fransuz Respublikasi
République française
Bayroq
Gerb
Internet domeni .fr
Shior: Liberté, Egalité, Fraternité
Madhiya: La Marseillaise
Poytaxt Parij
48°51′N 2°21′E
/ 48.850°N 2.350°E
G O
Rasmiy til(lar) fransuz
Din (2020) •58.1% xristian
•31.9% dinsiz
•8.3% islom
•0.7% boshqalar[1]
Hukumat Prezidentlik respublika
• Prezident Emmanuel Macron
• Bosh vazir Jean Castex
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Parlament
• Yuqori palata Senat
Respublika (22-sentabr 1792-yil)
Maydon
• Butun 547,030 km
2
(48-oʻrin)
• Suv (%) 0.86 (2015)
[2]
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat 67 413 000
[3]
(20-oʻrin)
• Zichlik 116/km
2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun $3.232 trillion
[4]
(9-oʻrin)
• Jon boshiga $49 492
[4]
(24-oʻrin)
YIM (nominal) 2021-yil roʻyxati
• Jon boshiga $44 995
[4]
(24-oʻrin)
Pul birligi Yevro (€) (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz ( DST) UTC+2
Qisqartma FR
Maydoni: 547 ming km2
Aholisi (2021): 67,5 mln
Poytaxti: Parij
Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri — Fransiya
Respublikasi qit’aning g‘arbida joylashgan. Mamlakat
qirg‘oqlari g‘arb va shimoli-g‘arbdan Atlantika okeani,
janubi-sharqdan esa O‘rta dengiz suvlari bilan yuviladi. La
Mansh bo‘g‘izi Fransiyani Buyuk Britaniyadan ajratib
turadi. Quruqlikda 8 ta davlat bilan chegaradosh bo‘lib,
eng uzun chegaralari Germaniya, Italiya, Ispaniya
davlatlari bilan o‘tgan. O‘rta dengizdagi Korsika oroli
Fransiyaga tegishlidir. Shuningdek, Fransiyaning 10 tadan
ziyod dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari ham
mavjud. Ular asosan Tinch okean va Karib dengizida
joylashgan.
Geografik joylashuvi. Yevropaning g‘arbidagi davlat. Janubda Ispaniya
(chegara uzunligi -623 km) va Andorra (60 km), janubi sharqda
Monako (4,4 km), shimoli sharqda Belgiya (620 km) va Lyuksemburg
(73 km), sharqda Shveysariya (573 km) va Italiya (451 km) davlatlari
bilan chegaradosh. Janubda mamlakat 0’rtayer dengizi, g‘arbda Biskay
ko‘rfazi, shimoli g‘arbda La-Mansh va Pa-de-Kale bo‘g‘ozlari bilan
tutashgan. O‘rta Yer dengizidagi Korsika oroli, to‘rtta dengizorti
departamentlari - Martinika, Gvadelupa, Reyunon, Fransuz Gvianasi
hamda dengizorti hududlari - Fransiya Polineziyasi, Yangi Kaledoniya,
Sen-Pyer va Mikelon, Tinch okeanidagi bir qator arxipelaglar
Fransiyaga tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi (metropoliya va
Korsika) -28924 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 3427 km.
Mamlakatning g‘arbi va shimoli tekisliklardan iborat.
Boshqaruv shakli — prezidentlik respublikasi. Siyosiy-
hududiy jihatdan Fransiya unitar davlat bo‘lib, 18 ta
hudud (region)ga bo‘linadi. Ulardan 12 tasi
Fransiyaning asosiy kontinental qismida, 1 tasi O‘rta
dengizdagi Korsika orolida joylashgan, qolgan 5 tasi
dengizorti hududlardan iboratdir. Fransiya poytaxti
Parij shahri mamlakatning shimoliy qismida, Sena
daryosi vodiysida joylashgan
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi - prezidentlik
respublikasi. Mamlakat tarkibiga 96 departamentga bo‘lingan 22 ta
viloyat kiradi. Bundan tashqari dengizorti departamentlar va
dengizorti hududlar ham Fransiya tarkibiga kiradi. Birinchi
respublika 1792 yilda e’lon qilingan. So‘nggi Konstitutsiya (V
respublika) 1958 yil 28 sentabrda qabul qilingan. Milliy bayram 14
iyul - Bastiliya olingan kun (1789). Davlat boshlig‘i - prezident.
Prezident Bosh vazir (Ministrlar Kengashi raisi)ni tayinlaydi. Qonun
chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Milliy Majlis (quyi
palata) dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik
siyosiy partiyalari: Fransuz demokratik ittifoqi, Respublikachilar
partiyasi, Fransuz sotsialistik partiyasi, So‘l radikal harakat,
Fransiya kommunistik partiyasi, Milliy front
