Javoblar:
1.Mulk huquqining vujudga kelish asoslari.
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari quyidagilardan iborat:
mehnat faoliyati;
mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa
xoʻjalik faoliyati, shu jumladan mol-mulkni yaratish, koʻpaytirish,
bitimlar asosida qoʻlga kiritish;
davlat mol-mulkini xususiylashtirish;
meros qilib olish;
egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat;
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa asoslar
Xususiy mulk huquqi Oʻzbekiston tarixida Oktabr toʻntarishidan
ilgarigi davrlarda ham mavjud boʻlgan. Lekin u sovet davlatchiligi davrida man
qilingan edi. 1917 yilning oktabrida yuz bergan hokimiyat toʻntaruvidan keyin
xususiy mulkning obʼektlari va miqdori borgan sari qisqara boshladi. Yer va boshqa
tabiiy boyliklar, zavodlar,fabrikalar, ishlab chiqarish qurol-aslahalari ularning
egalaridan bosqichma-bosqich tekinga tortib olindi va davlat mulkiga aylantirildi.
Oʻzbekistonning Sovetlar hokimiyati davrida birinchi marta 1927 yilda qabul qilingan
Konstitutsiyasida "xususiy mulk degan tushuncha saqlab qolingan boʻlsa-da, lekin
bu vaqtda barcha yirik mol-
mulk egalari quloq qilinib, xususiy mulk huquqi uchun obʼekt sifatida koʻzga
koʻrinarli mol-mulk qolmagan edi. 1937 yildagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasida
xususiy mulk degan ibora ishlatilmadi, u shaxsiy mulk degan tushuncha bilan
almashtirildi. 1978 yildagi Oʻzbekiston Konstitutsiyasida shaxsiy mulkka oid
qoidalar saqlanib, uning shaxsning
oʻz mehnati bilan topilgan daromadlaridan, jamgʻarmalaridan va isteʼmoliy
xarakterdan iborat boʻlishiga alohida eʼtibor berildi (mazkur Konstitutsiyaning 13-
moddasi).
Mulk huquqining vujudga kelishi va bekor boʻlishi, uni himoya
qilishga bagʻishlangan sobiq kodeks boblarning baʼzi moddalari ularga mazmun va tahrir
jihatdan jiddiy oʻzgartishlar kiritish yoʻli bilan saqlab qolindi.
Mulk asosan ikki xil shaklga – xususiy mulk va ommaviy mulk
shakllariga (167-modda) boʻlinadi. Shu tufayli oldingi kodeksdagi quyidagi toʻrtta bob yaʼni,
davlat mulki, kasaba uyushmasi va boshqa jamoa tashkilotlarining mulki shaxsiy mulk yangi
kodeksga kiritilmadi.
Xususiy mulk bozor munosabatlarining asosiy iqtisodiy manbaidir. Shu sababdan xususiy
mulkni tashkil toptirmay turib bozor munosabatlari toʻgʻrisidagi gapirish xom xaѐldir. Xususiy
mulk va uning asosida vujudga keladigan munosabatlar bizning qonunchilik faoliyatimizda
yangilik boʻlganligi tufayli, kodeksning tegishli moddalarida qator murakkab masalalar oʻziga
xos ravishda yechimini topgan. Yangi kodeksda xususiy mulkning joriy qilinishi bilan oldingi
kodeksning 120, 121, 122, 128, 136-moddalaridagi cheklanish bartaraf etildi. Endi kishilar
xususiy mulkdan faqat shaxsiy moddiy va madaniy ehtiѐjlarini taʼminlashda foydalanish bilan
cheklanmay balki bu mulk asosida turli tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, ishlab
chiqarish jaraѐnida faqat oʻz mehnati emas, balki ѐllanma mehnatni jalb qilish, oʻzi uchun
kerak boʻlgan ishlab chiqarish qurollari hamda vositalariga ega boʻlish, ularni ijaraga berish
yoʻli bilan qoʻshimcha daromadlar olish kabi huquqlarni ham qoʻlga kiritdilar.