Tarixi. M. av. I asrning o‘rtalarida Galliya (hoz. Fransiya) qadimgi Rim
tomonidan bosib olinadi. Franklar Galliyaga V asrda kirib kelishadi.
Frank qirolligi Karolinglar sulolasi vakili Karl Buyuk davrida qudrat
cho‘qqisiga ko‘tariladi. 987- yilda hokimiyatga Kapetinglar sulolasi
keladi. G‘arbiy Yevropada Fransiyaning ta’siri XIII asrda Fillip II
Avgust va Lyudovik IX davrida ortadi. XIV asrda hokimiyatga Valua
sulolasi keladi. 1337-yildan 1453-yilgacha Fransiya Angliya bilan «Yuz
yillik urush» olib boradi. Shu davrda ingliz qo‘shinlariga qarshi ozodlik
kurashini Janna d’Ark boshlaydi. XVIII asrning oxirida
absolyutizmning inqirozga uchrashi avvaliga podshoh hokimiyatining
cheklanishiga (1789 yilda Bastiliyaning olinishi, Milliy Assambleyaning
tuzilishi), keyinchalik esa I respublikaning tuzilishiga (1792) olib keldi.
1793-yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1799 yili Napoleon
Bonapart davlat to‘ntarishi o‘tkazib diktatura o‘rnatdi va 1804 yilda
o‘zini Napoleon 1 nomi bilan imperator deb e’lon qildi. Bosqinchilik
urushlari natijasida Fransiya deyarli butun Markaziy va G‘arbiy
Yevropani o‘ziga bo‘ysundirdi
1812 yilgi Rossiyaga yurish «Buyuk armiyaning» yakson qilinishi bilan
tugadi. 1814 yilda rus qo‘shinlari Parijni bosib olishdi, bu holat
Fransiyada Burbonlar restavratsiyasiga olib keldi. 1815 yilda Napoleon
qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi («100 kun») va Vaterloo
mag‘lubiyatidan so‘ng u butunlay hokimiyatni qo‘ldan boy berdi.
Fransiya inqilobdan oldingi chegaralarga qaytdi. 1830-yilgi inqilob
burjua monarxiyasining o‘rnatilishiga olib keldi. Navbatdagi 1848 yilgi
inqilob natijasida Fransiyada II respublika e’lon qilindi. Imperator
Napoleon III 1852 yili monarxiyani qayta tikladi. 1853-1856 yillarda
Fransiya Rossiyaga qarshi Qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871
yillardagi Fransiya Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi
bilan tugadi
Fransiya hududining 2/3 qismini tekisliklar egallaydi. Shu bilan birga,
mamlakatning sharqiy, markaziy va janubiy hududlarida Alp, Pireney,
Ardenna, Vogeza, Markaziy massiv , Yura singari turli balandlikdagi
tog‘lar mavjud. Alp va Pireneydan tashqari Fransiyadagi tog‘ tizmalari
kuchli parchalangan keksa yoshdagi tog‘lar hisoblanadi. Foydali
qazilmalardan temir, uran va boksit rudalari konlari mavjud.
Fransiyaning Atlantika okeaniga yaqin qismida mo‘tadil dengiz iqlimi,
sharqiy hududlarida mo‘tadil kontinental, janubida esa O‘rta dengiz
tipidagi subtropik iqlim shakllangan. Yozi issiq, qishi esa iliq va
yomg‘irli bo‘ladi. Yog‘inlar yanvardan aprelgacha eng ko‘p kuzatiladi.
Fransiyada daryolar to‘ri ancha zich. Eng uzun daryosi — Luara , eng
sersuvi esa Rona. Shuningdek, Sena va Garonna ham yirik daryolar
sirasiga kiradi.
Markaz va sharqda o‘rta balandlikdagi Markaziy massiv,
Vogez, Yura togiari joylashgan. Janubi g‘arbda Ispaniya bilan
tabiiy chegara hosil qilgan Pireney tog‘lari yotadi. Bu tog‘
tizmasining eng baland nuqtasi-Pik-de-Vinmal (3298 m).
Mamlakatning janubi sharqida Fransiya va G‘arbiy
Yevropaning eng baland cho‘qqisi - Monblan tog‘i (4807 m)
joylashgan Fransuz Alplari yotadi. Asosiy tabiiy boyliklari:
ko‘mir, temir rudasi, boksitlar, rux, baliq, yog‘och.
Haydaladigan yerlar hududning 32% ini, o‘rmon va to‘qaylar
27% ini, o‘tloq va yaylovlar 23% ini tashkil etadi.
Aholisi. Fransiya Yevropa mamlakatlari ichida aholisi
soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2021-yil
holatiga ko‘ra, Fransiya aholisi 67,5 mln kishiga yaqin.
Aholining tabiiy ko‘payishi juda past, yillik hisobda
0,2% ga teng. Aholi soni o‘sishining muhim manbai
tashqi migratsiya hisoblanadi. Migrantlar ichida
o‘tmishda Fransiya mustamlakalari bo‘lgan turli
Afrika davlatlaridan ko‘chib kelganlar ancha ko‘p.
Fransiyada hozirgi paytda shaharlashuv darajasi 80% dan ortgan. Parij
atrofida qit’adagi eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri shakllangan
bo‘lib, uning aholisi 10 mln kishidan ziyod. Yirik mintaqaviy markazlar
qatoriga Lion, Marsel, Lill, Tuluza, Bordo shaharlari kiradi.
Mamlakatning tub millatlari qatoriga fransuzlardan tashqari,
basklar, bretonlar, elzasliklar, lotaringlar, katalonlar,
oksitaniyaliklar va korsikaliklar kiradi. Fransiya
Konstitutsiyasiga binoan bu 7 millatning tillari mintaqaviy
tillar maqomiga ega. Mamlakat aholisining diniy tarkibida
katoliklar yetakchilik qiladi. Aholi Parij aglomeratsiyasi,
Belgiya va Germaniyaga chegaradosh hududlar hamda O‘rta
dengiz sohilida eng zich joylashgan. Tog‘li hududlarda esa
aholi zichligi birmuncha pastroq
Iqtisodiyoti. Fransiya Respublikasi Yevropa va jahon bo‘yicha
eng yirik iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatlardan biri
hisoblanadi. U “Katta yettilik” guruhiga mansub.
Fransiya sanoati tarkibida mashinasozlik, kimyo, qora va
rangli metallurgiya hamda oziq-ovqat sanoatlari yetakchi
ahamiyatga ega. Mamlakat avtomobil, kema, samolyot,
dastgohlar, mineral o‘g‘itlar, soda, polimerlar, parfyumeriya,
kosmetika, vino, pishloq va boshqa ko‘plab mahsulotlarni
ishlab chiqarish va jahon bozoriga yetkazishda alohida ajralib
turadi.
Fransiya elektr energetikasida AESlar birinchi
darajali ahamiyatga ega. Atom elektr
stansiyalarining mamlakatda ishlab chiqarilayotgan
elektr energiyasi tarkibidagi ulushi deyarli 80% ga
teng. Bu jihatdan Fransiya dunyoda birinchi o‘rinda
turadi
Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i go‘sht-sut
chorvachiligi hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jalik
ekinlari: bug‘doy, qandlavlagi, kartoshka,
makkajo‘xori, uzum, zig‘ir. Ayniqsa, uzumchilik hamda
vinochilik sohalarida Fransiya ishlab chiqarish hajmi
va mahsulotlarning an’anaviy sifati bilan butun
dunyoga mashhur . Dengiz sayozliklarida marikultura,
ya’ni turli dengiz organizmlarini sun’iy ravishda
ko‘paytirish yaxshi rivojlangan.
Fransiya jahon mamlakatlari ichida turistlar eng ko‘p
tashrif buyuradigan davlat hisoblanadi. Ayrim yillari
xorijiy sayyohlarning soni 75 mln kishidan ortadi.
Turizmning bunday darajada rivojlanishiga tabiiy
iqlim sharoiti, butun dunyoga mashhur dengizbo‘yi
kurortlar (Nitstsa, Sen Trope, Kann va boshqalar),
Fransiya shaharlari ayniqsa Parijda mashhur madaniy
obyektlarning ko‘pligi bilan bog‘liq. Masalan,
Parijdagi Luvr muzeyi dunyo bo‘yicha tashrif
buyuruvchilar soni jihatidan yetakchi o‘rinni egallaydi
Transporti.Temiryo‘llarining umumiy uzunligi-34568 km (11674 km
elektrlashtirilgan), avtomobil yo‘llari - 1551400 km (803000 km
asfaltlangan), ichki suv yo‘llari -15000 km. Asosiy portlari: Bordo,
Gavr, Dyunkerk, Nant-Sen-Nazer, Ruan. Fransiya bilan O‘zbekiston
Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yilda o‘rnatildi
va ular o‘rtasida iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat sohalaridagi
hamkorlik samarali tus oldi. 113 Fan-texnika inqilobi. Fransuz olimlari
birinchi bo‘lib Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar. 1895 yilda aka-uka
L. va J.Lyum’erlar kinematografni ixtro qilganlar. Ikkinchi jahon
urushidan keyin Fransiyada ilmiy faoliyat deyarli to‘xtagan. Aksariyat
oliy o‘quv yurti va ilmiy tadqiqod muassasalari yopib qo‘yilgan. 1960
yilda esa yadro quroli, 1968 yili termoyadro quroli sinovlardan
o‘tkazildi. Parijda nashrdan chiqadigan kundalik yirik gazetalar
«Figaro», «Frans suar», «Oror», «Mond» xabarlarga boy va eng nufuzli
yirik burjua gazetasi hisoblanadi. XV asr oxirlarida Fransiyada
uyg‘onish davri boshlandi. Sahna raqslarining shakllanishi asosan XII-
XIV asrlardan boshlangan. Sayyor qo‘shiqchilar trubadurlar muzika
poetik san’ati ravnaq topgan.