Kodeksning 13-bobida birinchi marta mulk huquqi izohlab berildi (
164-m). "Mulk huquqi shaxsning oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz
xohishi bilan va oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qilish, undan
foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek oʻzining mulk
huquqini, kim tomonidan boʻlmasin har qanday buzishni bartaraf
etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir".
Rim huquqi va musulmon huquqida mujassam etilgan. "Egallash,
foydalanish va tasarruf etish"ga
oid huquqlar oldingi kodeksda ham qabul qilingan edi. Lekin ushbu
huquqlarni mulkdorning "uz xohishi bilan oʻz anfaatlarini koʻzlab"
amalga oshirishi mumkinligi haqida lom-mim deyilmagandi.
Shuning uchun ham mulk egalarining huquqlari tegishli qonunlarda,
shuningdek amaliѐtda ham doimo cheklanib kelinardi.
2.Chet el fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga
egalik huquqiga egalar. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa
davlatlarga erkin oʻtkazilishini kafolatlaydi. Chet el yuridik shaxslari
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyatlarini va Oʻzbekiston
Respublikasi qonunchiligida man etilmagan boshqa faoliyatni amalga
oshirish uchun zarur boʻladigan oʻz mulklariga ega boʻlishga haqlidirlar.
Chet el yuridik shaxslarining mulki davlat tomonidan muhofaza etiladi.
Mulkni koʻpaytirish va boshqa davlatlarga oʻtkazish qonunan
taʼminlanadi. Ajnabiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar Oʻzbekiston
Respublikasi hududida xalqaro shartnomalarda hamda Oʻzbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda
diplomatik, konsullik, ijtimoiy-madaniy, xayriya va boshqa xalqaro
munosabatlarni amalga oshirish uchun zarur mol-mulkka egalik qilishga
haqlidirlar. Ularning mol-mulkini asrash, koʻpaytirish va boshqa
davlatlarga oʻtkazish imkoniyatlari kafolatlanadi.
1.Oʻzbekiston Respublikasi mulkiy huquqni amalga oshirishni kafolatlaydi, mulkdorning
konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda
tutilgan hollarni istisno etganda, mol-mulkni koʻpaytirishni cheklashga hamda uni majburan
tortib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.
2. Oʻzbekiston Respublikasining va boshqa davlatlarning yuridik hamda jismoniy
shaxslariga mulkiy huquqlarini himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi teng sharoitlar
yaratib beradi.
1.Mulkdor oʻzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq talab qilib qaytarib olish
huquqiga egadir. 2. Mulkdor oʻz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar
uni mulkka egalik qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa-da, bartaraf etishni
talab qilishi mumkin. 3. Mulkiy huquqni himoya qilish sud tomonidan amalga oshiriladi. 4.
Ushbu moddada koʻzda tutilgan huquqlar garchi mulkdor boʻlmasa ham, mulkdan toʻla
xoʻjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki
qonunda yoxud shartnomada koʻzda tutilgan boshqa hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi
shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʻz egaligini mulkdordan ham himoya qilish huquqiga
ega.
3. Muammoning javobini quyidagicha hal qilish mumkin
Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar quyidagi hollarda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin:
hisobvaraq egasining arizasiga ko‘ra; surishtiruvchi, tergovchi va sud ijrochisi qaroriga
asosan; sudning ajrimiga ko‘ra.
Bank hisobvarag‘i surishtiruvchi, tergovchi qarori yoxud sudning ajrimiga ko‘ra
to‘xtatilganda, pul mablag‘lari faqat qaror yoki ajrimda ko‘rsatilgan summaga xatlanadi.
Bunda bankdagi hisobvaraqlar faqat chiqim qismida to‘xtatiladi, hisobvaraqqa kelib
tushgan pul mablag‘lari esa kirim qilinadi.
Bank hisobvarag‘i bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilganda yoki xatlanganda, hisobvaraqni
boshqa bankka o‘tkazishga hamda ushbu hisobvaraq egasining boshqa hisobvaraqlarni
ochishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bank hisobvarag‘ini xatlash haqidagi qaror bankka va nusxasi mijozga ham jo‘natiladi.