More Related Content

What's hot (20)

Géographie de la France
Géographie de la FranceGéographie de la France
Géographie de la France
 
France
FranceFrance
France
 
Short presentation about France
Short presentation about France Short presentation about France
Short presentation about France
 
Italiya.ppt
Italiya.pptItaliya.ppt
Italiya.ppt
 
Portogallo
PortogalloPortogallo
Portogallo
 
Outreach - Council of Europe
Outreach - Council of EuropeOutreach - Council of Europe
Outreach - Council of Europe
 
France - presentation
France -  presentationFrance -  presentation
France - presentation
 
Yevropa.ppt
Yevropa.pptYevropa.ppt
Yevropa.ppt
 
England Presentation
England PresentationEngland Presentation
England Presentation
 
Germaniya.pptx
Germaniya.pptxGermaniya.pptx
Germaniya.pptx
 
Geography & Population of France
Geography & Population of FranceGeography & Population of France
Geography & Population of France
 
Presentation of belgium
Presentation of belgiumPresentation of belgium
Presentation of belgium
 
Luxembourg
LuxembourgLuxembourg
Luxembourg
 
Netherlands Powerpoint
Netherlands PowerpointNetherlands Powerpoint
Netherlands Powerpoint
 
Culture of France
Culture of FranceCulture of France
Culture of France
 
Romantism
RomantismRomantism
Romantism
 
Buyuk Britaniya 1222.ppt
Buyuk Britaniya 1222.pptBuyuk Britaniya 1222.ppt
Buyuk Britaniya 1222.ppt
 
Luxembourg
LuxembourgLuxembourg
Luxembourg
 
France
FranceFrance
France
 
France
FranceFrance
France
 

More from Nasiba Muxammadovna Aslonova (13)

Aslonova Nasiba MuxammadovnaYevropa.ppt
Aslonova Nasiba MuxammadovnaYevropa.pptAslonova Nasiba MuxammadovnaYevropa.ppt
Aslonova Nasiba MuxammadovnaYevropa.ppt
 
Aslonova Nasiba MuxammadovnaGermaniya.pptx
Aslonova Nasiba MuxammadovnaGermaniya.pptxAslonova Nasiba MuxammadovnaGermaniya.pptx
Aslonova Nasiba MuxammadovnaGermaniya.pptx
 
Aslonova Nasiba MuxammadovnaBuyuk Britaniya 1222.ppt
Aslonova Nasiba MuxammadovnaBuyuk Britaniya 1222.pptAslonova Nasiba MuxammadovnaBuyuk Britaniya 1222.ppt
Aslonova Nasiba MuxammadovnaBuyuk Britaniya 1222.ppt
 
Aslonova Nasiba Muxammadovna Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
Aslonova Nasiba Muxammadovna Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptxAslonova Nasiba Muxammadovna Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
Aslonova Nasiba Muxammadovna Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
 
Aslonova Nasiba Muxammadovna RUMINIYA 22.ppt
Aslonova Nasiba Muxammadovna RUMINIYA 22.pptAslonova Nasiba Muxammadovna RUMINIYA 22.ppt
Aslonova Nasiba Muxammadovna RUMINIYA 22.ppt
 
Aslonova Nasiba Muxammadovna Janubiy Kavkaz davlatlari.ppt
Aslonova Nasiba Muxammadovna Janubiy Kavkaz davlatlari.pptAslonova Nasiba Muxammadovna Janubiy Kavkaz davlatlari.ppt
Aslonova Nasiba Muxammadovna Janubiy Kavkaz davlatlari.ppt
 
Aslonova Nasiba Muxammadovna Italiya.ppt
Aslonova Nasiba Muxammadovna Italiya.pptAslonova Nasiba Muxammadovna Italiya.ppt
Aslonova Nasiba Muxammadovna Italiya.ppt
 
Aslonova Nasiba Muxammadovna Rossiya iqt geo o'rni.ppt
Aslonova Nasiba Muxammadovna Rossiya iqt geo o'rni.pptAslonova Nasiba Muxammadovna Rossiya iqt geo o'rni.ppt
Aslonova Nasiba Muxammadovna Rossiya iqt geo o'rni.ppt
 
Yevropa.ppt
Yevropa.pptYevropa.ppt
Yevropa.ppt
 
Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptxSharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlari.pptx
 
RUMINIYA 22.ppt
RUMINIYA 22.pptRUMINIYA 22.ppt
RUMINIYA 22.ppt
 
Janubiy Kavkaz davlatlari.ppt
Janubiy Kavkaz davlatlari.pptJanubiy Kavkaz davlatlari.ppt
Janubiy Kavkaz davlatlari.ppt
 
Rossiya iqt geo o'rni.ppt
Rossiya iqt geo o'rni.pptRossiya iqt geo o'rni.ppt
Rossiya iqt geo o'rni.ppt
 