Hisobvaraq xatlanganligi haqida mijozni xabardor qilish bank zimmasidagi majburiyat
emas, agar shartnomada boshqacha belgilanmagan bo‘lsa.
Mijoz bankka murojaat qilish orqali unga tegishli hisobvaraq qanday hujjat asosida
xatlanganligi haqidagi ma’lumotni aniqlashi mumkin.
Hisobvaraqdan xatlovni echish haqidagi qaror surishtiruvchi, tergovchi, sud ijrochisi
yoki sud tomonidan pochta aloqa xizmati orqali bankka jo‘natiladi. Fuqaro arizasiga
ko‘ra mazkur qaror shaxsan qo‘lga berilishi mumkin va fuqaroning o‘zi tomonidan
bankka etkaziladi.
Normativ hujjatlar
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risidagi
Yo‘riqnoma.
Bank hisobvaragʻi — bank hisobvaragʻi shartnomasini tuzish orqali bank mijoz
(hisobvaraq egasi) hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlarini qabul qilish va kiritib
qoʻyish, mijozning hisobvaragʻidagi tegishli mablagʻlarni oʻtkazish va berish hamda
hisobvaraq boʻyicha boshqa operatsiyalarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi topshiriqlarni
bajarish vazifasini oʻz zimmasiga olishi natijasida bank va mijoz oʻrtasida vujudga
keladigan munosabatlarni amalga oshirish vositasi.
OʻZBEKISTONRESPUBLIKASIMARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
QARORI
OʻZBEKISTONRESPUBLIKASIBANKLARIDA OChILADIGAN BANK HISOBVARAQLARI
TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMANITASDIQLASh HAQIDA
[OʻzbekistonRespublikasiAdliya vazirligi tomonidan2009 yil 27 aprelda 1948-son bilan davlat
roʻyxatidan oʻtkazildi]
OʻzbekistonRespublikasining «OʻzbekistonRespublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida»gi
Qonunining7 va 51-moddalarigaasosan Oʻzbekiston RespublikasiMarkaziy banki Boshqaruvi
qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasibanklaridaochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi
Yoʻriqnomailovagamuvofiq tasdiqlansin.
2. Ushbu qaror kuchgakirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb
hisoblansin:
«Oʻzbekiston Respublikasibanklaridaochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomanitasdiqlash toʻgʻrisida»giqaror(2001 yil 10 noyabr, roʻyxat raqami 1080 —
Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi,2001 yil, 21-son);
«Oʻzbekiston Respublikasibanklaridaochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomagaoʻzgartirish va qoʻshimchalarkiritish toʻgʻrisida»giqaror (2003 yil 29 sentabr,
roʻyxat raqami 1080-1 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi,2003 yil, 17-18-son);
«Oʻzbekiston Respublikasibanklaridaochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomagaoʻzgartirish va qoʻshimchalarkiritish toʻgʻrisida»giqaror (2007 yil 8 yanvar,
roʻyxat raqami 1080-2 — Oʻzbekiston Respublikasiqonun hujjatlari toʻplami,2007 yil, 1-2-son,
17-modda);
«Oʻzbekiston Respublikasibanklaridaochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomagaoʻzgartirish va qoʻshimchalarkiritish toʻgʻrisida»giqaror (2007 yil 7 avgust,
roʻyxat raqami 1080-3 — Oʻzbekiston Respublikasiqonun hujjatlari toʻplami,2007 yil, 31-32-
son, 337-modda);
«Oʻzbekiston Respublikasibanklaridaochiladigan bank hisobvaraqlari toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomagaqoʻshimchalarkiritish toʻgʻrisida»giqaror (2008 yil 31 may, roʻyxat raqami 1080-4
— OʻzbekistonRespublikasiqonun hujjatlari toʻplami, 2008 yil, 22-23-son, 216-modda).
3. Ushbu qaror OʻzbekistonRespublikasiAdliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan
kundan boshlab oʻn kundan soʻng kuchgakiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009 yil 16 mart,
7/2-son