Fransiya.ppt

  • 2. 1.Geografik o’rni. 2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 3. Tarixi. 4.Aholisi. 5. Xo’jaligi . 6. Transporti. 7. Xalqaro iqtisodiy aloqalari. 8 Qiziqarli faktlar. REJA:
  • 3. Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha: République française)[5] — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi, janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km². Aholisi 67,5 million kishi (2021). Poytaxti — Parij shahri. Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi, Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar), hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
  • 4. Fransuz Respublikasi République française Bayroq Gerb Internet domeni .fr Shior: Liberté, Egalité, Fraternité Madhiya: La Marseillaise Poytaxt Parij 48°51′N 2°21′E / 48.850°N 2.350°E G O Rasmiy til(lar) fransuz
  • 5. Din (2020) •58.1% xristian •31.9% dinsiz •8.3% islom •0.7% boshqalar[1] Hukumat Prezidentlik respublika • Prezident Emmanuel Macron • Bosh vazir Jean Castex Qonun chiqaruvchi hokimiyat Parlament • Yuqori palata Senat Respublika (22-sentabr 1792-yil) Maydon • Butun 547,030 km 2 (48-oʻrin) • Suv (%) 0.86 (2015) [2] Aholi • 2019-yilgi roʻyxat 67 413 000 [3] (20-oʻrin) • Zichlik 116/km 2 YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati • Butun $3.232 trillion [4] (9-oʻrin) • Jon boshiga $49 492 [4] (24-oʻrin) YIM (nominal) 2021-yil roʻyxati • Jon boshiga $44 995 [4] (24-oʻrin) Pul birligi Yevro (€) (EUR) Vaqt mintaqasi UTC+1 • Yoz ( DST) UTC+2 Qisqartma FR
  • 6. Maydoni: 547 ming km2 Aholisi (2021): 67,5 mln Poytaxti: Parij
  • 7.
  • 8.
  • 9. Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri — Fransiya Respublikasi qit’aning g‘arbida joylashgan. Mamlakat qirg‘oqlari g‘arb va shimoli-g‘arbdan Atlantika okeani, janubi-sharqdan esa O‘rta dengiz suvlari bilan yuviladi. La Mansh bo‘g‘izi Fransiyani Buyuk Britaniyadan ajratib turadi. Quruqlikda 8 ta davlat bilan chegaradosh bo‘lib, eng uzun chegaralari Germaniya, Italiya, Ispaniya davlatlari bilan o‘tgan. O‘rta dengizdagi Korsika oroli Fransiyaga tegishlidir. Shuningdek, Fransiyaning 10 tadan ziyod dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari ham mavjud. Ular asosan Tinch okean va Karib dengizida joylashgan.
  • 10. Geografik joylashuvi. Yevropaning g‘arbidagi davlat. Janubda Ispaniya (chegara uzunligi -623 km) va Andorra (60 km), janubi sharqda Monako (4,4 km), shimoli sharqda Belgiya (620 km) va Lyuksemburg (73 km), sharqda Shveysariya (573 km) va Italiya (451 km) davlatlari bilan chegaradosh. Janubda mamlakat 0’rtayer dengizi, g‘arbda Biskay ko‘rfazi, shimoli g‘arbda La-Mansh va Pa-de-Kale bo‘g‘ozlari bilan tutashgan. O‘rta Yer dengizidagi Korsika oroli, to‘rtta dengizorti departamentlari - Martinika, Gvadelupa, Reyunon, Fransuz Gvianasi hamda dengizorti hududlari - Fransiya Polineziyasi, Yangi Kaledoniya, Sen-Pyer va Mikelon, Tinch okeanidagi bir qator arxipelaglar Fransiyaga tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi (metropoliya va Korsika) -28924 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 3427 km. Mamlakatning g‘arbi va shimoli tekisliklardan iborat.
  • 11. Boshqaruv shakli — prezidentlik respublikasi. Siyosiy- hududiy jihatdan Fransiya unitar davlat bo‘lib, 18 ta hudud (region)ga bo‘linadi. Ulardan 12 tasi Fransiyaning asosiy kontinental qismida, 1 tasi O‘rta dengizdagi Korsika orolida joylashgan, qolgan 5 tasi dengizorti hududlardan iboratdir. Fransiya poytaxti Parij shahri mamlakatning shimoliy qismida, Sena daryosi vodiysida joylashgan
  • 12. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi - prezidentlik respublikasi. Mamlakat tarkibiga 96 departamentga bo‘lingan 22 ta viloyat kiradi. Bundan tashqari dengizorti departamentlar va dengizorti hududlar ham Fransiya tarkibiga kiradi. Birinchi respublika 1792 yilda e’lon qilingan. So‘nggi Konstitutsiya (V respublika) 1958 yil 28 sentabrda qabul qilingan. Milliy bayram 14 iyul - Bastiliya olingan kun (1789). Davlat boshlig‘i - prezident. Prezident Bosh vazir (Ministrlar Kengashi raisi)ni tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Milliy Majlis (quyi palata) dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Fransuz demokratik ittifoqi, Respublikachilar partiyasi, Fransuz sotsialistik partiyasi, So‘l radikal harakat, Fransiya kommunistik partiyasi, Milliy front
  • 13. Tarixi. M. av. I asrning o‘rtalarida Galliya (hoz. Fransiya) qadimgi Rim tomonidan bosib olinadi. Franklar Galliyaga V asrda kirib kelishadi. Frank qirolligi Karolinglar sulolasi vakili Karl Buyuk davrida qudrat cho‘qqisiga ko‘tariladi. 987- yilda hokimiyatga Kapetinglar sulolasi keladi. G‘arbiy Yevropada Fransiyaning ta’siri XIII asrda Fillip II Avgust va Lyudovik IX davrida ortadi. XIV asrda hokimiyatga Valua sulolasi keladi. 1337-yildan 1453-yilgacha Fransiya Angliya bilan «Yuz yillik urush» olib boradi. Shu davrda ingliz qo‘shinlariga qarshi ozodlik kurashini Janna d’Ark boshlaydi. XVIII asrning oxirida absolyutizmning inqirozga uchrashi avvaliga podshoh hokimiyatining cheklanishiga (1789 yilda Bastiliyaning olinishi, Milliy Assambleyaning tuzilishi), keyinchalik esa I respublikaning tuzilishiga (1792) olib keldi. 1793-yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1799 yili Napoleon Bonapart davlat to‘ntarishi o‘tkazib diktatura o‘rnatdi va 1804 yilda o‘zini Napoleon 1 nomi bilan imperator deb e’lon qildi. Bosqinchilik urushlari natijasida Fransiya deyarli butun Markaziy va G‘arbiy Yevropani o‘ziga bo‘ysundirdi
  • 14. 1812 yilgi Rossiyaga yurish «Buyuk armiyaning» yakson qilinishi bilan tugadi. 1814 yilda rus qo‘shinlari Parijni bosib olishdi, bu holat Fransiyada Burbonlar restavratsiyasiga olib keldi. 1815 yilda Napoleon qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi («100 kun») va Vaterloo mag‘lubiyatidan so‘ng u butunlay hokimiyatni qo‘ldan boy berdi. Fransiya inqilobdan oldingi chegaralarga qaytdi. 1830-yilgi inqilob burjua monarxiyasining o‘rnatilishiga olib keldi. Navbatdagi 1848 yilgi inqilob natijasida Fransiyada II respublika e’lon qilindi. Imperator Napoleon III 1852 yili monarxiyani qayta tikladi. 1853-1856 yillarda Fransiya Rossiyaga qarshi Qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871 yillardagi Fransiya Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi bilan tugadi
  • 15.
  • 16. Fransiya hududining 2/3 qismini tekisliklar egallaydi. Shu bilan birga, mamlakatning sharqiy, markaziy va janubiy hududlarida Alp, Pireney, Ardenna, Vogeza, Markaziy massiv , Yura singari turli balandlikdagi tog‘lar mavjud. Alp va Pireneydan tashqari Fransiyadagi tog‘ tizmalari kuchli parchalangan keksa yoshdagi tog‘lar hisoblanadi. Foydali qazilmalardan temir, uran va boksit rudalari konlari mavjud. Fransiyaning Atlantika okeaniga yaqin qismida mo‘tadil dengiz iqlimi, sharqiy hududlarida mo‘tadil kontinental, janubida esa O‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim shakllangan. Yozi issiq, qishi esa iliq va yomg‘irli bo‘ladi. Yog‘inlar yanvardan aprelgacha eng ko‘p kuzatiladi. Fransiyada daryolar to‘ri ancha zich. Eng uzun daryosi — Luara , eng sersuvi esa Rona. Shuningdek, Sena va Garonna ham yirik daryolar sirasiga kiradi.
  • 17. Markaz va sharqda o‘rta balandlikdagi Markaziy massiv, Vogez, Yura togiari joylashgan. Janubi g‘arbda Ispaniya bilan tabiiy chegara hosil qilgan Pireney tog‘lari yotadi. Bu tog‘ tizmasining eng baland nuqtasi-Pik-de-Vinmal (3298 m). Mamlakatning janubi sharqida Fransiya va G‘arbiy Yevropaning eng baland cho‘qqisi - Monblan tog‘i (4807 m) joylashgan Fransuz Alplari yotadi. Asosiy tabiiy boyliklari: ko‘mir, temir rudasi, boksitlar, rux, baliq, yog‘och. Haydaladigan yerlar hududning 32% ini, o‘rmon va to‘qaylar 27% ini, o‘tloq va yaylovlar 23% ini tashkil etadi.
  • 18. Aholisi. Fransiya Yevropa mamlakatlari ichida aholisi soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2021-yil holatiga ko‘ra, Fransiya aholisi 67,5 mln kishiga yaqin. Aholining tabiiy ko‘payishi juda past, yillik hisobda 0,2% ga teng. Aholi soni o‘sishining muhim manbai tashqi migratsiya hisoblanadi. Migrantlar ichida o‘tmishda Fransiya mustamlakalari bo‘lgan turli Afrika davlatlaridan ko‘chib kelganlar ancha ko‘p.
  • 19. Fransiyada hozirgi paytda shaharlashuv darajasi 80% dan ortgan. Parij atrofida qit’adagi eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri shakllangan bo‘lib, uning aholisi 10 mln kishidan ziyod. Yirik mintaqaviy markazlar qatoriga Lion, Marsel, Lill, Tuluza, Bordo shaharlari kiradi. Mamlakatning tub millatlari qatoriga fransuzlardan tashqari, basklar, bretonlar, elzasliklar, lotaringlar, katalonlar, oksitaniyaliklar va korsikaliklar kiradi. Fransiya Konstitutsiyasiga binoan bu 7 millatning tillari mintaqaviy tillar maqomiga ega. Mamlakat aholisining diniy tarkibida katoliklar yetakchilik qiladi. Aholi Parij aglomeratsiyasi, Belgiya va Germaniyaga chegaradosh hududlar hamda O‘rta dengiz sohilida eng zich joylashgan. Tog‘li hududlarda esa aholi zichligi birmuncha pastroq
  • 20. Iqtisodiyoti. Fransiya Respublikasi Yevropa va jahon bo‘yicha eng yirik iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatlardan biri hisoblanadi. U “Katta yettilik” guruhiga mansub. Fransiya sanoati tarkibida mashinasozlik, kimyo, qora va rangli metallurgiya hamda oziq-ovqat sanoatlari yetakchi ahamiyatga ega. Mamlakat avtomobil, kema, samolyot, dastgohlar, mineral o‘g‘itlar, soda, polimerlar, parfyumeriya, kosmetika, vino, pishloq va boshqa ko‘plab mahsulotlarni ishlab chiqarish va jahon bozoriga yetkazishda alohida ajralib turadi.
  • 21. Fransiya elektr energetikasida AESlar birinchi darajali ahamiyatga ega. Atom elektr stansiyalarining mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi tarkibidagi ulushi deyarli 80% ga teng. Bu jihatdan Fransiya dunyoda birinchi o‘rinda turadi
  • 22. Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i go‘sht-sut chorvachiligi hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: bug‘doy, qandlavlagi, kartoshka, makkajo‘xori, uzum, zig‘ir. Ayniqsa, uzumchilik hamda vinochilik sohalarida Fransiya ishlab chiqarish hajmi va mahsulotlarning an’anaviy sifati bilan butun dunyoga mashhur . Dengiz sayozliklarida marikultura, ya’ni turli dengiz organizmlarini sun’iy ravishda ko‘paytirish yaxshi rivojlangan.
  • 23. Fransiya jahon mamlakatlari ichida turistlar eng ko‘p tashrif buyuradigan davlat hisoblanadi. Ayrim yillari xorijiy sayyohlarning soni 75 mln kishidan ortadi. Turizmning bunday darajada rivojlanishiga tabiiy iqlim sharoiti, butun dunyoga mashhur dengizbo‘yi kurortlar (Nitstsa, Sen Trope, Kann va boshqalar), Fransiya shaharlari ayniqsa Parijda mashhur madaniy obyektlarning ko‘pligi bilan bog‘liq. Masalan, Parijdagi Luvr muzeyi dunyo bo‘yicha tashrif buyuruvchilar soni jihatidan yetakchi o‘rinni egallaydi
  • 24. Transporti.Temiryo‘llarining umumiy uzunligi-34568 km (11674 km elektrlashtirilgan), avtomobil yo‘llari - 1551400 km (803000 km asfaltlangan), ichki suv yo‘llari -15000 km. Asosiy portlari: Bordo, Gavr, Dyunkerk, Nant-Sen-Nazer, Ruan. Fransiya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yilda o‘rnatildi va ular o‘rtasida iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat sohalaridagi hamkorlik samarali tus oldi. 113 Fan-texnika inqilobi. Fransuz olimlari birinchi bo‘lib Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar. 1895 yilda aka-uka L. va J.Lyum’erlar kinematografni ixtro qilganlar. Ikkinchi jahon urushidan keyin Fransiyada ilmiy faoliyat deyarli to‘xtagan. Aksariyat oliy o‘quv yurti va ilmiy tadqiqod muassasalari yopib qo‘yilgan. 1960 yilda esa yadro quroli, 1968 yili termoyadro quroli sinovlardan o‘tkazildi. Parijda nashrdan chiqadigan kundalik yirik gazetalar «Figaro», «Frans suar», «Oror», «Mond» xabarlarga boy va eng nufuzli yirik burjua gazetasi hisoblanadi. XV asr oxirlarida Fransiyada uyg‘onish davri boshlandi. Sahna raqslarining shakllanishi asosan XII- XIV asrlardan boshlangan. Sayyor qo‘shiqchilar trubadurlar muzika poetik san’ati ravnaq topgan.